Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Aqlsizlarga mollaringizni berib qo‘ymangiz»
www.ziyouz.com kutubxonasi 92
134. Abu Bakr ibn ash-Shaxir Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarini bir juz’i. Abu Dovud Oishadan (r.a.) shunga o‘xshash hadis rivoyat qilgan. Iso (a.s.) shunday deganlar: «Gavharlarni to‘ng‘izlarning bo‘yniga osmanglar». Albatta, hikmat (ilm) gavhardan yaxshiroqdir. Kim uni yomon ko‘rsa, to‘ng‘izdan ham yomonroqdir. Shuning uchun: «Har bir bandaga aqlining me’yoriga ko‘ra o‘lchab va fahmining mezoniga ko‘ra tortib ber. Toki sen uning yomonligidan salomat bo‘lasan va u ham sendan foyda oladi. Aks holda me’yorlar turlicha bo‘lgani uchun inkor paydo bo‘ladi», deyilgan. Bir olimdan bir narsa haqida so‘rashganida, javob bermadi. Shunda so‘rovchi: «Siz Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kimki foydali bir ilmni yashirsa, qiyomat kunida olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlanadi»,135 deganlarini eshitmaganmisiz?» dedi. Olim: «Yuganni qo‘yaver va (yo‘lingdan qolmay) ketaver. Agar (so‘zimni) anglaydigan bir odam kelsa va undan ilmni yashirsam, o‘shanda meni yuganlayversin», deb javob qildi. Zero, ilmni buzadigan va unga zarar beradigan kishidan ehtiyot qilish lozimligini bildirib, Alloh taolo: «Aqlsizlarga mollaringizni berib qo‘ymangiz», (Niso surasi, 4-oyat), deya marhamat qilgan. Loyiq kishiga bermaslikdagi zulm noloyiq kishiga berishdagi zulmdan kam emasdir. She’r: O‘tlab yurgan qo‘ylarga dur-Marjon sochmoq nechun? So‘ngra esa shartmikin unga qo‘riqchi bo‘lish? Ilmu hikmat qadrini johillar qaydan bilsun, Hayvon bo‘yniga ilmoq durru gavhar-abas ish! Allohning lutfi ila gar iltifot etsa latif, Yo‘llarimda uchrasa ilmu hikmat ahlidan. Unga zarur ilm tarqatib qozonsam muhabbatin, Aks holda ilm-yashirin, benasibdur bahridan. Kim johilga ilm o‘rgatsa, uni qilibdi zoe’, Kim tolibdan ilm ayasa, o‘shadir eng betole’! 135. Ibn Moja Abu Saiddan zaif isnod ila rivoyat qilgan. Yettinchi vazifa: Zehni past talabaga o‘ziga munosib bo‘lgan ochiq ilmlarni o‘rgatish lozim. Ilmning nozik jihatlarini berkitganini unga aytmaslik kerak. Chunki bunday so‘z uning ochiq ilmlardagi rag‘batini kamaytiradi, qalbiga tashvish soladi va o‘ziga nisbatan baxillik qilingan, degan gumonga olib boradi. Zero, hamma odam o‘zini daqiq ilmlarni olishga loyiq deb o‘ylaydi. Har kim o‘z aqlining mukammalligi xususida Alloh taolodan rozi bo‘lgandir. Eng ahmoq va aqli zaif kishi o‘z aqlini mukammal deb xursand bo‘lgan kishidir. Bundan ma’lum bo‘ladiki, avom tabaqasidan kimki shariat zanjiriga bog‘lanib, salaflardan o‘tib kelgan aqidalarni ta’vil va tashbeh qilmasdan qalbiga joylashtirgan va shu bilan yurish-turishini chiroyli qilib olgan hamda aqliga bundan ko‘proq narsani Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling