Identifikatsiyalash


Optimal joylashtirish masalasi


Download 1.5 Mb.
bet26/52
Sana27.08.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1670754
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
ОПТИМАЛЛАШТИРИШ (2)

2.Optimal joylashtirish masalasi. Faraz qlaylik, m ta A1,A2,…,Am punktlarda bir xil mahulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish kerak boʻlsin. Har bir korxonaning ish quvvatini bildiruvchi xi, (i=1,2,..,m) butun sonli qiymatlarni qabul qiladi. Har bir Ai punkdan mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan xarajat ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bogʻliq boʻlib fi(xi) funksiya orqali ifodalanadi. Soddalik uchun bu funksiyani chiziqli deb qabul qilamiz, ya’ni fi(xi)=cixi.Bundan tashqari n ta punkda bu mahsulot iste’mol qilinadi. Har bir iste’mol qiluvchi punktning mahsulotga boʻlgan talabi ma’lum va ular b1, b2 ,…,bn birliklarni tashkil qiladi deb faraz qilamiz. Har bir Ai ishlab chiqaruvchi punkt har bir iste’mol qiluvchi punkt bilan bogʻlangan va transport xarajatlarining matritsiyasi S=(sij) dan iborat boʻlsin. Ai punktdan j punktga yuboriladigan mahsulot miqdorini xij bilan belgilaymiz. U holda masalaning matematik modeli quyidagi koʻrinishda ifodalanadi.

Yuqorida keltirilgan masalalarda noma’lumlarga butun boʻlishlik sharti qoʻyilgan. Chiziqli programmalash masalasidan ana shunday shartlar bilan farq qiladigan masalalarini butun sonli programmalash masalasi deb ataymiz.
Butun sonli programmalash masalasini umumiy holda quyidagi koʻrinishda ifodalash mumkin:

yoki vektor formada
AX=b
X≥0 va butun
Z=CX→min
Butun sonli programmalash masalalaridagi noma’lumlarning hammasi uchun butun boʻlishlik sharti qoʻyilsa, bunday masalalar toʻliq butun sonli programmalash masalalari, agar ularning ma’lum bir qismi uchungina bu shartlar quyilsa, kisman butun sonli programmalash masalalari deyiladi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling