I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
90
91
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni 
iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka 
tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va 
ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa yoki shaxsning 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi O‘zbekiston 
Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo‘lsa, 
uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
3-§. Shахsiy huquq vа erkinliklаr
Mаmlаkаtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar 
davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida inson huquq 
va erkinliklarini ta’minlashning samarali mexanizmini yanada 
takomillashtirilishini taqozo etmoqda. Ta’kidlash joizki, 
mazkur islohotlarning mazmun va mohiyatini belgilashda 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim 
huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega 
bo‘lgan, mamlakat xalqining erk-irodasini o‘zida ifodalagan
demokratik tamoyillarni o‘ziga singdirgan, inson huquq va 
erkinliklarini ta’minlanishini kafolatlagan, qolaversa davlat 
organlari faoliyatining asosiy yo‘nalish va faoliyatini belgilab 
bergan аsosiy qonundir.
Yurtimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
mohiyatini “shaxs-jamiyat-davlat” tizimi aks ettiradi. Shu bois, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
“Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi 
jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim 
kafolatidir” deb ta’kidlaganligi shaxsiy huquq va erkinliklarni 
amalga oshirishga tegishli.
yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni IIVga yuboradilar. 
IIV hujjatlarni va TIV hamda DXXning xulosasini qabul qilib, 
ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda manfaatdor vazirlik 
va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib 
chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi 
talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab 
yo‘qotiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilganligi 
fakti “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31 va 32-moddalariga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsning 
doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan, 
chet elda doimiy yashovchi shaxslar uchun esa, konsullik 
muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida. 
Fuqarolikdan chiqish - shaxsning o‘z irodasiga ko‘ra 
fuqarolikning bekor bo‘lishini anglatadi. Odatda, fuqarolikdan 
chiqish fuqaroning iltimosi bo‘yicha amalga oshiriladi;
Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga 
ko‘rа O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat 
etiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni 
iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki 
fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim 
manfaatlari bilan bog‘liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan 
bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi 
rad etilishi mumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling