Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Agar bilmasangiz, ahli ilmlardan so‘rangiz»
Ilm o‘rganish fazilati
Ilm olish fazilati haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: «Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o‘rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!» (Tavba surasi, 122- oyat). Bu oyatdan ko‘zlangan maqsad ta’lim berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdir. Alloh taolo aytadi: «Eslang (Ey Muhammad), Alloh kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u (Kitob)ni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb ahdpaymon olgan edi» (Oli Imron surasi, 187-oyat). Bu oyat ta’lim berishning vojibligiga dalolatdir. Boshqa oyatda aytiladi: «Agar bilmasangiz, ahli ilmlardan so‘rangiz» (Nahl surasi, 43-oyat). Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilm olish fazilatini shunday bayon qiladilar: «Kim ilm talab qilish yo‘lini tutsa, Alloh taolo uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi».32 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Maloikalar tolibi ilmning qilgan Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 16 ishidan mamnunlar kerak bo‘lib, unga qanotlarini yozadilar».33 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilmdan bir bob o‘rganib tong ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir».34 32. Imom Muslim rivoyati. 33. Imom Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar rivoyati. 34. Ibn Abdulbar Abu Zarrdan rivoyat qilgan. Ibn Mojaniki boshqa lafz ila keladi. Bu hadisni Alboniy zaif degan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Kishi ilmdan bir bob o‘rganishi uning uchun dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir». 35 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham o‘rganinglar». 36 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm xazina, uning kalitlari savol. So‘ranglar, so‘rashda to‘rt kishi savobga ega bo‘ladi: so‘rovchi, olim, eshituvchi, ularni do‘st tutuvchi». 37 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Johil bilmaganini so‘ramasligi, olim bilganini aytmasligi durust emas». 38 35. Ibn Abdulbar Hasan Basriydan mavquf holda rivoyat qilgan. Tabaroniy zaif isnod ila rivoyat qilgan. 36. Ibn Adiy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’ifa» nomli kitoblarida botil hadis degan. 37. Abu Nu’aym zaif isnod bilan rivoyat qilgan. U isnodiga ko‘ra mavzu’dir. 38. Tabaroniy, Ibn Murdavayh, Ibn Sunniy, Abu Nu’aymlar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan. Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Olimning majlisida hozir bo‘lish ming rakat namozdan, mingta kasalni borib ko‘rishdan, mingta janozaga ishtirok qilishdan afzaldir», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, Qur’on tilovatidan ham yaxshiroqmi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Ilm bo‘lmasa, Qur’on tilovati foyda beradimi?»39 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Islomni tiriltirish uchun ilm o‘rganayotganida vafot etsa, jannatda u bilan payg‘ambarlar orasida bir daraja qoladi».40 Islom buyuklari ham ilm o‘rganish fazilatini ko‘p ta’kidlashgan. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim». 39. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilgan. 40. Doramiy va Ibn Sunniylar hasan holda rivoyat qilishgan. Ibn Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: «Chiroyda Ibn Abbosdek chiroylisini, so‘zlashda tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini ko‘rmaganman». Abdulloh ibn Muborak aytadilar: «Ilm o‘rganmasdan turib ulug‘likka intilgan kishiga hayronman». Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling