I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
86
87
onasidan biri, buvasi yoki buvisi O‘zbekiston Respublikasi 
hududida tug‘ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi 
emasligini isbotlasa, taalluqli bo‘lmaydi; 3) qonuniy tirikchilik 
manbalarining mavjudligi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasini tan olish va bajarish.
Ayni paytda yuqorida 1, 2 va 3-bandlarda qayd etib o‘tilgan 
talablar alohida hollardagina O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat 
sohasida katta yutuqlari bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega bo‘lgan 
ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin
21
.
Fuqarolikni yo‘qotish asoslari Qonuning 21-moddasida 
hamda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan 
bog‘liq masalalami ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom” da 
quyidagicha belgilangan, unga ko‘ra:
birinchidan, shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik 
xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki 
davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga 
ishga kirganligi natijasida vujudga keladi. Ya’ni, O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati 
armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek, 
politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati 
va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar 
mavjud bo‘lganda. Bu holda, Konsullik muassasalari hujjatlarni 
TIVga (bundan buyon matnda TIV) yuboradilar, TIV olingan 
ma’lumotlarni va Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda 
IIV) hamda Davlat xavfsizlik xizmatining (bundan buyon 
matnda DXX) xulosalarini o‘zining hujjatlari va xulosasi 
21 O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron 
manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
Milliy 
qonunchiligimizga 
muvofiq, 
O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligiga quyidagi hollarda olinadi: 1) 
tug‘ilganda; 2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul 
qilinishi natijasida; 3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha; 4) 
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha.
Jumladan, ota-onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi 
bo‘lgan bolalarning fuqaroligi quyidagicha belgilanadi, ya’ni 
tug‘ilgan paytida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo‘lsa, bola O‘zbekiston Respublikasi hududida yoxud 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lishidan 
qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ota-onasining fuqaroligi har xil bo‘lib, ulardan biri bola 
tug‘ilgan paytida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 
quyidagi hollarda bola O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi 
hisoblanadi: 1) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududida 
tug‘ilgan bo‘lsa; 2) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida tug‘ilgan bo‘lsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu 
vaqtda O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga 
ega bo‘lsa.
Milliy qonunchiligimizda O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligiga qabul qilishning demokratik tartibi belgilangan. 
Masalan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
o‘z iltimosnomalariga ko‘ra ushbu Qonunga binoan kelib 
chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga 
munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’iy nazar, 
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish 
shartlari quyidagilardan iborat: 1) chet el fuqaroligidan voz 
kechish; 2) so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi 
hududida doimiy yashaganlik.Ushbu qoida O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslarga, 
basharti ular shu yerda tug‘ilgan va hech bo‘lmasa ota-



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling