I shamshidinov noorganik moddalar va


-§. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
2-§. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish 
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgunga qadar faqatgina 
Chili selitrasi – NaNO
3
qishloq xo‘jaligida o‘simliklar uchun mineral 
ozuqa sifatida ishlatib kelingan. 
Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli 
o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. 
Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli 
(ammoniy tuzlari – fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli 
(NH
4
NO
3
), nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) 
va amidli (karbamid – (NH
2
)
2
CO, kalsiy sianamid – CaCN
2
va 
boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi. 
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, 
suyuq azotli o‘g‘itlar – ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa 
tuzlarning suvli eritmalari ishlab chiqariladi va ishlatiladi.
Ammoniyli va nitratli tuzlarning ko‘pchiligi hamda karbamid 
suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi 
(ayniqsa, NO
3
-
ning tuproqda harakatchanligi yuqori bo‘ladi). 
Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xomashyo sifatida ammiak, nitratli 
o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa 
atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. 
Ammiakli selitra. Ammoniy nitrat NH
4
NO
3
ni ammiakli selitra deb 
ham yuritiladi. Ammoniy nitrat 110
O
C haroratdan yuqorida parchalana 
boshlaydi: 
NH
4
NO
3
NH
3
+ HNO
3
– 174,4 kj 
Bu reaksiya sekin sodir bo‘ladi. Masalan, 165
O
C haroratda bir sutka 
davomida massa jihatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan 
parchalanish tezligi ham ortadi. Harorat 200-270
O
C da parchalanish 
tezligi yanada ortadi: 
NH
4
NO
3
N
2
O + 2H
2
O + 36,8 kj 
Harorat 400-500
O
C gacha tez ko‘tarilsa, parchalanish reaksiyasi 
portlash bilan sodir bo‘ladi: 
2NH
4
NO
3
2N
2
+ 4H
2
O + O
2
+ 118 kj 
Amalda 300
O
C harorat portlashga sabab bo‘ladi. 
NH
4
NO
3
ning mineral kislotalar va yengil oksidlanuvchi 
(moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) qo‘shimchalar ishtirokida 
portlashi tezlashadi. Toza holatda esa zarbaga chidamli, lekin yopiq 


176 
muhitda qizdirish natijasida portlashi mumkin. Portlash xususiyatini 
kamaytirish maqsadida unga karbamid (0,05-0,1%), kalsiy karbonat, 
magniy karbonat va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin. 
Ammoniy 
nitratdan 
portlovchi 
moddalar 
ishlab 
chiqarish 
xomashyosi sifatida ham foydalaniladi. Bunda yog‘och kukuni va 
organik materiallar, ammonallar (aluminiy kukunli aralashmalari) va 
boshqalar qo‘shiladi. Bunday aralashmalar detonator ishtirokida 
portlatiladi. 
Davlat standarti bo‘yicha donadorlangan ammiakli selitraning 
yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1-kategoriyali (1-nav) 
turlari mavjud. Qishloq xo‘jaligida va sanoatda qo‘llaniladigan ammiakli 
selitra tarkibida NH
4
NO
3
ning miqdori 98% dan kam emas. B markali 
ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N 
bo‘ladi. Suv (namlik) esa sulfat va sulfat-fosfat qo‘shimchali ammiakli 
selitrada 0,2% dan ko‘p emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan ko‘p 
emas). Suv tutuvchi qo‘shimcha 0,3% bo‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi 
mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali ammiakli selitra 
tarkibidagi qo‘shimchalar miqdori: kalsiy va magniy nitrat CaO (MgO) 
hisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) P
2
O
5
hisobida 0,5-1,2%, ammoniy 
sulfat 0,3-0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4-0,6% bo‘ladi. B 
markali 1-navda esa qo‘shimchalar miqdori me’yorlanmaydi. Ammiakli 
selitra 10% li suvli eritmasining pH muhiti barcha navlarda: sulfat-fosfat 
qo‘shimchasi bo‘lsa 4,0 va boshqa qo‘shimchasi bo‘lsa 5,0 ga teng 
bo‘ladi. 
Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li 
donachalar 93% dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% 
dan kam emas (shuningdek barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 
50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan kichik donachalar 4% 
dan ortiq emas. 
Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka 
uchun 5 n, B marka uchun 7 n va 1-nav uchun 5 n bo‘ladi. 
Sepiluvchanligi har ikkala marka uchun ham 100% bo‘ladi. Buning 
uchun 5 qop ammiakli selitra 1 m balandlikdan yerga tashlanadi, 
teshiklari 5 mm bo‘lgan elakdan 1 minutda to‘la o‘tishi kerak. 
Ammiakli selitra yong‘in havfli bo‘lib, isitgichlardan holi bo‘lgan 
xonalarda saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va 
bir joydan boshqa joyga tashilmaydi. 


177 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling