Ii- б´лим Фалсафа тарихи


Download 1.06 Mb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#221192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa fani tarixi va nazariyasi

Muqaddima
«Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni bajarish jarayonida 2001 yildan e`tiboran «Milliy istiqlol g`oyasi; asosiy tushuncha va tamoyillar» fani Davlat standarti tarkibiga kiritildi. Ta`lim klassifikatorida Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti jamoasi bu yo`nalishdagi fanlar bo`yicha ma`sul etib belgilandi. Prezident Islom Karimov o`z Farmonida bu yo`nalishdagi fanlarni takomillashtirib borish uchun «Tajriba maydonchalari» tashkil etish kerakligini talab etgan edi. Shu munosabat bilan ¤zbekiston Respublikasi Oliy va ¤rta maxsus ta`lim vazirligi buyrug`i bilan, tayanch Oliy o`quv yurtlari bo`lgani sababli, TDPU va ¤zbekiston Milliy universitetini shunday «Tajriba maydonchasi» etib belgilandi.

TDPU «Falsafa» kafedrasi jamoasi bu ishonchni oqlash uchun astoydil mehnat qildi. Ta`lim tizimiga kiritilgan yangi-yangi fanlar uchun tajribaviy va namunviy dasturlar tuzdi. Professor-muallimlar shular asosida va`z (lektsiya) matnlari tayyorlab, aprobatsiyadan o`tkazdilar. O`ozir «Milliy istiqlol g`oyasi; huquq va ma`naviyat asoslari» yo`nalishida bakalavriat talabalari uchun 10 ta, magistrantlar uchun 6 ta fan o`tilishi Davlat standartida belgilangan. Shunday bo`lishiga qaramay, ma`lum bir sabablarga ko`ra, bu fanlardan dars beruvchi muallimlar va tahsil oluvchi talabalar uchun shu choqqacha bironta ham na metodik qo`llanma va na o`quv qo`llanmasi chiqarilgan. Bu hol yosh avlod shu yo`nalishda chuqur bilim olishi uchun muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Ana shu sababdan TDPU rahbariyatining ko`rgazmasiga binoan shu yo`nalishda to`plangan tajribalarga tayanib, avvalo metodik (uslubiy) qo`llanmalar, ikkinchi bosqichda, ularni aprobatsiyadan o`tazib, o`quv qo`llanmasi, uchinchi bosqichda esa darsliklar yaratish bo`yicha ishchi guruhi tashkil etdi. Ishchi guruhi tomonidan hozirgacha 4 ta fan bo`yicha metodik qo`llanma matnlari tayyorlandi, magistrantlar uchun yana 2 ta metodik qo`llanma ustida ish ketayapti.

Qilingan ishlarning birinchi samarasi sifatida «Falsafa tarixi va nazariyasi» metodik qo`llanmasi nashr ettirilib, professor-muallimlar va talabalar xukmiga havola etilmoqda.

Bu fan 2 va 3-kurslarda o`tilishi nazarda tutilgani sababli, takrorlanish bo`lmasligi uchun falsafadan o`tiladigan 1-blok soatlari ham unga qo`shib yuborilib, jami 240 soatlik dastur asosida ushbu metodik qo`llanma tayyorlandi.

«Milliy istiqlol g`oyasi» yo`nalishi bo`yicha maxsus tayyorgarlikka ega pedagog kadrlar yetarli emasligini hisobga olgan holda qo`llanma lektsiya matnlari tarzida tayyorlandi. Nazarimizda, shunday holatda bu fanlardan dars beruvchi professor-muallimlar o`z qat`iy va`z matnlari tuzishga qiynalmaydilar, ayniqsa yosh o`qituvchilar uchun bu juda qo`l keladi. Ana shu matnlar asosida amaliy mashg`ulotlar stsenariylari tuzish, seminarlarni interaktiv uslublarda o`tkazish imkoniyati kengayadi, deb o`ylaymiz.

Qo`llanma tajribaviy bo`lgani uchun ba`zi kamchiliklarga yo`l qo`yilgan bo`lishi ham mumkin. Shuning uchun hurmatli kasbdoshlarimiz va albatta talabalardan ham o`z fikr-mulohazalarini hech tortinmay bizga jo`natishlarini iltimos qilamiz. Bu esa keyinchalik tayyorlanadigan o`quv adabiyotlarining takomillashgan nusxalari vujudga kelishi uchun o`ziga xos kafolat bo`ladi, deb o`ylaymiz. Shuning uchun ham qo`llanma haqida o`z tanqidiy fikrlari, mulohazalarini bildirgan, tavsiyalar bergan barcha bag`rikeng, milliy g`ururi baland insonlarga oldindan o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

(Bizning manzilimiz: Toshkent shahri, yakkasaroy tumani, yusuf xos O`ojib ko`chasi Nizomiy nomidagi TDPU).

Mualliflar.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling