I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
78 79 dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’iy nazar, hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi”, deb ko‘rsatilgan. Yana bir muhim Konstitutsiyaviy prinsip Asosiy qonunimizning 23-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar”, dеgan Konstitutsiyaviy norma shaklida mustahkamlab berilgan. Mazkur Konstitutsiyaviy normada fuqarolik instituti bilan bog‘liq huquqiy maqomga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning maqomiga oid qoidalar asosi o‘rnatilgan. Unga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, idoralari hamda mansabdor shaxslаri tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi barcha demokratik davlatlar qatori o‘z hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Ularga tegishli shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini noqonuniy cheklashga hech kimning haqqi yo‘q. Shu bilan birgalikda, ular ham o‘z navbatida o‘zbekiston xalqi, uning milliy qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalarda belgilangan burchlari oldida mas’uldir. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablarini to‘liq bajarishi, olinadigan daromadalaridan soliq to‘lashi, jamiyat va davlat manfaatlariga zid xatti-harakatlarni amalga oshirmasligi, atrof-muhitni asrab avaylashi, xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlarini Qorqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi huquqiy maqomini ham o‘zida mujassam etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik deklaratsiyasi” va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi ilk hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etilib, Konstitutsiyamizdagi alohida normalar asosida mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu normalarning uzviy davomi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqaroligiga tegishli qonunlarda o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 22-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi. Konstitutsiyamizning mazkur moddasida belgilangan ushbu prinsip davlat hokimiyatining har bir fuqaro oldida mas’ulligini hamda majburiyat olganligini bildiradi. O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi bosh g‘oyalardan biri davlat organlari va mansabdor shaxslarning har bir fuqaro oldidagi mas’ulligi hisoblanadi. Ushbu g‘oyaning uzviy davomi fuqarolarning har doim va qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, uning huquqlari va manfaatlari davlatimiz himoyasida ekanligini belgilovchi prinsipdir. O‘zbekiston fuqarosi qayerda bo‘lmasin, o‘z fuqaroligini saqlab qolish huquqiga ega. O‘zbekiston fuqarolari qonunda belgilangan tartibda chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotganligidan qa’tiy nazar, o‘z fuqarolik huquqiy maqomini saqlab qoladi hamda O‘zbekiston Respublikasi himoyasida bo‘ladi. Ushbu qoida 1966-yil 19-dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktda aks yetgan prinsiplarga to‘la mos keladi. Jumladan, “ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududidagi va o‘z yurisdiktsiyasida bo‘lgan shaxslarni mazkur paktda e’tirof etilgan huquqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling