I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
84
85
tarzda fuqarolikning o‘zgarishi (transfert) bo‘lishi mumkin. 
Transfert vaqtida bir davlatdan boshqa davlatga olayotgan 
hudud aholisining, xohishidan qatdy nazar, bir davlatdan 
ikkinchisiga o‘tar edi. Transfert kam uchraydi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga alohida hollarda yuksak 
xizmatlari uchun davlat boshlig‘i tomonidan beriladigan 
xadya etilgan fuqarolik deb ataluvchi institut ham mavjud.
Aksariyat davlatlarning qonunchiligi fuqarolikdan 
chiqish imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, fuqaroning 
tashabbusiga ko‘ra fuqarolikni tugatilishi - fuqarolikdan voz 
kechish, davlatning tashabbusiga koda fuqarolikni tugatilishi 
- fuqarolikdan mahrum etish, bir fuqarolikdan ikkinchi 
fuqarolikka o‘tishi yoxud davlat hududi chеgaralarining 
o‘zgarishi natijasida fuqarolik almashtirilishi (o‘zgarishi) 
mumkin, ekspatriatsiya insonning vaqtinchalik yoki umuman 
uni fuqarolikdan mahrum qilgan holda mamlakatdan chiqarib 
yuborilishi shakllari uchraydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va 
fuqarolarning huquqiy maqomiga oid normalar eng markaziy 
o‘rinlarni egallagani mamlakatimizda fuqarolik institutiga 
davlat tomonidan o‘ta jiddiy yondoshilganidan darak beradi. 
Binobarin, har bir demokratik davlat faoliyatining mazmuni, 
avvalo, o‘z fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarning huquq va 
erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Fuqarolik holatiga tegishli asosiy tamoyillarning 
Konstitutsiyaviy mustahkamlanishi oqibatida fuqarolarning 
davlat bilan mustahkam huquqiy munosabatiga asos solindi. 
Konstitutsiyamizda yagona fuqarolik, barcha fuqarolarning 
qonun oldida tengligi, barcha insonlarning teng huquqliligi, 
davlat o‘z fuqarolarining homiysi ekanligi kabi tamoyillar 
o‘rnatilganki, bu o‘z navbatida fuqarolarning davlat hokimiyati 
bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zaro hurmat va mas’uliyat 
bilan yondashuvni shakllantiradi.
manfaatdor shaxs (farzandlikka olishda) roziligi bilan amalga 
oshadi.
Nаturаlizаtsiya. Ichki ishlаr Kоtibiyati vоyagа еtgаn, 
muоmаlаgа lаyoqаtli; Birlаshgаn Qirоllikdа istiqоmаt 
qilish, хаrаktеr, til vа kеlаjаkkа оid mаqsаdlаr, hаmdа eng 
so‘nggi kiritilgаn tаlаblаrdаn biri - Birlаshgаn Qirоllikdаgi 
hаyot hаqidа bilim bo‘yichа tаlаblаrgа jаvоb bеrа оlgаn hаr 
qаndаy shахsgа nаturаlizаtsiya (fuqаrоlik tаqdim etilishi) 
imkоniyatini tаqdim etishi mumkin.
20
Barcha mamlakatlarning qonunchiligi bir qator 
cheklanishlarga ega bo‘lib, ular asosida shaxslarga siyosiy, 
ijtimoiy, diniy, milliy va boshqa sabablardan kelib chiqqan 
holda naturalizatsiyada rad etiladi.
Reintegratsiya usuli (dastlabki fuqarolikni qayta tiklash) 
kam uchraydi. Qoida bo‘yicha reintegratsiya jarayonida 
soddalashtirilgan tartibdagi fuqarolikni qabul qilish tartibi 
qo‘llaniladi. Bu usulga ko‘pincha naturalizatsiyaning bir shakli 
sifatida qаraladi.
Xalqaro shartnomalar asosida fuqarolik qabul qilish va 
o‘zgartirish ko‘pincha bunday holatlar tinchlik haqidagi 
shartnomalar, repatriatsiya (lotincha repatpute, aynan 
vatanga qaytish dеgan ma’noni anglatadi) haqida kelishuvlar, 
hududiy masalalardagi kelishuvlar vaqtida bo‘ladi. Bu usul 
bir necha davlatlarning birlashishi bilan bog‘liq holda yangi 
davlat tarkib topishi yoki bir davlat bo‘linishi natijasida bir 
necha davlatlar tuzilishida, bir qism hududning bir davlatda 
boshqa davlat tasarrufiga o‘tishi (sessiya), shuningdek, qo‘shni 
davlatlar o‘rtasida alohida hududlarning almashuvi chog‘ida 
amalga oshiriladi.
Hududiy o‘zgarishlar vaqtida ko‘ngilli ravishda fuqarolik 
tanlash (optatsiya), o‘zgartirish (ko‘chirish vaqtida), avtomatik 
20 Bradley A.W., Ewing K.D. Constitutional and Administrative Law.Pearson 
Education Limited 2003. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling