I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
94
95
Aybsizlik prezumptsiyasi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
26-moddasida 
mustahkamlangan. 
Aybsizlik prezumptsiyasi (lotincha praesumptio - taxmin 
so‘zidan) jinoyat protsessining muhim demokratik 
prinsiplaridan biri bo‘lib, u shaxs huquqlarining 
himoyalanishini ta’minlaydi, asossiz ayblash va hukm qilishni 
istisno etadi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
26-moddasida “Jinoyat sodir etgan likda ayblanayotgan har bir 
shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, 
uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda 
ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha 
sharoitlar ta’minlab beriladi” - deb belgilangan.
Bundan tashqari, aybsizlik prezumpsiyasi JPKming 
23-moddasida qayd qilingan bo‘lib, unda “gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda 
aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga 
va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga 
qadar aybsiz hisoblanadi”- deyilgan.
Shaxsiy daxlsizlik dеganda uy-joy, ish joyining daxlsizligi 
ham tushuniladi (Konstitutsiyaning 27-moddasi). Uy-joyga 
faqat unda yashovchi shaxslarning aniq roziligi bo‘lgan 
hollarda yo‘l qo‘yiladi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda 
insonning shaxsiy yozishuvlari, kundaliklari, rasmlari hamda 
ularning matni ham shaxsiy daxlsizlik huquqi bilan qamrab 
olinadi.
O‘zbekistonda fuqarolarning erkin ko‘chib yurish huquqi 
kafolatlanadi. Fuqarolarning mamlakatimiz hududida
shuningdek, kelish va chiqib kеtishdagi ko‘chib yurish 
erkinligi – kishilarning shaxsiy nomulkiy huquqlaridan 
hisoblanib, ushbu huquq mutlaq Konstitutsiyaviy xususiyatga 
ega. Shaxs ushbu huquqqa muvofiq o‘z xohishiga ko‘ra, 
O‘zbekiston hududi doirasida bir joydan ikkinchi joyga erkin 
xalqaro pakt»ning 6, 7, 9, 10, 11-moddalarida insonning 
yashash huquqi, qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi, sha’ni 
va obro‘yini himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
24-moddasida yashash huquqining mustahakamlanishi 
davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya qilishning kuchli 
mexanizmini yaratishni talab qiladi. Bu boradagi tadbirlar 
nafaqat jinoyatchilikni oldini olish yoki jinoyatga qarshi 
kurashish natijasidagi huquqni himoya qilish faoliyatini, balki 
ijtimoiy sohada ham inson hayotining ta’minlanishini o‘z 
ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson 
huquqlari va erkinliklarining daxlsizligi kafolatlanadi. 
Shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga faqat 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan 
asoslar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi.
Sud-huquq 
islohatlarini 
yanada 
chuqurlashtirish 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
demokratik o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri 
bo‘lib, hisoblanadi. Ushbu islohоtlarning asosiy maqsadi 
barcha uchun teng, adolat hukmron bo‘lgan, shaxs, uning 
huquq va erkinliklarini himoyasida turadigan sud-huquq 
tizimini yaratishdan iborat.
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi - bu har bir inson 
tug‘ilishi bilan qo‘lga kiritadigan, har kim erkin, o‘z ixtiyori 
bo‘yicha harakat qilishi, o‘zganing shaxsiy erkinligi va 
daxlsizligiga ziyon etmaydigan tarzda yurish-turishni tanlash 
imkonini beruvchi huquqdir. Shaxsning erkinligi jamiyatdagi 
axloq me’yorlari doirasidan chiqmasligi va qonun asosida 
bo‘lishi kerak, ya’ni shaxs har qanday harakatni qonun va 
qonun hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga 
zid kelmagan taqdirda, amalga oshirish rnumkin.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling