Ii- б´лим Фалсафа тарихи
Download 1.06 Mb.
|
Falsafa fani tarixi va nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: Qadimgi Maraziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrlarning shakllanishi
- 3-mavzu. Qadimgi yunoniston va Rumoda falsafaiy fikrlar rivojlanishi. (4s)
- 4-mavzu: VI - VIII asrlarda Markaziy Osiyoda diniy-falsafiy fikrlar
- 5-mavzu: IX – XII asrlarda Arab – musulmon olamida Uygonish davri
- 6-mavzu: ¤rta asr Ovr´po falsafasi. (2s).
- 7-mavzu: XIV – XVI asrlarda Markaziy Osiyoda tabiiy-ilmiy, ijtimoiy–falsafiy fikrlar. Tasavvuf. (2s)
- 8-mavzu: ¢arb Uyg`onish davri falsafasi. (2s)
- 9-mavzu: XVI - XVIII asrlar ¢arbiy Ovr´poda falsafiy fikrlar rivoji
- 10-mavzu: Germaniyada falsafiy fikrlar rivojlanishi. Markscha falsafa: uning qadrlanish va qadrsizlanish sabablari (4s).
- 11-mavzu: Rossiyada XVIII - XIX asrlarda ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyoti. «Rus kosmizmi»
- 12-mavzu: XVI - XIX asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrlar. Falsafiy fikrlar qashshoqligi va uning ijtimoiy oqibatlari. (2s).
- 13-mavzu: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivoji.
- 14-mavzu: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ¢arb falsafasi (2 s).
- 15-mavzu: O`ozirgi zamon falsafasi.
- Falsafa fani nazariyasi (62 soat lektsiya, 70 soat amaliy mashg`ulot) 1-mavzu: Borliq falsafasi
- 2-mavzu: Tabiat – borliqning ajralmas qismi
- 3-mavzu: Ong, ijtimoiy ong, uning asosiy shakllari va darajalari
II bo`lim falsafa tarixi.
(44 soat lektsiya, 56 soat amaliy mashg`ulot) 1 –mavzu. Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk falsafiy fikrlarning vujudga kelishi. Reja:
1. Falsafiy fikrlar vujudga kelishining ´ziga xos xususiyatlari. 2. Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy fikrlarning shakllanishi. 3. Qadimgi Xind falsafasi. 4. Qadimgi Xitoy falsafasi. 1. Bu mavzuda falsafaning kelib chiqish sabablari, uning mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan birga qanday rivojlanib, takomillashib borganini aniqlab olinadi. O`ozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog`lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql k´zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. Shu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog`lab tushuntirish xam ´zini oqlamaydi. Chunki bu davrlar turli mintaqalarda ´ziga xos tarzda kechgan. Masalan, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, O`indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlasak bu yerda sof quldorlik tuzumi b´lmaganligini k´ramiz. K´pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan. Shuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda ´ziga xos xususiyatlarga ega b´lganligiga e`tiborni qaratish kerak. O`amma mintaqalar uchun falsafiy savol va javoblar tug`ilishini universal bosqichi b´lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning ´ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy jarayonlarni turli–tumanligini toraytirib q´yadigan Yevropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni g`ayriilmiyligini k´rsatish bilan Sharq bilan bog`liq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik kerak. Bu ´rinda ¢arb va Sharq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e`tibor qaratish bilan birga ¢arb va Sharq falsafasidagi an`analarning ´zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim. Sharqning ´ziga xosligi, unga munosib b´lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga q´shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e`tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasining quchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini ´zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta`sir k´rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g`oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta`sirida, ma`lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo`lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o`tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani ´ziga xos yondoshishga ega. Qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor b´lishning ´zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu ´ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug`diradi. Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib b´lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo`q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu ´rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug`iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi. Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf–odatni, an`anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an`analarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. Shundan uning bor b´lishning ´zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi. Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljishlar ta`sir qiladi? degan savollar tug`ilishi tabiiydir. Qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma`nosi, uning odatdagi tuzumi va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog`liq b´lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar ´z ahamiyatini y´qotganda, endi nima qilish kerak? degan savol tug`iladi. Qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga kelsak, u o`sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. Shunday qilib, falsafiy qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–odatlarni tanqid qilib, yangicha qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. Shuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog`liqdir. 2. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan b´lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi t´rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu yerda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo``jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga k´rsatadigan ta`sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor b´lgan b´lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – ´sha davrlardan qolgan yozma manba`larda, xususan, «X´jayinning ´z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy q´shig`i». «¤z xayotidan xafsalasi pir b´lgan kishining ´z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon b´lgan. 3. Bizning eramizgacha b´lgan 1 ming yillikning ´rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch ´chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning ´zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug`ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga ´tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi. Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi ´zining qadimiy va boy tarixiga ega. Qadimgi Xind falsafasini ´rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo´lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to´gri so´zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar t´plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, yashurveda va Atxarvededa deb ataladigan 4 katta b´limdan iborat. Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba`lari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta`kidlanishicha, tana jonning qobig`i b´lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir b´lagidir. Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur b´lgan manba`larda ham ´z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma`noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola b´lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma`lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni ´rab turgan borliq, uning hayotdagi ´rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me`yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. eramizgacha b´lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta`limot shakllana boshladi. Bu ta`limotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, yerdan boshqa tarzdagi hayotning b´lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar. Lokayataning eng rivojlangan oqimi Charvaklar (er.avv. VI-asr) ta`limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan b´lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda xissiyotning rolini bo`rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon b´lishi mumkin deb xisoblaganlar. 4. Xitoydagi dastlabki falsafiy ta`limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, suv, yer, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi. eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob`ektiv tabiiy qonuniyatga b´ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta`limotiga bogliqdir. Dao xaqidagi ta`limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir. «Daosizm» «Dao» s´zidan kelib chiqqan b´lib, «y´l», «taraqqiyot», «dunyo negizi» ma`nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-tszi b´lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog`liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari ´z-´ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Ta`kidlanishicha, g´zallik va yomonlik, borliq va y´qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini t´ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq b´ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni ´z ichiga oladi. Daosizm vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini ´rtaga q´yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni b´rttirib yuborganlar. eramizdan oldingi V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim b´lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy b´lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi b´lib olg`a surdi. U ´zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e`tibor qaratgan. Odamlar ´z tabiatiga k´ra, bir-birlariga ´xshaydilar, faqat tarbiyaga k´ra, ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar ´rtasida ´zaro muhabbat, hurmat tamoyillari xumron b´lishi kerak. 2-mavzu: Qadimgi Maraziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrlarning shakllanishi Reja:
1. Markaziy Osiyodagi qadimgi mifologik, diniy va falsafiy fikrlarning paydo b´lishi va yoyilishi. 2. Zardushtiylik dini, unda olam, borliq va rux, tabiat va odam t´grisidagi qarashlar. 3. Moniy va Mazdak ta`limoti.
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. Shu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar yunon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, eron manba`larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq Sho`rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo`lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun`iy sug`orishga asoslangan b´lib, u sug`orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. Shunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. Shu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo b´la boshlaydi. Turonliklarning og`zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha yetib kelgan. Masalan, T´maris, Spitamen, Zarin, Cho`pon, Shiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi. 2. Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din b´lib qolmay, balki ´sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida t´plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning k´p qismi y´qolgan. eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi ´z ifodasini topgan. «Avesto»da ´tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani ´z aksini topgan. Unda qadimgi Turon ´lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, yer tuzilishi, sahrolari, tog`lari haqida qimmatli ma`lumotlar berilgan. ¢arazg´ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va`daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, ´zaro izzat-ikrom kabi odamlar ´rtasida ustivor b´ladigan axloqiy qoidalar ulug`lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi. «Avesto»da odamlarni imonli b´lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va s´zlardan yuz ´girishga da`vat etadigan axloqiy qoidalar diniy ´gitlar, falsafiy g`oyalar nihoyatda k´p. «Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, ´z q´llari bilan moddiy boyliklar yaratib, t´q-farovon hayot kechirishga da`vatlardir. Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan yer, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Yer va xavo shunday e`zozlanganki, xavoni bulg`ash, ifloslantirish, xayvonlar ´ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham yerga k´mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim b´lgan. Marxumlar yerni, suvni, xavoni zaharlab q´ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda k´mish rasm b´lgan. Shunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din b´lgan. Undagi barcha asosiy g`oyalar hozirgi jahon dinlarida o`z mujassamini topgan. Shuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq ´tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o`z ifodasini topgan. Biroq, urug`lar, qabilalar, elatlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar, o`zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo`l keladi. Turonni avval eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o`z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo`shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog`da ular bu ko`hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo`lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o`z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo`ladi, maboda parokandalikka yo`l qo`ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma`nodagi falsafiy fikrlar bor. eron xoqonlari zardushtiylikdan o`z manfaatlari yo`lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g`oyalari qadrsizlanib bordi. 3. Bunday sharoitda boshqa g`oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi. Iroqda tug`ilgan va dastavval eron shoxlari marhamatiga sazovor bo`lgan Moniy (216-277) keyincharoq quvg`inga uchradi va ijodining ko`p qismini Turonda ro`yobga chiqardi. U zardushtiylik, xristianlik, yakkaxudolik (iudaizm) dinlarini birlashtirib, Moniylik nomi bilan yagona din yaratmoqchi bo`ldi. U yakkaxudolik va xristianlikdan xoloskorlik g`oyasini, Zardushtiylikka qiyosan nur va zulmat g`oyasini oladi. Bu ta`limotda Moniy o`zi Samo nuri elchisi hisoblanadi. Borliqning 2 substantsiya asosi - yorug`lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, materiya olami o`zaro kurashadi, deb ta`lim beradi. Moniy, birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton hukm suradi, deydi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta`limotiga ko`ra, inson ruh-nur va jism-zulmat birligidan iborat mavjudot bo`lgani sababli, u zulmat kuchlariga qarshi kurashda ruhi poklanib, nur farzandiga aylanadi. Moniyning bu ta`limoti avom xalq orasida keng tarqala boshladi. Bundan tahlikaga tushgan shoh Bahrom uni ostirib yubordi. Mazdakiylik ham Turonda keng tarqalgan. Uning asoschisi Mazdak (470-529) zardushtiylik koxinlari va zodagonlariga qarshi kurashga boshchilik qilgan. Uning ta`limotiga ko`ra, olamda ezgulik, yorug`lik manba`i bilan qorong`ulik (johillik) o`rtasidagi kurashda «yaxshilik» «yomonlik» ustidan g`alaba qozonadi. Mazdakiylik g`oyalari eron va Turonda keng yoyilib, saltanat hamda boy-zodagonlar uchun xavf soladi. Chunki bu ta`limotga ko`ra, o`ziga tinch, boy odamlar nochor kishilarga yordam qo`llarini cho`zishlari kerak edi. Aks holda ular mulkining bir qismi zo`rlik bilan qashshoqlarga olib berilardi. Mazdakiylik harakati bostirilib, Mazdak qatl etilgan bo`lsa-da, ammo uning ta`limoti eron, Turon, Ozarbayjon xalqlarini zulmga, adolatsizlikka qarshi kurashida qo`l keldi. Turonni arablar bosib olgach, ularga qarshi kurash (Muqanna, Bobak qo`zg`alonlari) uchun g`oyaviy madad rolini o`ynadi.
Reja:
1. Qadimgi yunonistonda ijtimoiy–iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning ´ziga xos xususiyatlari. Milet va elet maktablari. 2. efeslik Geraklit falsafasi. Sofistlar falsafasi. Suqrot va Aflotun falsafasi. 3. Qadimgi yunonistonlik atomistlar: Levkipp va Demokritlar falsafasi. 4. Aristotelning olam xaqidagi falsafasi, dialektakasi va bilish nazariyasi. 5. Qadimgi Rumoda falsafiy fikrlar. Lukretsiy Karning ijtimoiy-axloqiy qarashlari. 6. Qadimgi Rumoda stoiklar ta`limoti. Sisteron, Varron, Seneka, Mark Avreliy, Antoniylarning falsafiy, ijtimoiy–siyosiy qarashlari. 7. Neoplotonizm ta`limoti. 8. Apologetika va patristika. 1. Qadimgi grek-yunon falsafasi eramizdan oldingi VI-asrda Gretsiyada vujudga keldi. Iqtisodiy hayotda o`sish, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida madaniy-ma`rifiy hayotda jiddiy siljishlar ro`y berdi. Davlat paydo b´ldi, xuquq, san`at va adabiyot shakllandi, savdo–sotiq kuchaydi. Shuningdek, tabiiy fanlar, ayniqsa fizika, matematika, astronomiya, geografiya fanlari shakllana boshladi, bular falsafiy fikrlar rivojlanishiga zamin yaratdi. Qadimgi yunonistonning dastlabki faylasuflari Yer, Quyosh, yulduzlar, xayvonlar va odamning kelib chiqishini bir butun yaxlit tassavur etishga xarakat qilgan mutafakkir edilar. Shuning uchun ham ularni «fizik–tabiiyotshunoslar» deb ataganlar. Ular mifologik va diniy dunyoqarashdan farq qiladigan ilmiy fikrlarni dadil ilgari surdilar. Ma`lumki, yunon mifologiyasida asosiy e`tibor dunyoning kelib chiqishini izohlab berishga qaratilgan b´lib, unda «dunyoni kim yaratgan?» degan savolga javob qidirilardi. yunon faylasuflari esa asosiy e`tiborni dunyo nimadan yaralgan, degan savolga javob qidira boshladilar. Bu davrga kelib, yunonistonda yirik savdo va madaniyat markaziga aylangan Milet shahrida falsafiy fikrlar keng rivojlandi. Taniqli mutafakkir Fales (er.avv. 624-567) hamma narsa suvdan kelib chiqqan va suvga aylanadi, deb hisoblagan b´lsa, Anaksimandr (er.avv. 610-546) dunyo noaniq materiya –apeyrondan tashkil topgan, deydi. Narsalar, uning fikriga k´ra, apeyron harakati hamda sovuqlik va issiqlik, namlik va quruqlik kabi qarama-qarshiliklarning natijasida paydo b´ladi. Anaksimenning (er. avv. 588-525) fikricha, hamma narsa havodan xosil b´lgan va xavoga aylanadi. efeslik Geraklit (er. avv. 530-470) olamdagi barcha narsa va xodisalarning asosi olovdan iborat deb xisoblagan. 2. Geraklit ta`limotining axamiyati shundaki, u ´zining dunyoning moddiyligi xaqidagi fikrini narsa va xodisalarning ´zgarishi va rivojlanishi kabi qonuniy jarayon, deb e`tirof etishidadir. Mazkur abadiy va eng umumiy qonuniyatni Geraklit logos deb tavsiflaydi. Geraklit falsafasining yana bir muxim tomoni voqelikdagi narsa va xodasalarga dialektika nuqtai nazardan yondashuvidadir. Uning fikricha, narsa va xodisalar doimiy ´zgarishda, ´zaro aloqadorlikda, bogliqlikda, bir-biriga ´tib turishdadir. Bu ´zgarib, rivojlanib turishning manba`i dialektik ziddiyatlilikdadir, deb hisobladi. Qadimgi yunon faylasuflaridan Pifagor (er. avv. 580-500) nuqtai nazaricha, dunyoning asosini sonlar tashkil qiladi, sonlar koinotdagi tartibning ifodasidir. Dunyoni bilish – uni boshqaruvchi sonlarni bilishdir. Pifagorchilar sonni materiyadan ajratib, uni iloxiylashtirgan b´lsalar-da, ammo ular matematika fanining shakllanishiga katta hissa qo`shdilar. Natijada mashxur Pifagor teoremasi vujudga keldi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta ´rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson xaqidagi fan) va gnoseologiya (bilish xaqidagi fan) muammolari bilan shug`ullanganlar. Sofistlar ´sha davrdagi yangi kasblarning mohir ustalari, ya`ni ´qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat b´lib, xaqiqat va adolat ´rnatishga xizmat qilishgan. Ularning ta`limoti Suqrot falsafasiga ham ma`lum darajada ta`sir k´rsatgan. Suqrot (er. avv. 469-399 y.) fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmogi lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon xayoti axloq-odobning axvoliga bog`liq. Bu masalalar Sharq falsafasida xam katta ´rin tutganligi bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benixoyat xurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob xaqidagi pand-nasixatlariga amal qilgan. Suqrotning shogirdi Aflotun (asli Platon mil. avv. 427-347) jahon falsafasi tarixida ´chmas iz qoldirgan, u nafaqat faylasuf olim, balki san`atkor, shoir va dramaturg b´lgan, o`z g`oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun Demokrit fikrlarini qattiq tanqid qiladi. Aflotunning falsafiy qarashlari, asosan uning «Bazm», «Teetet», «Fedon» nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari esa «Davlat», «Siyosat» va «Qonunlar» nomli asarlarida ifoda etilgan. Aflotun ta`limoticha, olamda «g`oyalar dunyosi» birlamchi b´lib, moddiy dunyo esa ikkilamchi, g`oyalar dunyosining maxsuli, soyasidir. Uningcha, «g`oyalar dunyosi» fazo va vaqtga bogliq b´lmay, abadiy harakatsiz va ´zgarmasdir: u «xaqiqiy dunyo»dir. Aflotunning bilish nazariyasiga k´ra, bilish ob`ekti «g`oyalar dunyosi», moddiy dunyo va undagi narsa va xodisalar xissiy bilishning manba`idir. Xissiy bilish xaqiqat emas, chunki u orqali kishilar g`oyani emas, balki moddiy predmetlarni sezadilar, ular t´g`risidagi tasavvurga ega b´ladilar. Moddiy buyumlarning asosi va moxiyati b´lgan «g`oyalar dunyosi»ni faqat sof tafakkur yordamida bilish mumkin. Aflotun yunonistondagi o`sha davr davlatini eng adolatli va ideal davlat deb hisoblagan. U jamiyatni 3 tabaqaga b´ladi. 1. Davlat arboblari – faylasuflar. 2. O`arbiylar (soqchilar). 3. Dexqonlar va xunarmandlar. Bunda davlat faylasuf – aristokratlar q´lida b´lishi lozim, xarbiylar esa davlatning z´rlik va zulm apparatidan iborat b´lib, quldor uchun zarur b´lgan sharoitni yaratishi kerak. 3. Qadimgi yunonistonning eng mashxur faylasuflaridan biri Demokritdir (er. avv. 460-370). Uning nuqtai nazaricha, dunyo moddiy b´lib, rux, ong materiyaning maxsulidir. U dunyoning asosi atomlar va b´shliqlardan iborat, narsa va xodisalarning rang-barangligi atomlar birikish usullarining turli-tumanligidan kelib chiqadi, deb hisoblagan. Demokrit materiya va xarakatning ajralmasligini, harakat, fazoning ham xuddi materiya singari ob`ektiv mavjud ekanligini tan olish lozim, deydi. Lekin u harakatni atomlarning b´shliqdagi oddiy ´rin almashishi, harakatning ´zini esa atomlarning fazoda ´zaro t´qnashuvi natijasida xosil b´ladi, deb hisoblagan. Demokrit tabiatdagi hamma voqea, xodisalarning doimo ´zgarib turishini zaruriyat hisoblab, tabiatdagi tasodifni tan olmas edi. Uning fikricha, narsa va xodisalar ´rtasidagi sababiyatni bilmaslik tasodifni tan olishga olib keladi. Sababiy bog`lanishlarni tekshirishni u fanlarning asosiy vazifasi deb xisoblar edi. Demokrit ong va rux xam atomdan iborat, deb hisoblagan. U olamni bilish mumkinligini ta`kidlab, uni qorongi va xaqiqiy bilimlardan iborat deb o`ylagan. U bilish jarayonida xissiyot va tafakkurning rolini xam k´rsatib ´tadi. Demokrit qadimgi yunonistonning qomusiy olimi edi. U fanning turli soxalari: falsafa, fizika, biologiya, tibbiyot, pedagogika, ruxshunoslik, filologiya, etika, siyosat, mantiq, ijtimoiy xayot masalalariga doir fikrlarni bayon etgan. Demokritning merosida insonni har tomonlama kamol toptirish, unda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish, odob-axloq, e`tiqod, vijdon va boshqa olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga oid qimmatbaxo fikrlar mavjuddir. Levkipp (500-440) Demokrit bilan birgalikda atomistik nazariyaga asos soldi. U birinchi b´lib sababiyat qonuni va yetarli asos qonunini ta`riflab berdi. Demokritning atomistik falsafasi keyinchalik epikur (341-270) tomonidan rivojlantirildi. Demokrit atomlarning asosan shakl va miqdor jixatdan farqini ta`kidlagan b´lsa, epikur esa ularning hajmi, og`irligi jixatdan farqini ta`kidlaydi. 4. Aflotunning g`oyalar xaqidagi ta`limoti qadimgi dunyoning eng buyuk mutaffakiri, quldorlarning ´rta tabaqa vakili Aristotel – Arastu (er.avv. 584-322) tomonidan qat`iy tanqid qilingan. U «Metafizika» (yoki «birinchi falsafa»), «fizika», «Jon t´grisida», «Analitika», «Kategoriyalar», «etika», «Siyosat» va boshqa asarlarida Aflotunning «g`oyalar» nazariyasini asossiz, deb xisoblaydi. Arastu g`oyalar bilan predmetlar ´rtasida ayirma y´q, deb ta`kidlaydi. Uningcha, moddiy olam abadiy va ob`ektiv xarakterga ega b´lib, u hech qanday Platon «g`oyalari»ga muxtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega b´lgan narsa va xodisalar yigindisidan iborat, u har doim harakat va ´zgarishdadir. Arastu ´z asarlarida xamma narsaning asosida materiya yotadi, deb moddiy dunyoning o`ektiv mavjudligini e`tirof etadi. Narsalar materiya va shakldan paydo b´ladi. O`ar bir narsa shakllangan materiyadir va shakl borliqning mohiyatidir. Materiyaning ´zida rivojlanishning faqat imkoniyati bor, xolos, u shakllantirishga muxtojdir. Shakl tufayligina materiya imkoniyatdan voqelikka aylanadi. Xaqiqiy borliq, uning fikricha, materiya va shakllanish birligidir. Bular bir-biriga ´tib turadi. Shaklsiz materiya y´q. Arastu materiya passiv, shaklsiz narsa. Shakl esa faol b´lib, narsani narsa qiluvchidir. Arastu shaklning faolligi haqidagi qarashini davom ettirib, xamma narsa shakllarning shakli – xudoning, «dunyoviy rux»ning, «dastlabki turtkining» ijodiy rolini ta`kidlaydi. Bu masalada u Aflotunga yaqin turadi. Bilish nazariyasida Arastu Demokritnng tarafdori edi. Uningcha, moddiy dunyo bilishning, sezgilarning, tajribaning asosidir. Sezgilar bizga ayrim aniq narsalar haqida ma`lumot bersa, aqlimiz esa umumlashtirilgan ma`lumotlar berishga qodir, degan edi. Arastu mantiq fanining barcha muxim masalalarini ishlab chiqdi, u mantiq bilish uchun zarur b´lgan tafakkur shakllari va isbotlash t´grisidagi fandir, deb yozadi. Fikrlar borliqligi, Arastuning nuqtai nazaricha, mavjud ob`ektiv olam xodisalari bog`lanishlarining in`ikosidir. Arastu kategoriyalar, tushunchalar, mulohazalar va xulosalar t´grisidagi ta`limotlarni kashf etdi. Falsafa tarixida 1-b´lib kategoriyalar tizimini ishlab berdi. Shuning bilan birga u kategoriyalarning bir-biri bilan aloqadorligini, bir-biriga ´tishini isbotladi. 5. Rumoda falsafa miloddan avvalgi II asrda rivojlangan, uning gullagan davri esa miloddan avvalgi 1 asrga t´gri keladi. Rumo falsafasining yirik namoyondalaridan Lukretsiy Kar miloddan avvalgi 99-58 yillarda yashab ijod qilgan, ´z dunyoqarashini «Narsalarning tabiati t´grisida»gi asarida chuqur va atroflicha bayon qilgan. U Demokrit va epikurlarni atomistik nazariyalarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi va rivojlantiradi. Materiya abadiy, u bir xolatdan ikkinchi xolatga aylana oladi, deydi. U fazo va vaqt, harakatning ob`ektivligi, materiya bilan bogliqligi xaqida fikr yuritadi. yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat xam xuddi tabiat singari ´z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan xolda rivoj topadi, deydi u. 6. Miloddan avvalgi IV asr oxirida yunonistonda stoiklar ta`limoti shakllandi. U keyincha Rumo davrida keng tarqalgan falsafiy oqimlardan biriga aylangan edi. Stoiklar asosiy e`tiborlarini insonning axloqiy muammolariga qaratadilar. Ular ilgari surgan axloqiy me`yorlar inson faoliyatining ch´qqisi sifatida ezgulikni muxim deb biladi. ezgulik ularning fikricha, birdan-bir farovonlikdir. ezgulikning ma`nosi oqilona yashashdan iborat. Stoiklar asosiy axloqiy talabdan kelib chiqqan xolda, «Tabiatga muvofiq yashash»ni talab etishardi. Tabiat va dunyoning tartibi–logosga muvofiq yashashga, hayot kechirishga da`vat etganlar. Bu ´rinda Rumo stoiklari Sitseron, Seneka, Mark Avreliy, Antoniylarning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari diqqatga sazovordir. 7. Neoplotonizm – bu mistik, diniy falsafa b´lib, III-V asrlarda Rumo imperiyasi davrida keng rivojlangan. Bu ta`limot xristianlik rivojlangan ijtimoiy davrda taraqqiy etgan. Neoplatonik oqimning k´zga k´ringan namoyondasi Plotin (205-270) b´lgan. Plotinning fikricha, mavjudlikning asosini xissiyotdan, aqldan ustun turuvchi gayritabiiy, iloxiy tamoyil tashkil etadi. Borliqning barcha shakllari unga bogliq. Plotin bu tamoyilni mutlaq borliq va uni bilish mumkin emas, deb tushuntiradi. 8. II-III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika s´zining lug`aviy ma`nosi «himoya qiluvchi» demakdir, ya`ni xristiyan dini aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar ´z adabiy asarlarida xristianlik ta`limotini asrashga, Rumo saltanati xokimlariga xristianlikni ta`qib qilishni oqlab b´lmasligini k´rsatishga intilganlar. Shu tufayli ´z asarlarida, yo dialog yoki apologiyaning tan olingan mumtoz shaklidan foydalanganlar. Xristian dinini mantiqiy asoslashga intilish uchun tushunarli talqin qilish va oqibatda unga qonuniylik maqomini berish maqsadi k´zda tutiladi. Apologetlar ilohiyotchilarga nisbatan k´proq faylasuf edilar. Ularning ta`kidlashicha, xristianlik bu eng qadimgi din va falsafadir. Masalan, Injilda Troyan xaqida bashorat qilingan, yunon falsafasida mavjud b´lgan xaqiqat masalasi esa, xristianlik va yaxudiylik dinidan ´zlashtirilgan. Apologetlarning uqtirishlaricha, xristianlik eng oliy falsafadir. Buning isboti esa Tavrotda bashorat qilingan. Apologetlar g`oyalarini targib qilishda Ter Tullian jonbozlik qilgan. Patristikaning lug`aviy ma`nosi «ota»ni anglatib, bu so`z ko`pincha xurmat ma`nosida ¢arbiy Yepiskoplarga berilgan. ¢arbda cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin (354-430) bo`lib, u Muqaddas (Blajennыy) deb nom olgan edi. U faylasuf va ilohiyotchi bo`lgan. U ikki davr oralig`ida, ya`ni antik dunyo va shakllanib kelayotgan ¤rta asrchilik oralig`ida yashagan. Bu o`rinda Avgustinning butun falsafasi yagona mutloq va mukammal xudo haqidagi ta`limotda mujassamlashgan.
Reja:
1. Arab bosqini va Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishi. 2. Islomdagi ikki oqim: Mutakallimlar va mu`taziliylar. Islom doirasidagi xurfikrlilik. 3. S´fiylik (tasavvuf)ning islomdagi diniy-falsafiy oqim sifatida vujudga kelishi. Uning xilma-xil oqim va y´nalishlari. 4. S´fiylik ta`limotida komil inson tushunchasi va unga ilmiy-falsafiy munosabat masalasining dolzarbligi. Turk hoqonlarining birlashishga qaratilgan otashin da`vatlariga qaramay, VII asr oxiri VIII asr boshlariga kelib o`zaro qirg`inbarot urushlarda, ayniqsa Xitoy hoqonlari va eron shoxlarining bu xalqning orasini buzishga qaratilgan makrli tashqi siyosatlari hamda bosqinchilik urushlari tufayli Markaziy Osiyo xalqlari xoldan toygan edilar. Uning ustiga turli xudolarga sig`inish natijasida g`oyaviy parokandalik ham dushmanga qarshi birlashib kurashishga mone`lik qilardi. Parchalanib ketgan va yagona davlatga ega bo`lmay qolgan turk elatlarini bosib olish arab istilochilari uchun nisbatan qiyin bo`lmadi. Ammo bu erksevar xalqni butunlay bo`ysundirib olish qiyin kechdi. So`gdda, Choch, Yettisuv – Talas. Chu vodiysi, Ili daryosi bo`ylari, Irtish (eritish) havzasida, Farg`ona vodiysi, Zarafshon vodiysi, Tohariston, Buxoro, Samarqandda arab bosqinchilariga qarshi katta qo`zg`alonlar bo`ldi. Ayniqsa Ishoq Turk (769-776), Muqanna (767-783) boshchiligidagi hamda Rafi` ibn Lays boshliq So`g`d qo`zg`alonlari arab bosqinchilarini holdan toydirdi. O`arbiy kuch bilan bu erksevar xalqni boshqarib bo`lmasligiga aqli yetgan arab siyosatdonlar islom g`oyalarini ta`sirli mafkuraviy usullar bilan odamlar ongiga singdirish, uni xalq maslagiga aylantirish yo`lini tutdilar. Ular zardushtiylik va boshqa dinlarga oid barcha kitoblarni yondirdilar, ularga e`tiqod qilganlarni qatli-om etdilar, ko`p ulamolar boshqa mamlaktalarga qochib, jonlarini saqlab qoldilar. Arab tili va yozuviga davlat maqomi berildi. Bosqinchilar mahalliy xalq namozgohlarini buzib, masjidlar qurdirdilar. Nomozga kelganlarga 2 dirhamdan pul in`om etdilar. Islomga o`tganlarni soliqlarning bir qismidan ozod etdilar. Shu tariqa 1-2 avlod o`tgach, keyingi avlod to`lasicha islomni qabul etdi. Arab istilosi tufayli ¢arbiy Xitoydan tortib Ispaniyagacha, Shimoliy Afrikani o`z ichiga olgan juda katta xududda imperiya yuzaga keldi. Bu yirik markazlashgan davlatning barpo bo`lishi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotning rivoji uchun qulay sharoitlar yaratdi. Iqtisodiy va savdo-sotiq rivoji fan oldiga yangi katta talablar qo`ya boshladi. Natijada Bog`dod, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda yirik kutubxonalar vujudga keldi. Madrasalar, mahadlar (diniy oliy o`quv yurtlari) barpo bo`ldi. Ularda sof diniy bilimlardan tashqari, dunyoviy fanlar ham o`qitila boshlandi. Bog`dodda «Baytul-ilm» - fanlar akademiyasi barpo etildi, unda qadimiy olimlar, ulamolar, faylasuflar, ilohiyotchilarning kitoblari to`plandi. U joyda Markaziy Osiyolik olimlar ko`p edi. Qadimiy kitoblarni arab tiliga tarjima qilish, ularga sharhlar yozish keng tus oldi. Ayniqsa xristian ruhoniylarining ta`zyiqi ostida xalq xotirasidan chiqarib yuborilgan miloddan avvalgi grek olimlarining asarlari tarjima qilingani va ularga sharhlar yozilgani indiavidual va ijtimoiy ongda jiddiy o`zgarishlarga olib keldi. Astronomiya, matematika, geologiya, geodeziya, geografiya, lingvistika kabi fanlar rivojlanishi ta`sirida falsafiy fikrlarda ham yangicha yondashuvlar paydo bo`la boshladi. Xalifatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot va uni barqaror qilish maqsadlari mahalliy aholining urf-odatlari, marosimlari, umuman madaniyatiga yangicha munosabat belgilashni taqoza etardi. Chunki bosib olingan mamlakatlardagi iqtisodiy va madaniy hayot arablarnikidan ancha ustun turardi. Bularni hisobga olmay siyosat va mafkura belgilash imperiya asoslariga putur yetkazishi mumkin edi. Ana shular tufayli VIII asr oxirlari va IX asr boshlaridan e`tiboran islom doirasida hurfikrlilik shakllana boshladi. 2. Bu davrda qarama-qarshi mazxablar bilan kurash hamda m´`tadil islomning asoslarini ximoya qilish zaruriyati tufayli iloxiyot, kalom paydo b´ldi. Kalom tarfdorlari mutakkalimlar deyiladi. Kalomning asoschisi al-Ash`oriy (874-941) va Mansur Muxammad ibn al-Maturudiydir. Mutakallimlar Qur`on oyatlari qanday yozilgan b´lsa, sira ´zgartirmasdan tushuntirish va tushunish kerak, zero, u Allohning kalomi ekan, bandalar uni ´zgartirishga xaqlari y´q, degan fikrni bayon etdilar. Mu`taziliylar aqidalardagi mazmunni aql yordamida mantiq kuchi bilan anglash tarafdori edilar. Mu`taziliylarning fikricha, peshonaga yozilgan taqdir borligiga ishonch Allohning obr´yiga putur yetkazadi, chunki aqidaviy talqinda yomon xatti-harakatlar ham uning irodasi bilan bog`liq, b´lib qoladi, deb hisobladilar. Mu`tazila» - (ajralib chiqqanlar) Ummaviylar davridayoq paydo b´lgan va abbosiylar davrida keng tarqalgan diniy oqimdir. Mu`taziliylik xalifa Ma`mun (813-830) davrida q´llab-quvvatlanib, ularning goyalarini ´z davlatining mafkurasi asosiga q´ydi. Biroq xalifa Mutavakkil (847-861) davrida uning davomchilari «bid`atchilar» va «kofirlar» deb e`lon qilindi. Mu`taziliylik k´pgina tadqiqotlarda Islom mazxablaridan biri sifatida talqin etiladi. Mu`taziliylar arab xalifaligida sof falsafiy fikrlashning tashabbuskorlari b´lib tanildilar. Ularning xizmatlari shundan iboratki, mu`taziliylar xissiy tajriba va an`anaviy bilim bilan bir qatorda bilimning uchinchi mezoni – aqliy bilishni ilgari surdilar. Mu`taziliylar falsafiy masalalarni ´rganishga katta e`tibor berdilar. Shu sababdan aqliy bilishni olamni bilishning asosiy metodi sifatida ilgari surdilar. Mu`taziliylik oqimlaridan biri b´lgan qadariylar islom targib etgan diniy fatalizmga qarshi chiqib, insonning iroda erkinligi haqidagi fikrlarni ilgari surdilar. ¤zlarini xaqiqiy musulmon deb atagan xorijiylar esa islom teokratiyasi, xalifalikning meros sifatida avloddan-avlodga ´tib borishiga, uning faqat paygambar avlodiga mansub b´lishiga qarshi chiqib, xar qanday musulmonning boy-kambag`alligidan qat`iy nazar, k´pchilik tomonidan xalif etib saylanishi mumkinligi haqidagi ta`limotni ilgari surdilar. Mutakallimlar mu`taziliylarni qanchalik «kofirlikda» ayblashmasin, baribir islom doirasida paydo b´lgan xurfikrlilikning y´lini t´sishga ojizlik qildilar. Mu`taziliylik g`oyalari Markaziy Osiyoda keng yoyilib, ilm-fan ravnaqi uchun yo`l ochildi falsafiy fikrlar rivojlandi. Mu`taziliylar ta`sirida islomda «vujudi mumkin» va «vujudi vojib» (vaxdat-ul mavjud va vaxdat-ul vujud) diniy-falsafiy oqimlari shakllandi. Vujudi mumkin (yoki vujudiyun-panteizm) oqimi vakillari Al-Kindi, Ibn Rushd, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar borliqni ikkiga – vujudi mumkin va vujudi vojibga b´lganlar. Vujudi mumkin sabab va oqibat aloqalariga ega b´lib, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, balki ´z moxiyatidan kelib chiqadi. Shu nazariy qoidadan kelib chiqib, Forobiy butun borliqni 6 darajaga b´ladi. Shulardan 1-si, vujudi vojib – Allox; qolgan 5-tasi aql, jon, shakl, materiya, osmon – vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-oqibat shaklida boglangan b´lib, 1-sabab ´z sababiga ega emas. Ibn Sinoning «Risola fi-taqsim al mavjudot» asarida vaxdat-ul mavjud va vaxdat-ul vujudni shu tarzda ta`riflaydi. Vaxdat-ul vojib Allohni bildiradi, lekin u Qur`ondagidek hamma narsaning ijodkori emas, balki sabab, ya`ni umumiy mavjudotning 1-sababi va uning bir qismi sifatida talqin etiladi. Bunday qarash esa tabiat xodisalarini (inson tabiati xam) mustaqil ichki sabablari asosida tushuntirishga imkon berib, ilm-fan ravnaqiga keng y´l ochadi. Mu`taziliylarning diniy-falsafiy goyalari q´shxaqiqat t´grisidagi katta nazariy qoida shakllanishiga sabab b´ldi. Bunga k´ra, iloxiy va dunyoviy (ilmiy) xaqiqatlar bor b´lib, iloxiy xaqiqatga faqat aloxida odamlar – paygambarlar, aziz avliyolar yetishishi mumkin. Dunyoviy haqiqatni esa har qanday odam aql yoramida, ilm-fan y´li bilan anglab oladi. Mu`taziliylar bilan mutakallimlar ´rtasidagi g`oyaviy kurashlarda Abu Xamid al-¢azzoliy kalomi shakllanib, islom falsafasi yuzaga keldi. Ba`zi arab tadqiqotchilari uni tabiat falsafasi (naturfilosofiya) ham deb ataydilar. Al-¢azzoliy avval s´fiylik qarashlariga moyil b´lsa-da, keyinroq ular ta`limotini tanqid qilish asosida ´z kalomni yaratadi. Biroq, ´zi istamagan xolda, tasavvufni nazariy jihatdan asoslab q´yadi. ¢azzoliy ta`limoticha, inson Alloh kalomi - Qur`on oyatlarini ´zlashtirgunga qadar iroda erkiga ega, uni ´zlashtirib olgach, butun irodasi Alloh irodasi bilan uygunlashib ketadi. Binobarin, uning xatti-xarakatlari, butun faoliyati Alloh irodasining ifodasi b´lib qoladi. 3. Ma`lumki, Sharq falsafasining yetakchi y´nalishi inson qalbini, ruxini poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda ijtimoiy munosabatlarni insoniylashtirishga qaratilgan. ¤tkinchi mol-dunyo, mansab-martabalar emas, balki ma`naviy boylik, axloqiy poklik, xalollik, insof-diyonatlilik odamni insonga aylanishining muxim sharti, degan fikrlar tasavvuf (s´fiylik)ning shakllanishiga va keng yoyilishiga sabab b´ldi. C´fiylik oqim sifatida islomgacha xam mavjud b´lganini tadqiqotchilar k´rsatmoqdalar. Masalan, Shamsuddin Boboxonov va Abdulaziz Mansurning fikricha, tasavvuf lafzi xijratning ikkinchi asrida paydo b´lgan b´lsa-da, lekin shu mazmunni ifoda etuvchi zoxidlik kabi lafz-istilohlar orqali bu y´nalish islomdan oldingi davrlarda ham mavjud b´lganligini qayd etib ´tadilar. Ammo u islom zaminida muayyan bir tizimga kirib, tashkiliy tus olganini aytish joizdir. Tasavvuf murakkab diniy-falsafiy oqim b´lib xilma-xil y´nalishga ega. Unda 2 ta asosiy goyaviy y´nalish k´zga yaqqol tashlanadi: bu ´tkinchi dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos q´yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g`oyaga tayanib, tarki dunyochilikni targib etganlar; azro`zi azalda peshonaga yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib qutila olmasligiga ishontirishga intilganlar. Ikkinchi y´nalish – bu dunyo Alloh tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda xudo visoliga yetishi uchun og`ir, mashaqqatli poklanish y´lidan borishini tashviq etganlar. Tasavvufda Alloh raxmatiga yetishishning, inson ma`naviy kamolot y´lining 4 bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, ma`rifat va xaqiqatdan iborat. Shariat – diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, Qur`oni Karim va Xadisi Sharifdagi axloqiy, iloxiy k´rsatmalarni puxta ´zlashtirish, aynan izchil sur`atda bajarish, xudoga ibodat qilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni k´zda tutadi. Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga ´tish mumkin emas. Tariqat – yer yuzasidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo xaqida ´ylash, hayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdan iborat yo`lni tanlash bosqichidir. Ma`rifat – Ustoz (murshid) yordamida murid (shogird) xoll bosqichiga o`tish bo`lib, hamma narsa - butun borliqning asosi Alloh ekanini anglab shu tariqa xudoga yaqinlashishdir. Ma`rifatda olam, yulduzlar, Oy, Quyosh, odamlar, xayvonlar, qushlar, kapalaklar - boshqa jamiki narsalar xudoning zuxurotidan iborat, odam ham Alloh zuxurining zarrasi hisoblanadi. Xaqiqat bosqichida soliq ´zini xudoning visoliga yetgan hisoblanib, u bilan q´shilib ketgan, ya`ni fanoga aylanadi. Markaziy Osiyoda fanoga aylanish haqiqatga yetishish hisoblanib, soliq haqiqat timsoli bo`lib maydonga chiqadi. yusuf Xamadoniy, Abdulxoliq ¢ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axmad yassaviy y´nalishlarining bevosita ta`sirida Markaziy Osiyoda naqshbandiylik y´nalishi vujudga kelib, u yaqin va ¤rta Sharq mamlakatlariga keng yoyiladi. Xojagon y´nalishini boshlab bergan A.¢ijduvoniy bunday degan «ey farzand, barcha xolatda ilm, amal va taqvo bilan b´l, sunnat va jamoatni maxkam tut, fikh va xadisni ´rgan; yana bunday fikrlar bor:» «oz ye, oz uxla», «xalol ye, shubxadan xoli b´l». A.¢ijduvoniyning 8 ta tabaruk s´ziga B.Naqshband 3 ta manzil q´shib, ´z y´nalishini asoslaydi. O`oja Ahror Valiy (Ubaydulloh) naqshbandiylik targibotchisi sifatida ta`madan jirkanish, tuhfa olmaslik, bir kasbni mukammal egallashga chaqiradi. Tasavvuf tariqatiga kirganlar uchun kasb-korning yomoni y´q, yomoni biror kasb bilan shug`ullanmaslik, tekinx´rlik, ta`magirlikka odatlanish hisoblanadi. Naqshbandiylik imoni uning «Dil ba yoru, dast ba kor», ya`ni «Diling Allohda, q´ling mehnatda b´lsin» degan talabida yaqqol gavdalanadi. Ular amal deganda birinchi navbatda Alloh nomini dilga jo qilib, ijtimoiy-foydali mehnat bilan shugullanishni, ta`ma va tekinx´rlikdan hazar qilishni nazarda tutishgan. Naqshbandiylik sulukini qabul qilgan Amir Temur, Ulugbek va bir qator Turkiston xoqonlari darveshlikni qoraladilar, ulardan shu dunyo ishlari bilan shug`ullanib, xalol yashashni talab etdilar. Darveshlar foydali mehnat bilan band b´lishlari uchun davlat sharoit yaratib berishi t´g`risida farmoni oliy chiqarganlar. Buni bajarmaganlarni jazolaganlar. Tasavvufning s´l qanoti - diniy-falsafiy ta`limot sifatida aqidaparastlik, rasmiy islomga nisbatan muxolifiyatda b´lib, yaqin va ¤rta Sharqda, ayniqsa Markaziy Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida ´z ´rni va mavqeiga egadir. 5-mavzu: IX – XII asrlarda Arab – musulmon olamida Uygonish davri. (6s) Reja.
1. Arab – musulmon olamida Uygonish davri. Markaziy Osiyoda Uygonish davri xususiyatlari. 2. Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Axmad al–Farg`oniylarning tabiiy–ilmiy va falsafiy qarashlari. 3. Abu Nasr Forobiyning falsafiy qarashlari. 4. Abu Rayxon Beruniyning tabiiy–ilmiy, falsafiy qarashlari. 5. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. 6. Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Ahmad yugnakiy va yusuf Xos Xojiblarning ijtimoiy–falsafiy qarashlari. 7. Ismoil Jurjoniy va Mahmud Chog`miniylarning tabiiy–ilmiy qarashlari.
Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida b´lgan k´pgina xalq va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson, Movarounnaxr kabi ming yillik madaniy merosga ega b´lgan xalqlar xam kirgandi. Arab-musulmon madaniyati xalifalik tarixining dastlabki madaniy merosi zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan boshqa xalqlar tarixi uchun xam axamiyati juda katta b´ldi. Xalifalikdagi arablashtirilmagan xalqlar arablarnikidan farq qiladigan ´z milliy madaniyatlarini asrlar osha tiklab olgan b´lsalar-da, u arab-islom madaniyati doirasida yangi bosqichda rivojlandi. IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda dexqonchilik, xunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga extiyoj tug`dirdi va shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg`or kishilari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur ´rgandilar. Bu davrni ´z mazmuni, salmog`i, axamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi. Uyg`onish davri madaniyatining ´ziga xos tomonlari mavjud b´lib, ular kuyidagilardan iborat edi: 1. Dunyoviy ma`rifatga intilish, bu y´lda ´tmish va q´shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish. 2. Tabiatga qiziqish, tabiiyotshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonishdan, asosiy e`tiborni xaqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, xaqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb xisoblash. 3. Insonni ulug`lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, ma`naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori ahloqiy maromlar va qoidalarni takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib q´yish. 4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatning muxim tomonlaridan biri edi. Shu davrda ilg`or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg`oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy Mafotix, Qoshg`ariy, yusuf xos Xojib, Mirzo Ulug`bek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir. Uyg`onish davri falsafasi tabiiy-ilmiy fanlar rivoji bilan uzviy boglanib ketgan. Chunki tabiatdagi xodisalar, inson organizmining xolatidagi ´zgarishlar sabablarini ´rganish jarayonida ijtimoiy fikrda ´rnashib qolgan olamga aqidaviy-diniy qarashlarga putur yetib, olamning ilmiy manzarasi xaqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muhim ´rin egallay boshladi. 2. Bu davrdagi jaxonga mashxur olimlardan biri Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy b´lib, uning matematika, astronomiya, j´g`rofiya, tabobat, tarixshunoslik soxasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta xissa b´lib q´shildi. Olimning eng mashxur asarlari: «Al-jabr va-l muqobala», «Kitob surat al arz», «Er surati», «Astronomik jadvallar», «Quyosh soati t´g`risida risola», «Xind xisobi xaqida risola», «Ustur lab qurish xaqida kitob», «Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa b´yicha risola», «Tarix b´yicha risola» kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya kengligi, qomusiy alloma ekanligi, nafaqat ´z davrining, balki xamma zamonlarning eng buyuk qomusiy olimi ekanligidan dalolat berib turibdi. Sharqda va jaxonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa q´shgan buyuk allomalardan yana biri Ahmad al-Farg`oniydir. Farg`oniyning asosan oltita kitobi butun dunyoga ma`lum va mashxur. 1. «Kitob fi usul ilm an-nujum», ya`ni «Astronomiya ilmining usullari xaqidagi kitob». 2. «Al-Farg`oniy jadvallari». 3. «Oy Yerning ustida va ostida b´lganida vaqtni aniqlash risolasi». 4. «Usturlab bilan amal qilish xaqidagi kitob». 5. «Etti iqlim xisobi». 6. «Usturlab yasash xaqidagi kitob». Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Yer va fazoviy sayyoralar xajmi, iqlimlar, j´g`rofiy kengliklar t´g`risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi ma`lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi y´nalishlariga asos solingan. Q´lga kiritilgan ma`lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muxim omillari b´lib keldi. 3. Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo b´yidagi Forob qishlogida tugilib, ´z Vatanida va s´ngra Bogdod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo xalqlari va butun sharqning mashxur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog, musiqa san`atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy-ilmiy nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni hayotligidayoq «Al muallim as-soniy» (2- ustoz), ya`ni 2-Aristotel deb faxriy nom bilan atagan edilar. Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy «Falsafani ´rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «She`r san`ati», «Shoirlarning she`r yozish san`ati qonunlari xaqida», «Ilmlarning kelib chiqishi t´grisida», «Musiqa xaqida s´z», «Oxanglar tasnifi xaqida kitob», «Masalalar bulog`i», «Aql t´grisida», «Inson a`zolari xaqida risola», «Fozil shahar axolisining qarashlari», «Davlat xaqida risola» kabi qimmatli asarlar bizga meros qilib qoldirdi. Forobiy Allohni «birinchi sabab», «birinchi moxiyat» deb izohlaydi. U sabab-oqibat munosabatlarida birinchi sababni xudo deb biladi. Undan keyingi sabablarni materiya bilan bog`laydi. Materiya ´z sababiga, ya`ni xudoga xos b´lgan barcha xususiyatlarga egadir. Uningcha, materiyasiz, ya`ni oqibatsiz sabab ham b´lishi mumkin emas. Dunyo, tabiat xudo tomonidan qisqa muddat ichida yaratilgan emas, deydi olim. Uning fikricha, dunyo xudodan boshqa moxiyatga ega b´lgan borliq b´lmasdan, xudoninng zuhr etilishidir. Tabiatning bu xolga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar ´tgan. Shunday qilib, Forobiy barcha mavjudotni, olamni, materiyani birinchi sabab – xudodan keltirib chiqaradi. Forobiyning fikricha, materiya olamdagi narsa va xodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi yoki materiya tuproq, suv, xavo, olov va osmondan iborat b´lib, Forobiy ta`limoticha, osmon jismlari ham yerdagi jismlar ham ana shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Forobiy fikricha, olamdagi har bir predmet materiya va shakldan iborat b´lib, materiya ham shakl, ham teng axamiyatga ega b´lgan sabablardir, deydi. U harakat materiyaning ob`ektiv xususiyati, moddiy olam esa harakatning manbaidir: olamdagi predmet va xodisalar t´xtovsiz harakat va ´zgarishda, harakat va ´zgarishning sababi esa boshlangich moddiy elementlarning turlicha q´shilishidadir, degan fikrni ilgari suradi. Forobiyning bilish xaqidagi fikrlari xam e`tiborga loyiq, uning ta`limoticha, moddiy olam inson, uning sezgisi, aqlidan avval mavjud b´lgan. Inson va uning aqli esa - moddiy olam rivojining oliy maxsulidir, inson hayvondan ´zining sezgi a`zolari, tabiatni bilish qobiliyati, aqli, tili bilan farqlanadi; inson moddiy olamni birin–ketin ´sib yetishgan sezgi a`zolari orqali bila boshlaydi va undan aqliy bilishgacha- mantiqiy tafakkurgacha k´tariladi. Forobiy bilishda inson aqlining roliga katta baho bergan. Inson aqli tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy xodisa va jarayonlar moxiyatini, ma`nosini biladi. Forobiy ´zining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va jamiyatning ´zaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi masalalarni nazariy jixatdan asoslashga xarakat qiladi. 4. ¤rta asr buyuk olimlaridan biri, ´zbek xalqining ulug farzandi, entsiklopedist olim, geograf, geolog, astronom, matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muxammad Ibn Axmad Abu Rayxon Beruniy 973 yilda 4 oktyabrda qadimgi Xorazmning markaziy shaxri Qiyotda tugildi. Beruniy ´z umri davomida 152 asar yaratdi. Shulardan eng mashxurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Ma`sud qonuni», «Xindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy ´z davrida tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan b´lib, bu uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muxim omillardan hisoblanadi. Umuman, Beruniyning tabiiy-ilmiy me`rosi, aniq fanlar b´yicha k´targan muammolari ´z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya`ni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega b´ldi. Beruniy ´z astronomik jadvalida olamning markazi Yer emas, balki quyoshdir, xamma planetalar, shu jumladan Yer ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik gipotezani olg`a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug astronom Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan Yer ham ´zaro tortishish kuchiga ega, degan xulosaga keladi. Uning bu ilmiy tahmini XVIII asr boshida ingliz olimi Nyuton kashf etgan butun dunyo tortilish qonuni bilan ilmiy jixatdan asoslandi. 5. Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani yoki madaniyatining yuqori ch´qqisi, Uyg`onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e`zozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm–fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka bagishlangan. Ibn Sino ´z asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham «Shayxurrais» - «Olimlar boshligi» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul insof», «Kitob al qonun fittib» kitoblaridan iborat. Ibn Sino «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 xil ilmni–mantiq, tibbiyot, astronomiya, musiqa, iloxiyotni ´z ichiga oladi. Ibn Sino ´z zamondoshlari singari Allohni olamni yaratgan birinchi sabab hisoblaydi. Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq xaqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, u shaklini ´zgartirishi, bir k´rinishdan ikkinchi k´rinishiga ´tishi mumkin, lekin uning ´zi, materiya y´qolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam t´grisida falsafiy fikrlarga ega b´ladi. Ibn Sinoning fikricha, olamda zaruriy vujud va imkoniy vujud bor b´lib, ularning birinchisi hech narsaga bogliq b´lmagan bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va xamma narsani biluvchi Tangridir. Ikkinchisi zaruriy vujud bo`lib, u tangridan kelib chiqadi va uni namoyon etadi. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, ya`ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida mavjud b´lgan aql, jon va jism, ular bilan bogliq xolda osmon jismlari kelib chiqadi. Bu javhar (cubstantsiya) b´lib, undan tashqari borliqda araz (aktsidentsiya), ya`ni narsalarning belgilari, rangi, xajmi, xidi va boshqa xislatlari mavjud. Jism shakl va materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun b´lgan tabiat ´z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy xodisalar sababli boglanishga ega b´lib, ularni ´rganish mumkin. Ibn Sino jismlar 4 unsurdan tashkil topgan, - deydi. Bu 4 unsur – xavo, suv, olov, tuproq - ´zaro bogliq, bir–biriga ta`sir etadi. Shundan u yoki bu narsa paydo b´ladi yoki y´qoladi. Lekin ularning asosi – 4 unsur ´zgarmaydi, y´qolib ketmaydi. Materiya, harakat, vaqt va fazo o`zaro bir-biri bilan uzviy bogliqdir. Ibn Sino bilish nazariyasiga ham ulkan xissa q´shgan. U inson bilimlari real ob`ektiv narsalar, ularning sababiy bog`lanishlarini bilib olish orqali vujudga keladi, degan. Inson sezgilari yordamida narsalarni xissiy bilsa, tushunchalar yordamida aqliy biladi. U bilishda tafakkurning roliga yuksak baho beradi. 6. ¤rta asrlarda yashab ijod qilgan yana bir olim Abu Abdulloh al-Xorazmiy edi. Uning bizgacha yetib kelgan «Mafotix al-ulum» («Ilmlar kalitlari») asari b´lib, unda ´rta asrlardagi fanlarning rivojlanishi va holatini ancha mukkammal aks ettirgan. Muallif asarda ´z davridagi har bir fanning mazmunini, uning atamalarini sharxlash y´li bilan tushuntirib beradi. Ushbu asarda falsafa, mantiq, tibb, ilmu-n-nujum, musiqa va boshqa fanlarning asoslari berilgan, al-Xorazmiy ´sha davrda yuqori darajada rivojlangan fanlarni ma`lum tartibga tushirish va tasnif qilishni ´z oldiga vazifa qilib q´yadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy falsafaning nazariy qismiga tabiiyotshunoslik fanlarini, amaliy qismiga etika, siyosatshunoslik va boshqaruvni q´yadi. Zaruriy borliqni xudo va uning qudrati (birinchi sabab) bilan izohlasa, imkoniyat darajasidagi borliqni moddiy olam va undagi sababli bog`lanishlar bilan izohlaydi. Materiya uning nazarida 4 unsurdan tashkil topadi va ular fazo va vaqtda mavjud b´ladi. Xarakat materiyaning atributi ekanini tan oladi. Ammo u aql, ruh, jon kabi nomoddiylik bor deb hisoblaydi. Aqlni «faol aql», «moddiy aql» va ´zlashtirilgan aqlga b´ladi. Turkiy zabon adabiyotining yirik va zabardast mutafakkirlaridan biri Ahmad yugnakiydir. Uning bizgacha yetib kelgan yagona ilmiy merosi «Xibatul-xaqoyiq» («Xaqiqatlar tuhfasi»)dir. Ahmad yugnakiy ham ´zidan oldingi buyuk mutafakkirlar singari ilm-ma`rifatni yoqlaydi, ilmli kishilarni, olimlar, faylasaflar, fozilu fuzalolarni ulug`laydi. Ma`rifatparvarlikni targ`ib qiladi, kishilarni ilmli b´lishga chaqiradi, ilmning manfaati, jaholatning zarari xaqida kuyinib – yonib gapiradi. Mutafakkir ´zining s´z yuritilayotgan asarida himmat va saxiylikni baxillik va ziqnalikka qarama-qarshi q´yadi. Uning fikricha, xalqning yetugi sahiy kishidir, saxiylik sharaf, martaba va kamolatingni orttiradi. Dunyoda yaxshi va nuqsonsiz nom sahiylikdir. Ahmad yugnakiyning ahloqiy-falsafiy ta`limotida insonparvarlik, odam-odam bilan d´stona hayot kechirishi, d´stlarga sadoqat, vafodorlik kabi g`oyalar ham katta ´rin tutadi. Shunday qilib Ahmad yugnakiy «Xibatul-xaqoyiq» asarida bayon etgan fikr-mulohazalari bilan Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy-falsafiy ta`limotlar rivojida ´ziga xos betakror ´rin tutadi. yusuf Xos O`ojib - Sharq xalqlarining XI asrda yashab ijod etgan yetuk shoiri va faylasufi, qomusiy olimi va davlat arbobidir. U ´zining bizga qadar yetib kelgan yagona didaktik, badiiy-falsafiy «Qutadg`u bilik» («Saodatga y´llovchi bilim») nomli dostoni bilan jahonga ma`lum va mashhurdir. Bu asar Sharqda keng yoyilgan ´git-nasihat janriga mansubdir. Unda yagona q´l ostida birlashgan, markazlashgan davlatni barpo etish, mustahkamlash, uni boshqarish y´l-y´riqlari, siyosiy, ijtimoiy-ahloqiy, ta`limiy, ma`rifiy, ma`naviy masalalar, rasm-rusum, urf-odat, ´zaro muomala – munosabat qoidalari keng va atroflicha bayon etilgan. «Qutadg`u bilik»da odob-ahloq, ilm-ma`rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarida ´zini qanday tuta bilish, s´zning ahamiyati va qadri, mehmondorchilik qoidalari, turmush tarzi va inson ma`naviy olamining masalalari bayon etilgan. Ma`naviyat va ma`rifat jarchisi b´lgan yusuf Xos O`ojib markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor qiyofasini o`z asarida ifodalaydi. Davlat va hokimiyat boshlig`i va uning saroy a`yonlari, mahnatkash ommaga munosabatlari qanday bo`lishi lozimligi haqida fikr-mulohazalarini aniq-ravshan bayon etadi. Adolatni yuksak darajada e`zozlaydi. «Qutadg`u bilik» pand-nasihatlarga, ta`lim-tarbiyaga hamda muhim falsafiy o`git va yo`l-yo`riqlarga benihoya boy, madaniyat, ma`naviyat va ma`rifat asoslarini, insoniy qonun-qoidalarni, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur o`zlashtirib da`vat etadigan g`oyalar bilan sug`orilgan tom ma`nodagi qimmatli bir ilmiy manba, bebaho qomusdir. Markaziy Osiyolik ko`zga ko`ringan olimlardan yana biri Ismoil Jurjoniydir. Uning ilmiy merosidan uni har tomonlama yetuk hamda o`z vaqtining ko`zga ko`ringan olimi ekanligi, tabobat, falsafa va boshqa ilmlar sohasida ijod qilganini ko`rish mumkin. Olimning falsafiy asarlaridan birining nomi «Kitob tadbir yavm va layl» («Kunduz va tunning tadbiri kitobi»)dir. Ismoil Jurjoniy borliq moddiyligini, ya`ni materiyadan iboratligini va har bir moddaning asosini to`rt element (havo, olov, suv va tuproq) tashkil etishini ta`kidlaydi. Uning fikricha, to`rt element o`zaro aralashib ketib, to mutanosib bo`lguncha yoki birontasi ustun kelguncha, bir-biriga ta`sir etadi. Olim asarlaridagi tabiiy-ilmiy ma`lumotlar, ya`ni minerallar, nabotot va hayvonot dunyosi, odam anatomiyasi va fiziologiyasi va hokazolar haqidagi fikrlar uni bilish mohiyatiga alohida e`tibor berganligidan dalolatdir. Uning gnoseologiyasida narsa va jonivorlarni o`rganishda tafakkurga yuqori baho beradi. Bu esa barcha bilimlarni, olim tili bilan aytganda, tashqi sabablarni chuqur o`rganishni taqoza etadi. Ismoil Jurjoniy tabiiy-ilmiy fikrlarining qisqa taxlili uning tabiiyotshunoslik masalalarini falsafiy talqin etishda Ibn Sino ta`limotiga suyanganligini va uni davom ettirganligini ko`rsatadi. ¤zidan oldin o`tgan buyuk allomalar, xususan Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va falsafiy fikrlarini davom ettirgan va ularni XII-XIII asrlarda rivojlantirgan olimlardan biri – buyuk xorazmlik olim Mahmud ibn Muhammad Umar al-Chag`miniydir. Fan tarixida u ilmu-nujum, riyoziyot, tabobat va jo`g`rofiya sohasida mashhurdir. Chag`miniy tabiiy ilmlar rivojlanishiga katta hissa qo`shgan, tabiatni bilish jarayonida unga falsafiy yondashgandir. Chag`miniy boshqa mutafakkirlar qatori dunyoning Alloh tomonidan yaratilganligini e`tirof etadi, lekin shu bilan birga tabiat, o`zining maxsus qonunlariga ega bo`lib, ma`lum faollik ko`rsatishi mumkin, deb hisoblaydi. Olimning fikricha, tabiat «tabiiy kuchga» ega bo`lib, uning ichki faolligini belgilaydi. Chag`miniy falsafiy qarashlarining xarakterli xususiyati o`sha davrda arastuchilarni va bo`linmas zarrachalar xaqidagi ta`limotning ma`lum tomonlarini birlashtirishga bo`lgan xarakatdir. Bu xususiyat olimni dunyo, materiya, tabiat tuzilishi va hokazolarni tushunishida aks etadi. 6-mavzu: ¤rta asr Ovr´po falsafasi. (2s). Reja:
1. ¤rta asrlarda ma`rifat va ilmiy fikrlar rivojlanishining holati. 2. Sxolastika, uning mazmuni va mohiyati, oqimlari. 3. Realizm oqimi, (Kenterberiyskiy, Per Abellyar, Foma Akvinskiy falsafasi). 4. Nominalizm oqimi, Duns Skott va Uilyam Okkamlarning falsafiy qarashlari. 1. ¤rta asr Ovr´posi tushunchasi I asrdan XV asrgacha b´lgan davrni ´z ichiga oladi. Bu davr davomida bir qancha oqimlar paydo b´ldi va amal qildi. Xristianlik shakllanib, davlat dini va mafkurasiga aylandi xamda falsafiy fikrlar yakkaxudochilik g`oyalari asosida rivojlana boshladi. ¤rta asrlar ontologiyasi negizini olamni xudo tomonidan yaratilishi to`g`risidagi g`oyalar tashkil etsa, undagi bashorat g`oyasi bilish t´g`risidagi ta`limot tusiga kiradi. Qadimgi dunyo xudolari tabiat bilan uyg`unlashib ketgan b´lsalar, xristian hudosi tabiat ustidan xukmronlik qiladigan faol kuchga aylandi. 2. Ovr´po ¤rta asr falsafasi real hayotdan uzilgani, quruqdan-quruq s´z ´yini ma`nosida sxolastika nomi bilan tarixga kirgan. Uning asosiy xususiyati fanni «iloxiyot xizmatkori»ga aylantirishga intilishdir. «Sxolastika» s´zi yunoncha «shkola» («shola»)dan olingan b´lib, «´qish joyi», «maktab» ma`nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida ´qituvchilik qilganlarni yoki umuman saroy maktabidagi ´qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni ´rganishda falsafani tadbiq qilgan ¤rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma`lum darajada iloxiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga b´lgan intilish, deb ham baholash mumkin. ¤sha davrda iloxiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish taqoza qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e`tiqod aqlga muvofiqmi, degan savolga javob berish b´lgan. Sxolastik falsafada ikki asosiy oqim – realizm va nominalizm ´rtasida keskin kurash davom etdi. Bu ikki oqim ´rtasidagi kurashning asosiy masalasi–umumiy tushunchalar, ular aytganidek, «universialiyalar» ning mohiyati masalasi edi. 3. Realistlar ayrim narsalar emas, balki umumiy (universal) tushunchalar real mavjud, deb hisoblaganlar. Bu, ilohiy Aqlga tenglashtirilgan. Binobarin, shu umumiy tushunchalar orqali insoniyat narsalar mohiyatini anglaydi, deganlar. Bu ´rinda Angelm Katterberiyskiy, Per Abilyar, Foma Akvinskiylarning falsafiy qarashlarini ´ziga xos xususiyatlari ustida t´xtalish maqsadga muvofiq. 4. Nominalistlar umumiy tushunchalar (universaliyalar) yakka narsalarga bog`liq b´lmagan holda mavjud b´lishi mumkin emas, deb uqtiradilar. Ularning fikricha, umumiy tushunchalar yakka narsalarning nomlaridir. ya`ni umumiy tushunchalar talay narsalarga xos umumiy belgilarga qarab bizning aqlimiz mavxumlashtirishi yordamida vujudga keladi, deb isbotlashga urindilar. Demak, universal tushunchalar narsalardan oldin emas, keyin hosil b´ladi. Bu g`oyalarni Ioan Duns Skott va Uilyam Okkamlar ilgari surganlar.
Reja:
1. XIV – XVI asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy siyosiy axvol. Tasavvufda naqshbandiylik tariqatining shakllanishi va uning jamiyat hayotidagi roli. 2. Ulug`bekning tabiiy-ilmiy merosi va uning ahamiyati. 3. Alisher Navoiyning ijtimoiy–falsafiy qarashlari. 4. Zaxiriddin Muhammad Boburning ijtimoiy–falsafiy va axloqiy qarashlari. 1. XIV – XVI asrlar Markaziy Osiyosi tarixga Temuriylar davri nomi bilan kirgan. Chunki xalqimiz m´g`ullar asoratidan ozod b´lib, markazlashgan mustaqil milliy davlatga ega b´lgan davr hisoblanadi. Bu davr falsafasi xalqimizning Soxibqiron Amir Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Mazkur davrda mamlakatda tartib–intizom va qonun ustivorligi ta`minlandi. Iqtisod, fan va madaniyat yuksaldi, xorijiy mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar ´rnatildi. Temur va Temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e`tibor berildi. Islom asosida shakllangan Naqshbandiylik g`oyalari bu davr mafkurasining umumiy yo`nalishi bo`lib qoldi. Natijada islom bag`rikenglik diniga aylanib, undagi mutaassiblikka moyillik chekkaga chiqib qoldi. Bu hol markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm–fan ravnaqiga erishish uchun ma`naviy va nzariy asos b´lib xizmat qildi. Amir Temur ´z faoliyatida unga tayanib ish k´rdi. Soxibqiron tasavvufdan mamlakatdagi salbiy illatlarni y´qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat ´rnatishda, insonparvarlik g`oyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, t´g`ri va sofdil b´lish, zino va faxsh ishlar bilan shug`ullanmaslik, xarom–xarish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr–shafqat k´rsatishda mohirona foydalandi. Temuriylardan Shohrux, Ulug`bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm–fan va madaniyatni rivojlantirishda uning tajribalariga tayandilar. Ma`lumki, XIV asr o`rtalarda Baxouddin Naqshband asos solgan tasavvuf suluki naqshbandiya deb ataladi. O`azrat Baxouddin Naqshband ta`limotida boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinx´rlikni, ijtimoiy zulm va istibdodni qat`iyan qoralanadi. Mazkur ta`limot tarafdorlari tarki dunyochilikka, boy-zadagonlarning zulm va istibdodiga qarshi b´lganlar, kishilarni faqat ´z q´l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. Shuning uchun ´z davridagi ilm–ma`rifatning, adabiyotning yirik namoyondalari b´lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, S´fi Olloyor, Mashrab, Maxtumquli singari Sharqdagi ulkan taraqqiyoparvar, insonparvar shoirlar va mutafakkirlar naqshbandiya y´lini tanlab, barakali ijodlarida va uning qadr-qimmatini yuksaklarga ko`targanlar. 2. Ulug`bek xukumronlik qilgan davrda fan va madaniyat keng taraqqiy etdi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid bin Ma`sudi, Muyiddin va uning ´g`li Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Jurjoniy, Xirotda Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, ulug` rassom Behzod, tarixshunos Xondamir, Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar barakali ijod qilganlar. Boshqa tabiiyotshunoslar singari Ulug`bek va uning shogirdlari moddiy olamni kishi ongidan tashqarida, obektiv mavjudligiga shubha qilmadilar va uni chuqur ´rganishga da`vat etdilar. Qomusiy ilmlar sohibi b´lgan Mirzo Ulug`bek riyoziyot, falakiyot, musiqashunoslik, falsafa, tarix soxasida ijod qilgan. «Bir darajaning sinusini aniqlash haqida risola», «Risola dar ilmi musiqa», «Risolai yirik tarixiy kitob»larning muallifi Ulug`bek nomi butun dunyoga mashhur bo`ldi. Ayniqsa, unga shon-shuhrat keltirgan bebaho asar «Ziji jadidi K´ragoniy»dir. Bu asar Ulug`bekning 20 yil davomida olib borgan astronomik kuzatishlarining natijasi b´lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulug`bek ´limidan keyin ikki yuz yil davomida bu jadval ´zining aniqligi va ilmiyligi bilan jahonda tengi y´q xisoblab kelingan. 3. Shu davrning yorqin yulduzlaridan biri - ´zbek xalqining ulug` farzandi, buyuk mutafakkur, siyosiy arbob, insonparvar shoir Alisher Navoiy edi. (1441-1501). Navoiy fan, adabiyot, san`atning turli sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «O`amsa», «Maxbub-ul qulub», «Muxokamat-ul lug`atayn», «Majolisun nafois» asarlari shular jumlasidandir. Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari uning asarlarida o`z mujassamini topgan. Ularda borliq va uning mohiyati, inson va inson hayotining mazmuni haqida chuqur falsafiy mulohazalar, insonning baxt-saodati haqidagi orzu-umidlari, adolat va ahloqiy kamolat, komil inson va fozil jamoa, ularga yetish y´llari va choralari xususida izlanishlar ´z ifodasini topgan. Navoiy Borliqni Alloh zuhuri ma`nosida tushungan, shu ma`noda olamdagi barcha narsalar uning shu`lasi, turli ranglarda tovlanishdan iborat degan nuqtai nazarda turgan. Izchil Naqshbandiy sifatida esa real hayotga real ko`z bilan qaragan. Uning falsafiy qarashlarida hamma narsa 4 moddiy elementdan - ´t, suv, havo, tuproqdan tashkil topgani xaqida ham fikrlar uchraydi. («Sa`di Iskandariy»ga qarang). Uningcha, xudo zuhuridan iborat bo`lgan moddiy olam doim harakatda va ´zgarishda. Navoiy moddiy olamni bilish mumkin ekanini asosan e`tirof etadi. Uningcha, bilimning manbai real voqelikdir, dunyoda mavjud narsalarning hammasi xislarimizning predmetidan (obektidan) iborat. Navoiy inson ´zining besh sezgi a`zolari orqali tashqi moddiy dunyo bilan aloqa boglaydi va u t´g`risida aniq ma`lumotga ega b´ladi, ularni tafakkur yordamida umumlashtiradi, qayta ishlaydi, s´ngra muayyan hulosa chiqaradi, deydi. Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun mavjudodning toji deb biladi. Insonni bezaydigan g´zal hislat va fazilatlar sifatida odob-ahloqli, kamtar, muruvvatli, rostg´y, mehnatsevar, sahiy b´lishini alohida ta`kidlaydi. Alisher Navoiy asarlari markazida turgan belgilovchi va y´naltiruvchi bosh masala – inson, halq, Vatan, uning gullab-yashnashi, istiqboli haqidagi muammolardir. Navoiy inson va uning taqdiri, halq va uning manfatlari y´lida g`amx´rlik qiladigan kishilarni uluglaydi. 4. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1529) Temuriylar sulolasining eng buyuk vakillaridn biri, Xindistonda «Buyuk m´g`ullar» saltanatini qurgan, turkiy, arab-musulmon, fors-tojik, xind madaniyati, badiiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy va diniy-tasavvufiy fikriga katta hissa q´shgan mutafakkirdir. Boburning xizmati shundaki, u Xindistonda markazlashgan davlatni tashkil etdi, mamlakatda tinchlik ´rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, madaniyat, san`at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. «Boburiylar sulolasi» Xindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur b´ldi. Bobur nafaqat siyosatchi, sulola asoschisi, aqlli xarbiy lashkarboshi, balki juda iqtidorli olim, islomiy ilmlar, shariat hamda tasavvuf ifodachisi, tariqatlar bilimdoni, muxlisi, buyuk s´z ustasi, shoir, voiz edi. Uning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy, xuquqiy, badiy-axloqiy qarashlari u qoldirgan juda boy ma`naviy meros – devonlari «Boburnoma» asari, shariat asoslari bayoni b´lgan «Mubayyan» risolasi, badiiyat nazariyasi b´yicha «Aruz risolasi», X´ja Axror Valiy «Risolai volidiya»sining turkiy nazmiy bayoni, musiqa, lashkarkashlik b´yicha risolalar, u ´zi yaratgan va q´llay boshlagan maxsus alifbo «Xatti Boburiy», turkiy-m´g`uliy qonunchilik an`anasida tuzilgan «Tuzukati Boburiy»lar bizgacha yetib kelgan. Bobur dunyoqarashining asosiy y´nalishi insonparvarlik, ma`rifatparvarlik, san`atsevarlik, badiiyat, ´z Vatanini sevish, qumsash va ayni paytda boshqa xalqlar, millatlar, diniy e`tiqodlarga e`tiqodiy bag`rikenglik, xurmat munosabatida b´lish, qonunni, xuquq an`analarini ustun sanab, xayrli ishlarni qilishdir.
Reja:
1. ¢arb Uygonish davrining ijtimoiy va gnoseologik ildizlari. 2. Uygonish davri gumanizmining moxiyati va xususiyatlari. 3. Nikolay Kuzanskiy, Jordano Bruno, Galileo Galileylarning olam va uni bilish xaqidagi falsafiy qarashlari. 4. Uygonish davrida sotsiologik ta`limotlarning rivojlanishi. 1. Uyg`onish davri Ovr´poda XIV asrning ikkinchi yarmidan to XVII asrning boshlarigacha b´lgan davrni ´z ichiga oladi. Moxiyat jixatdan Uyg`onish davri individual va ijtimoiy ongning ilm-fan asosida rivojlanishi bilan bog`lanib, tabiiyotshunoslik fanlari va u bilan bog`liq holda falsafiy fikrlar xristianlik ta`siridan chiqib borishni ifodalaydi. Ijtimoiy ongdagi bu ´zgarishlar geografik va texnik kashfiyotlar Ovrupo xalqining bu davr ma`naviy hayotida tub ´zgarishlarga sabab bo`ldi. Cherkov ma`naviy hokimiyati zaiflashdi, dunyoviy fanlar rivoji uchun keng yo`l ochila boshlandi. 2. XIV asrlarda dastlab Italiyada vujudga kelgan bu yangi madaniyat gumanizm nomini oladi. Umuman gumanizm iborasi lug`aviy jixatdan insoniylik, degan ma`noni anglatadi. ¤z mohiyati jihatidan bu madaniyat cherkov, iloxiyotga xos b´lgan ma`rifatlilikdan uzoqlashishni anglatadi. Zero, gumanistlar dunyoviy fanlarni cherkov sxolastikasiga qarshi q´yardilar. Bu madaniyatning eng asosiy moxiyati cherkov tomonidan inkor etilgan inson shaxsining manfaatlari va xuquqlarini ximoya qilgan gumanizm edi, chunki u har tomonlama rivojlangan inson shaxsi xaqida gapirsa ham, butun xalqni nazarda tutmas edi. Ikkinchidan, bu gumanizm insonni har qanday z´ravonlikdan, cherkov hukmronligidan ozod qilish xaqida orzu qilgan. Bu gumanizm uning asosiy xususiyati individual erkka, raqobatga yo`l ochish edi. Dunyoqarashdagi bu yangi oqim ´sha davrda ilg`or tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlanishida katta axamiyatga ega b´ldi. Bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ilmiy hayotdagi keskin ´zgarishlar ´z navbatida Uyg`onish davri falsafasining rivojlanish xususiyatlarini belgilab berdi. ¤z mohiyati jixatidan bu falsafiy rivojlanish nisbatan ilmiy y´nalishda b´lib, uning asosiy maqsadi sxolastikaga tobora k´proq zarba berish edi. Bu zarba shundan iborat ediki, falsafa gumanistik madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida ilohiyotning xizmatkori b´lishdan butunlay voz kechadi. 3. XV-XVI asrlardan fan tobora ilohiyot bilan ´z aloqasini uza boshlab asta-sekin mustaqil rivojlanish y´liga ´tib din, cherkov hukmronligiga qarshi chiqa boshlaydi. ¤sha paytda jamiyatning ilg`or tabaqalari texnikaning nazariy asosi va diniy mafkuraga qarshi kurashda qurol b´lgan tabiiyotshunoslikning rivojlanishidan manfaatdor edilar. Chunki sanoatni rivojlantirish uchun fan kerak edi. Bu fan fizik jismlar tabiat kuchlarining namoyon b´lishi shaklida taxlil qilinar edi. Tabiiyotshunoslikning rivojlanib borishi keskin kurash bilan bog`liq edi. Bu ´rinda Nikolay Kuzanskiy, Jordano Bruno, Galileo Galileylarning tabiiy-ilmiy, falsafiy qarashlari ustida t´xtalib ´tish maqsadga muvofiqdir. Uyg`onish davrida ´rta asr ijtimoiy-siyosiy tuzumiga va ma`naviy hayotda cherkovning yakkahokimligiga qarshi kurash jarayonida ilg`or sotsiologik ta`limotlar vujudga keldi. ¤sha davrda jamiyatning ilg`or tabaqalari dunyoviy, milliy va markazlashgan davlat tarafdori b´lganlar. ¤rta asr mafkurasiga qarshi quyi tabaqalar demokratiyasining himoyachilari ham turardi. Ular ijtimoiy tuzumni tubdan qayta qurish xaqida orzu qilar edilar. Xuddi shu davrga kelib insonning «tabiiy-xuquqlari», xalqning suvereniteti xaqidagi g`oyalar vujudga keladi. Lekin «tabiiy-xuquq» va «xalq suvereniteti» g`oyalari ´sha davrda voqealikda ´z aksini topa olmadi. Ommaning inqilobiy portlashidan q´rqqan yangi mulkdorlar kuchli davlat xokimiyati xaqidagi ta`limotni asoslab berishni talab qilardilarki, bu davlat faqat yer egalarining qarshiligini emas, balki xalqning inqilobiy xarakatini bostirishga xam qodir b´lsin. Bunday sotsiologik nazariyaning tipik vakillaridan biri Nikolo Makiavelli (1469-1527) edi. 4. Uyg`onish davrida xalq quyi tabaqalarining orzu-umidlari va intilishlarini aks ettiruvchi ilg`or mutafakkirlar kamol topa boshladi. Shular jumlasiga yirik siyosiy arbob va mutafakkirlar Tomas Mor va Tommazo Kampanella kiradi. Ular dastlabki ijtimoiy - hayoliy jamiyat xaqidagi ta`limotning asoschilaridir.
Reja:
1. XVI-XVIII asrlar falsafasining asosiy xususiyatlari, uning ijtimoiy-gnoseologik manba`lari. 2. yangi davr falsafasida ingliz faylasuflarining qarashlari. 3. Frantsuz ma`rifatchiligining asosiy xususiyatlari.
Manufaktura ishlab chiqarishining o`sishi patrialxal munosabatlarning parchalanishiga sabab bo`ldi. Xalqlar o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi ijtimoiy hayotdagi turg`unlikka barham berdi. Ishlab chiqarish resurslari taraqqiyotining ehtiyojlari tabiat va undagi hodisalarni ilmiy bilish jarayonini tezlashtirishni taqoza etardi. Shuning uchun ham insonparvarlik g`oyalaridan ilhomlangan olimlar buyuk kashfiyotlar ijodkorlari sifatida maydonga keldilar. Dengizda savdo munosabatlarining rivoji kemasozlikning taraqqiyoti, yangi shaharlar qurilishi astronomiyaga, matematika va mexanikaga b´lgan ehtiyojni kuchaytirdi N.Kopernik geliotsentrik nazariyasining ta`siri tobora kuchaya bordi. Kepler sayyoralar harakati qonunini ochdi. Galileyning mexanika nazariyasi vujudga keldi. Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini kashf qildi. Tabiiyot fanlaridagi bu yutuqlar ¤rta asr sxolastik va diniy mafkura ta`sirini kamaytirib, yangi dunyoqarash uchun ilmiy asos tayyorladi. Lekin shunga qaramay, yangicha ilmiy dunyoqarashning asosida olamga mexanik va metafizik qarashlar yetakchi mayl edi. Chunki qadimgi davrdan boshlab yig`ilgan tabiat t´g`risidagi bilimlar umumiy xarakterga ega b´lib, u yangi davrning tajribasi va fan talabiga javob bera olmasdi. Shuning uchun yangi davr tabiiyotshunoslari tabiatdagi xodisalar dalillarni yig`ish va ´rganish, chuqurroq bilish maqsadida ularni bir-biridan ajratib ´rganardilar. Buning natijasida tabiiyotshunoslar tabiat hodisalarida, predmetlarning ´zaro bog`lanishi, bir-birini taqoza etishini anglab yetmagan edilar. Ular nazarida olam qotib qolgan tasodifiy xodisalar yig`indisidan iborat b´lib k´rinardi. Bu davr qarashlarining mexanik tabiati quyidagilar bilan izohlanadi. XVI-XVIII asrlarda tabiiyot fanlari ichida mexanika va matematika fanlari katta yutuqlarga ega b´lib, kimyo va biologiya esa bu davrda hali u qadar rivojlanmagan edi. Shuning uchun xam bu davrning olimlari mexanika va matematikaning tabiatdagi barcha xodisalarga tadbiq etish mumkin b´lgan umumiy fan, tabiatdagi barcha sirlarni ochib beruvchi kalit, deb hisoblardilar. I.Nyutonning fizik tadqiqotidagi mexanik sababiyat matematika tomonidan asoslangandan keyin mexanizm yana mustahkamlandi. Mexanitsizm ta`limoticha, olamda har bir jismning xolati boshqa jismning holatiga, shuningdek, har jismning tengligi yoki harakat sababi boshqa jismning harakati yoki tengligiga bog`liq. Predmet yoki xodisalarning ´zi harakat manbai emas, u ´z-´zidan xarakat qilish qobiliyatiga ega emas. Materiya xarakatining sababi uning ´zidan tashqarida b´lib, xarakat esa sifat jixatidan bir xil b´lgan predmetlarning makonda oddiy ´rin almashinuvidan iboratdir. Mexanitsizm materiya xarakatining mexanik shaklinigina e`tirof etib, uning boshqa shakllarini inkor etardi. Natijada mexanistlar tabiatdagi sifat ´zgarishlarini, taraqqiyotni butunlay inkor etardilar. Shuning uchun mexanitsizmning bilish metodi amalda metafizik metoddan iborat bo`lib qoldi. Bu davr dunyoqarashida ilmiy fikrlar tobora yetakchi ´rinni egallagay boshladi. Natijada falsafada bilish nazariyasi – gnoseologiya muammolari bilan shug`ullanish yetakchi maylga aylana bordi. Buni ingliz faylasuflari Fransis Bekon (1561-1626), Tomas Gobbs (1588-1676), Jon Lokk (1632-1704), gollandiyalik Benidikt Spinoza (1631-1677), frantsiyalik Rene Dekart (1596-1650), nemis faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) falsafiy qarashlarida yaqqol ko`rish mumkin. Ularning ijodlari natijasi o`laroq, bilish nazariyasida empirizm va ratsionalizm oqimlari vujudga keldi. 2. empirizm oqimining asoschisi ingliz olimi Fransis Bekon ´zining «yangi organon», «yangi Atlantida» asarlarida ´rta asr sxolastikasini tanqid qildi va tabiat hodisalarini ilmiy tushunishni asosladi. Bilishning birdan-bir t´gri y´li, uning fikricha, tajriba (eksperiment)dir. Bekon mavjud b´lgan barcha narsa va xodisalarga induktiv usul asosida yondashish g`oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, bilish aloxidaliklardan, ya`ni xususiy dalillardan umumiy ilmiy nazariyalar tomon y´nalish asosida b´ladi. Biroq u empirik usulga ortiqcha e`tibor berib, ratsional usulning rolini pasaytirib yubordi. U xissiy bilish bilan aqliy bilish ´rtasidagi aloqadorlik dialektikasini t´gri ochib bera olmadi. Bekon fikricha, moddiy dunyoning asosini materiya tashkil qiladi. Uning ta`biricha, materiya xilma-xil sifatga ega b´lib, uning miqdori ´zgarmasdir, xech narsadan xech narsa vujudga kelmaydi, hech narsa y´q b´lib ketmaydi. Materiyaning umumiy miqdori hech qachon ´zgarmaydi, u kamaymaydi xam, k´paymaydi xam. Jorj Berkli ´zining «Kishi bilishining asoslari xaqida risola» asarida sub`ektni birlamchi deb hisoblab, barcha narsalar ongning holatidan, sezgilar majmuidan iborat, deb ta`lim beradi. Berkli materiyani, ob`ektiv reallikni butunlay tan olmas edi. U olamda «Men» va mening sezgilarimdan boshqa xech narsa y´q, olamdagi narsalar mening sezgilarimdagina mavjud, agar men sezmasam, ularning mavjudligi xaqida gap b´lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Ob`ektiv reallikning mavjudligiga shubxa bilan qarovchi skeptitsizmning asoschilaridan biri David yum (1711-1776)dir. Uning nuqtai-nazaricha, dunyo qonunlari, sub`ektiv xususiyatga ega b´lib, bizning odatlarimizga bog`liq, sababiyat va zaruriyat sezgilarimizning tartibidan, ketma-ketligidan boshqa hech narsa emas. Shunday qilib, yum skeptitsizmni agnostitsizmning turlaridan biri sifatida qarab, moddiy dunyo qonunlarini bilishni inkor etib fan taraqqiyotini cheklashga harakat qiladi. 3. XVII asrning eng yirik mutafakkirlaridan biri frantsiyalik Rene Dekart (1596-1650) edi. U ratsionalistik oqimning asoschisi b´lib, uning ta`limoticha, tabiatni bilishning biron-bir y´li, uslubi – aqliy bilishga asoslangan deduktiv uslubdir. Ilmiy-falsafiy bilimlarning kelib chiqishi va rivojlanishida aql benihoya muxim rol ´ynaydi. Faqat aqlning yordamida inson ´ziga zarur b´lgan xaqiqatga erishishi mumkin. Xaqiqat esa bu aql nuqtai nazaridan aniq-ravshan va shubxasiz b´lgan nazariy xulosalardir. Bilishning birdan-bir manbai – tafakkurdir. Ratsionalist sifatida Dekart sezgilarning bilishdagi rolini pasaytiradi. Uningcha, k´z, quloq, til, badan va burun tashqi dunyo t´g`risida not´g`ri ma`lumot beradi. Shuning uchun bilishning manbai xam, bilimlarimizning xaqiqatlik ´lchovi xam aqldir. Shundan kelib chiqqan holda, Dekart ´zining «Men fikrlayman – demak, men mavjudman» degan mashxur tezisini ilgari suradi. yangi davr falsafasida XVIII asr frantsuz olimlari P.Golbax (1723-1789), D.Didro (1713-1784), K.Gelvetsiy (1715-1771), J.Lametri (1709-1751) hisoblanadi. Ularning ta`limoticha, hamma mavjud narsalar moddiydir va uni ilmiy tilda materiya deb nomlanadi. Materiya mayda molekula va atom zarrachalaridan tashkil topgan. Frantsuz olimlarining fikricha, materiyaning asosiy xususiyatlari – hajm, og`irlik, ´tkazmaslik, figura va mexanik harakatdan iborat. Ular harakati materiyaning ajralmas xususiyati, harakatsiz materiya b´lishi mumkin emas, deb ta`kidladilar. O`arakatning sababini xam tabiatning ´zidan deb tushundilar. Biroq ular harakat predmet yoki xodisalarning fazoda oddiy ´rin almashinuvidan iborat deb hisoblashardi. Frantsuz olimlarining bilish nazariyasiga ko`ra, tabiat predmetlarini bilish – ularni sezishdan iborat, sezgining manbai esa ob`ektiv reallikdir, chunki materiyagina sezgi a`zolarimizga ta`sir eta oladi. Ular bilish jarayonida aqlning rolini inkor etmadilar. Ularning fikricha, sezgilarimiz-tafakkurning asosi va mazmuni, tafakkur esa miyaning bir qancha sezgilarini yig`ish, q´shish, solishtirish qobiliyatidan iboratdir. Shu bilan birga ularning bilish nazariyasi cheklangan b´lib, bilish oddiydan murakkabga qarab boruvchi dialektik jarayon emas, balki sezgi, fikr va muloxazalarni yig`indisidan iborat, deb tushuntirardilar. Ikkinchidan, bilish jarayonida kishilarning ijtimoiy-tarixiy tajribasi ahamiyatini tushunmasdilar. Ular ijtimoiy xodisalar xaqidagi fikr yuritib, kishi ijtimoiy muhitning mahsuli, ijtimoiy muhit qanday b´lsa, kishi ham shunday b´ladi, deb hisobladilar. Ijtimoiy muhitni yangilash faqat ma`rifatning rivoji orqaligina amalga oshirish mumkin. Lekin ular ijtimoiy muxit ma`nosida davlatni, siyosiy idoralar, uning qonunlarini, ustqurmani tushunar edilar. Bundan fikr jamiyatni boshqaradi, kishilarning fikri b´lsa bas, jamiyat ham, ijtimoiy muhit va uning tuzilishi ham shunday b´ladi, degan xulosa kelib chiqadi. Ular b´lajak jamiyatning asosiy vazifasi hamma kishilarni adolatli ravishda baxt xuquqi bilan ta`minlashdir, deb o`ylardilar. Ular davlatni vujudga keltirgan iqtisodiy sababni, davlatning ijtimoiy-siyosiy moxiyatini va tarixiy xarakterini ochib bera olmadilar.
Reja:
1. Immanuel Kant – nemis klassik falsafasining asoschisi. 2. Fixte va Shelling falsafiy qarashlari. 3. Gegel falsafiy sistemasi. Gegel falsafasining ratsional mag`zi. 4. Feyerbaxning antropologik falsafasi. 5. Markscha falsafa vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning nazariy manba`lari, mohiyati. 6. V.I.Lenin tomonidan marksizmni siyqalashtirilishi. 7. Marksizmni ma`lum bir tarixiy davrda qadrlanishi va s´ngra qadrsizlanishining tub sabablari.
Nemis klassik (mumtoz) falsafasi XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshida vujudga keldi. Bu falsafaning asosiy vakillari I.Kant, I.S.Fixte, F.R.Shelling, G.F.V. Gegel va Feyerbaxdir. Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant edi. (1724-1804) Kant falsafasining rivoji asosan ikki davrga b´linadi. Birinchisi tanqidiy falsafagacha b´lgan davr (taxminan XVIII asrning 70-yillarigacha); ikkinchisi tanqidiy falsafa davri. Kant ´z falsafasining dastlabki davrlarida asosan tabiiyotshunoslikning falsafiy masalalari bilan shug`ullandi. U 1785 yilda yozgan eng yirik asari «Butun umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi»da Quyosh sistemasi koinotdagi boshlangich katta tumanlikni aylanma harakat qilishi natijasida kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Bu jarayonning sababi «dastlabki turtki» emas, balki ´zaro tortishish va itarilish orasidagi ziddiyatdir. Shu sababli quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar, Kant ta`limotiga k´ra, uzoq davom etgan tabiiy-tarixiy taraqqiyotning maxsulidir. Kantning bu xulosasi uning tabiat xodisalarini ilmiy tushunganligidan dalolat beradi. XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Kant faoliyatining ikkinchi davri boshlandi va «Sof aqlni tanqid» (1781), «Prolegomenlar» (1785), «Muhokama qobiliyatini tanqid» (1790) kabi asarlarida ´zining transtsendantal tizimini asosladi. Bu asarlarida insonning bilish qobiliyati va imkoniyatlarini taxlil qilib, ob`ektiv reallikning mavjudligini e`tirof etadi va uni «narsa ´zida» deb ataydi va uningcha narsa mohiyatini bilish mumkin emas. Kant inson bilimini ikki guruhga ajratadi: tajribaviy bilimlar (aposteriori), ya`ni u alohida-alohida olingan, bir-biri bilan bog`lanmagan hodisalarni ifodalasa, tajribagacha b´lgan aprior bilimlar esa hodisalar ´rtasidagi umumiy sababni va zaruriy bog`lanishlarni, ya`ni qonuniyatlarni ifodalaydi. Dunyo qonunlarining ob`ektiv xususiyatga ega ekanligini Kant mutlaqo tan olmaydi. Uning fikriga k´ra, kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi, shundan ham inson aqli tabiatga moslashishi kerak emas, balki tabiat inson aqliga moslashishi kerak. Kant axloq masalalariga ham katta e`tibor berdi. Uningcha, jamiyatdagi har bir kishining xulq-atvori, irodasi ob`ektiv reallikdan tamomila ajralgan va ´zgarmasdir. Axloqning asosi esa kishilar ongidagi ´zgarmas amr-farmondir. 2. Iogann Gotlib Fixte (1762-1814) Kantning «narsa ´zida» xaqidagi ta`limotini tanqid qilib, bilish shakllarining butun xilma-xilligini bir sub`ektiv ibtidodan keltirib chiqarishga uringan. Bu ibtido shundan iboratki, faylasuf qandaydir mutloq sub`ekt - «Men»ni nazarda tutib, unga benixoya aktiv faoliyat beradi, shundan keyin u olamni yaratadi. Boshlang`ich «Men» ´ziga xos «men» emas, balki ongning axloqiy faoliyatidir. Ana shu mistik boshlang`ich - «Men» aloxida «men»ni keltirib chiqaradi. Uni Fixte mutloq emas, balki cheklangan inson sub`ekti yoki empirik «men» deb tushunadi va bunga tabiat, ya`ni empirik tabiat qarama-qarshi turadi, deb hisoblaydi. Fixtening fikricha, absolyut sub`ekt - «Men» va tabiat, ong va narsalar bir-biri bilan uzviy boglangan, ularning xech birini ayrim ravishda bilib b´lmaydi. Fixte ta`limotidagi dialektik fikrlar uning ijobiy tomonini xosil qiladi. Fridrix Vilgelm Iozef Shelling (1775-1854) tabiat tushunchasiga taraqqiyot g`oyasini kiritadi. U sub`ektiv «Men»ga asoslangan falsafasiga ´zining ob`ektivlik birlamchi degan fikrini qarama-qarshi q´yadi. Shelling ayniyat falsafasini yaratadi. Ob`ekt bilan sub`ektning ayniyat goyasi Shelling ta`limotining asosini tashkil qiladi. Olamdagi barcha narsalar va xodisalar, uningcha, mutloq ruhning ifodasidir. Materiya ongdan tashqari mavjud b´lgan reallik emas, balki mutloq ruhning alohida xolatidir. Shuning uchun materiya va ruxni bir-biriga qarama-qarshi q´yish mumkin emas. Bilish «Men»ning ´z-´zini anglashi deganidir. Demak, bilishni ong tashkil etadi va uning yordamida «Men» ´zligini anglaydi. Rux, jon va ular haqidagi tasavvurlar ´zining faoliyatini, ´zligini bilishga qaratilgandir. Shellingning mazkur fikrlari nemis klassik falsafasining yirik namoyondasi Gegel tomonilan yanada rivojlantiriladi. 3. Nemis klassik falsafasining eng yirik vakili G.F.Gegel edi. (1770-1831). Gegel t´g`risida s´z borganda uning falsafasining ikki tomonni - dialektik usul va konservativ sistemasini farq qilmoq zarur. Agar dialektik usul ´zida «ratsional mag`iz»ni - taraqqiyot t´g`risidagi ta`limotda gavdalantirgan falsafa shakli b´lsa, uning dogmatik sistemasi esa konservativ bo`lib, taraqqiyotning bir doirada aylanishidan iborat; degan tasavvurni vujudga keltiradiki, bu uning dialektik usuliga tubdan ziddir. Bunga ko`ra, taraqqiyot «tezis antitezis-sintez» tarzida ro`y beradi. Dialektik usulga ko`ra esa barcha narsa doimo harakatda, o`zaro aloqa va ta`sirda, bir holatdan boshqa holatga o`tishdan iborat doimiy jarayondir. Gegelning fikricha, dunyoviy ruh, aql birlamchi b´lib, moddiy olam ikkilamchi, dunyoviy ruhning gavdalanishidan iboratdir. Dunyoviy ruh (mutloq g`oya), uningcha, yaratuvchi sabab b´lib, moddiy olam uning mahsulidir. Tabiat va jamiyatdagi har bir buyum yoki hodisa shakl b´lib, uning mazmuni esa ruh yoki aqldir. Chunki bu predmetlar ruhning gavdalanishidan ´zga narsa emas. Gegel ´z falsafiy sistemasida har vaqt ruh va tabiatning yoki tafakkur va borliqning aynanligiga suyanadi. Shuning uchun unda moddiy jarayonlar har doim mantiqiy jarayon kabi ifoda etiladi. Gegel fikricha, dunyoviy ruh mangu, u tabiat va jamiyatdagi hamma voqealarning manbai va xarakatlantiruvchi kuchidir. Gegel falsafiy tizimining «ratsional mag`zi» uning dialektikasi va bilish nazariyasida ´z aksini topgan. Bu esa «Logika fani» asarida bayon etilgan. Bu asarida Gegel dialektikaning 3 asosiy qonunni: 1. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 2. Miqdor ´zgarishlarning sifat ´zgarishlariga ´tish qonuni. 3. Inkorni inkor qonuni moxiyatini chuqur va atroflicha asoslab beradi. Shuningdek mazkur asarda falsafaning barcha darajalari ham tavsiflab berilgan. Bilish nazariyasiga Gegelning q´shgan xissasi shundan iboratki, u logika (mantiq) va bilish nazariyasining birligini asoslab berish bilan bir qatorda dialektik mantiqning birligi kengaytirilgan tizimini yaratadi. 4. Kant va Gegel falsafasini tanqid ostiga olgan faylasuf Lyudvig Feyerbax (1804-1872) edi. Feyerbax fikricha, olam tabiatdangina iborat, tabiat hech qanday iloxiy kuchga muxtoj emas. Bilish nazariyasida L.Feyerbax ob`ektiv reallikni bilish mumkinligini shubxasiz e`tirof etadi. Bilish jarayonida, u sezgilar roliga aloxida axamiyat beradi. Uningcha, sezgi tashqi moddiy olamning kishi sezgi a`zolariga ta`siri natijasida vujudga keladi. Feyerbax ta`limoticha, sezgilar bilish jarayonining boshlang`ich bosqichi b´lib, u kishini tashqi dunyo bilan bog`laydi. Feyerbax ta`limotida inson falsafaning asosiy mazmunini (predmetini) tashkil etadi. Uningcha, faqat inson orqali tabiat ´zini payqaydi, sezadi va ´zi t´g`risida fikrlaydi. Shuning uchun falsafa antropologiya (inson t´grisidagi ta`limot) bilan bogliq b´lishi lozim. Feyerbax ´z falsafasida borliq va tafakkur, ob`ekt va sub`ekt, fizikaviy va ruxiy jarayonlarning birligini asoslab bershga intiladi. Ijtimoiy hayotning tartibli borishi uchun barcha dinlar ´rniga «Muxabbat dini» yaratishga uringan. Feyerbax Gegel sistemasining konservativ tomonini tanqid qilib, shu bilan birga, uning dialektik uslubini ham inkor etadi. Xullas, nemis klassik falsafasi, ayniqsa Gegelning dialektikaga doir qarashlari XIX asr ¢arbiy Ovrupo falsafasining shakllanishida katta axamiyatga ega b´ldi va shu bilan birga nemis falsafasi falsafa tarixida bir bosqich b´lgan markscha falsafaning nazariy manba`i b´lib xizmat qildi. 5. Marksizm ¢arbiy Ovr´poda XIX asrning 40-yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, siyosiy tuzum va ma`naviy turmushda sodir b´lgan chuqur krizis muhitida shakllandi. U bu razolatga qarshi vujudga kelayotgan kuchli ijtimoiy-inqilobiy xarakatni ilmiy zaminga q´yish ehtiyojlarini ifodalardi. Binobarin, u ´sha davr muammolarini hal qilishga qaratilgan bir falsafiy oqim edi. Nemis klassik falsafasi, ingliz iqtisodi, frantsuz hayoliy sotsialistlarining ta`limotlari marksizmning nazariy asosi bo`ldi. K.Marks hamma yovuzliklar asosida begonalashgan mehnat yotadi, buning sababi esa, mulkning xususiyligi deb bildi. ¤z asarlarida, ayniqsa «Kapital»da ana shu nuqtai nazarni isbotlashga urindi. Din ´rniga ateistik dunyoqarash va e`tiqod qaror topishi kerak, deb hisobladi. Insoniyat tarixi sinfiy kurashlar tarixidan iborat, degan g`ayriilmiy qarashlardan kelib chiqib, u jamiyat taraqqiyotini sun`iy ravishda formatsiyalarga b´lib, insonlar faoliyatini, har bir xududning ´ziga xos xususiyatlari asosida tarixan shakllanadigan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarni anglashda bir tomonlama tasavvurlar vujudga kelishiga asos soldi. Uning fikricha, keyingi formatsiya ilgarigisidan taraqqiy etgan b´lishi kerak edi. Xususiy mulkchilik va talonchilikka asoslangan XIX asr ¢arbiy Ovruposida kapitalizm uning nazarida oxirgi nafasini olayotgandek tuyuldi, kapitatalistik jamiyat ´rniga ijtimoiy mulkka asoslangan va bayrog`iga Tenglik, Adolat, erk, Birodarlik yozib q´yilgan qandaydir umumiy (kommuna) jamiyati butun dunyoda muqarrar barpo b´lishini «bashorat» qildi. Marks ma`naviy hayot, unda g`oyalarning roliga yuksak baho bergan holda, ularni moddiy ishlab chiqarashning soyasida qoldirgan edi. Natijada ilmiy-texnika taraqqiyoti va ilmiy-texnika inqilobi sharoitida boshlangan ma`naviy inqiroz Marks ta`limoti negizida tobora chuqurlashib bordi. Marksizmning qadr topib keng yoyilishiga, ijtimoiy adolatsizlik, tengsizlik, zulmga asoslangan davlat tuzumlari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga qarshi ¢arb muhitida tobora avj olib borgan norozilik hamda inson ongi va ruhiy olamida asrlar davomida qaror topgan haloskorga ishonch ruhi katta rol ´ynadi. Ijtimoiy taraqqiyotning barcha masalalariga «proletariat manfaatlari» nuqtai nazaridan qarash tarixiy jarayonlarni soxtalashtirishga olib keldi. 6. Marksizm falsafasining keyingi taqdiri asosan V.I.Lelinning nazariy va amaliy faoliyati bilan bog`liq. U marksizmga «ijodiy yondoshish» shiori ostida Marksning «burjua xususiy mulkchiligini tugatish» haqidagi qarashlari, davlat qurilishi masalasidagi ta`limotini mensimadi. Milliy siyosat sohasida Lenin buyukdavlatchilik shovinizmini qaror toptirish, yangi mustamlakachilikni joriy etishning nihoyatda makrli sistemasi b´lgan va SSSR deb atalgan «Qizil imperiya»ni vujudga keltirdi. Bu davrda fanning nazariy muammolarini ´sha negizda siyosiylashtirish tabiiyotshunoslikning k´plab yutuqlarini xolisona umumlashtirishga imkon bermadi. 7. Marksizm falsafasining katta salbiy oqibati ayniqsa madaniy va falsafiy merosga b´lgan munosabatda yaqqol namoyon b´ldi. Bu falsafaning metodologik printsiplari – sinfiylik (partiyaviylik) xolis xulosalar chiqarishga imkon qoldirmas edi, ularga mos kelmaydigan har qanday ta`limot qoralanar, xatto butunlay inkor qilinardi. ¤tmish merosining qay darajada umumbashariy, umumjahon ahamiyatiga ega ekanligi e`tibordan chetda qolar edi. Bu, nafaqat umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini mensimaslikka olib kelardi, shu bilan birga, ma`lum darajada xalqlarda milliylik ruhini, milliy merosdan g`ururlanish ruhini tugatishga qaratilgan harakat edi. ¤tmish merosiga bunday yondoshishning zararli tomonlaridan yana biri shunda ediki, oxir-oqibatda ´tmish merosi bir yoqlama talqin qilinardi, k´pincha esa ochiqdan-ochiq soxtalashtirilardi. Ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ma`naviy, mafkuraviy sharoitlarni hisobga olmagan holda, ´tmish merosini yuqorida eslatib ´tilgan printsiplar qolipiga solib talqin qilinardi. Xullas, leninizm albatta marksizm zaminida paydo b´ldi. Ammo ijtimoiy xodisalarga munosabat belgilashda ilmiylikdan uzoqlashib, marksizmni dunyoviy dinga aylantirdi. Shu asosda avvalo sobiq Rossiya imperiyasi xududida sotsializm shiorlari ostida barcha mulk davlat monopoliyasiga aylantirilib, uni boshqarish usuli sifatida ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar davlat tizimi qaror topdi. Leninizm bayrog`i ostida tashkil etilgan jahondagi «Sotsialistik lager» deb atalgan mamlakatlar modeli sotsializm (kommunizm) g`oyalarini qadrsizlantirdi. Oxir-oqibatda «Sotsialistik lager» tarqab ketdi. SSSR deb atalgan imperiya tarix sahnasidan ketib, «ikki qutbli» dunyo «ko`p qutbli» dunyoga aylandi. 11-mavzu: Rossiyada XVIII-XIX asrlarda ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyoti. «Rus kosmizmi» Reja:
1. Rossiyada XVIII asrda fan va madaniyat rivoji va uning falsafa taraqqiyotiga k´rsatgan ta`siri. 2. XIX asr rus falsafasi. 3. Rus diniy falsafasi. 4. Rus kosmizmi. 1. XVII asrning oxiridan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Bu davr Pyotr I ning Ovrupo madaniyatini, fan va texnika yutuqlarini Rossiyaga singdirish harakatlari bilan uzviy bog`langan b´lib, u tabiat va jamiyat taraqqiyotiga ilm-fan nuqtai nazaridan yondashishga qaratilgan ilmiy - falsafiy fikrlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Ana shunday tarixiy sharoitda M.V.Lomonosov va A.N.Radishchevlarning falsafiy dunyoqarashlari shakllandi. M.V.Lomonosov tabiiyot fanlarini ancha olg`a surgan XVIII asrning entsiklopedist olimi edi. U Rossiyada ilmiy tabiiyotshunoslik, rus metallurgiyasi, geologiya, fizika, ximiya, mexanika, rus adabiy tili va falsafasining asoschisi, shoir, ritorik, rassom, talantli pedagog edi. Lomonosovning fikricha, barcha narsalar atomlardan tashkil topgan b´lib, ular ´z navbatida mayda zarrachalar (korpuskulalardan) iborat. Korpuskulalar va molekulalarning turlicha q´shiluvi narsalarning xilma-xilligini belgilaydi. Lomonosov materiya doimo harakatda, rivojlanishda degan g`oyani olg`a surgan, u materiya va harakatning saqlanish umumiy qonunini kashf etadi. Uning bilish nazariyasida sezgilarning manba`i tashqi olam deb, narsa va hodisalarning sababini bilishda xissiy bilish va tafakkur birligi zarur qilib q´yiladi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada yashab ijod qilgan rus yozuvchisi A.N.Radishchev ´zining ongli hayotini ´sha davrda mexnatkash ommaning rus krepostnoy tuzumini ´zgartirish uchun kurashi bilan bog`ladi. Uning borliq, materiya, harakat, fazo va vaqt, olamni bilish xaqidagi falsafiy fikrlari «Peterburgdan Moskvaga sayohat», «Inson, uning ´lishi va ´lmasligi t´g`risida» asarlarida t´la ifoda etilgan. 2. XIX asr rus falsafasini rivojlanishiga rus inqilobchi-demokratlari V.G.Belinskiy (1811-1848), A.N.Gertsen (1828-1889), N.G.Chernishevskiy (1820-1880), N.A.Dobrolyubov (1836-1861), N.P.Ogarov (1813-1877) va boshqalarning xizmatlari katta. Ular M.V.Lomonosov, A.I.Radishchev hamda nemis faylasuflari Gegel va Feyerbaxning ilmiy-falsafiy meroslarini atroflicha ´rganib, yangi falsafiy ta`limot yaratdilar. Inqilobchi-demokratlarning falsafiy qarashlari asosan ilmiy xarakterga ega edi. Ular falsafani hayot bilan bog`lashga urindilar. Ularning fikricha, dialektika tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlaridan iboratdir. Tarixda hech qachon jamiyatning xukmron tabaqalari ´z imtiyozlaridan ixtiyoriy tarzda voz kechmaganlar, shuning uchun jamiyatning k´pchilik qismi adolatga erishishi avvalambor jamiyatni inqilobiy qayta qurish va xalq hokimiyatini ´rnatish, deb tasavvur qilishgan. Dehqonlar inqilobi, jamoatchilikning turli tabaqalarining umumiy inqilobi demokratlar tushunchasidagi jamiyat rivojining istiqbolini tashkil qilardi. 3. Ilmiy falsafa bilan bir qatorda ana shu davrlarda F.M.Dostoevskiy, K.N.Leontev, N.F.Fedorov, L.N.Tolstoy, V.Solovevlarning diniy falsafasi paydo b´ldi. Ular rus xalqining va u orqali «barcha insonlar najot topadigan» «xudojo`ylik» g`oyasining rivojlantirishni davom ettiradilar. 4. Rus falsafasi rivojidagi y´nalishlardan yana bir nufuzli axamiyatiga ega b´lgan ta`limot - rus kosmizmidir. Rus kosmizmining diqqatga sazovor joyi shuki, qator faylasuflar, mutafakkir olimlarning (N.F.Fyodorov, V.S.Solovev, N.A.Umov, K.e.TSiolkovskiy, A.I.Vernadskiy, P.A.Florenskiy, A.O.Chijevskiy va boshqalar) asarlarida inson va kosmos birligi, insonning kosmik tabiati va inson faoliyatining doirasi muammolari q´yilgan edi. Kosmizm g`oyalariga b´lgan qiziqish asosan XX asr boshlarida ¢arbiy Ovr´poda vujudga kelgan b´lsa, ammo u ´zining keng targ`ibotini Rossiyada topgan edi. Rus kosmizmi asosan uch y´nalishda bordi: birinchisi, hayoliy (fantastik) y´nalish: masalan, K.e.TSiolkovskiy g`oyalari; ikkinchisi geologik y´nalish (N.F.Fedorov) va uchinchisi tabiat ilmi bilan bog`liq b´lgan y´nalish (N.A.Umov, V.I.Vernadskiy) K.e.TSiolkovskiy (1857-1935) ´zining ilmiy-texnik loyixalari bilan hozirgi zamon kosmonavtikasining shakllanishiga muxim hissa q´shgan edi. U «Kosmik falsafa» degan asarida kosmosni hayotning turli-tuman shakllari eng sodda k´rinishlaridan tortib to quyosh energiyasini bevosita ´zlashtira oladigan, boqiylikka, nurga t´la b´lgan mavjudotlar bilan t´ldirilgan, deb tasvirlagan edi. O`ozirgi zamon kishisi, Siolkovskiy fikricha, evolyutsiya b´ginining xali tugallangan bosqichi emas. Aql-zakovat va ijodiyot kelajakda insonni kosmos darajasiga k´taradi. U Yerda vaqt ´tishi bilan insonning jismoniy tabiati ham ´zgarib, u yulduzlararo fazoda yashaydigan oliy organizmlar darajasiga yaqinlashadi. V.I.Vernadskiy (1863-1945) turli fan soxalari b´yicha yirik tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida bioximiya, geoximiya, biosfera soxalarida salmoqli ishlar qilingan. Vernadskiy inson bilan kosmosni mikro va makrobosqichlarda uyg`un va ´zaro bogliqligi xaqida gapirib, antropokosmizm nazariyasiga asos soldi. Uning goyalari ilmiy dalillarga asoslangan edi. Noosfera to`g`risidagi ta`limoti XXI asrga kelib o`z dolzarbligini yaqqol namoyon etdi. Chunki inson Aqli-zakovati, uning mevasi bo`lgan ilmiy-texnika kashfiyotlaridan faqat bashariyat manfaatlari yo`lida foydalanishga qaratilgan takliflari alohida axamiyat kasb etmoqda. V.I.Vernadskiyning bu falsafiy qarashlari katta metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega b´lib, ilmiy falsafa ravnaqiga ulkan hissa b´lib q´shildi. Xulosa shuki, birinchidan, rus falsafasida insonparvarlik y´nalishidagi qarashlar ancha kuchli edi. Rus falsafasida ´ziga xos antropokosmizm, personalizm mavjud edi. U asosan, inson haqida diniy qarash qobig`ida targ`ib qilinsa, ikkinchidan rus falsafasi, xususan, rus kosmizmi qanday y´nalishlarda b´lishidan qat`iy nazar, inson aql-zakovatining qudratiga, uning cheksiz imkoniyatlari mavjudligiga ishonch tug`diradi, inson koinotni zabt etishi, olis sayyoralarga sayohat qilishi mumkinligi haqida bashorat qilish imkonini berardi.
Reja:
1. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va ularning ijtimoiy fikrlar rivojiga ta`siri. 2. Boboraxim Mashrab va Bedilning ijtimoiy-falsafiy qarashlari. 3. Maxtumquli, Uvaysiy, Nodirabegim, Anbar otinlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. 4. Abay, Gulxaniy, Ogahiylarning ma`rifatparvarlik g`oyalari. Ma`lumki, temuriylar saltanatidagi taxt uchun borgan o`zaro urushlar, janjallar ularning hokimiyatini zaiflashtirdi. Bundan foydalangan Shayboniyxon va unig avlodlari Volga bo`ylaridan Markaziy Osiyoga yurish boshlab, temuriylar saltanatiga barham berdilar. Biroq ularning markazlashgan yirik o`zbek davlati barpo etish yo`lidagi barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Oqibatda Markaziy Osiyoda uchta nisbatan kichik o`zbek davlati vujudga keldi. U davlatlar taxtiga ko`proq vahdat-ul vujud asosida shakllangan dunyoqarashga moyil kishilar o`tirdilar. Naqshbandiylik tariqati ixlosmandlari ham bo`lsa-da, ammo ko`proq tasavvurning zohidlik suluklarining qarashlari ijtimoiy ongda qaror topdi. XVI-XVIII asrlar va XIX asrda juda murakkab, ziddiyatli ijtimoiy-iqtisodiy muhit bo`lganiga qaramay, Markaziy Osiyodagi ilgari yetishib chiqqan buyuk allomalarning an`analari muayyan darajada davom ettirildi. Shoir va yozuvchilar, tarixchi va faylasuflar bu davr talablari asosida yangi g`oyalarni ilgari surdilar. O`ozirgacha o`z ijtimoiy-ahamiyatini saqlab kelayotgan, mazmunan boy, ahloqiy, ta`lim-tarbiyaviy jihatdan g`oyat ta`sirli, nafisligi bilan hayratga soladigan, kishini o`ylashga da`vat etadigan g`azallar, ruboiylar, hikoyalar, tarixiy va falsafiy asarlar yuzaga keldi. Shuni ta`kidlash o`rinliki, birinchidan, Markaziy Osiyoning uch xonlikka bo`linib ketishi, ular o`rtasidagi kelishmovchiliklar, o`zaro talonchilik urushlari xalqning tinka-madorini quritdi, iqtisodiy ahvolini yomonlashtirdi, savdo-sotiqni izdan chiqardi. Bu hol ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga ham salbiy ta`sir ko`rsatdi. Ikkinchidan, XVI asrlar ikkinchi yarmidan boshlab, islom aqidaparastlarining davlat siyosatiga, mafkuraga ta`siri kuchaydi. Shu asnoda so`fiylikning o`ng qanoti, ya`ni tarkidunyochilik, nochorlikni targ`ib qiluvchi oqimlarining xalq ommasiga ta`siri yetakchi bo`lib qoldi. Uchinchidan, xonlik va amirliklar, ular mahkamalarini boshqarish ko`p hollarda nodon, ma`rifatsiz, o`z shaxsiy manfaatini har narsadan ustun qo`yuvchi, maishatparast, poraxo`r odamlar qo`liga o`tib qoldi. Ular xalqni jaholat va nodonlikda saqlash uchun mutaassib ruhoniylar, baloyi nafs yo`liga kirgan soxta so`fiylar faoliyatini rag`batlantirib bordilar. Bular esa xonliklarning asosiy mafkurachilari bo`lib qoldilar. Ana shular barchasi kuchli va qudratli ilmiy salohiyatga, havas qilsa arzigulik ma`naviy madaniyatga, xayrli an`analarga ega bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan ¤zbekiston aholisini bir necha asr taraqqiyotdan orqada qolishga sabab bo`ldi. 2. XVIII asrning ikkinchi yarm iva XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan Mashrab dunyoqarashi islom negizi asosida shakllandi. Ma`rifatli islom-din sofligi uchun kurashib, havoyi nafslarini qondirish uchun dinni qurol qilib olgan riyokor zohidlar, ruhoniylarni tanqid qiladi. Uning nazarida musulmon Olloh ishqi bilan yashab, uning visoliga yetish maqsadida nafs balosidan forig` bo`lmog`i darkor. U bunday deydi: Ishq mahobatiga taqvayu toat chidayolmas, Tasbehu sanno, zuhdu ibodat chidayolmas. ...Ishq ahli agar nolayu faryod chiqarsa, Masjid kuyaru voizu minbar chidayolmas. Ishq surasidan gar o`qusam sura boyakbor, Beshubha, biling, oyati Qur`on chidayolmas. Ofoqxo`ja kanizaklaridan birini yaxshi ko`rib qolgani uchun uni bichib qo`ydilar. U yashagan davrdagi barcha ijtimoiy illatlar din, shariat, xudo nomi bilan «taqdiru ilohiy»ga bog`lanardi. Qalandarlar orasida bo`lib, ularning ko`pi Alloh ishqida emas, mol-mulk ishqida kuyib-yonishlarini Mashrab ko`rdi. Bularning hammasi uning dunyoqarashiga ta`sir etmay qolmas edi. Mashrabning nazarida xudogina bashariyat do`sti bo`lib, birgina unga itoat qilish orqali jamiyatdagi illatlarni bartaraf etish mumkin edi. Bir joyda u go`zal (xudo)ning bir ishvasi uchun «jannatu rizvonni», «toatu imonni» sotish mavqeida tursa, ikkinchi o`rinda arshu-a`loni ulug`laydi. Mashrab ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlikni ko`rib fig`oni oshadi, uning poetik qahramonlari adolatsizlikdan azob chekadi. Boshqa ijodkorlardan farqli o`laroq, Mashrab hayotning qachonlardir barcha odamlar uchun kulib boqishiga umid qiladi. Ayrim so`fiy shoirlar dunyodan g`amnoq o`tmoqni, doimo xudo yo`lida ohu-fig`on chekib, ibodat qilmoqni tashviq qilsalar, u shodlik, visol damlarini, xushchaqchaq kunlarni orzu qilib, bunday yozadi: Ul dilbari ra`noga men yor bo`lay, May bersa parizod bir qatra totay, deyman. Mashrab falsafasidan bahra olib yaratilgan she`rlar o`zining mazmundorligi, o`ynoqiligi, sho`xligi va chinakam dunyoviyligi uchun xalq qalbidan chuqur o`rin oldi. Shuning uchun riyokor ruhoniylar, zohidlar unda o`zlarining ashaddiy dushmanlarini ko`rdilar va 1711 yilda uni qatl etishga fatvo berdilar. Bu fatvoni Balx va Qunduz hokimi Mahmudbiy Otaliq o`z hukmi bilan bajardi. Bedil (1644-1721) garchi O`indistonda tug`ilib ijod etgan bo`lsa-da, ammo uning ijodi Markaziy Osiyo xalqlari orasiga keng tarqalgan. Oktyabr to`ntarilishigacha shahar va qishloqlarda «Bedilxonlik o`qishlari» keng tarqalgan edi. ¤zi esa o`zbek xalqining shakllanishida katta rol o`ynagan. Barlos qabilasidandir. Bedildan 120000 misradan ortiq she`r va 20-25 bosma toboq hajmida nasriy asarlar qolgan. «Irfon» («Bilim»), «Chor unsur», «Nuqot» («O`ikmat») asarlari falsafaga doirdir. Ma`lumki, O`indiston va Markaziy Osiyo falsafasida islom ilohiyoti asosida ikkita oqim paydo bo`lgan: a) Vahdat-ul vujud, ya`ni faqat Allohgina mavjud, moddiy olam haqiqiy emas, binobarin, unga emas, faqat Allohga muhabbat qo`yish kerak, degan oqimdir. Mistik so`fiylar bunga amal qilib, bilim olishni, kishilar faol ijtimoiy faoliyat ko`rsatishni inkor etib, tarkidunyochilikni targ`ib qildilar, faqat sadaqa bilan kun ko`ruvchi darvesh, qalandar, zohidlarning turli uyushmalarini tuzdilar. Bu oqim Markaziy Osiyoda XVII-XIX asrlarda keng tarqalib, ijtimoiy taraqqiyotga jiddiy putur yetkazdi. vahdat-ul vujud g`oyalari Turkiston xonliklari siyosati, mafkurasini shakllantirishda ko`p hollarda yetakchi bo`lib qoldi. Vahdat-ul mavjud – real voqelikdan tarkib topgan yagona moddiy olam bor, xudo unga singib ketgan degan ta`limot bo`lib, uning tarafdorlari odamlarni bilimli bo`lishga, mehnat bilan ulug`lanishga da`vat etgan. Vahdat-ul mavjud tibiiyot bilimlari uchun falsafiy asosni yaratib berishga uringan va ilg`or fikrlar taraqqiyotida muhim rol o`ynagan. Mashrab singari Bedil ham ana shu vahdat-ul mavjud oqimiga mansub bo`lib, u tana bilan ruh birligini tan oladi. U teskarichi ruhoniylarni Qur`on va tasavvuf ilmiga xiyonat qilishda ayblaydi: «Din kitobi varaqni ag`dardi, islom ahli tabiatida g`ayrat qolmadi. Tasavvuf va taqayya dayuslik – nomussizlikni va g`ayratsizlikni baland cho`qqiga – me`rojga chiqardi», - deydi u. Bedilning fikricha, olam tashqi ko`rinishdan – moddiy, ichki mohiyati bilan esa - ilohiydir, olam yagona bo`lib, xudo ham shu olamdadir, olam barqaror, bir butun, u hamma narsani o`z ichiga oladi, odam esa real borliqning, dunyo, koinot-mahsulidir. Dunyodan tashqarida hech qanday kuch yo`q va bo`lishi ham mumkin emas. Xudoni borliqning – dunyoning o`zida mavjud deb bilgan Bedil o`z asarlarida buni isbotlashga urinadi. Uning fikricha, hamma moddiy narsalarning asosi havodir. O`avo mutloq, abadiy, harakatchan, o`zgaruvchan, yengil va rangsizdir. U o`zida suv zarrachalari (bug`), yer zarrachalari (chang), olov zarrachalari (nur)ni saqlaydi. Shularning qo`shilmasidan moddiy narsalar hosil bo`ladi. (Anaksimen, empodokl ta`limotini esga oling.) Bedil havoni ilohiylashtirib, islomdagi Allohga berilgan hamma sifatlarni havoga xos deb ko`rsatadi, havo tabiatidan bug` - «buxori latif» 0 mutloq ruh paydo bo`ladi, deb hisoblaydi. Shunday qilib, Bedil ruh va jism manosabatlari haqida quyidagi xulosaga keladi: a) havo dunyosi, borliqni yaratuvchi 1-asosdir; b) havodan mutloq ruh kelib chiqadi; v) mutloq ruh nozik bug` bo`lib, tuproqda paydo bo`ladi; g) ruh moddiy jism uchun shakldir. Shakllar jismlar bilan chambarchas bog`langan. Bedil falsafasida bilish ham muhim o`rin tutadi. Uning fikricha, sezgi, tasavvur va fikrlarning manbai insondan tashqaridagi borliqdir. U sezgilar bilan birga aql ishtirokida olamni anglash mumkin, deydi. Bedil aqlni, ongni xuddi oynaga, yoki toza yozuv taxtasiga o`xshatadi, unda tashqi ashyolar o`z izlarini qoldiradilar, o`z suratlari, obrazlarini yasaydilar, natijada miyamizda ular haqida muayyan fikr tug`iladi. Fikrlashning esa ikki xili bor: jabulqo, ya`ni Sharqona, jabulso, ya`ni ¢arbcha fikrlash mavjudligiga e`tiborni qaratadi. (Bedil bu fikrining katta metodologik axamiyati borki, fanda, madaniyat, siyosat, mafkurada bu holatni, albatta hisobga olish darkor. Zero Sharq xalqlarida poetik (obrazli) tafakkur mantiqiy tafakkurga nisbatan kuchliroq rivojlangan). Jabulqo qat`iy fikrni, aniq tushunchani bildirsa, Jabulso sezish jarayonini, fikr paydo bo`lishini bildiradi. Bedil bilishning hissiy va aqliy tomonini birlikda olib qaraydi. Bedil o`z falsafiy qarashlarini ijtimoiy hayotga tadbiq etib, jamiyat hayotidagi yomonlikni bartaraf qilish va yaxshilikni o`rnatish niyatida haqiqatni izlaydi va boshqalarni ham shunga da`vat etadi. U o`z zamonasidagi diniy va milliy fanatizm g`oyalaridan g`azablanadi. O`arbiy zodagonlarning, g`arazgo`y va rahmsiz amaldorlarning jaholatparastligi va firibgarliklaridan nafratlanadi. Uning nazarida inson mo`jizakor, ayni chog`da u fitnalar manbai hamdir. Odamdagi bu ikki xil tabiatni hisobga olish kerakligiga e`tiborni qaratadi. Inson haqida, uning fazilat va nuqsonlari haqida gapirishdan maqsadi, unga (insonga) yaxshilikni o`rgatish, yomonlikni yo`qotishdan iborat. Shunisi muhimki, Bedil kishilarga milliy va diniy tafovutlar nuqtai nazaridan emas, balki umumiy inson bo`lganliklari nuqtai nazaridan qaraydi. U insonni irqiy, milliy va diniy e`tiqodi tafovutlaridan qat`iy nazar, hurmat va ehtiromga sazovor zot deb biladi. «O`ar kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal`undir», deydi. Bedil davlatga tarixiy va ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi: dastlab mayda hokimu mutloqlar paydo bo`lgan, keyinchalik esa, bora-bora kuchliroq markazlashgan davlatlar vujudga kelgan. Uning nazarida g`arazgo`ylik urushlari va hokimlik qilish istagi davlatning kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Xuddi Alisher Navoiy kabi Bedil ham xalq to`g`risidagi, dehqonchilik va fanni rivojlantirish to`g`risidagi g`amxo`rlik qiladigan odil podshoh bo`lishini istaydi va unga umid bog`laydi. 3. Markaziy Osiyoning buyuk allomalaridan biri turkman shoiri va donishmandi Mahtumquli - Firog`iy XVIII asrda yashab ijod etgan (XVIII asrning 90yillarida vafot etgan). Uning otasi Davlatmand Ozodiy taxallusi bilan she`r va dostonlar yozgan. Mahtumquliga avvalo otasi ta`sir etdi. U Xivaning mashxur Sherg`ozi madrasasida tahsil ko`rdi. Sharqning buyuk allomalari asarlarini sinchiklab o`rgandi. Mahtumqulining ijtimoiy va falsafiy qarashlari o`z tadqiqotlarini kutadi. Agar uning she`r, dostonlari, termalariga tayanib fikr yuritsak, u moddiy olamni, ruhning ko`rinishi sifatida talqin etadi. Tabiatni bir butun hisoblaydi, odam esa ana shu tabiatning oliy mahsuli vam uqaddas bir mavjudoddir. Shuning uchun insonni qadrlaydi, barcha boyliklar insonga xizmat qilishi kerak, deydi. Mahtumquli inson narigi dunyo qo`rqinchlaridan ozod yashashini istab, u dunyoda baxt-saodatni va`da qilib, bu dunyo huzur-halovatlaridan voz kechishni targ`ib qilgan ruhoniylarni tanqid ostiga oladi. Xalqni har tomonlama talagan, baxtsiz qilgan, ham moddiy, ham ma`naviy jihatdan qashshoqlashtirishga sababchi bo`lgan amaldorlarni satira ostiga oladi. Ularning poraxo`rligi, ikkiyuzlamachiligi, sudxo`rligini, ma`naviy tubanligi va ahloqiy buzuqligini fosh etadi. Qozikalon poraxo`rligini bunday tanqid qiladi. Payg`ambar o`rnida o`tirgan kishi, Pora uchun qo`lni cho`za boshladi.
Ba`zi so`fiylar so`fiman deydi, So`ramas, zolimlar taomin yeydi.
Turkman xalqining urug`larga bo`linib yashashi, ular o`rtasidagi kelishmovchiliklarni ko`rgan Mahtumquli ularni birlashishga chaqirdi, buning uchun avvalo har bir qabilaning o`z ichida barqarorlik bo`lishi kerak, deb hisobladi. ¤ch olish, odam o`ldirish, jarohatlash – nodonlikdir deb, bunday yozadi: Bir-birini chopmoqlik emas erlikdan, Bu ish shaytonlikdur, balki ko`rlikdan, Og`zolalik ayirar elni birlikdan, Bunda davlat ketib, dushmanga kelg`ay. Mahtumquli turkmanlar xalq bo`lib birlashsa, unga hamla qilishga hatto tashqi dushmanlar ham jur`at eta olmaydi, deb hisoblaydi. U, shodiyona yashash uchun bahodirona kurash kerak, deydi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rniga yuksak baho berib, ularni xo`rlashga qaratilgan urf-odatlarini qoralaydi. Xotin-qizlar erkaklarning hamfikri, ularning kuchiga kuch, quvvatiga quvvat qo`shadigan, hayotiga bezak va zavq beradigan jonkuyar hamroh deb biladi, ayollardagi odobu ikromni, iffatu samimiylikni, soddalik va nazokatni, kamtarinlik va olijanoblikni ulug`laydi. Mahtumquli ijtimoiy-siyosiy qarashlarida ahloq masalasi markaziy o`rinlarda turadi. Pand-nasihatli she`rlarida zolimlik, adolatsizlik, takabburlik va maqtanchoqlik, nomardlik va ikkiyuzlamachilik qattiq qoralanadi, yuksak insoniy fazilatlar ulug`lanadi. ¤zbek xonliklari o`rtasidagi kelishmovchilik, o`zaro urushlardan tashqi dushmanlar ustalik bilan foydalanishga kirishdilar. Rossiya va Angliya bu o`lkalar boyliklarini talash uchun ko`pdan beri ko`z tikib yurardi. Petr I davridan boshlangan Markaziy Osiyoni bosib olish rejalari XIX asrga kelib real tus ola boshladi. Rus chorizmi XIX asrning ikkinchi yarmida Qo`qon xonligini tugatib, bu hududda Turkiston general-gubernatorligini o`rnatdi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiyaga vassal bo`lib qoldi. XIX asrda ham Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikrlar Sharq an`analari ruhida davom etgan bo`lsa-da, ammo jamiyatda ro`y bergan yuqoridagi o`zgarishlar unga kuchli ta`sir etdi. Bu davrda xalqni ma`rifatga, ilm-fanni, texnikani egallashga, shu orqali mustaqillikka erishishga da`vatlar baralla yangradi. Ana shu davr haqida fikr yuritar ekanmiz, Markaziy Osiyo ayollarida uyg`onish, o`zligini anglab borish ruhi kuchayganligining guvohi bo`lamiz. Uvaysiy, Nodira, Anbar otin va boshqa o`nlab ayol shoiralar ijtimoiy adolatsizlikni qoralagan she`rlar bitibgina qolmsdan, bu boshi berk ko`chadan chiqish yo`llarini ham izladilar. Zamona kulfatidan bu ko`ngil dog` o`ldi, dog` o`ldi, Bu charxi bemurruvatidan ko`ngil dog` o`ldi, dog` o`ldi. Jarohat bo`ldi bag`rim tig`i bedodi raqiblardin, Bu ko`tah mardumi nofahmdin dog` o`ldi, dog` o`ldi. Bu gulzori fano ichra mahalli be hasol yo`qdur, O`amisha xoradin zahmu ko`ngil dog` o`ldi, dog` o`ldi, - deb fig`on chekadi Uvaysiy. Uning fikricha, go`yo bulbullar qafas ichiga tashlangan bo`lsa, zog`lar sayrga qo`yib yuborildi. «Bulbul» obrazida haq-xuquqi kishanlangan, imkoniyati cheklangan yovuz kuchlariga nisbatan nafrat qo`zg`atiladi. Uvaysiy charxning kajraftorligi tufayli yaxshilar o`rnida yomonlar, johil odamlar hokim, jamiyat bog`ini donolar emas, razil nodonlar egallashganidan faryod chekadi. Bu fikrlar Qo`qon xonligi saltanati dargohida yozilganini e`tiborga olsak, marg`ilonlik bir kosibning qizi Uvaysiydagi jasorati namoyon bo`ladi. Uning shogirdi va olampanohi Nodirabegimning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlari Markaziy Osiyoda, ayniqsa, ¤zbekistonda ijtimoiy firlar rivojida katta o`rin tutadi. U Qo`qon xonligi saltanatini mustahkamlash, adolatni qaror toptirish uchun qanchalik kurashmasin, saroydagi o`x xususiy manfaatidan boshqa manfaati inobatga olmaydigan amaldorlar, beklar, hokimlar unga jiddiy qarshilik ko`rsatadilar. Shuning uchun u zulmkor zamondan zorlanadi, jaholat, razolat va nodonlikka qarshi turadi, inson fazilati va qadru-qimmatini ulug`laydi. Men Maknunaning so`zlarida kuyinishdin boshqa narsa yo`q, Daftarim - dog` to`plamiyu, kitobim – otashdir, - deydi u. Zahmatdan qaddi-qomati bukilgan Nodirabegim orzu-havaslari ham xayolgina bo`lib qolganidan nido chekadi.
yaramas pastkashlarga kulib boqadi. Xalqni esa quruq va`dalar bilan aldaydi. Uning afsonalari sehr bilan ovrashdan boshqa narsa emas.
XIX asrda yashab ijod etgan Anbar otin o`z asarlarida ijtimoiy tengsizlik, zulmga qarshi fikrlar bayon etdi. U devoniga yozgan so`zboshisida o`zi xaqida bunday deydi: «Zamonaning norasolig`i va xalq ko`rgan zulmu sitamlarni o`z ko`zi bilan ko`rib, mushohada etib, el-yurt holiga yig`lagan va quvvati yetganicha nafas, til ila murojaat qilgan kim zaifai munglig` Anbaroy Sunnati Farmonqul Marg`iloniydurman». Shuni ta`kidlash kerakki, Uvaysiy, Nodira kabi Anbar otin ham qanchalik ohu nola chekmasin, baribir kelajakka umid bilan qaradi, odamlarni ham shunga da`vat etdi.
Binolarning, zindonlarning kechasi yo`qoladi. Umidvorman, yoqasi chok nomurodning baxtiga, Murod o`zi bechoralar etagiga keladi. Begonalar tirnog`idan yurakdagi yaralar, Bitib kelib, dil lavhaga do`stlik so`zi to`ladi. Mening g`amgin tunlarimni yoritar sham chirog`i, Nurga yetar parvonalar, qorong`u tarqaladi. Agar Uvaysiy va Nodiralar Navoiy izidan borib, Odil shoh kelib, jamiyatni insoniylashtirishga muvaffaq bo`lishiga umid bog`lagan bo`lsalar, Anbar otin bu adolatsiz jamiyatni o`zgartirish xalq irodasiga bog`liq, deb tushundi. Shuning uchun xalqni g`aflat uyqusidan uyg`otishga, o`z yurtini obod va ozod qilishga chaqirdi. Anbar otin xalq hayotining og`irligidan azob chekar ekan, ayollar qismatini ko`rib, bu azobi o`n chandon oshib ketadi. Xotin-qizlarga ojiza, zaifa, cho`ri deb qaralar, ularning qalb hislari, sevgisi, hoxshi bilan hech kim hisoblashmas edi. Anbar otin o`zbek ayollarining chor devor ichkarisida kechirayotgan qayg`u alamlarga Tula hayotini, ularning ozodlikka bo`lgan intilishlarini o`z she`rlarida ta`sirchan etib ifodalaydi, erkaklarni insof-diyonatga chorlaydi, u zamonaga, mavjud tuzum va uning namoyondalariga murojaat qilib, ayollarning nima gunohi borki, shunday zulmga giriftor bo`ldi, deydi. «Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur» deganlarga, Tovuqcha aqli yo`q, axlatni titqonlarga o`t tushsin! «Xotinlar mol qatori sotilar» deb mushtiparlarni, Zulayho, Layli, Shirinni tan olmag`onlarga o`t tushsin! Bo`yi xush Anbar kabi hayf haromxo`rlar uchun, Sudxo`ru, fohishaboz, so`zi yolg`onlarga o`t tushsin! Shoira ayollar huquqini talab qilar, ularni ulug`lar ekan, avvalo onalar to`g`risida gapiradi, ularning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlarini bilmaslik, qadrlamaslik ko`rnamaklikdir, deydi. Anbar otinning kirish va 4 fasl (qism)dan iborat «Qarollar falsafasi»1 asarida ijtimoiy adolat bilan birga baynalmilalchilik g`oyalari ham o`z ifodasini topadi. Qora tanli odamlarga past nazar bilan qarovchilarni qoralab, ular oq ko`ngilli bo`ladilar, deydi. Ularning mehnat samaralaridan oq tanlilar bahra oladilar, buning ustiga ularni haqorat qilishdan uyalmaydilar, deydi. Bu to`plamga kirgan she`rlarida Anbar Otin ruslarning Markaziy Osiyoga kelishi ilm-ma`rifat uchun yo`l ochadi, haddan oshgan beklar, amaldorlarni tiyib qo`yadi, deb avval mamnun bulganligi ayon bo`ladi. Sinchkov kuzatuvchan faylasuf – shoira chorizm mustamlakachilik tuzumi sharoitida zulm yanada oshib ketganini keyinchalik sezib, bunday deydi:
Soliqlar qo`shqator o`lgach, el endi mosuvo bo`ldi. Qilich yoniga to`pponcha qo`shilib, haybati oshdi, Ki Askar poylovuchlar hibsda motamsaro bo`ldi, Quvonib istibdodda o`yladi el, «zulm ketdi» deb, Kelib zolim, mulozim birla tezda hamno bo`ldi. 4. Abay (Ibrohim) Qo`nonboev (1845-1904) Semipalatinsk (Ettisuv) shahridagi Ahmad Rizo madrasasida ta`lim olib, ¢arbiy Ovro`pa, rus va Sharq Uyg`onish davri mutafakkirlari ijodidan bahramand bo`ldi. Uning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari shular ta`sirida rivojlanib bordi va u qozoq adabiyotining asoschisi va ma`rifatparvar shoiri bo`lib kamol topdi. Abay o`z she`rlari, o`lanlari, dostonlarida xalqni ilm-fanni egallashga, ma`rifatga, insoniylikka, mehnatni sevishga, kasb-hunarni egallashga da`vat etdi. U 45 hikoyadan iborat «Nasihatlar» to`plamida dunyoda inson insonni sevmasdan, do`st orttirmasdan yashay olmaydi, deydi. Agar o`zgalardan yordaming, sahovatingni ayamasang, do`stlaring ko`p bo`ladi, hayoting zavqli kechadi, deydi. Abay talqinida do`stlik qozoq urug`lari o`rtasidagina emas, umuman barcha xalqlar orasida ham ildiz otsa, hayot yaxshi bo`ladi. «Agar do`stim ko`p bo`lsin desang: hech kimga dushmanlik qilma hamda o`zgalar ichida o`zingga oro berma, maqtanma va o`zingni birovdan ortiq sanama», deydi u. Uning fikricha, odamzotni xor qiladigan uchta qusur bor: a) nodonlik, b) erinchoqlik, v) zolimlikdir. Nodonlik – bilimsizlik va dunyodan xabari yo`qlikdir. Bilimsizlik esa vahshiylikdir. erinchoqlik - hamma narsaning dushmanidir. Kambag`allik shundandir. Zolimlik esa insoniyat dushmanidir. Odam zolim bo`ldimi – u odamgarchilikdan ayriladi, insonlik qiyofasini yo`qotadi va yirtqich hayvondan farqi qolmaydi. Abay qozoq urug`lari o`rtasidagi o`zaro janjallar tufayli yurt vayron, xalq xor-zor bo`lganligini achinib gapiradi. «Qozog`im, sho`rlik yurtim, vayron yurtim» she`rida qozoq urug`larini birlashishga chaqiradi. Otalarga o`xshamay qoldi, turqing, Yopiray, muncha ketdi, elim xulqing! Birlik yo`q, baraka yo`q, buzildi fe`ling. Qani yig`gan davlating, boqqan yilqing. Abayning bu nolalari faqat qozoq urug`larigagina qaratilgan deb bilmaslik, balki Markaziy Osiyo xalqlariga qaratilgan lug` bir da`vat deb bilish lozim. Markaziy Osiyo xalqlari o`rtasida birlik, do`stlik, hamkorlik munosabatlarini yuqori darajalarga yetkazish orqali chinakam taraqqiyotga erishish mumkin, deb hisoblagan Abayning fikrlari bizning zamonamiz uchun yanada dolzarbdir. Bu davrda Ogahiy, Gulxaniy, Maxmur kabi shoirlar ham ijod qildilar. Ogahiy ´zining ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g`oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlar bilan shug`ullanishga, ma`rifatparvarlikka da`vat etdi. Ogahiy ´zining «Kasidain nasihat» nomli asari va boshqalarda davlatni boshqarish y´llarini k´rsatadi. Uning tarixiy risolalari xaqqoniyligi bilan ajralib turadi. Muhammad Sharif Gulxaniy ´z zamonasidagi s´z san`atining yirik vakillari qatorida ´ziga munosib ´rin oldi. Gulxaniy ´z asarlarida xalqning nihoyat darajada og`ir mehnati, sharoiti, xuquqsizligi va ezilganligini, inson qadr-qiymatining poymol etilganligini badiiy aks ettiradi. ¤z zamonasining talantli shoiri Maxmur ´zining xajviy asarlarida ´sha davr tuzumining adolatsizligini fosh etdi.
Reja:
1. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ma`naviy hayotning yuksalishi. 2. Axmad Donish, Furqat, Muqimiylarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari. 3. Sattorxon, Muqimiy, Furqatning ma`rifatparvarlik g`oyalari. 4. Jadidchilik falsafasi namoyondalari Behbudiy, Abdulla Avloniylarning qarashlari. 1. XIX asr ijtimoiy-falsafiy fikrlari haqida gap borganda Sovet davridagi mavjud ilmiy adabiyotlarda «demokratik-ma`rifatparvarlar» iborasi Furqat, Muqimiy, Avaz ¤tar o`g`li, Zavqiy va boshqalarga nisbatan berib aytiladi. Bu ibora marksizmning sinfiy kurash to`g`risidagi nazariyasi asosida va Sovet mafkurasining ta`siri va ta`ziyqi bilan vujudga kelgan. Go`yo bir jamiyat ichida hokimiyatni xalqqa olib berish uchun kurashuvchilar bo`lgan. ¢arbiy Ovro`pa va Rossiya voqeligiga ko`r-ko`rona ergashish ham shunday nuqtai nazarlarni tug`dirdi. O`ozir ham shu nuqtai nazarni himoya qiluvchilar topiladi. Ammo shuni ta`kidlash joizki, XIX asr ikkinchi yarm iva XX asr boshlarida ijtimoiy fikrda ma`rifatparvarlik g`oyalari keng tarqaldi. Bu g`oyalarni Markaziy Osiyo, jumladan ¤zbekiston mutafakkirlari islom aqidalari, ma`naviyati doirasida yoyishga harakat qildilar. Ularning ijodlaridagi ba`zi boylar, amaldorlarni, zohid ruhoniylarni tanqid qilish aslo davlat tuzumini o`zgartirish, islom dinini badnom etishga qaratilmagan edi. Binobarin, «demokratik» so`zini ularga nisbat berib ishlatish o`rinsiz, deb hisoblaymiz. Ularning qarashlaridagi umumiy belgi mavjud qashshoqlik, ijtimoiy adolatsizlik, xuquqsizlikka qarshi xalq ommasi noroziligining ifodasi, undan qutulish va taraqqiyotga erishish uchun ilm-fanni egallash, ma`rifatli bo`lishga chaqiruv edi. Ular keng xalq ommasi ongidagi sustkashlikni, o`z kuchiga bo`lgan ishonchsizlik ruhini tugatishni nazarda tuturdilar. 2. Ahmad Donish (1827-1897) ijodi va faoliyati XIX asr ijtimoiy-falsafiy fikrlarini anglab olishga yordam beradi. U riyoziyot, handasa, falakiyot, Musiqa, tarix va falsafa sohasida mustaqil ravishda bilimdon bo`ldi va o`z davrining ilg`or mutafakkiri darajasiga ko`tarildi. A.Donishning ijtimoiy-falsafiy qarashlari «Navodir-ul vaqoe» va «Buxoro amirlarining tarixi» asarlarida o`z ifodasini topgan. U.U.O`ayyomning olam-abadiyligi haqidagi fikrlariga xayrixohlik bildiradi. Ruh jismga munosabati masalasini hal qilish uchun, - deydi u, - ruhning nimaligini va qaerda turishini tushuntirib berish kerak. Ruhni arshi a`loda deyish bilan cheklanib bo`lmasligini aytib, «ruhning arshdan tashqaridaligini aqlimiz bilmaydi: umuman aytganda, bu haqda fikr yuritish mann etiladi», - deydi u. a.Donishning fikricha, ruh ikki ko`rinishga ega: a) sof, muqaddas, ilohiy ruh, u hamma jismlarga o`z nurini sochib turadi; b) ikkinchi ko`rinishdagi ruh «narsalar dunyosiga kirgan bo`lib, narsalar dunyosida mavjuddir va o`limga mahkumdir», ya`ni u vujudga kelish va barham topish jarayonini boshidan kechirib turadi. Ayni chog`da A.Donish «ruh jismda barhayotdir, jismdan tashqarida bu ruh yo`qdir», deydi. Demak, ruh jism ichida bo`lib, u jismning sirtida bo`lishi mumkin emas. Shu ma`noda u ruhning ko`chib yurishi (tanosuh) to`g`risidagi ta`limotga qo`shilmaydi. Jannat va do`zax to`g`risidagi g`oyalarda ham. O`ayyom nuqtai nazarlari turadi. «Jannat musulmonlar uchun, do`zax kofirlar uchun deydilar. Musulmonlar orasida ham nomusulmonlardan battarroq buzuqilar va ikkiyuzlamachilar bor-ku, axir. Mana shu sababdan jannat va do`zax to`g`risidagi ta`limot ajablanarlidir», - deydi u. donish inson ongi olamni bilishga qodir deb hisoblaydi. Inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlarini ochishga yaratilgan, «Biz, - deydi u, - dunyoni gullatib-yashnatish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiq etish uchun, uning hamma qit`alari va aholisini bilish uchun tug`ilganmiz». A.Donish ilmiy tafakkurni rivojlantirish asosida asriy qoloqliklardan chiqib olish, mamlakat manfaatlarini himoya qilish mumkin, deb hisobladi. Uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ana shu orzu va niyat bilan sug`orilgan edi. 3. XIX asrda yashab, ijod etgan yana bir vatandoshimiz Sattorxon Anbar otin g`oyalarini rivojlantirdi. Masalan, Sattorxon «Jamiyat taraqqiyotining asosini ilm-fan, ma`rifat tashkil qiladi, ma`rifat jamiyat farovon yashashi garovidir... Bilim haqiqatni yolg`ondan ajrata bilish vositasidir», - deb hisobladi. U boshqa xalqlar bilan do`stona aloqa o`rnatish, ularning tajribasini o`rganish va ibrat olish orqali taraqqiyotga erishish mumkin, busiz taraqqiyot yo`qdir, - dedi. Sattorxon o`zining «Rossiya istilosiga qadar Qo`qon xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk» asarida xonlik tuzumini o`zboshimchalikda, qonunsizlik va poraxo`rlikda, mamlakat farovonligi, ilm-fan rivoji haqida hech qanday g`amxo`rlik qilmaslikda aybladi. Uning ko`rsatishicha, mamlakat kulgili darajada qoloq bo`lsa-da, xon, bek va hokimlar o`z maishatini ko`zlaganlar, o`z hukmronliklarini oshirish va boyitish bilan ovora bo`lganlar. Sattorxon maktab va madrasalarda dunyoviy fanlarni ham o`qitish kerak deb hisobladi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, A.¤tar o`g`li ham ijtimoiy taraqqiyot jamiyat a`zolarining zamonaviy bilimlarni egallashlariga bog`liq, deb bildilar. Furqatning fikricha, nodonlik jamiyat uchun, inson uchun haqiqiy ofatdir, fan esa kishiga yo`l ko`rsatuvchi, tevarak atrofdagi dunyo haqida bilim beruvchi chiroqdir.
Ko`rar ko`zlarning nuri ilmdandur. Kerak har ilmdan bo`lmoq xabardor, Bo`lar har qaysi o`z vaqtida darkor. Furqat bu fikrlarini aytib, boshqa mamlakatlar, masalan, Rossiya qtisodiy va madaniy jihatdan qudratli bo`lishiga sabab, u joylarda fan va olimlarning qadrlanishidir deb tushundi. Muqimiy bilan Furqat hayotni porloq izga solmoq uchun ma`rifat, ijtimoiy adolatga keng yo`l berish, xalq moddiy farovonligini ta`minlovchi tartiblar o`rnatish zarurligini anglaydilar. Ammo ular bu tartiblar sharqona ma`naviy madaniyatga asoslanish tarafdori sifatida maydonga chiqadilar. ¢arbliklarning behayo, mehr-oqibatsizlikka asoslangan madaniyatiga nafrat bilan qaraydilar. Ma`rifatparvarlar davlatni dono, odil va ma`rifatli kishilar idora qilganlarida edi, mamlakatda bunday nodonlik va qoloqlik bo`lmas edi, deb aslida Navoiy g`oyalarini yangi bir sharoitda rivojlantiradilar. ¤rni kelgandan, shuni aytish kerakki, Navoiyning bu g`oyalarini hozirgacha xayolparastlik, diniy-idealistik qarash deb izohlanadi. Bizning fikrimizcha, Navoiyning odil podshoh to`g`risidagi kontseptsiyasining falsafiy jihatlarini tushunmaslik, ya`ni uning tarixiy shaxslarning jamiyat taraqqiyotidagi roliga katta baho berganligining ahamiyatini tushunmaslik va «odil podshoh» tushunchasi aslida inson omili tushunchasiga yaqinligini anglamaslik natijasidir. Aslida faqat davlat boshlig`igina emas, balki davlat muassasalarida ishlovchi har bir shaxs adolatli, insof-diyonatli, xalqparvar, fidoiy bo`lgan taqdirdagina davlat qudratli, boobro` bo`ladi, jamiyat esa ravnaq topadi. Ma`rifatparvarlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va uning taraqqiyotga ta`sirini asta-sekin tushuna boshlagan edilar. 4. Jadidizm XX asr boshlarida Markaziy Osiyodagi milliy-ozodlik harakati mafkurasi va amaliyotidagi y´nalishlardan biridir: u mahalliy ziyolilarning orzu-umidlarida, keyinchalik siyosiy, falsafiy, estetik va boshqa qarashlarini ifodalandi, yangicha ta`lim olish, davlatni demokratik boshqarish, ish yuritishda ´zbek tilini keng q´llash, bank tizimini isloh qilish milliy ´ziga xoslikni mustaxkamlash va hakozolar uchun kurashdilar. Xalqimizning zukko farzandlari Maxmudx´ja Bexbudiy, Munavvar qori, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Ch´lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, shular jumlasiga kiradilar. Turkistonning kelajak taqdiri t´g`risida, millatning istiqboli haqida tinmay qayg`urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar. 14-mavzu: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ¢arb falsafasi (2 s). Reja:
1. XIX-XX asrda ijtimoiy-siyosiy hayot, fan-texnika taraqqiyoti va ma`naviy madaniyatdagi ´zgarishlarning ¢arb falsafasida aks etishi. 2. Pozitivizm falsafasi va uning k´rinishlari. 3. Pragmatizm falsafasi. 4. ekzistentsializm falsafasi. 1. Ma`lumki, hamma zamonlarda xam falsafa ´z davrining dolzarb muammolarini hal etish y´llarini topishga xarakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni q´lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir y´qotishlar davri ham b´ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida ´z aksini topdi, uning turli y´nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i oshadi. Buning natijasida xozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma-xil oqim va y´nalishlar mavjud. ¤z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha b´lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini o`zida ifodalaydi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrlarda ¢arbiy Ovrupoda ikkita g`oyaviy oqim, biri avvalgi an`anaviy falsafiy tizimni tiklovchi va ximoya qiluvchi, ikkinchisi esa nomumtoz (noklassik) y´nalishdagi bir qancha falsafiy oqimlar vujudga keldi. XX asr falsafasining diqqat markazida asosan insoniyat ma`naviy tajribasining yaxlitligi, noratsionallikning ´ziga xosligi va uning tomonlari k´proq ´rin egallay boshladi. Bilishda ratsionallikning ustunligidan voz kechilib, asosiy e`tibor ruhiyatning noratsional (iroda, ongsizlik) elementlariga qaratildi. (Shopengauer, F.Nitsshe, Z.Freyd). 2. XIX asrda frantsuz faylasufi O.Kont asos solgan pozitivizm falsafasi ¢arbda eng k´p tarqalgan falsafiy oqimlardandir. Pozitivistlar sotsiologik va boshqa fanlar rivoji falsafaga extiyojni qondirmaydi, degan da`vo bilan chiqdilar. (D.S.Mill, G.Spenser). XIX asr oxirlarida tabiiyotshunoslikda r´y bergan inqilob tufayli pozitivizm krizisga uchradi va u empirokrititsizm deb atalgan yangi k´rinishda tarqaldi (e.Max, R.Avenarius). XX asrning 20-yillaridan boshlab esa neopozitivizmning mantiqiy pozitivizm, semantik pozitivizm oqimlari paydo b´ldi. Ular s´z va ifodalar mazmuni muammolarini xal etmoqchi b´ladilar. (L.Shlik, L.Vitgenshteyn, R.Karnap, O.Neyrat, G.Reyxenbax, B.Rassel, A.Ayer). 3. Pragmatizm (amaliyotchilik) falsafa va diniy oqimlar qorishmasidan iborat b´lib, u ´rta sinf – tadbirkorlar manfaatlarining ifodasi sifatida AQShda yuzaga keldi. Ularning fikricha, inson faoliyatida bilish emas, ishonch va uning mustaqilligi aloxida ´rin tutadi. Xaqiqat odamlar manfaatiga xizmat qilishi lozim, ya`ni naf, foyda keltiradigan barcha narsalar xaqiqatdir. (Ch.Pirs, U.Jeyms, J.Dyun, Buyuk Britaniyada F.K.S.Shiller). 4. Germaniyada M.Xaydegger, K.yaspers, Frantsiyada G.Marsel, Sh.T.Sartrlar ekzistentsializm (mavjudlik) falsafasiga asos soldilar. Individning yashashi, ´limi yoki «yashash usuli»dagi tashvishlar va ´lim oldidagi q´rquv ekzistentsialistlarning qiziqtiradigan masalalardir. ekzistentsiyalistik falsafa ´z e`tiborini avvalam bor insonga, uning ehtiyojiga, xis-tuyg`ulariga, kechinmalariga qaratishi lozim, deb chiqdilar. Falsafa ularning nazarida asosan insonga ma`naviy «ozuqa» berishi kerak.
Reja:
1. XX asrning ikkinchi yarmida fanning rivojlanishi. 2. K.Popper, T.Kunning fan rivoji va uning falsafiy mazmuni haqidagi fikrlari. 3. O`ozirgi zamon ¢arb diniy falsafasi. 4. Zamonaviy xorijiy Sharq mamlakatlarida falsafiy fikrlar, oqim va maktablar. 1. Ma`lumki, XX asr ilmiy-texnika inqilobi – ilmiy tafakkurning beqiyos yuksalish davri b´ldi. Inson va insoniyatning aql va fanga b´lgan ishonchi yanada mustaxkamlanib, kengayib bormoqda. Bu davrda avj olayotgan ilmiy – texnika inqilobi faqat muammo va ziddiyatlarni paydo qilmasdan, balki yangi fanlar va texnika taraqqiyoti murakkab muammolarini va inson hayotidagi ziddiyatlarni xal etilishiga umidlar tug`diradi. O`ozirgi davrdagi ana shu umidlar, ishonchlar asosida yuzaga kelgan y´nalishlar stsientizm (lotincha – «fan») va texnitsizm nomini olgan. Stsientizm fan barcha ijtimoiy muammolarni xal etish mumkinligini, ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarashdir. Stsientizm g`oyalari postpozitivizm, texnologik determinizm kabi ta`limotlarning asosini tashkil etadi. Ilmiy-texnik tafakkurga sig`inish XX asrda klassik davrdagiga qaraganda ancha kuchli b´ldi. Asrimizning 50-60-yillarida iqtisodiy soxadagi rivojlanishlar t´lqinida ilmiy-texnika inqilobi tufayli umumiy rohat-farog`at jamiyatlari t´g`risidagi qarashlar (U.Rostou, D.Bell) tizimi yuzaga keldi. Ilmiy-texnik tafakkurga sig`inishning yangicha shakli – «informatsion jamiyat» t´g`risidagi qarashlardir. Bunday nazariya yapon sotsiologi Masudaning «Informatsion jamiyat postindustrial momentdir» degan kitobida batafsil yoritilgan. «Informatsion jamiyat» t´g`risidagi ta`limotlar A.Toynbi, J.Bell, A.Goffmerlarning asarlarida ham berilgan. «Informatsion jamiyat» - kompyuter va telekommunikatsiya vositalarining integratsiyalashuvidan iborat b´lgan jamiyat hisoblanadi. Bunga k´ra, texnik va texnologik axborotlarni zudlik bilan t´plab, oqilona ishlata bilgan jamiyatgina juda katta imkoniyatlarga ega b´ladi. Bunday yondashuvlarda, texnokratik qarashlar tizimiga qarama-qarshi, «antitexnokratik», «antistsientik» fikrlar ham b´lib, ular fan-texnika taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta`sir k´rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarashdir. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm, Frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba`zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga q´ymaslik talabi bilan bog`liqdir. 2. O`ozirgi zamonda fanning metodologik muammolari ¢arb olimlarining diqqat markazida turibdi. Masalan: Karl Popper «Ilmiy tekshirish mantiqi» va boshqa asarlarida ilgari fanda qabul qilingan kontsentsiyalarni tanqidiy ko`rib chiqish g`oyasini ilgari suradi. Bunda u falsifikatsiyalash usulini ilgari suradi. Bunga k´ra, inson ba`zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. O`ozirgi zamon fanining metodologik muammolari amerikalik olim Kunning «Ilmiy inqiloblar strukturasi» kitobida k´rib chiqilgan. Unda fan doimiy rivojlanib turadi, deb ta`kidlanadi. Biroq, ma`lum davrlarda ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan fanning eski kontseptsiyalari, g`oyalari yangi kontseptsiyalarga zid b´lib qoladi, natijada fanda inqilob r´y beradi. eski g`oyalar, kontseptsiyalar (paradigma) ´rnini yangi kontseptsiya – paradigmalar egallaydi, yangi tadqiqot dasturlari (metritsalar) yaratiladi. 3. XX asr falsafasida diniy oqimlar ham salmoqli mavqega ega b´la boshladi. Ulardan biri neotomizmdir. Neotomizm ´rta asrlardagi (XIII asr). Foma Akvinskiyning ta`limotini qayta tiklanishidir. Bu ta`limotga k´ra, ilm va e`tiqod ´rtasida t´la muvofiqlik, uyg`unlik bor. Ular bir-birini t´ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiqat. Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e`tiqod q´llanilishi kerak. Lekin bu e`tiqod k´r-k´rona, shunchaki ishonch b´lmay, balki mantiqan teran anglangan e`tiqod b´lishi kerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir, deb hisoblanadi. 4. XX asrdagi ¢arb falsafasi umuminsoniy falsafaning faqat bir tomoni b´lgan. Osiyo, yaqin va ¤rta Sharq, Janubiy - Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham ana shu davrlarda ´ziga xos falsafiy fikrlar mavjud b´lgan. Muhammad Iqbol (1873-1938) O`indiston (hozirgi Pokiston)da mashhur shoir-faylasuf b´lgan. U ´zining bir qancha asarlarida, masalan, «Shaxs sirlarning bilishi», «Jivodnoma» («Boqiy») asarlarida vatandoshlari milliy ongining shakllani-shi va jamiyat bilan shaxs ´rtasidagi munosabat, ideal jamiyat masalasiga t´xtaladi. yana bir mutafakkir, diniy islohchilik ruxidagi diniy-siyosiy oqimning asoschisi Jamol Ad-din Al-Afg`oniydir. Al-Afg`oniy asos solgan siyosiy oqim chor Rossiyasi va keyinchalik Sovet davridagi adabiyotlarda panislamizm deb nom olgan edi. Al-Afg`oniy va uning maslakdoshlari esa ´zlarini islom faylasuflari deb ataganlar. Al-Afg`oniy ijtimoiy-falsafiy muammolar bilan bir qatorda, ´sha davr uchun eng dolzarb muammo b´lgan Ovrupo mamlakatlarining ilmiy-texnikaviy ilg`orligi va mustamlakachilik siyosati, Sharqning qoloqligi va mustaqilligini q´ldan boy berishi bilan bog`liq masalalarni ham chuqur tushungan. Bu muammolarni islom mafkurasi mavqeidan turib xal qilishga uringan. Shuning uchun ham Al-Afg`oniy dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma`rifatparvarlik, diniy-isloxchilik sohalardagi aktiv faoliyati murakkab va ziddiyatli mazmunga ega b´lgan. Al-Afg`oniy fikrdoshlari ¢arbdan faqat ilm-fan va texnikani emas, balki uning qimmatli tomonlari b´lgan fikr va xatti-harakatlardagi liberalizm va individualizmni ham olishga da`vat etganlar. Ular mamlakatlar ´rtasidagi din, hayot va jamiyat tartiblarining uyg`unlashuvi islom tamoyillarining hozirgi zamon sharoitlariga moslashuviga da`vat etdilar. Bu oqimning namoyondalari Amir Ali va Muhammad Abdodir. O`ozirgi zamon musulmon ijtimoiy fikri asosan uch y´nalishda davom etmoqda. Bular an`anaviylik (traditsionalizm), mutaassiblik (fundamentalizm) va islom aqidalarini zamon talablariga muvofiqlashtirish (modernizm)dan iboratdir. An`anachilar islom ¤rta asrini restavratsiya qilish tarafdorlaridir. Fundamentalistlar esa islom qadriyatlarini ´zgartirmasdan qabul qilish nuqtai nazardan yondoshadilar. Modernistik y´nalish tarafdorlari ´rta asr musulmon merosining ratsionalizm va demokratizm mavqeidan turib ´zgartirish va ´zlashtirishni nazarda tutadilar. Xullas, XX asr murakkab, ziddiyatli sharoitida Sharqdagi falsafiy ta`limotlari moxiyatan ¢arbiy Ovrupo falsafiy qarashlaridan foydalanishni targ`ib etadiyu, ammo shu bilan birga Ovrupo fani va madaniyatiga extiyotkorlik bilan qaraydi; Ovrupocha tarbiyaning keng tarqalishiga r´yx´sh bermaydi, ma`naviy-axloqiy tubanlik y´lini t´sish nuqtai nazarida turadi. Anchagina putur yetgan islom mafkurasining mavqeini oshirish uchun turlicha qarashlar, oqimlar vujudga kelmoqda.
Reja:
1. Borliq tushunchasining mohiyati va ma`nosi. Borliqning asosiy turlari 2. Materiya kategoriyasi. Dunyoning moddiy birligi. 3. O`arakat va rivojlanish. O`arakatning asosiy shakllari va ularning ´zaro aloqadorligi. 4. Fazo va vaqt – materiya mavjudligining ob`ektiv shakllari. Ushbu kategoriyalarda ´z ifodasini topgan qonuniyatli aloqadorliklarni bilib olish olam va undagi xodisalarni falsafiy idrok etishga yordam beradi. Borliq eng umumiy va juda keng qamrovli falsafiy tushuncha b´lib, u dunyodagi mavjud b´lgan barcha moddiy va ma`naviy narsalar, hodisalar, jarayonlarni ´z ichiga oladi. Borliq tushunchasi yordamida kishilar dunyoning ob`ektiv mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy tasavvurga ega b´ladilar. Borliqning asosiy shakllari: 1) narsalar va predmetlar (materiya) borlig`i; 2) inson borligi; 3) ma`naviy borliq; 4) ijtimoiy borliq hisoblanadi. Borliqning har bir shakli ´ziga xos xususiyatlarga ega. Materiya falsafaning fundamental kategoriyalaridan biri b´lib, u moddiy olamdagi barcha narsalarga xos b´lgan umumiy xususiyat – ularning mavjudligi ob`ektiv reallikdan iborat ekanligini ifodalaydigan falsafiy kategoriyadir. Materiya tushunchasining falsafiy mazmuni: birinchidan, narsalarning bizning ongimiz, xohishimizga bog`liq b´lmagan holda mavjud ekanligi, ikkinchidan, ular bizning sezgi va bilimlarimiz manba`i ekanligini bildiradi. Materiya tushunchasining tabiiy-ilmiy ma`nosi – uning tuzilishi, bitmas-tuganmasligi, xususiyatlarining xilma-xilligini bildiradi va ular tabiat xaqidagi fizika, ximiya, biologiya kabi alohida fanlar tomonidan ´rganiladi. Materiya modda va maydon k´rinishlariga ega Atom va molekulalar materiyaning moddiy k´rinishi, elektromagnit maydon, yadro maydoni, gravitatsion maydon esa materiyaning maydon k´rinishlaridir. Modda va maydon bir-biriga ´tib turadi. O`ar qanday individ hayoti davomida ´zi yashayotgan sotsial muhit ta`sirida va shaxsiy tajribasi asosida muayyan dunyoqarashga ega b´lib, olamdagi narsa va hodisalarga shu dunyoqarashiga muvofiq munosabatda b´ladi. Materiya haqidagi tasavvurlarning kengayib, chuqurlashib borishi natijasida insoniyat olamning ichki sirlarini ochishga muvaffaq b´lmoqda. endilikda fan olamning moddiy jihatdan bir butunligini isbotladi. Masalan; a) Yer va kosmik jismlar bir xil kimyoviy elementlardan tashkil topgan; b) hamma kimyoviy elementlarning atom tuzilishi bir tipdagi zarrachalardan iborat; v) barcha jismlarga markazga intilish va markazdan qochish xosdir; g) Yer va koinotdagi jismlar vujudga kelish va y´q b´lish (boshqa shakllarga ´tish) xususiyatiga ega; ularga harakat xosdir. d) materiyaning hamma k´rinishlariga in`ikos xosdir. e) tirik organizmlarning xammasi hujayralardan tashkil topgan, ularning barchasida genlar irsiyatni saqlashga harakat qiladi. Barcha moddiy narsalar doimo harakatda, bir holatdan boshqa holatga ´tish jarayonida mavjuddir. Zero, materiyasiz harakat y´q, harakat bor joyda materiya mavjuddir. Mutloq osoyishtalik (tinch holat) y´q, osoyishtalik harakatning muayyan bir holatidir. Falsafiy ma`noda harakat dunyoda sodir b´layotgan barcha ´zgarishlarni umumiy tarzda ifodalaydi. O`arakat manba`i har bir narsaning ´z ichida, uning qarama-qarshi tomonlarining bir-biriga ta`siridadir. Albatta moddiy jismlar harakatida tashqi ta`sirlarning ham roli b´ladi. O`arakatning konkret, aniq k´rinishlari bor. Ular a) mexanik harakat; b) fizik harakat; v) ximiyaviy harakat; g) biologik harakat; d) ijtimoiy harakatlardir. O`arakatning har bir shakli ´ziga xos xususiyatlarga ega va ular maxsus fanlar tomonidan ´rganiladi. O`arakat tufayli tabiat va jamiyatda taraqqiyot sodir b´ladi; harakat keng miqyosli tushuncha, taraqqiyot esa torroq, ammo chuqurroq tushunchadir. Faqat oldinma, ilgarilama harakatgina taraqqiyot hisoblanadi. Fazo va vaqt barcha moddiy ob`ektlar va jarayonlar borlig`ining shakllari b´lib, fazo va vaqtdan ajralgan narsa y´q, shuningdek, harakatdagi materiyadan tashqarida fazo va vaqt b´lishi mumkin emas. Fazo narsa va hodisalarning k´lamini, ´zaro joylashish tartibini bildiradigan falsafiy tushunchadir. Vaqt – narsalarning mavjud b´lish davomiyligi va hodisalar yuz berishining ketma-ketligini bildiradigan falsafiy tushunchadir. Vaqt (fazo ham) ´zgarmas, absolyut emas, balki ´zgaruvchan b´lib, u materiya harakatiga bog`liqdir. Barcha moddiy jismlar fazoda uch ´lchamga, vaqtda bir ´lchamga, qaytarilmaslikka ega. Materiya (moddiy olam) abadiy b´lgani sababli fazo va vaqt ham mutloqdir. Bundan tashqari endilikda fazo-vaqt tushunchalari fanga kirib keldiki, natijada biz fazo bilan vaqt birlashib, ular o`rtasidagi chegara deyarli yo`q holatga kelishini anglash imkoniyatiga ega bo`lmoqdamiz. Olimlar jism tezligi yorug`lik tezligiga yaqinroq bo`lganda, uning ichidagi jism harakati nihoyatda sekinlashishini isbotladilar. Bunga ko`ra, yorug`lik tezligiga yaqin harakat qilayotgan raketa ichidagi odam bir yoshga ko`paysa, Yerda 375 yil o`tib ketar ekan.
Reja:
1. Tabiat tushunchasi. Tabiiy va sun`iy muhit. («birlamchi» va «ikkilamchi» tabiat). 2. Tabiat, jamiyat va odamzot kooevolyutsiyasi. 3. ekologik muammolar va ularni xal qilish y´llari. Respublikamizda ekologik vaziyat. 4. Kishilarda ekologik ongni shakllantirish masalalari va ekologik tarbiyani kuchaytirish zaruriyati. 1. Bu mavzuda borliqning ´ziga xos tarkibiy qismi b´lgan tabiat, uning hozirgi ahvoli va tabiatni asrab qolish dolzarb masala ekanini anglab olinishiga e`tibor qaratiladi. Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va k´rinishlarda b´lib insonni qurshab turgan moddiy olam, butun borliqni ´z ichiga qamrab oladi. Tor ma`noda tirik organizmlar yashashi uchun shart-sharoit b´lgan Yer, atmosfera va boshqalardir. Shu bilan birga insonning ´zi ham tabiatning bir b´lagidir. Bu ´rinda, biosfera – tiriklik sohasi, geosfera – yer sohasi, noosfera – aql sohasi, texnosfera – san`at sohasi demakdir. Ana shu tushunchalar falsafiy mazmunini anglab olish muhimdir. Inson hayotida ikki xil - tabiiy (birlamchi tabiat) va sun`iy («ikkinchi tabiat») muhitni farq qilish va ularning ´ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur. Tabiiy muxit yoki birlamchi tabiat – insonning faoliyatini, mehnati natijasiga bog`liq b´lmagan holda mavjud narsalar - havo, tuproq, suv, quyosh, ´simlik va hayvonot dunyosi kabilarning majmuasidir ularsiz insonning paydo b´lishi ham, yashashi ham mumkin emas edi. Sun`iy muhit, ya`ni ikkilamchi tabiat – insonning mehnati va faoliyati natijasida u tomonidan yaratilgan barcha narsalar – kiyim-kechak, sun`iy yorug`lik, turar-joydan tortib to inson uzoq vaqtlar davomida yashab, ijod qilishi mumkin b´lgan kosmik kemalargacha b´lgan sohalarni ´z ichiga oladi. Shuni aytish kerakki, insonning amaliy faoliyati, fan-texnika taraqqiyoti jarayonida sun`iy muhit takomillashshib boraveradi. Lekin sof havo, toza suv, unumdor tuproq kabi birlamchi tabiatning asosini tashkil qiluvchilar ´z axamiyatini hech qachon y´qotmaydi. 2. Odamzot jamiyat b´lib yashashga ´tgach, tabiatda yangi bir xolat yuzaga keldi. «Ikkinchi tabia»ning yaratilishi bir tomondan yashash qulayliklarini vujudga keltirgan b´lsa, ikkinchi tomondan tabiatdagi uyg`unlik, muvozanat (kooevolyutsiya)ga putur yeta boshladi. Keyingi 50-100 yillar mobaynida hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi natijasida insonning tabiatga qiladigan ta`sir imkoniyatlarini nihoyatda ortib ketishi, sanoat va transport vositalarining yanada yuksalishi, aholi sonining k´payib borishi, urbanizatsiya jarayoni, tabiiy resurslardan tartibsiz, tor manfaatlarni k´zlab, eski texnologiyalar yordamida foydalanish kabi qator xolatlar inson va tabiat orasidagi munosabatlar uyg`unligini buzib yubordi. Shu sababli hozirgi kunda inson tomonidan tabiatga k´rsatilayotgan ta`sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni uyg`unlashtirish, inson va tabiatning ´zaro munosabatida muvozanatga erishish borgan sari dolzarb muammo b´lib qolmoqda. 3. Bu hol fanning yangi tarmog`i – ekologiya (ekos – turar joy, logos - ta`limot)ni paydo b´lishiga olib keldi. Xozirgi kunda ekologiya barcha tirik organizmlar - ´simlik va hayvonot olami, inson kabilarning ´zlari yashashlari uchun zarur b´lgan tabiiy muhitlar majmuasi bilan ´zaro munosabatlari qonuniyatlarini ´rganuvchi bir butun fan sifatida tushuniladi. Prezident I.A.Karimovning «¤zbekiston XXI asr b´sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (T., «¤zbekiston», 1997 y.) asarida dunyo va mamlakatimiz miqyosida ekologik ahvol chuqur taxlil qilingan va sog`lom ekologik muxit yaratish borasidagi bajarilishi zarur b´lgan chora-tadbirlar sistemasi k´rsatib berilgan. 4. O`ozirgi kunda har bir mamlakatda, mintaqada va butun dunyoda ma`naviy-axloqiy muxitni insoniylashtirish dasturlari tuzilib, davlatlar, odamlar uyushmasi faoliyatlarini shu olijanob yo`lga burib yuborish lozim. Tabiiy muxitni asrash axolini, ayniqsa yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirish, ular bilan olib boriladigan ekologik ta`lim va tarbiyaviy ishlarning k´lami va samarasiga bevosita bog`liq. Ta`lim tizimlari, mafkura vositalari, jamoatchilik fikri orqali odamlarda Noosfera – aql – idrok soxasi tantanasi davri kelishiga komil ishonch ruhini qaror toptirish hayot talabi b´lib turibdi.
Reja:
1. Ong – materiyaning yuksak shakli b´lgan miyaning mahsuli, borliqni in`ikosi va faoliyat sifatida. 2. Ong va ruhiyat. 3. Ong, tafakkur, iroda, xissiyot; Ong va til. 4. ¤z-´zini anglash muammosi. 5. Ijtimoiy ong va uning darajalari. Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi. 6. Ijtimoiy ong tuzilishi: ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura. Mafkura, uning jamiyat hayotidagi ´rni. 7. Milliy ´zlikni anglash. 8. Ijtimoiy ong shakllari, ularning ´zaro aloqadorligi, xususiyatlari va jamiyat taraqqiyotida tutgan ´rni. 9. Mustaqillik sharoitida kishilarda yuksak siyosiy, xuquqiy, estetik, axloqiy, diniy va falsafiy ong va ma`naviyatni shakllantirishning axamiyati va y´llari.
Ong – bu, tabiat tarixiy taraqqiyoti hamda materiya evolyutsiyasi jarayonida vujudga kelgan inson miyasining mahsulidir. Inson miyasi va uni tashqi olam bilan bog`lab turuvchi sezgi kanallari b´lmasa, hech qanday idroklar, tasavvurlar, tushunchalar hosil b´lishi mumkin emas. Ong faqat inson miyasiga xos b´lgan in`ikos jarayonidir. In`ikos bu keng ma`noda moddiy sistema alohida xususiyatlarining aks etishidan iboratdir. In`ikos materiyaning hamma tuzilish darajalariga xosdir. Materiya taraqqiyoti darajasiga qarab in`ikos ham ´zgarib boradi. In`ikosning yuqori shakllari tirik materiya bilan bog`liqdir: a) ta`sirlanish; b) sezish; v) psixik (ruhiy) in`ikos. Bularning rivoji ijtimoiy muxitda yangi bosqichga k´tariladi. Aks ettirishning muayyan shakli b´lgan sezgilar hayvonot dunyosi taraqqiyotining ilk bosqichlarida kelib chiqishi bilan birga, odamda k´proq taraqqiy topdi va kamolga yetdi. Sezgi ob`ektiv olamning sub`ektiv obrazidir. In`ikosning psixik darajasi ikki k´rinishda b´ladi. 1) asab sistemasiga ega b´lgan organizmlarda aniq vaziyatga qarab shoshilinch tarzda ´z-´zidan y´nalish belgilash; 2) noaniq vaziyatda harakat y´nalishi belgilash uchun hayot tajribasi, faxm-farosat va bilim kerak b´ladi. Bularning birinchisi uchun genetik dastur kifoya qilsa, ikkinchisi uchun albatta bilim, tajriba, fahm-farosat kerak. Odamzot tarixan bularga tobora k´proq ega b´lib bormoqda. 2. Ong psixik in`ikosning ´ziga xos, yuksak shaklidir. Inson psixikasi keng qamrovli b´lib, unga ongsizlik, ong osti xodisalari, ongning ´zidan iborat uch qatlamni tashkil qiladi. Ong osti xodisasi muayyan vaziyatda ongli faoliyat bilan bog`lanmagan, ammo ongli harakatlarning yuz berishiga ta`sir etadigan ruhiy xolatdir. Rux ong bilan mustaxkam bog`liq b´lib, u shaxsiy ruh, jamoa ruhi, ijtimoiy ruh, milliy ruh, ob`ektlashgan ruh shakllrida namoyon b´ladi. Ongning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat hal qiluvchi omildir. Insoniyat ´zining ma`lum maqsadga qaratilgan ongli mehnati tufayligina tabiatdagi alohida tur sifatida yuzaga keldi. Inson kundalik extiyoj uchun zarur b´lgan narsalarni topish jarayonida tabiat predmetlariga duch kelib, ularning xossalarini bila borgan, ularni bir-biri bilan taqqoslab, ajrata boshlagan. Ishlab chiqarish uchun zarur b´lgan mehnat qurollarini tayyorlash va takomillashtirish jarayoni ongning rivojlanishiga katta ta`sir k´rsatganligi shubhasizdir. Ong mehnat bilan tafakkurning birligi asosida takomillashib borgan. 3. Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u tushunib yetilgan bilimdir. Inson miya yordamida fikr qiladi. Ongning ma`nosi predmetni bilish, ´zlashtirish, uning moxiyatini ochib borishdan iborat jarayondir. Ong faqat ob`ektiv olam in`ikosini emas, balki insonning ´z ruhiy faoliyatini anglashini ham bildiradi. Ong voqelikning ham oqilona, ham hissiy in`ikosini qamrab oladi. Shunigdek, u inson hissiyotlari, irodasini ham ´z ichiga oladi. Inson ongining taraqqiyotida til, nutq g`oyat muxim axamiyatga ega. Til tafakkur bilan chambarchas bog`liqdir. Insonda nutq tili b´lmasa, murakkab fikrlash ham b´lmaydi. Tafakkur b´lmasa, tilning ham b´lishi mumkin emas. Tafakkur – ob`ektiv reallikning in`ikosidir, til esa fikrni ifoda etish quroli, uni qayd qilish va boshqa kishilarga yetkazish, bildirish vositasidir. Til tafakkurning namoyon b´lishi, borliq shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir. Inson ongi tevarak-atrofdagi voqelikning taraqqiyotida faol ijodiy rol ´ynaydi. Insonning ongi ma`lum bir maqsadga qaratilgan jarayondir. Inson tashqi olamga bog`liq b´lib, tashqi olam insonni qanoatlantirmaydi. Shuning uchun inson ´z amaliy faoliyati bilan tashqi olamni ´zgartirishga harakat qiladi, voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga intiladi. Ongning faolligi shundaki, u ob`ektiv dunyo qonuniyatlarini aks ettiradi, anglaydi, ularni bilib oladi hamda ulardan inson ´z manfaatlari y´lida foydalanadi. Insonning amaliy faoliyati asosida vujudga keladigan ong undan ilgari ketishi va amaliyotni y´naltirishi, unga rahbarlik qilishi mumkin. 4. Inson ob`ektiv voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda ´zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayonlarni taxlil qilish, xatti-harakatlarini nazorat etishdek qobiliyatga ham ega. ¤zini ´zgalardan ajrata bilish, ´ziga munosabat, imkoniyatlarini baholash, ´z-´zini anglash sifatida namoyon b´ladi. ¤z-´zini anglashda ´zini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar ´z-´zini anglashning sohibi – sub`ektiga k´ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir. Insonni ´z-´zini anglashi xaqida gap ketar ekan, u ´zini alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga mansubligini va, yuqoridagi xususiyatlardan qat`iy nazar, alohida va betakror «Men» sifatida anglashdek bosqichlarni bosib ´tishini ta`kidlash zarur. Odamzotning ´zini anglashi uchun ham yuksak ijtimoiy maqsadlar ifodasi b´lgan qat`iy ishonch, ichki axdnoma (imon) hamda ideal kerak. Odamning insonga aylanishida ajdodlarning pand-nasihatlari, ´gitlari, da`vatlari, tajribalari ham muxim ´rin tutadi. Odamda chin insoniy sifatlar yoki g`ayriinsoniy qusurlar shakllanishida mafkura hal qiluvchi rol ´ynaydi. 5. Ong ´z tabiatiga k´ra ijtimoiydir. Ijtimoiy ongning mohiyati, uning rivojlanishini ijtimoiy borliq belgilaydi va unga nisbatan birlamchidir. Ijtimoiy borliq jamiyat moddiy ishlab chiqarish munosabatlari tizimidir. Ijtimoiy ong jamiyatning ishlab chiqarish munosabalarini ´zida aks ettiruvchi, jamiyatning umumiy ma`naviy hayot darajasini ifodalovchi his, tuyg`u, g`oya va qarashlarning majmuidir. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning in`ikosidir. Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqqa nisbatan nisbiy mustaqillikka egadir. Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi uning ijtimoiy borliqdan ´zib ketishi yoki orqada qolishi shaklida; uning rivojlanishidagi vorislikda; g`oyalarning jamiyat taraqqiyotida faol rolida namoyon b´ladi. Ijtimoiy ongning quyi darajasi odatiy (kundalik) ong, yuqori darajasi esa nazariy ongdir. Odatiy ong muayyan ijtimoiy muhitda ´z-´zidan shakllanadi, nazariy ong esa voqelikning ichki va tashqi muhim aloqalarini, qonuniyatlarini ifodalagani uchun u o`qish, ´rganish, muayyan sohaning bilimdoni b´lishni taqoza etadi. Odatiy ong nazariy ong rivoji uchun bir turtki vazifasini ´tashi mumkin, nazariy ong esa odatiy ongni yangi mazmun bilan boyitib, real hayotga yaqinlashtiradi. 6. Ijtimoiy ong tuzilishi (strukturasi) ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura tarzida namoyon b´ladi. Ijtimoiy ruhiyat kishilarning kundalik hayoti davomida stixiyali tarzda (´z-´zidan) hosil b´ladigan xis-tuyg`ular, kayfiyatlar, kechinmalar, hayollar, orzu-armonlar majmuidir. Ijtimoiy mafkura ijtimoiy voqelik va kelajakni ´zida in`ikos ettiradigan, muayyan ijtimoiy maqsadlarni odamlar, sotsial guruhlar anglab olishlariga imkon tug`diradigan fikrlar, g`oyalar, qarashlar, gipotezalar, nazariyalar tizimi hamda muayyan ustivor g`oyani inson imon-e`tiqodiga, xalq ommasi maslagiga aylantirish ijtimoiy institutlari, vositalari, usullari yig`indisidir. Ijtimoiy ongning har ikki darajasi bir-biriga ta`sir ´tkazadi. Milliy mafkura muayyan jamiyatdagi barcha millat va elatlarni bitta asosiy maqsadga undaydigan g`oyalar tizimidan tashkil topadi. U xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma`rifat tuyg`ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga bu mafkura xalqimizda ´zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon xamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng xuquqli ´laroq munosib ´rin egallashga doimo intilish hissini tarbiyalamog`i kerak. Shubhasiz, aynan shunday mafkuragina fikr qaramligi, tafakkur qulligining oldini olishga xizmat qiladi, milliy jipslikni, taraqqiyotni, mamlakatimizning tom ma`nodagi buyuk kelajagini ta`minlaydi. 7. Milliy madaniyat va milliy ´zlikni anglash millat ma`naviy olamining q´sh qanotidir. Milliy ´zlikni anglash iqtisodiy, xuquqiy, ahloqiy, estetik va boshqa munosabatlar mustaqil davlat, til va madaniyat asosida inson ongida ´z ifodasini topadi. ¤zbekiston ´z mustaqilligiga ega b´lgach, mustamlaka sharoitida y´qolib borayotgan milliy g`urur, iftixor xislari rivojlanib, milliy ´zlikni anglash beqiyos oshib borayotgani quyidagi holatlarda namoyon b´lmoqda: a) kishilarda ´zbek xalqi va boshqa xalqlar namoyondalarining ´z tarixi va madaniy merosini ´rganishga qiziqishda; b) o`z milliy tili ijtimoiy vazifalarini kengaytirishdan manfaatdorlikda; v) ¤zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun k´rsatadigan jonbozlikda; g) milliy birlik va totuvlik zarurligini tushunib, shu asosda faoliyat belgilashda; d) bozor iqtisodi munosabatlariga t´la-t´kis tezroq ´tib olib, iqtisodiy b´hrondan chiqib olish uchun k´rsatayotgan fidoiylikda; j) milliy madaniyatga nisbatan loqaydlikka barham berish zaruriyatini anglashda ´z ifodasini topmoqda. 8. Ijtimoiy ong shakllaridan siyosiy ong, huquqiy ong, ahloqiy ong, estetik ong, diniy ong ´ziga xos xususiyatlarga ega b´lib, jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega. 9. Bugungi kunda buyuk davlat, buyuk kelajakka erishish uchun siyosiy yetuk, ma`rifatli, xuquqiy madaniyatga ega, ´zining ´tmishi, ulug` qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifadir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling