III. KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR.
1. ТO‘YINGAN BIR ATOMLI SPIRTLAR (26,27,28-darslar).
26-DARS. Тo‘yingan bir atomli spirtlarning molekulasini tuzilishi. Funksional guruh. Gomologik qatori. Izomeriyasi. Nomlanishi. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar.
27-DARS. Тo‘yingan bir atomli spirtlarni olinishi. Fizikaviy xossalari. Vodorod bog‘lanish. Kimyoviy xossalari. Nukleofil o‘rin olish reaksiyalari. Ishlatilishi. Sanoatda metanol va etanol olish.
Тo‘yingan bir atomli spirtlarni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur.
Spirtlar-uglevodorodlardan kislorodli organik birikmalarga o‘tishdagi dastlabki sinfdir.
Spirtlar molekulasi tarkibida funksional guruh tutadi (R-OH).
Spirtlarda vodorod bog‘lanish yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Spirtlarda funksional guruhni joylashgan o‘rniga ko‘ra izomeriya vujudga keladi.
Moddaning kimyoviy xossasi uglerod zanjiri va uglerod atomlari orasidagi kimyoviy bog‘lanish tipigagina bog‘liq bo‘lmasdan funksional guruh va uning joylashgan o‘rniga ham bog‘liq bo‘ladi.
26-darsni quyidagi reja asosida tashkil etish mumkin.
Dars rejasi:
Kislorodli organik birikmalar.
Тo‘yingan bir atomli spirtlar.
Gomologik qator.
Etanol molekulasini tuzilishi.
Izomeriyasi (tuzilish va holat izomeriyasi).
Nomlanishi.
Darsni quyidagi masalani yechish bilan boshlash maqsadga muvofiq.
Etil spirtining 2,3 g miqdori to‘liq yondirilganda 2,24 l CO2 va 2,7 g H2O hosil bo‘lgan. Bu ma’lumotlardan foydalanib, etil spirtining formulasini keltirib chiqaring.
Yechish: 1) 2,24 l CO2 dagi uglerodni massasi: g
2) 2,7 g suvdagi vodorodni massasi: g
3) m(C )m(H)1,20,31,5 g. Etil spirtni massasi 2,3 g edi. 2,3-1,50,8g kislorod bo‘lishi kerak. Demak, etil spirtining tarkibida 1,2g C, 0,3g H va 0,8g O bor.
Demak: etil spirtining eng oddiy formulasi C2H6O ekan. C2H6O formulaga ikkita struktura formula to‘g‘ri keladi.
O‘quvchilar tomonidan taklif etilgan formulalarning qaysi biri etil spirtining tuzilishini ifoda eta oladi? O‘rtaga tashlangan bu muammoni qanday hal qilish mumkin?
Etil spirtining tuzilish formulasini bilib olishgandan so‘ng, uni elektron formulasi o‘rganiladi.
Spirtlar izomeriyasini o‘rganishda zanjirning tarmoqlanishi va gidroksil guruhi hisobiga sodir bo‘ladigan izomerlarga e’tibor beriladi.
Gidroksil guruhining birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi uglerod atomlariga birikishiga qarab spirtlar birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi spirtlarga bo‘linadi.
Тo‘yingan bir atomli spirtlarni nomlash.
C4H9OH umumiy formulaga quyidagi 4 xil izomerlar mos keladi.
CH3CH2CH2CH2OH-butanol-1 (birlamchi spirt)
CH3CH(OH)CH2CH3-butanol-2 (ikkilamchi spirt)
CH3CH(CH3)CH2OH-2-metilpropanol-1
CH3C(OH)(CH3)CH3-2-metilpropanol-2 (uchlamchi spirt)
27-darsni tashkil etishda quyidagi rejadan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |