I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
74 75 O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas (16-modda)”, Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin (17-modda)” 16 fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat barpo etish, har bir fuqaroning munosib turmush kechirishiga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Shunday qilib, Konstitutsiyaviy huquq mоdulida fuqarolik bilan bog‘liq munosabatlar alohida Konstitutsiyaviy-huquqiy institutni tashkil etadi. Fuqarolik - jismoniy shaxs va davlatning o‘zaro doimiy mustahkam va barqaror siyosiy-huquqiy aloqasini anglatib, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklari prinsiplarini tan olish va hurmat qilishga asoslangan muayyan shaxs va davlatning o‘rtasidagi o‘zaro huquq, majburiyat va javobgarliklari yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishilganidan so‘ng fuqarolik institutining demokratik talablarga javob bera oladigan qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (VI bob. Fuqarolik: 21,22,23-moddalar) alohida bobda fuqarolik masalalari tartibga solindi, uning asosiy prinsiplari belgilab berildi, 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 632-XII-son maxsus qonuni qabul qilindi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992- yil 2-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 16 O’zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi // [Elektron manba] // URL: http:// lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020). tabiiy huquq va erkinliklari bilan birga, siyosiy huquq va erkinliklar ham tegishli ekanligi e’tirof etilgan. “Fuqaro” tushunchasiga insonning huquqiy holatini belgilovchi yuridik atama sifatida qaraladi. Insonlarning huquqiy holatidagi farqlar uning fuqarolikka ega yoki fuqarolikka ega emasligi, chet el fuqarosi ekanligi, ko‘p fuqarolikka egalik kabi holatlar bilan izohlanadi. Bu holat har bir davlatning milliy qonunchiligida, ya’ni ularning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, milliy an’analari, urf-odatlari va boshqa omillardan kelib chiqib, o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. O‘zbekiston Respublikasi umume’tirof etilgan xalqaro huquq qoidalariga sodiqligini namoyon etib, o‘z xalqining azaliy orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish barobarida yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning huquqiy holatini, ularning huquq va erkinliklari hamda majburiyatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, Konstitutsiyadagi quyidagi asosiy prinsiplar “... davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda)”, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi (4-modda)”, “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi (7-modda)”, “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi (8-modda)”, “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (15-modda)”, “Konstitutsiyaning birorta qoidasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling