I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


-DARS. Azotli organik birikmalar mavzulari yuzasidan test savollari yechish


Download 0.6 Mb.
bet49/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
10metqul

55-DARS. Azotli organik birikmalar mavzulari yuzasidan test savollari yechish.



  1. Anilinni suvdagi suyultirilgan eritmasiga mo‘l brom qo‘shiladi. Natijada 3,3 g cho‘kma hosil bo‘ldi. Eritmadagi anilinni miqdori qancha?

a) 0,93 b) 9,3 c) 0,093 d) 1,86 e) 3,72





  1. C4H11N tarkibli birikmalarni barcha ochiq zanjirli izomerlari nechta?

a) 8 b) 7 c) 6 d) 5 e) 4





  1. 7,8 g benzoldan nitrolash reaksiyasi natijasida 10,5 g nitrobenzol olindi. Bu nazariy jihatdan olish mumkin bo‘lgan miqdorning necha foizini tashkil etadi?

a) 84,5 b) 96 c) 98 d) 54,5 e) 12,3





  1. Aminlar proton biriktirib olish xususiyatiga ega. Bunga sabab:




  1. Uglevodorod radikali borligi uchun

  2. Aminoguruhdagi azot atomini xususiy juft elektroni borligi uchun

  3. Amin molekulasidagi uglevodorod radikalini azot atomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikkanligi

  4. Aminlar azotli organik birikmalar bo‘lgani uchun

  5. Uglerod atomi to‘rt valentli, azot atomi uch valentli bo‘lgani uchun




  1. 124 g metilaminni yonishi natijasida n.sh.da o‘lchangan qancha litr azot hosil bo‘ladi?

a) 44,8 b) 22,4 c) 11,2 d) 5,6 e) 2,8





  1. C4H9O2N tarkibli aminokislotalarning izomerlari soni nechta?

a) 2 b) 3 c) 4 d) 5 e) 6





  1. Oqsil eritmasiga nitrat kislota ta’sir ettirilsa sariq rang paydo bo‘ladi. Bu qanday reaksiya evaziga sodir bo‘ladi?




  1. Oqsil molekulasidagi peptid bog‘ evaziga

  2. Aromatik aminokislotalar evaziga

  3. Oqsil tarkibida oltingugurt borligi uchun

  4. Oqsilning ikkilamchi tuzilishini hosil qiluvchi vodorod bog‘lanish hisobiga

  5. Faqat to‘rtlamchi tuzilishdagi oqsillar shunday sariq rang beradi




  1. Oqsil denaturatsiyasida:




  1. Birlamchi struktura saqlanib qoladi, ikkilamchi struktura buziladi

  2. Birlamchi struktura buziladi, ikkilamchi struktura saqlanib qoladi

  3. Birlamchi struktura saqlanib qoladi, uchlamchi struktura buziladi

  4. Oqsilning barcha strukturasi buzilib, monomerlarga parchalanib ketadi

  5. Birlamchi struktura saqlanib qolib, qolgan barcha strukturalar buziladi.




  1. Zinin reaksiyasi yordamida nitrobenzoldan anilin olinadi. Bu reaksiyada 0,5 mol nitrobenzoldan necha gramm anilin olinadi va reaksiya natijasida necha gramm oltingugurt ajralib chiqadi?




  1. 46,5 g ; 48 g

  2. 93 g ; 96 g

  3. 9,3 g ; 9,6 g

  4. 4,65 g ; 4,80 g

  5. 139,5 g ; 144 g




  1. Metilaminning yonish reaksiyasi tenglamasini yozing va koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang?

a) 13 b) 16 c) 29 d) 30 e) 32





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling