Ii- б´лим Фалсафа тарихи


-mavzu: O`arakat va taraqqiyot, uning falsafiy mazmuni


Download 1.06 Mb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#221192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa fani tarixi va nazariyasi

4-mavzu: O`arakat va taraqqiyot, uning falsafiy mazmuni.

Reja:


1. Umumiy aloqadorlik, bog`liqlik va rivojlanish tushunchalari.

2. Falsafiy tafakkur uslublari: sofistika, eklektika, dogmatika, metafizika, sinergetika.

3. Bilishningg dialektik uslubi.
1. Olamdagi narsa va xodisalarning harakati, ´zgarishi, bir xolatdan ikkinchi holatga ´tib turishi, rivojlanishi, ular ´rtasidagi aloqadorlik va ´zaro ta`sir kabi masalalarni bilmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manba`i, harakatlantiruvchi kuchlari t´g`risida ilmiy tasavvurga ega b´lish qiyin.

Borliqdagi hamma narsalar, hodisa va jarayonlar ´zaro bog`liq b´lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-biriga ta`sir va aks ta`sir qilib turadi, bir-birlarini taqoza qiladi.

¤zaro aloqadorlik yalpi umumiy tasnif (xarakter)ga ega. Uning bu yalpi umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya`ni tabiat, jamiyat, inson, inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma k´rinishlariga oid barcha narsa va xodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun inson bilish jarayonini, hullas, bir butun moddiy va ma`naviy olamning hamma bog`lanishlarini ´z ichiga oladi. Aloqadorlik va bog`lanishlar bir butun borliqlikning turli tomonlari va materiyaning turli k´rinishlari ´rtasidagina mavjud b´lmasdan, balki har bir narsa yoki xodisaning ham ´zidagi barcha tomonlari, hamma belgi va xususiyatlari ´rtasida ham mavjuddir. Chunki har bir narsa yoki xodisaning hamma tomonlari bir-biriga bog`liq b´lishi va bir-birlari bilan juda maxkam va chambarchas aloqadorligi qonuniy va tabiiy holdir. Aloqadorlik va bog`lanishlar borliqning barcha sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon b´ladi. Borliqning aniq sohalariga oid aloqadorliklarni aniq fanlar ´rganadi.

Narsa va xodisalarning harakati, ´zgarishi va rivojlanishiga ular ´rtasidagi bog`lanish va aloqadorlik, ta`sir va aks ta`sir asos b´ladi. Albatta olamdagi har qanday bog`lanish ham rivojlanishga sabab b´lavermaydi. Chunki bu bog`lanishlarning k´lami, mohiyati, ta`sir kuchi va doirasi turlicha. Bog`lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim b´lmagan va hakozo bog`lanishlarga ajratish mumkin.

Biz «Borliq» kategoriyasini ´rganganimizda, harakat borliqning umumiy yashash usuli, uning ajralmas xossasi ekanligi, uning falsafiy ma`nosi har qanday ´zgarishni ifodalashi bilan tanishgan edik. O`ar qanday ´zgarish harakat, lekin har qanday xarakat ´zgarish emasdir. ¤zgarish narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi xolatga, bir k´rinishdan boshqa k´rinishga ´tishidir. Biroq har qanday o`zgarish taraqqiyot bo`lmasa ham, uning tarkibida taraqqiyot unsurlari ham bo`ladi.

Taraqqiyot keng ma`noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. U shunday ´zgarishki, u narsa va xodisalarning q´yi bosqichi ´rnini yuqoriroq bosqich olishidir. Taraqqiyot boshqa jihatdan narsa va hodisalarning miqdor va sifatining ´zgarib, boshqa narsa va hodisalarga aylanishini anglatadi. O`ar qanday real taraqqiyot spiralsimon xolda, uning har bir yangi ´rami oldingisiga qaraganda kengroq, bayroq, mazmunliroq, yuqoriroq asosda egri-bugri y´llar bilan sodir b´ladi.

Shuni aytish kerakki, taraqqiyotning barcha tamonlari, bosqichlari, uning konkret xususiyatlari xususiy fanlar tomonidan ´rganilib, ularning har biri ´zining sohasiga oid alohida nazariyalarni ishlab chiqadi va mukammalashtirib boradi. Taraqqiyotning maxsus fanlar sohalariga oid bunday nazariyalarning umumiy jihatlari falsafa fanining bilish nazariyasida ifodalanadi. Tafakkur uslubi bilish javrayonining y´nalishini belgilovchi bilimlar, g`oyalar, nazariyalar yig`indisi. Falsafiy tafakkur uslubida moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish muayyan dunyoqarash va metodologik tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Moddiy olam taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini aks ettiradigan falsafiy tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar yalpi umumiylik xarakteriga egadir. Shuning uchun ular olamni bilish va qayta ´zgartirishning umumiy usuli sifatida namoyon b´ladi.

Inson miyasining mavhumlashtirish qobiliyati natijasi bo`lgan tafakkur jarayonlarini anglab olishda «uslub» (metod) tushunchasining mazmunini bilib olish lozim. Uslub, ya`ni metod yunoncha «methodos» so`zidan olingan bo`lib, u odatda tadqiqot yo`llari, nazariya, ta`limot ma`nolarini anglatadi. Tadqiqot uslublari aniq fanlarda va falsafa fanida o`ziga xos xususiyatlarga egaki, ularni bir-biri bilan aralashtirish mumkin emas. Aniq fanlarda ishlatiladigan tadqiqot uslublari ilmiy bilish metodlari turkumiga kiradi. Falsafa fanida uslub tushunchasi keng ma`noda olamni falsafiy anglash, tafakkur tarzi mantiqi, qonun-qoidalari, tamoyillari shakllari ifodalansa, tor ma`noda falsafiy bilimlarni hosil etish vositalari tushuniladi.

Metod bilish jarayonida amal qilinadigan tamoyillar, yondashuvlar, qoidalar, talablar tizimidir.

Metodologiya ilmiy bilishning bir qator sohalariga umumiy yondashuv tamoyillari tizimidir. Falsafiy metodologiya dunyoqarash (ontologiya), gnoseologiya (bilish) hamda tafakkur tarzining o`ziga xos xususiyati bilan bog`lanib ketadigan yalpi umumiy yondashuvlar tizimidir.

«Tafakkur uslubi» va «ilmiy tafakkur uslubi» tushunchalari bor. Ko`p hollarda «tafakkur uslubi», «o`rganish uslubi», «yondashish uslubi» sinonimi sifatida qo`llaniladi. Shu ma`noda muayyan muammoga yondashish, o`rganish uslubi sifatida tarixan bilishning metafizik, eklektik, sofistik, dogmatik va dialektik uslublari mavjud bo`lgan. endilikda ilmiy bilishning sinergetik uslubi shakllanmoqda.

2. Ilmiy bilishning asosiy maqsadi tabiatdagi, jamiyatdagi, inson ruhiy olamidagi hodisalar mohiyatini bilishdan iborat. Shu maqsad yo`lidagi izlanishlar tufayli tabiiyotshunoslik negizida ilmiy bilishning metafizik uslubi tarkib topdi. Bu uslubda tabiatdagi narsalarni bir-biridan ajratgan, harakatsiz holda o`rganilib, ana shu o`rganilayotgan ob`ektning ichki jihatlarini bilib olishga asosiy e`tibor qaratiladi. Tabiiyotshunoslik, texnikashunoslik fanlarida bu metoddan foydalanib kelinadi. Chunki bu sohalarning izlanuvchilari ayrim-ayrim narsalardagi ichki aloqadorliklarni o`rganishga asosiy e`tiborni qaratib, natijador narsalarni vujudga keltiradilar.

Olamdagi narsa, hodisalar doimo harakatda, bir holatdan boshqa holatga o`tish jarayonini boshidan kechirib turadi. Falsafiy bilishda bu hol o`z ifodasini topishi kerak, albatta. Shuning uchun falsafadan va ijtimoiy-gumanitar fanlardan natijador mahsulni talab etish o`rinsizdir. Bilishning metafizik uslubi qadimda va o`rta asrlarda falsafada ham qo`llab kelingan. Ammo olamdagi muqarrar o`zgarishlarni bu uslub yordamida to`lasicha qamrab olib bo`lmaydi.

Sofistik tafakkur tarzi asosida shakllangan bilishning sofistik metodidan qadimgi dunyodan to hozirgacha foydalanib kelinadi. Antik dunyoda notiq va donishmand odamlarni sofistlar deyishgan. Biroq, keyingi asrlarda sofistik metod orqali xaqiqat niqobi ostida haqiqiy bilimlarni yolg`ondakam bilimlar bilan almashtirishga urinib keldilar. Forobiy shuning uchun ham «suf» - donolik,»istiyas» - yolg`on, ya`ni «yolg`on donolik» deb so`fiylik tafakkur tarzi va metodini qoralagan. Sofistlar tabiiy tildagi omonimiya, amfiboliyalardan foydalanib, odamlar e`tiborini haqiqiy bilimdan chalg`itadilar. F.Bekon ta`biri bilan ayotganda, sofistlar haddan tashqari mahmadonadirlar, amalda ulardan hech qanday naf yo`q. Bizning davrimizda vahhobiylar, hizbut-tahrirchilar, akromiylar va boshqa mazxablar sofistik metoddan foydalanib, odamlarni, ayniqsa yoshlarni to`g`ri yo`ldan chalg`itmoqdalar.

Bilishning eklektik metodidan ham foydalanadilar. «eklektika» yunoncha so`z bo`lib, «tanlayman» degan ma`noni anglatadi. eklektiklar muhim va nomuhim, asosiy va noasosiy bog`lanishlar, aloqadorliklar o`rtasidagi farqni hisobga olmay, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlarini bir-biriga qorishtirib yuboradilar. Ob`ektiv dunyodagi narsa va hodisalar o`zaro aloqa va munosabatlardagi aniq tarixiy bog`lanishlarni, aniq (konkret) harakatda, o`zgarish va rivojlanishida asosiy, hal qiluvchi boglanishlarning farqiga bormaslik bilishning eklektik uslubining jiddiy nuqsonidir.

Bilishda tarixan dogmatik uslub ham qo`llab kelinadi. Dastavval bu uslub yordamida barcha narsaga shubha bilan qarovchilar (skeptiklar)ga qarshi ijobiy qoidalar va ta`limotlar yaratganlar. Dogmatik uslubga ko`ra, haqiqatligini shubha ostiga olish mumkin emas, deb hisoblangan tushunchalar yordamida olam hodisotlariga munosabat bildiriladi. Diniy adabiyotlarda bu uslubdan keng foydalanib kelinadi. Shu bilan birga ilm-fanning ma`lum bir sohasida yetarli bilimga ega bo`lmagan kishilar ham o`zlari buni istamagan holda yoki mafkuraviy ta`zyiq ta`sirida dogmatik uslub yordamida tadqiqot olib borishlari mumkin. Sobiq Sho`rolar davrida bilishning dogmatik uslubi asosida tadqiqot o`tkazishga majbur bo`lganlar aslida kommunistik mafkura ta`ziyqining qurbonlari edilar. Zamon va makondagi o`zgarishlarni e`tiborga olmay, o`zgarmas (aqida) deb hisoblangan tushunchalar bilan bilishga intiluvchilarni odatda dogmatiklar, ya`ni aqidaparastlar yoki harfxo`rlar deyish rasm bo`lgan.

XX asrda fanda sinergetik uslub tushunchasi paydo bo`ldi. Sinergetika yunoncha so`zdan olingan bo`lib, u «hamkorlik», «ta`sir o`tkazish» ma`nolarini anglatadi. Sinergetik yondashuvlar ochiq sistemalardagi tartibga tushmagan, beqaror, noteng, chiziqsiz munosabatlarni tadqiq etishda qo`l keladi. Notenglik voqelikdagi barcha jarayonlarning tabiiy holati ekan, demak, o`z-o`zini tashkillash jarayonlarining tabiiy intilishini anglatadi. Bu uslub tabiat va jamiyatdagi tartibsiz holatlar qanday qilib o`z-o`zidan tartibga tushishini anglab olish imkonini beradi. Olamni falsafiy bilishga yordam beradigan bu uslubni ideallashtirib, uni dialektik uslub o`rniga qo`yish ham, bu uslub faqat tabiiyotshunoslik fanlari uchun e`tiborli deb qarash ham xatodir. Sinergetik uslubni o`z o`rnida qo`llash voqelikdagi tartibsiz holatlarning o`z-o`zidan tartibga tushish qonuniyatlarini bilib olishga yordam beradi.

3. Olamni bilishning dialektik tafakkur tarziga vatandoshimiz Zardusht asos solgan. Uning fikricha, olamda ikki qarama-qarshi kuch (rux) o`rtasida abadiy kurash boradi. ezgulik ruhi yovuzlik ruhi ustidan g`alaba qozonishida imonli (a`lo) odamlarning harakati, faoliyati katta o`rin tutadi. eramizdan oldingi V-IV asrlarda qadimgi yunonistonda dialektika ham bilish metodi, ham xaqiqatni topish uchun bahs san`ati deb ta`riflanganini Forobiy ta`kidlaydi. Forobiyning qadimgi grek faylasuflarining bu masalaga doir fikrlariga qo`shilish va rivojlantirishning ahamiyati kattadir. Chunki marksizm-leninizm o`zining sinfiylik tamoilidan kelib chiqib, dialektikani ta`limot (alohida nazariya) deb qaradiki, bu xato qarashlarga ergashuvchilar falsafani fan sifati, nazariy bilim sistemasi ekanini amalda tan olmay, katta xatolikka yo`l qo`yadilar. O`ozirgi ilmiy falsafaning asosiy metodi dialektikadir. U narsa va hodisalarning mohiyatini, ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini falsaff fani qonunlari, kategoriyalari, tamoyillari yordamida ochib berish bilan boshqa metodlardan farq qiladi.

yuzaki qaraganda olamda narsa va hodisalar qandaydir alohida-alohida, bir-biriga bog`lanmagandek va go`yo harakatsizdek tuyuladi. Aslida ular bir butun borliqning ayrim-ayrim ko`ringan narsalar va hodisalari bo`lib, doimiy harakatda va bir holatdan boshqa holatga o`tishdadir. Bilishning dialektik uslubida narsa va hodisalar o`zaro aloqada va bir-birini taqoza qilishda, ayni vaqtda ular doimiy harakatda, o`zgarishda va bir holatdan boshqa holatga o`tishda olib qaraladi. Olam hodisalariga bunday yondashuv odamni, tadqiqotchini adashuvlardan, yanglishuvlardan saqlab, dunyoning chinakam ilmiy manzarasini vujudga keltiradi.

Dialektik mantiq formal mantiq bilan uzviy bog`liq bo`lib, faqat o`ziga xos tamoyillari bilan ajrab turadi. Bu o`ziga xoslik shundan iboratki, falsafa fanida dunyoqarash bilan uzviy bog`lanib ketgan yalpi umumiy metodda tadqiqot olib boriladi. Binobarin, dialektik uslubning tamoyillari ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Bu tamoyillarni ikki guruhga bo`lish mumin: a) ob`ektivlik, sistemalilik, tarixiylik va dialektik ziddiyatlilik tamoyillari; b) mavxumlikdan aniq (konkretlik)ka ko`tarilib borish, mantiqiylik va tarixiylik birligi tamoyillari.

Bilishning dialektik metodi ana shu tamoyillarga tayangan holda olamni falsafiy anglash imkoniyatini voqelikka aylantirish uchun xizmat qilib, ma`naviyatni qaror toptirishning qudratli vositasiga aylanadi.

Bilishning dialektika uslubi narsa va hodisalarni har tamonlama va ´zaro munosabatda taxlil qilib, qandaydir hodisani yoki uning ayrim tamonini bir yoqlama ajratib tahlil qiluvchi sofistika ham, muhim va nomuhimni qorishtirib yuboradigan olmasdan turli aloqa va munosabatlarni mexanik ravishda eklektikaga ham qarshidir.


5-mavzu: Qonun1 va falsafa qonunlari.

Reja:


1. Falsafada qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat.

2. Miqdor va sifatning o`zaro ´tish qonuni.

3. Dialektik ziddiyatlilik qonuni va uning mohiyati.

4. Inkorni inkor qonuni.


1. Odamzot tushunchalar, kategoriyalar, qonunlar orqali olamni bilish imkoniyatiga ega b´ladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi ´zgarishlar, paydo b´lish va y´qolishlar, rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglatadi. Qonun muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va y´nalishini belgilaydigan, ma`lum bir qat`iy natijani taqoza etadigan ob`ektiv dunyodagi narsa va xodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, barqaror munosabatlari ifodasidir. Qonun bilan qonuniyat tushunchasi ´rtasida tafovit bor. Qonun qonuniyatning bir, aniq (konkret) tomonini ifoda etadi, qonuniyat esa umumiy y´nalish, mayl (tandentsiya)ni anglatib, turkum qonunlar majmuasi sifatida namoyon b´ladi. Qonunlar amal qilish doirasiga qarab eng umumiy, umumiy va xususiy b´lishi mumkin. Xususiy qonunlar muayyan bir ob`ektning ´ziga xos xususiyatlari ´rtasidagi yoki materiya harakatining biron-bir shakli doirasida mavjud b´lgan ichki aloqadorliklar ifodasidir. Umumiy qonunlar narsa va xodisalarning katta majmualari ´rtasidagi aloqadorliklarni anglatadi.

eng umumiy qonunlar esa tabiat, jamiyat va tafakkurdagi barcha aloqadorliklar, ´zgarishlar va taraqqiyot murvat(mexanizm)larini anglash, voqealar rivojining pirovard oqibatlarini oldindan faxmlab olish imkonini beradi. Bularga falsafa fani qonunlari kiradi.

2. Miqdor va sifatning o`zaro ´tish qonunining moxiyati shundan iboratki, narsa va xodisalardagi sezilarli b´lmagan miqdoriy ´zgarishlar asta-sekin t´plana borib, taraqqiyotning ma`lum bir bosqichida me`yorni buzadi va sakrash y´li bilan tub sifat ´zgarishlariga olib keladi. Bu qonunning mohiyatini tushunish uchun sifat, miqdor, me`yor, xossa tushunchalari va ularning moxiyatini bilish talab qilinadi.

3. Dialektik ziddiyatlilik qonuniga muvofiq, har bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada va biri ikkinchisini istisno etuvchi zidma – zid tomonlarga, kuchlarga ega. Bu tomonlar ´rtasidagi munosabatlar ziddiyat deb atalib, u taraqqiyotning manba`ini ifodalab, eskining y´qolishi va yangining paydo b´lishini ifodalaydi. Ziddiyatlilik hamma narsa, xodisa va jarayonlarga xos. Ichki va tashqi, asosiy va noasosiy, bosh va bosh b´lmagan, antogonistik va noantogonistik ziddiyatlar b´ladi.

Ziddiyatlar xilma-xil tarzda xal qilinishi mumkin. Ulardan biri eskining yemirilib, yangining qaror topishidir. Ijtimoiy hayotda narsa va xodisalar ´rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etib, shu asosda taraqqiyotda ilgarilab borish mumkin. Ziddiyatlarni bartaraf etishning samarali shakllaridan biri - konsensus (´zaro kelishuv)dir.

Agar jamiyatda manfaatlar to`qnashuvida yuzaga keladigan noantogonistik ziddiyatlar konsensus asosida hal etib borilmasa, ular o`zining qarama-qarshi tomoniga og`ib, antogonistik ziddiyatlarga aylanib ketishi mumkin. O`ar bir mamlakat ichida ham, dunyo miqyosidagi ziddiyatlarni ham konsensus yo`li bilan hal etib borish hozirgi davr uchun nihoyatda ahamiyatlidir.

4. Inkorni inkor qonuniga muvofiq ob`ektiv voqelikdagi narsa va xodisalar rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish shaklida r´y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi, ya`ni vorislik r´y beradi. Vorislik tufayli yangi rivojlana oladi. Vorislik narsa va hodisada, shuningdek bilishda yangi bilan eski ´rtasidagi ob`ektiv zaruriy bog`lanishni anglatadi.

Rivojlanish burama shaklda, ma`lum nisbiy takrorlanishlar asosida oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi.

Inkorni inkor qonuni notirik va tirik tabiatda ´ziga xos shakllarda namoyon b´ladi.
6-mavzu: Falsafa fani kategoriyalari.

Reja:


1. Falsafa fani kategoriyalarining ´ziga xos xususiyatlari.

2. Olamdagi umumiy aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalar.

3. Narsa va xodisalar tuzilishini aks ettuvchi kategoriyalar.

4. Narsa va xodisalar ´rtasidagi sababli bog`lanish (determinizm)ni anglashga imkon yaratuvchi kategoriyalar:


1. «Kategoriya» yunoncha s´z b´lib, u «guvoh», «ta`rif», «ifoda» degan lug`oviy ma`nolarga ega. Ularning falsafiy ma`nosi esa ob`ektiv olamdagi narsa, xodisalardagi umumiy va muhim bog`liqliklar, munosabatlar ifodasidir. Falsafa fani kategoriyalari boshqa fanlar kategoriyalaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

1) Ular ob`ektiv olamdagi eng umumiy qonuniyatli aloqadorliklar in`ikosidir.

2) Falsafa fani kategoriyalari bilish bosqichlari va tayanch nuqtasi hisoblanadi.

3) Ular olamdagi narsa va xodisalarni ilmiy bilish uchun metodologik asos b´ladi. Falsafiy kategoriyalar bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va t´laroq bilishga yordam beradi, ikkinchi tomondan ob`ektiv dunyodagi narsa va xodisalar haqida yangi bilimlar olish va t´plashga sabab b´ladi.

4) Falsafa fani kategoriyalari shakllanishida inson va uning uyushmalari, barcha faoliyatining yig`indisi b´lgan amaliyot yotadi va ayni chog`da ular amaliyot y´lini yoritadi. Boshqa fanlar kategoriyalari tabiat, jamiyat va tafakkurga xos bog`lanishlar, aloqadorliklarning muayyan bir sohasini ifodalasa, falsafiy kategoriyalar ob`ektiv olamdagi eng umumiy aloqadorliklar, ´zaro bog`liqliklar va ´zaro ta`sirlarni aks ettiradi. Bu kategoriyalar mavjud narsalar mohiyatini bilishnigina emas, shu bilan birga ularning istiqbolda ´zgarish va rivojlanish y´nalishlarini ham k´rsatadi.

Falsafa fanining juft kategoriyalari olamdagi ziddiyatli va sababli bog`lanishlar, ´zaro ta`sir va taqozalarni ifodalaydi.

Olamdagi umumiy aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalarga ayrimlik, xususiylik va umumiylik; mohiyat va xodisa kiradi.

Fazo va vaqtda bir – biridan chegaralangan, individual sifat va miqdor muayyanligiga ega b´lgan narsa va xodisalar ayrimlik kategoriyasida ifodalanadi. Umumiylik esa narsa xossalari va munosabatlari ´rtasidagi ´xshashlik, bir butunlikni anglatadi. Ayrimlik bilan umumiylikni g´yo bog`lovchi sifatida xususiylik mavjud b´ladi. Bu kategoriyalarni bilish ilmiy tadqiqotlarda ham, ijtimoiy hodisalarni anglashda ham xatoliklar, adashishlardan saqlaydi.

Mohiyat olamdagi narsa va xodisalar ´z ichida yashiringan eng muhim, eng zarur va nisbatan barqaror aloqadorliklar, munosabatlar birligi ifodasidir. Mohiyat yalpi umumiy aloqadorlik ifodasi sifatida qonuniyatga teng keladi.

O`odisa mohiyatning tez ´zgaruvchan, harakatchan va turli shakllarda namoyon b´ladigan tashqi tomoni b´lib, ularni ´rganish jarayonida narsaning mohiyatini anglab olamiz. Ilm – fan, inson kuzatuvlari va tajribasi narsa va xodisalardagi moxiyatni topishga qaratilgan b´lib, bunga ularni tashqi tomondan oson ilg`ab olinadigan xodisalar orqali erishiladi. Mohiyat va xodisa aloqadorligida mohiyat belgilovchi va xodisa belgilanuvchi, moxiyatdan kelib chiquvchidir.

3. Narsa va xodisalar sifatini ifodalovchi ichki jarayonlar, muxim unsurlar bir butunligi yig`indisi mazmundir. Shakl esa mazmunning mavjudlik, namoyon b´lish va taraqqiy etish, uning tuzilishini ifodalash usulidir. O`ar bir narsa mazmun va shakl birligidan iboratdir. Ularning birini ikkinchisidan ustun q´yish xatoliklarga olib keladi.

Butun va qism, sistema, struktura va element kategoriyasi olamdagi narsa va xodisalar ichki va tashqi tomondan tartibli tuzilish, ular bir – biri bilan uzviy bog`liqligi va bir – birini taqoza etishini anglatadi. Butun narsa va xodisa uni tashkil etgan qismlardan iborat yagonalikdir. Butun qismlarning oddiy yig`indisi emas, balki ularning muayyan tartibda tashkillanishi va ichki ´zaro bog`liqligi ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning doirasidagina ´z vazifasi (funktsiyasi)ni bajara oladigan aloxidalikdir. Sistema butunlik qismlarining tartibli tarzda joylashuvini ifodalaydi. Sistema tarkibidagi xar bir qism va element ´z vazifasini (funktsiyasi)ni maromli bajarish uchun ular albatta ´z ´rnida turib strukturani tashkil etishi shart.

Struktura (tuzilish) butunni tashkil qilgan qism va elementlarning tartibli bog`lanishi, butun doirasidagi ular munosabatlarining ´zaro taqozasidir. element va struktura qarama - qarshiliklar birligini tashkil etadi. elementlar ´zgaruvchan, struktura esa turg`unlik, ´zgarmaslikka moyil b´ladi.

4. Narsa va xodisalar ´rtasidagi sababli bog`lanishlarni anglashga imkon yaratuvchi kategoriyalar: sabab va oqibat, zaruriyat va tasodifiyat, imkoniyat va voqelik hisoblanadi.

Sabab deb muayyan shart-sharoitlarda boshqa bir narsa, xodisani yuzaga keltirgan yoki ´zgartirgan narsa yoki harakat ta`siriga aytiladi. Sababiyat shunday ichki aloqadorlikni, bu aloqada har safar bir hodisa b´lganda, muqarrar ravishda ikkinchisi uning oqibati sifatida r´y beradi. Olam taraqqiyotidagi bog`lanishlar sababiyatga, umumiy qonuniyatga b´ysunadi, deb xisoblovchi ta`limot fanda determinizm deyiladi. Aksincha, sababiyat va zaruriyatni inkor etib, bu kategoriyalarni voqelikdan ajratgan holda tushuntiruvchi oqim indeterminizm, deb ataladi.

Zaruriyat narsa va hodisalarning ichki mohiyati bilan mustahkam bog`liq b´lib, bu mohiyatdagi qonuniy aloqadorliklarni ifodalaydigan va muayyan sharoitda muqarrar ravishda ro`y beradigan yoki r´y berishi lozim b´lgan narsa va xodisalarni anglatadi. Zaruriyatning ichki va tashqi, umumiy va ayrim, dinamik va statistik turlari mavjud.

Tasodifiyat muayyan narsa va xodisaning bevosita ichki moxiyati, muqarror qonuniy aloqadorligidan emas, balki uning tashqi, beqaror, noizchil, anglanishi qiyin b´lgan ´tkinchi aloqadorliklar va munosabatlardan kelib chiqadi.

Imkoniyat ob`ektiv voqelikda potentsial (extimollik) darajasida mavjud b´lgan, taraqqiyot jarayonida va muayyan shart – sharoitlarda r´yobga chiqadigan mumkinlikdir.

Voqelik harakat va taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan va kelishi mumkin b´lgan narsa va xodisadir. Demak, voqelik amalga oshgan, ´zini namoyon etgan imkoniyatdir. Olam k´p qirrali, turli xodisalarga boy b´lganligi uchun ham imkoniyatning voqelikka aylanishi turlicha sodir b´lishi mumkin. Shunday ekan nazariy va amaliy faoliyatda real imkoniyat bilan mavhum yoki formal imkoniyatlarni ajrata bilish lozim.

Falsafa fanining qonun va kategoriyalari ´zaro bir-birini t´ldiradi, ular birgalikda olamni ilmiy-falsafiy bilish imkoniyatini vujudga keltirib, ob`ektiv voqealikka muvofiq keladigan dunyoqarashni shakllantiradi.


7-mavzu: Falsafa fani tamoyillari.

Reja:


1. Ob`ektivlik tamoyili.

2. Voqelikdagi narsa va xodisalarni har tomonlama va ´zaro munosabatda taxlil qilish tamoyili.

3. Narsa va xodisalarni harakatda, ´zgarishda va rivojlanishda olib qarash tamoyili.

4. Konkret (aniq) tarixiy yondoshish tamoyili.


1. Ilmiy falsafada dialektik uslub asosida fikrlash ´ziga xos bir qator tamoyillarga asoslanadi va ularga qat`iy rioya etish talab qilinadi. Ob`ektivlik uning muhim tamoyillaridan biridir. Bunga binoan ob`ektni bilishda u haqdagi bizning sub`ektiv fikrlarimizdan emas, balki uning tabiatidan kelib chiqib, predmet haqidagi qarashlarni predmetga b´ysundirish, oldindan ´ylab qo`yilgan sxema va farazlar asosida munosabat belgilamasdan, balki uning xossalari, qirralari, tamonlarini taxlil etish kerak. Tadqiqot jarayonida bu tamoyilning buzilishi tadqiqotchini not´g`ri xulosalarga, beixtiyor voqelikni buzib k´rsatishga olib keladi. Shuning uchun ham bu tamoyildan kelib chiqqan holda bilish sub`ekti ob`ektning ´ziga xos xususiyatlari va aloqalarini, uning mavjudlik va ´zgarish qonunlarini xisobga olishi kerak. Shundagina sub`ekt uchun tadqiqot ob`ektining ichki tabiati, mohiyatiga kirish y´li ochiladi.

2. Bilishning dialektik uslubi olamdagi narsa yoki hodisani ´rganishda ularning hamma tomon va bog`lanishlarini, shuningdek, uning boshqa narsalar va xodisalar bilan ´zaro munosabatlarini hisobga olishni talab etadi.

Real voqelikdagi narsalar bir-biridan ajralgan aloxida mavjud b´lmasdan, balki bir-biri bilan mustaxkam ´zaro bog`lanishlarda b´ladi va bir-birini taqoza qiladi. Shuning uchun olamdagi narsalar mantiqining in`ikosi b´lgan inson tafakkuri voqelikdagi narsa va xodisalarni butun tashqi olam bilan birga jonli va turli-tuman aloqasini qamrab olishi, aks ettirishi kerak. Nazariy bilim ´rganilayotgan ob`ektning har tamonlama munosabatlarda b´lishini k´rsatib borishi lozim. Faqat narsa va xodisalarning hamma bog`lanish va ´zaro munosabatlarini bilish insonga haqiqatga erishish imkoniyatini beradi.

3. Bilishning dialektik uslubi olamdagi narsa va xodisalarni faqat ´zaro aloqada va bir-birini taqoza qilishda olib qarash bilan birga uni harakatda, ´zgarishda va rivojlanishda qarashni talab qiladi. Bu ham dialektik muxim tamoyillaridan biri bo`lib, u bevosita narsa va xodisalarning ´zaro aloqadorligi tamoyilidan kelib chiqadi. Buning boisi shundaki, voqelikdagi barcha narsa va xodisalar ´zaro aloqadorligi, bog`lanishlari tufayli bir-biriga ta`sir qiladi va ularning xuddi shu ´zaro ta`siri harakatdir. Tabiat va jamiyat xodisalarining ´zaro bog`liqligi va bir-biriga ta`sir qilib turishi ularning doimiy harakatda rivojlanish va ´zgarishda b´lib turishini k´rsatadi. O`amma xodisalar ´zaro bog`liq b´lib, biri ikkinchisini taqoza etadi. Zero, dunyo abadiy harakat, ´zgarish va rivojlanishdadir.

4. Bilish dialektik uslubining yana bir muhim tamoyiliga binoan har qanday narsa va xodisani taxlil qilishda, ´rganishda unga konkret (aniq) tarixiy yondoshmoq kerak. Narsa va xodisalar mohiyatini bilish uchun uni tevarak-atrofdagi muhit, sharoit, joy, vaqtda bog`langan holda ´rganish maqsadga muvofiqdir. Konkret tarixiy yondashish tamoyiliga amal qilmaslik nazariya va amaliyotda xatoliklarga olib kelishi muqarrar.

Dialektik uslubning bu tamoyili ilmiy bilish va amaliyotda katta metodologik rol ´ynaydi. Narsa va xodisalarga konkret tarixiy yondoshish ularning rivojiga ta`sir k´rsatadigan omillarni taraqqiy etish y´nalishlarini belgilab olish imkoniyatini yaratadi.



8-mavzu: Bilish jarayoninning darajalari va bosqichlari.

Reja:


1. Bilish muammosining falsafada q´yilishi va xal qilinishi.

2. Bilish voqelikning inson ongida in`ikos etish jarayoni. Bilishning ob`ekti va sub`ekti.

3. Bilish jarayonining bosqichlari. Xissiy va aqliy (mantiqiy) bilish.

4. O`aqiqat tushunchasi. O`aqiqatning ob`ektivligi, nisbiy va mutloq xaqiqat dialektikasi.

5. Ilmiy bilish va uning ´ziga xos xususiyatlari.

6. Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari.

7. Ilmiy bilishning empirik darajasida q´llaniladigan uslublar.

8. Ilmiy bilishning nazariy darajasida q´llaniladigan uslublar.

9. Ilmiy bilish shakllari: ilmiy muammo, ilmiy g`oya, gipoteza, nazariya, ilmiy oldindan k´rish (bashorat).
1. Dunyoni bilish masalasi doimo faylasuflar diqqat markazida b´lib kelgan. Qadimgi faylasuflar, jumladan Markaziy Osiyo mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar) ham olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta`kidlaydilar. Shu bilan birga falsafa tarixida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlarini bilish mumkinligini inkor etuvchi, shubha qiluvchi ta`limotlar b´lib, ular agnostitsizm va skeptitsizmdir (I.Kant, D.yum).

Insoniyat, ijtimoiy amaliyot va ilmiy bilish taraqqiyotining ilgarilab borishi bunday ta`limotlarni puchga chiqarmoqda.

2. Bilish – moddiy va ma`naviy borliqning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan xolida muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir.

Falsafa fanining bilish nazariyasi quyidagilarga asoslanadi.

- Ob`ektiv olam bizning tasavvurimizga bog`liq b´lmagan xolda, undan tashqarida mavjud, u inson sezgi va tasavurlari manba`idir.

- Inson dunyo va uning rivojlanish qonunlarini bilishi mumkin, uning sezgi, tasavvur va tushunchalarida ´ziga bog`liq b´lmagan olam mazmuni in`ikos etadi.

- Bilish jarayonida amaliyot muxim rol ´ynaydi. Birinchidan, amaliyot bilishning boshlang`ich nuqtasi va asosidir, ikkinchidan, bilishning maqsadi hamdir.

3. Tashqi olamning inson miyasidagi in`ikosi murakkab dialektik jarayondir, bu jarayon xissiy va aqliy (mantiqiy) bilish bosqichlarida amalga oshadi. Xissiy bilish bosqichi sezish, idrok,tasavvur shakllarida amalga oshib, dunyo xaqida ma`lum darajada cheklangan aniq bilimlar kelib chiqadi. Narsalarning muxim belgilari, ularning ichki bog`lanishlari, mohiyatlari mantiqiy bilish bosqichida – tushuncha, xukm, xulosalar shaklida aks etadi.

4. O`ar bir tarixiy davrda inson ´zining amaliy faoliyati natijasida ob`ektiv olamni t´la va aniq aks ettiruvchi bilimga ega b´lib boradi. Bilim ob`ektiv reallikka mos keladimi yoki y´qmi? Bu masala haqiqat t´g`risidagi ta`limotda ´z ifodasini topadi. Shu ´rinda haqiqat, uning ob`ektivligi, mutloq va nisbiy xaqiqatlar, xaqiqatning konkretligini bilish muxim axamiyatga ega.

5. Voqelik xodisalarini bilish oddiy hayotiy tirikchilik uchun y´l topishdangina emas, balki ilmiy tadqiqot y´li bilan izlanishlar natijasida yangi bilimlarni vujudga kelishidan ham iboratdir. Ilmiy tadqiqotda bilishning aniq shakl va usullaridan foydalanish orqali ilmiy bilish vujudga keladi va rivojlanadi.

6. Bilishning asosiy mazmuniga qarab empirik va nazariy darajalarga ajratish mumkin. Bilishning empirik darajasi asosan tajriba bilan bog`langan bilim b´lib, u kuzatish, taqqoslash, o`lchash, chamalash, eksperiment uslublari ma`lumotlari natijasida vujudga keladi va rivojlanadi.

7. Nazariy bilish darajasi asosi nazariy tafakkur orqali rivojlanadi. Ilmiy bilishning bu darajasida ilgari to`plangan ma`lumotlar asosida olamdagi narsa va hodisalarning alohida shakllari emas, balki keng miqdordagi bir qancha hodisalar o`rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig`indisidan tarkib topgan bo`lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va kontseptsiyalarda namoyon bo`ladi. Lekin shuni aytish kerakki, bilishning bu ikki darajasi bir-biri bilan bog`langan.

8. Bilishning nazariy darajasida mavhumlik va aniqlik, aksiomatik, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish va boshqa uslublar qo`llaniladi. Shu bilan birga ilmiy bilishning ikkala darajasi uchun umumiy bo`lgan uslublar ham mavjud bo`lib bular: analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, analogiya, modellashtirish, tizimlashdir.

9. Ilmiy bilishning konkret uslublari bilan birga shakllari ham b´lib, ular: ilmiy faraz, ilmiy nazariya, gipoteza, ilmiy bashoratlardan iborat.


9-mavzu: Falsafada inson muammosi, uning asosiy jihatlari.

Reja:


1. Odamda tabiiylik va ijtimoiylik dialektikasi. «Odam», «inson», «individ» va «shaxs» tushunchalari.

2. Odam evolyutsiyasi haqida hozirgi zamon fani xulosalari.

3. Individ va shaxs tushunchasi.

4. Jamiyat va shaxs, shaxs va jamiyat munosabatlari.

5. Komil inson shaxsini shakllantirish ob`ektiv zaruriyat.

6. Jamiyatimiz hozirgi taraqqiyot bosqichida inson omili rolining, inson ijtimoiy-siyosiy faolligining o`sib borishi.


1. Inson, uning tabiati va mohiyati ilm-fan va falsafaning diqqat-markazida turgan muammolardan bo`lgan. Bugungi kunga kelib esa ilmiy-texnika inqilobi oqibatlari va umumbashariy muammolar hal etilishining keskinlashuvi tufayli hayot ma`nosi ayniqsa dolzarb bo`lib turibdi. Falsafa insonni yaxlit o`rganar ekan, uni bir butun (kosmik) sistema ichidagi alohida yaxlitlik deb biladi va ratsional (aql va farosat) nuqtai nazaridan tarixiy mavjudot sifatida o`rganadi.

Odamdagi tabiiylik va ijtimoiylik birligi muammosini anglab olish muhimdir. Odam avvalo biologik mavjudot sifatida barcha biologik turlar kabi tabiiy tur belgilariga ega. Odamning tug`ilishi, hayotining davomiyligi, voyaga yetishi, ko`pgina qobiliyatlari biologik asosga ega.

Tabiiylik vaqt jihatidan birlamchi bo`lib, ijtimoiylik sharoit va muhit bilan belgilanadi. Odamning shakllanishida ijtimoiylikni qaror topishi biologiyaviy omillarni boshqarish, tartibga solish, chegaralash hisobiga amalga oshadi. Shakllangan biologiyaviy omillarga ijtimoiylik katta ta`sir ko`rsatadi.

Ijtimoiylik va tabiiylikning inson kamolotidagi o`rni bir xil bo`lmagan. Jamiyat rivojlangan va ijtimoiy omil kuchaygan sari uning biologiyaviylikka ta`siri ham osha borgan.

Ammo biologik omil insonda hech qachon o`z ahamiyatini yo`qotishi mumkin emas. U inson moddiy va ma`naviy madaniyati taraqqiyoti uchun zarur sharoitdir. O`ar bir odam biologik jihatdan ham, ijtimoiy jihatdan ham betakrordir. O`ar bir odam biologik o`ziga xoslikka, betakrorlikka ega ekan, mana shu betakror negizga ijtimoiy muhitning ta`sir qilishi ham betakror natijalarga olib keladi.

¤zbek tilida «odam» va «inson» tushunchasiga ma`nodosh bo`lgan «shaxs» tushunchalari ham mavjuddir. «Shaxs» tushunchasi faqatgina ijtimoiylikni anglatib, falsafada mustaqil kategoriya sifatida qo`llaniladi. «Inson» tushunchasi esa «odam» tushunchasiga juda yaqin bo`lib, u jamiyat tomonidan umum e`tirof etilgan qonun-qoidalar, odob-ahloq normalariga qattiq rioya qilgan holda yashash ko`nikmasiga ega bo`ladi. «Odam» tushunchasi «shaxs» va «inson» tushunchalaridan kengroqdir. Bu tushuncha faqat turga mansublikni ifodalash bilan undagi ijtimoiy jihatlarni ham inkor qilmaydi. Odamda biologik ehtiyojlarni qondirish oldingi o`rinda tursa, moddiy ehtiyojlarini o`zi yashayotgan jamiyat ma`naviy qadriyatlari doirasida qondirishga intilib yashashni afzal biladi.

«Odam» va «inson» tushunchalariga munosabatda mana shu xususiyatlarni albatta e`tiborda olish zarur. Aks holda xulosalar bir tomonlama va g`ayriilmiy bo`lib qoladi.

2. Odamning mohiyatini bilish uning paydo bo`lishi va tadrijiy rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir.

Din va uning ta`limotlari fanni hamisha ham inkor qilmaydi, balki narsalarning asl sababi va mohiyatini xudo g`oyasi bilan izohlaydi. Insonning paydo bo`lishi to`g`risidagi falsafiy ta`limot hozirgi zamon tabiiyotshunoslik fanlari dalillariga asoslangan. Odam sut emizuvchi hayvonlarning maxsus turi sifatida bundan taxminan 5-5,5 mln. yillar muqaddam shakllangan, uning xromosomalarida ro`y bergan o`zgarishlar tufayli u ongli mehnat qilishga o`tib, oziq-ovqat topishga, birgalikda o`z-o`zini himoya qilishga o`rgangan.

Antroposotsiogenezning asosiy omillari - til, nutq, ong, mahnat, nikoh munosabatlarining tartibi, ijtimoiy-ahloqiy tartiblar bir-biri bilan uzviy bog`liqlikda amalga oshgan.

3. Individ odamlar guruhi jamoasi orasidagi o`zining betakror xususiyatlariga ega bo`lgan ayrim kishidir.

Ijtimoiy guruh, jamoa, jamiyat individlarni o`z izmida borishga majbur etibgina qolmay, balki ular «individ ichida» va ular tufayli mavjud bo`ladi. Buning ma`nosi shuki, faqat jamoa individlarga individual qiyofalari qanday shakllanishga ta`sir ko`rsatib qolmay, shu bilan birga uncha uyushgan individlar ham muayyan butunlik (ijtimoiy guruh, jamoa va hokazo) qanday holatda namoyon bo`lishiga ta`sir etadilar. Individ yashayotgan tarixiy davr, uni qurshab olgan ijtimoiy muhit unga o`z muhrini bosadi, shunga muvofiq u individual fe`l-atvorga (xulqqa) ega bo`ladi. Bu hol ko`pincha uning atrofidagi narsa va hodisalarga faqat individning o`zigagina xos munosabatini vujudga keltiradi. Individ o`zi yashab turgan jamiyat imkoniyatlari va sharoitlari bilan hisoblashadi. Shu bilan birga jamiyat oldida, ajdodlar ruhi va kelajak avlodlar oldida qarzdor ekanini anglashdan boshlab, individda shaxsiy sifatlar shakllana boradi.

Shaxs muayyan tarixiy sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jarayonida o`zi mansub bo`lgan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifodalaydigan, bularni himoya qila oladigan, mustaqil fikrlash va muayyan vaziyatda ma`suliyatni o`z bo`yniga olib, mustaqil qarorga kela oladigan individdir. Mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlarga kelish muayyan dunyoqarash, uning ta`sirida qaror topgan qadriyatlarni qadrlashni taqoza etadi. Shuning uchun shaxs qadriyatlar orqali muayyan dunyoqarashni tashuvchi, himoya qiluvchi, qaror toptiruvchi ijtimoiy kuchdir, binobarin, u o`z dunyoqarashi asosida shakllanadigan imon-e`tiqod egasi hamdir.

erkinlikka ega bo`lish shaxs uchun tarixiy, ijtimoiy va ahloqiy qadriyat bo`lib, uning individualligi namoyon bo`lishi va jamiyat taraqqiyoti darajasining mezonidir.

Ilmiy falsafa shaxs va uning erkinligi masalasiga dialektik nuqtai nazardan qaraydi: odam muayyan tarixiy davr va jarayonda har qachon tanlov erkiga ega, shunga muvofiq uning shaxsiy sifatlari namoyon bo`ladi.

4. Jamiyat o`z a`zolari individual qobiliyatlari va salohiyatlarini ro`yobga chiqara olishlari uchun nechog`lik shart-sharoit yaratish darajasiga qarab, o`zi ham shu darajada taraqqiy etadi. Ilg`or dunyoqarashga ega shaxslar qanchalik ko`p bo`lsa, jamiyat ham shunchalar farovon, undagi munosabatlar shunchalik insoniy tus olib boradi. Jamiyat o`z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni xal etish jarayonida shaxsning muayyan tarixiy tiplarini yaratadi.

5. ¤zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish sharoitida imonli komil inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo`lib qoldi. Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o`z oldiga ana shunday shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo`ydi.

6. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro`yobga chiqishini ta`minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo`luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o`zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e`zozlanadi.


10-mavzu: Madaniyat, qadriyatlar, ularning inson ma`naviy kamolotidagi o`rnining falsafiy talqini.

Reja:


1. Madaniyatning falsafiy tushunchasi, uning turlari va jamiyat taraqqiyotidagi o`rni.

2. Madaniyat va sivilizatsiya, ularning o`zaro aloqadorligi.

3. «Qadriyat» tushunchasi, ularning mohiyati, turlari, jamiyat taraqqiyotidagi o`rni.

4. Milliy madaniyat va qadriyatlar, ularning komil insonni tarbiyalashdagi axamiyati.


1. Madaniyat murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir.

Madaniyat insonning faoliyati jarayonida hamda uning oqibatida yaratilgan ja`mi moddiy va ma`naviy qadriyatlarni o`z ichiga qamrab oladi, madaniyat shaxsni shakllantiruvchi va kamolotga erishtiruvchi ijtimoiy hodisadir.

Madaniyat qadimiy davrlardan paydo bo`lgan va u insonlar hayotida doimo katta rol o`ynab kelmoqda. Madaniyat tarixi – insoniyat tarixining ajralmas bir qismi bo`lib, odamlar jamiyat bo`lib yashashga o`tgach, uning axamiyati beqiyos oshib ketdi.

Olimlar madaniyatning kelib chiqishini turlicha tushuntirib keladilar. Agar madaniyat narsalarga ishlov, sayqal berish ma`nosida talqin etilsa, u holda madaniyat elementlari pitekantroplardan bashlangan, deyish mumkin. Chunki, dag`al bo`lsa-da, dastlabki mehnat qurollarini yaratish o`shalardan boshlangani fanga ma`lum.

«Madaniyat» tushunchasiga ta`rif berishda ham turlicha talqinlar mavjud. Ba`zi tadqiqotchilar uni arabcha «madina» va «iyat» so`zlarining qo`shilishidan kelib chiqqan va u «shaharga oid» ma`nosini anglatadi, deb hisoblaydilar. Madaniyat boshqa xalqlar tillarida, shu jumladan o`zbek tilida bilimdonlik, tarbiya ko`rganlik ma`nolarida ishlatiladi. Ayrim Ovrupolik olimlar madaniyat tushunchasi lotincha «kultura» so`zidan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar. Kultura parvarishlash ma`nosini bildiradi. Uni ko`pincha tabiatga munosabatda, dehqonchilik bilan shug`ullangan holatlarga nisbatan ishlatganlar. Keyinchalik unga kengroq ma`no berib, ma`rifatlilik, bilimlilik, tarbiya ko`rganlilik ma`nolarida ishlata boshlaganlar.

Madaniyat ikkita turga – moddiy va ma`naviy madaniyatga bo`linadi. Madaniyatning bu turlari o`zining mazmun va mohiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi.

Moddiy madaniyat deganda mehnat qurollari, moddiy boyliklar moddiy turmush sharoiti uchun xizmat qilishga yaratilgan narsalar tushuniladi. Moddiy madaniyat moddiy boyliklarning butun bir majmuidir.

Ma`naviy madaniyat ijtimoiy ongning barcha shakllarini, dunyoqarashning butun sohasini, jamiyatdagi g`oyalar va ta`limotlarni, badiiy asarlar, estetik qarashlar, ma`naviy-ahloqiy qadriyatlarni o`z ichiga oladi.

Ma`naviy ishlab chiqarish natijasida yaratilgan va jamiyat hamda insonlar uchun muxim bo`lgan narsalar ma`naviy boyliklar deb ataladi. Ma`naviy boyliklar avloddan-avlodga meros bo`lib qoladi va u doimo jamiyat taraqqiyotida muxim rol o`ynaydi.

Ma`naviy madaniyat o`z shakli jixatidan ikki xil – milliy va baynalmilal (internatsional) bo`ladi. Uning milliy shakli muayyan millat, elatning tarixan tarkib topgan madaniyatidir: u bularga xos turmush tarzi, ruxiy xolat, munosabatlarni, xususiyatlarni in`ikos ettiradi.

¤zbek milliy madaniyatida umumbashariy jixatlar ko`p. Uning mazmuni inson hayoti, uning munosabatlarining barcha yo`nalishlarida ijodiylik, faollik, yaratuvchi mehnat qilishni ifodalaydi.

Madaniyat ijtimoiy amaliyot jarayonida butun insoniyat yaratgan hamda muayyan jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan bosqichni anglatadigan moddiy va ma`naviy qadriyatlar yig`indisi sifatida ham namoyon bo`ladi.

Madaniyat taraqqiyoti muayyan ob`ektiv qonunlarga bo`ysunadi. Ular quyidagilardan iborat.

a) madaniyatning vujudga kelishi bir tipdan ikkinchisiga o`tishi, ishlab chiqarish munosabatlari tasnifi (xarakteri), ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarga ham bog`liq;

b) Madaniyat taraqqiyotida vorislik muxim o`rin egallaydi. Jamiyatda ilgari hosil etilgan, to`plangan moddiy, ma`naviy boyliklarni o`zlashtirish, ijodiy rivojlantirish orqali madaniyat takomillashib boradi, inkorni inkor qonuni tufayli taraqqiyotning oldingi bosqichidagi tajribalarni tanqidiy o`zlashtirish oqibatida yuksaladi;

v) Madaniyat taraqqiyparvar yoki unga zid, eskirgan yoki yangi g`oya, mafkura, oqim, mayllar kurashida ham namoyon bo`ladi. Unda har doim ziddiyatlar paydo bo`lib, hal etib boriladi.

Madaniyat jamiyatda bilish, aloqa (kommunikativ), tartibga solish (regulyativ), normativ, baholash vazifalarini bajaradi.

2. Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lib, ular o`rtasida umumiylik, ya`ni birlik, mushtaraklik bor. Ular orasida yana tafovutlar (farq)lar ham mavjud. Umumiylik shundaki, ikkisi ham tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq ommasi yaratgan, tarixan tarkib topgan, moddiy va ma`naviy boyliklar, qadriyatlar yig`indisi negizida rivojlanadi.

Madaniyat bilan sivilizatsiya orasidagi tafovut shundaki, sivilizatsiya inson bilan insoniyat jamiyatining madaniy o`zgartiruvchilik, moddiy va ma`naviy madaniyatni yaratuvchilik faoliyatining bir bosqichi, darajasidir.

TSivilizatsiya ijtimoiy-madaniy birikma sifatida madaniyatning ijtimoiy borlig`ini ham anglatadi. Keng ma`noda sivilizatsiya xalq va xalqlar ijodiy faoliyati, muayyan sohalardagi muvaffaqiyati, o`ziga xos turmush tarzining namoyon bo`lishidir.

TSivilizatsiyani turkumlashda xilma-xilliklar ko`p. Chunonchi, ijtimoiy, sinfiy, etnik, diniy, davriy tamoyillar asosida turkumlash mavjud. Sivilizatsiya har qanday fomatsiyaga, tarixiy davrga qaraganda kengroq tushuncha bo`lib, unda umuminsoniy, umumbashariy jixatlar yetakchidir.

3. Qadriyat ham falsafa tomonidan o`rganilayotgan murakkab ijtimoiy hodisadir. Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne`matlari, xodisalar majmui nazarda tutiladi.

Qadriyatlar o`z-o`zidan shakllanmaydi, boyimaydi. Ularning shakllanishi, rivojlanishi uchun muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy zaminlar zarur.

Qadriyatlar o`z mohiyatiga ko`ra bir necha turga bo`linadi. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo`q joyda biror narsaning qadr-qimmati to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimli va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog`lig`ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo`nalishini tashkil etadi.

Qadriyatlarning turlariga yana tabiiy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar, madaniy-ma`naviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarni kiritish mumkin.

Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko`ra, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo`linadi.

4. Milliy madaniyat va qadriyatlar doimo yangi insonni shakllantirishda, uni komilikka erishtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlaboq milliy madaniyatdan, qadriyatlardan foydalangan holda komil insonni shakllantirishga, unga yuksak tarbiya berishga harakat qilinmoqda.

O`ozirgi kunda ¤zbekiston fuqarolarining katta qismini yoshlar tashkil etadi, ularni shunday tarbiyalash kerakki, toki ular Vatanni sevish, millatni ulug`lash, milliy madaniyatni kuchaytirish, qadriyatlarni e`zozlash o`zlarining burchlari ekanligini xis qilishsin.



11-mavzu: Jamiyatni falsafiy anglash asoslari.

Reja:


1. Jamiyat tushunchasi, Jamiyatning kelib chiqishi, mohiyati va taraqqiyoti t´g`risidagi falsafiy qarashlar.

2. Jamiyatni falsafiy anglashning asosiy tamoyillari.

3. Jamiyat taraqqiyoti tarixiy jarayon sifatida.

4. Ma`rifatli, fuqorolik jamiyatini qurish ¤zbekistonda r´y berayotgan tub demokratik ´zgarishlarning bosh maqsadi.


1. Falsafa insonning olamga munosabatini tadqiq etadi. Olam murakkab, u turli-tuman k´rinishlarga ega. Jamiyat olamning bir k´rinishi, muhim tomoni, namoyon b´lish shakli hisoblanadi. Faylasuflar qadimdan jamiyat nima? U qanday tuzilgan? Jamiyatning rivojlanishi qanday kechadi? Inson unda qanday ´rin tutadi? kabi savollarga javob izlaganlar. Bu hol jamiyat haqida xilma-xil falsafiy qarashlarning shakllanishiga sabab b´lgan. Diniy dunyoqarash jamiyatning kelib chiqishi, ´zgarishining sabablarini iloxiyotdan izlagan. Ayrim falsafiy qarashlarda jamiyatning mohiyati, taraqqiyoti sabablari ongdan, g`oyalardan, ma`naviyatdan izlangan, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining bu boradagi fikrlari diqqatga sazovor. Ularning fikrlaricha, olam, shu jumladan jamiyatning kelib chiqishi birinchi sababga - «vujudi vojib», ya`ni «Zaruriy vujud» (Olloh)ga bog`liq. Markaziy Osiyoning yirik entsiklopedist olimlaridan Abu Nasr Forobiy jamiyatning kelib chiqishi t´g`risidagi qarashlarida inson jamoasining kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyojlar yotadi; tabiiy ehtiyoj kishilarni bir-biri bilan birlashishiga, jamoaga uyushishiga, ´zaro yordamga olib keladi. Ana shu ´zaro yordam tufayli ehtiyoj qondiriladi. Kishilar ´rtasidagi ´zaro yordam inson jamoasini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi. Forobiyning ta`kidlashicha, insoniyat jamiyati turlicha xalqlardan tashkil topgan b´lib, ular bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, malakalari, xususiyatlari bilan farqlanadilar. Forobiy jamiyatning asosida kishilar orasidagi munosabat yotishi haqida t´xtalib: - «odamlarga nisbatan ularni birlashtirib turuvchi ibtido - insoniylikdir, shu tufayli odamlar, odamzod turkumiga oid b´lgani uchun ham ´zaro tinchlikda yashamoqlari lozim», deb xisoblaydi. Jamiyatning inson uchun muhimligi masalasi Abu Ali ibn Sinoning «Ishorat va tanbixat» asarida ´z ifodasini topgan: «Inson ´z shaxsiy talablari jixatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insonniyatning boshqa vakillari bilan munosabatda b´libgina, ularni qondirishi mumkin»1.

Abu Rayxon Beruniy jamiyatni «idora qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning xuquqlarini himoya qilish, birovning tinchligi y´lida ´z tinchligini y´qotishdan iborat», deb biladi. Bobokolonimiz, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Ideal jamiyat»ning hayoliy qiyofasini yaratadi. U ideal jamiyat deganda, adolat xukmron b´lgan, ilm-ma`rifatli kishilar jamoasini nazarda tutadi.

2. Jamiyatning mohiyatini yoritmoq uchun quyidagilarni nazarda tutmoq lozim:

a) jamiyatni insonsiz tasavvur etish mumkin emas. Jamiyat bu, avvalo, insonlar uyushuvi, birikuvidan iborat b´lgan jamoadir. Lekin odamlarning har qanday uyushuvi jamiyatni tashkil etmaydi. Jamiyat maqsadlari, orzu-intilishlari, yashash tarzlari mushtarak b´lgan kishilar uyushuvi hisoblanadi;

b) jamiyat bir butunlikni tashkil etuvchi yaxlit ijtimoiy vujud. Jamiyatni uning a`zolari b´lmish odamlarning mehnat faoliyatlarisiz tasavvur etish mumkin emas. Kishilar faoliyatlari davomida ´zlarini ´rab turgan olam, ya`ni tabiat bilan hamda ´zaro bir-birlari bilan aloqa hamda munosabatlarga kirishadilar. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyat tushunchasini maqsadlari, intilishlari mushtarak b´lgan kishilar faoliyati, uning k´rinishlari, shuningdek, kishilar orasidagi ijtimoiy munosabatlar mahsuli va k´rinishi sifatida tushunilmog`i lozim;

v) jamiyat shunday bir ijtimoiy uyushmaki, u doim ´zgarib, taraqqiy etib boradi; bir sifat xolatidan ikkinchi sifat holatiga ´tadi. Tabiat taraqqiyoti singari jamiyat taraqqiyoti ham qonuniy tarzda kechadi;

g) jamiyat murakkab, tashkillashgan ijtimoiy vujud b´lib, uning hayotining ikki bir-biri bilan chambarchas bog`liq muhim tomoni bor: a) jamiyatning moddiy hayoti; b) jamiyatning ma`naviy hayoti;

d) jamiyatning moddiy hayoti deganda, birinchi navbatda, kishilarning ishlab chiqarish faoliyatlari, tabiatga ta`sir etishga, moddiy ne`matlar va hayotning moddiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan xatti-xarakatlari nazarda tutiladi. O`ar bir jamiyat ´ziga xos ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlariga ega;

e) Jamiyatning ma`naviy hayoti deganda, undagi turli ijtimoiy qarashlar, mafkura va mafkuraviy munosabatlar, ta`lim-tarbiya, madaniy meros, ma`naviy boyliklarning ja`mi k´rinishlari (adabiyot, san`at, fan va x.k.lar) nazarda tutiladi;

j) har qanday jamiyat muayyan tuzilishga ega. Jamiyatning tuzilishi deganda, uning qanday ijtimoiy guruhlardan, sinflardan tashkil topganligi, ijtimoiy-siyosiy uyushmalar, tashkilotlar nazarda tutiladi. Oila va etnik birliklar (urug`, qabila, elat, millat) jamiyat tarkibining muhim qismi xisoblanadi.

3. Jamiyat taraqqiyoti tarixiy jarayon b´lib, bu kishilar amaliy faoliyatlari orqali va shu tufayli amalga oshadi. Shu ma`noda jamiyat taraqqiyotining manba`ini insonning mehnati, jamiyat a`zolarining faoliyati tashkil etadi, deyish ´rinlidir. Jamiyat taraqqiyoti ob`ektiv va sub`ektiv omillar ta`sirida kechadi. Jamiyatning, undagi tarixiy jarayonning sub`ekti deganda xalq ommasi, shaxslar va tarixiy shaxslar nazarda tutiladi.

Tarixan jamiyat taraqqiyotining ikki y´li ma`lum: inqilobiy va tadrijiy.

4. ¤zbekiston ´z mustaqil taraqqiyotining tadrijiy y´lini, bosqichma-bosqich ´zgarishlar y´lini tanlab olgan. Buni jamiyat taraqqiyotining respublikamizga xos modeli, deb atash lozim b´ladi.

¤zbekistonda demokratik xuquqiy davlat, fuqorolik jamiyati shakllanishi unda r´y bergan va amalga oshirilayotgan barcha demokratik jarayonlarning bosh maqsadi hisoblanadi. Demokratiya jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim shartidir. Demokratiya xalqning erkinligi, ´z taraqqiyot y´lini mustaqil tanlab olganligida, mustaqillik y´lidagi yuritilayotgan ichki va tashqi siyosatda, jamiyat a`zolarining xuquqlarining kafolatlanishida namoyon b´lmoqda.

Demokratiya tamoyillariga asoslangan fuqarolik jamiyati deganda, jamiyat a`zolarining manfaatlari mushtarakligi ta`minlangan, fuqorolarning xuquqlari har tomonlama kafolatlangan, insonning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan jamiyat nazarda tutiladi.
12-mavzu: ¤zbekiston mustaqilligining nazariy – falsafiy masalalari.

Reja:


1. ¤zbekistonning mustaqil taraqqiyoti va uning ´ziga xos xususiyatlari.

2. Mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyotning ravon y´lini aniqlashda falsafa fanining ´rni.

3. Falsafaga fan sifatida yondashuv – ijtimoiy zarurat ekanligi.

4. Ma`naviyatimizning asosi masalasi.


1. ¤zbekiston mustaqilligini siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy, boringki, hayotning jamiki sohalarida mustaxkamlash manfaatlari falsafa faniga yangicha metodologik yondashuvlarni qaror toptirish, nazariyaga doir muammolarni hal qilishni taqoza etayotganini anglab olish maqsadga muvofiq.

Bir asrdan ziyod mustamlakachilik tartiblarida yashashga majbur b´lgan ¤zbekiston xalqlari siyosiy mustaqillikka erishgach, taraqqiyotning yangi bosqichiga ´tdilar. Bu bosqichning murakkabligi va ´ziga xosligi shundaki, totalitar davlat tuzimi va uning maxsuli bo`lgan ma`muriy – buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan har bir inson xaq - xuquqiga kafolat b´ladigan xuquqiy demokratik davlat tartibotlari, jumladan, kuchli davlatdan ´zini - ´zi boshqaradigan kuchli jamiyatga ´tish tarixiy zaruriyat b´lib turibdi. S´ngra, mulkning davlat manopoliyasidan xususiy mulkchilik ustivor b´lgan va bozor iqtisodiga asoslangan yangi munosabatlarni shakllantirish ham nazariyada va ham amaliyotda ilgarigidan tubdan farq qiladigan yangicha qarashlar, yangicha nuqtai nazarlarga kuchli ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. Bularning barchasi inson omili bilan bog`lanib ketishini nazarda tutsak, kishilarimiz tafakkur tarzini, dunyoqarashini ´zgartirish hayot taqozasi b´lib turganiga guvoh b´lamiz.

yangi vaziyat, mustaqil milliy davlatning faol siyosati tufayli ´zgarayotgan sotsial muhit individlar va ijtimoiy ongga ta`sir etib, har bir odamning borliq va ijtimoiy hayot haqida jiddiy ´ylashga majbur etmoqda; shu jarayonda xilma-xil fikrlar, g`oyalar, qarashlar yuzaga kelib, odamlar va ularning turli uyushmalarini u yoki bu masalada ijodiy fikrlashga, ´zi, ´zligi, buguni va kelajagi haqida jiddiy qayg`urishga, demakki, turmushning yangicha tarzlariga ´tib olish uchun ´ylashga da`vat etmoqda. Shu asnoda jamiyatda yangi bunyodkor sinf – mulkdorlar sinfi shakllanib, ular siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy, ma`naviy-ahloqiy munosabatlarga kuchli ta`sir ´tkaza boshlamoqda.

¤tish davri qiyinchiliklari va ularni mardonavor yengish zaruriyatini har bir odam anglab yetishi, bu jarayonda faollik k´rsatishi uchun nazariy-falsafiy masalalarga birinchi darajali ahamiyat berish zarur b´lib turibdi.

2. Ma`naviy-ma`rifiy hayotni tubdan isloh qilmay va yangicha fikrlaydigan komil insonlar shaxsini shaklantirmay turib, milliy davlatchilikni y´lga q´yishda, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishib b´lmasdi. Avvalo falsafa faniga yangicha metodologik yondashib, sinfiylik tamoyillari negizida har bir mamlakat va butun dunyo miqyosida dushman obrazi yaratishdan iborat qarashlardan batamom xoli b´lish, ovr´poparastlik mayllariga barham berish, ayni paytda sharqparastlik mayllarining qaror topib qolishiga y´l q´ymaslik zaruriyati paydo b´lmoqda. ¤tmishni yalpi qoralash yoki yalpi ideallashtirish ham ijtimoiy taraqqiyot va inson kamolatiga salbiy ta`sir k´rsatishini yosh avlod aniq-ravshan tasavvur etishi lozim.

Milliy mustaqillikni mustaxkamlash y´lida t´siq b´ladigan har qanday g`oyalarga qarshi muvaffaqiyatli kurash uchun milliy mafkurani takomillashtirish, uning falsafiy ildizlarini mustahkamlash, ta`sirchanligini tobora oshirib borish, yosh avlodni ´z vatanini qadrlash, milliy ongni rivojlantirishga imkon tug`dirib, ularning yot, begona g`oyalar ta`siriga tushib qolishidan saqlaydi. Demak, Milliy mafkura nazariy asoslari va amaliy y´nalishlarini yanada rivojlantirishda faylasuflarimiz oldida katta vazifalar turibdi.

Fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm) sharoitida bir narsaga qarashlar, tushunchalarni turlicha talqin qilishlar tabiiy bir xoldir. Ammo ana shu fikrlar, g`oyalarni saralab olib, milliy va umuminsoniy manfaatlar va ehtiyojlar ifodasi b´lgan nazariy qarashlarga asoslanib faoliyat y´nalish belgilash uchun ilg`or falsafiy qarashlar malakasiga ega shaxslar albatta kerak.

3. Milliy davlatchilik dunyoviy asoslarda, demokratik tamoyillar negizida shakllanayotganini, jahon miqyosida globallashuv jarayoni ketayotganini kadrlarda ´z ixtisosining muxtasar egasi b´lishini taqoza etishdan tashqari yana ular olamiy fikrlash qobiliyatlariga ega b´lishlari zarurat b´lib turibdi. Zero, falsafiy tafakkur va dunyoqarashdan bexabar b´lgan mutaxassisni ´z davrining peshqadam kishisi, barkamol shaxsi deyish qiyin. Shuning uchun ham ilg`or falsafiy fikrlar, qarashlar, nazariyalar, ta`limotlarga keng y´l ochish jarayonini jadallashtirish uchun avvalo falsafa fan ekanini tan olish, s´ngra uni fan sifatida ´rganish zarurat ekanini anglab yetish davri keldi, deb ´ylaymiz. Bugungi kunda falsafani fan emas deyishdan tortib, u fanlar tarkibiga tarqalib ketgani uchun maxsus fan sifatida ´rganishga xojat y´q, deyishgacha fikrlar bor. Falsafamiz faqat Sharq falsafasi b´lishi, ¢arb andozalaridan voz kechish, hatto falsafaga milliy libos kiygizish lozim, deguvchilar ham y´q emas.

Bugungi falsafa fani boy kategorial bazaga va chuqur nazariy qoidalarga egadir. Uning tushunchalari, kategoriyalari, qonunlari, tamoyillari, bilish uslublarini chuqur ´rgangan kadrlargina ijtimoiy hayotda qoqilmaydilar, g`ayriinsoniy g`oyalar asiri b´lib qolmaydilar. Binobarin, falsafani fan sifatida ´qitish kadrlarga ijtimoiy tarqqiyot murvatlarini ishga solish qobiliyatlarini shakllantiradi.

4. ¤zbekiston Kontitutsiyasida mamlakatimizda «insonparvar demokratik xuquqiy davlat barpo etish», grajdanlik jamiyatini shaklantirish, u erkinlik, ozodlik, tenglik, ijtimoiy adolat jamiyati b´lmog`i nazarda tutilgan. Demak, bu davlat va jamiyat ma`naviyatining asosi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi sifatida falsafa b´ladi, deyish mumkin. Bu falsafa sinfiylik, milliylik tamoyillaridan holi b´lib, har qanday shakl-shamoyilda dushman obrazi yaratishdek amaliyot y´lini t´sadi va chinakam insoniy ma`naviyat qaror topishi uchun g`oyaviy asos b´ladi. U Sharq va ¢arb falsafasi durdonalarining qonuniy vorisi sifatida takomillashib boradi. Ayni chog`da bu falsafa din va ilohiyot ma`naviyatimizni boyitishi, jamiyatda ma`naviy-ahloqiy muhitni sog`lomlashtirishi uchun xizmat qilishini nazarda tutadi. Natijada falsafani iloxiyotga, fanni dinga qarama-qarshi q´yishdek g`ayriinsoniy amaliyotga ´rin qolmaydi.

Istiqbolda hamma sohada aql-idrok tantanasi davri kelishiga odamlarda komil ishonchni tarbiyalashdek tarixiy vazifani bajarishda bu falsafa karvonboshilik qiladi. Ilmiy-texnika inqilobi sharofati tufayli yuzaga kelayotgan kashfiyotlar insoniyatning porloq istiqboliga xizmat qilishi tomonga burib yuborilishiga ilmiy falsafa xizmat qilib, u har bir mamlakatda va butun dunyoda ´zining munosib ´rniga ega b´lib qoladi. Natijada inson omili buzg`unchilik, vayronagarchilikka emas, balki yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlari tomon y´nalish oladi.

Albatta ¤zbekistonda ma`naviyat milliy negizda rivojlanadi va bu xol umuminsoniy qadriyatlarning qaror topishi uchun kafolat b´ladi. O`ar bir millatning tarixan tarkib topgan ´z tabiati (mentaliteti) va shunga muvofiq dunyoqarashi, tafakkur va turmush tarzi b´ladiki, bu uning falsafiy qarashlarida ´z mujassamini topadi. Shuning uchun milliy falsafa milliy qadriyatlar gultojisi b´lib, u umuminsoniy qadriyatlar majmuasi b´lgan falsafa faniga va falsafiy qarashlarga ters b´lmasligi ustida gap ketadi. Turli-tuman falsafiy oqimlar bor va yangi-yangi oqimlar paydo b´laveradi. Lekin bu oqimlarning birontasi, jumladan milliy falsafa falsafa fanining ´rnini egallab olishdan ehtiyot b´lish kerak. Aks xolda ijtimoiy xodisalarga sinfiylik tamoyillari ´rnini milliylik tamoyillari egallab, falsafiy aqidaparastlikka yangi yo`l ochilishi mumkin. Milliy falsafalar umuminsoniy falsafiy fikrlar xazinasining tarkibiy qismi b´lib qolgandagina qadr topadi va taraqqiyotga xizmat qiladi. Falsafani fan sifatida ´tish turli falsafiy oqimlarni yonma-yon yashashi uchun qulay muhit hozirlaydi.


13-mavzu: Jamiyatni ilmiy bilish va ilmiy boshqarish muammolari.
Reja:

1. Ijtimoiy voqelikni bilishning ´ziga xos xususiyatlari.

2. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlarni bilish jarayoniga ta`siri.

3. Ijtimoiy ziddiyatlar va ularni bartaraf etish shakllari.

4. Jamiyatni demokratik tamoyillar asosida boshqarishning asoslari.
1. Jamiyatning rivojlanish qonunlarini bilish ijtimoiy hayotimizning iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy sohalarida namoyon b´layotgan ziddiyatlarni chuqur va atroflicha anglab, ularni ´z vaqtida bartaraf etishga yordam beradi. Mamlakatimizni ilmiy asosda boshqarish jamiyatimizda osoyishtalik, tinchlikni barqarorlashtirish, insonning baxt-saodati, istiqboli uchun zarur b´lgan barcha narsalarni yaratib berishning asosiy omillaridandir. Ijtimoiy bilishning ob`ekti jamiyat, uning predmeti esa inson hamda uning faoliyati va madaniyati hisoblanadi.

Tabiatdan farq qiluvchi jamiyat faqat bilish ob`ekti b´lmasdan, balki uning sub`ekti hamdir.

Moddiy boyliklar ishlab chiqarish usulining rivojlanishi va almashuvi tabiiy-tarixiy xarakterga ega, u ´z ichki qonuniyatlariga amal qiladi, uni ´rganish esa ijtimoiy bilishning asosiy masalasini tashkil qiladi. Ijtimoiy jarayonlarni bilishning ´ziga xos xususiyatlari jamiyat qonunlarining tabiat qonunlaridan farqidan kelib chiqadi.

2. Ijtimoiy bilish sub`ekti – bu, ´zining aniq maqsad, manfaat va extiyojlarini k´zlovchi, ma`lum sinfga, ijtimoiy guruxlarga mansub b´lgan aniq shaxsdir. Bilish sub`ektining ijtimoiy hayotga qanday munosabatda b´lishi uning tabiatiga muhim ta`sir k´rsatadi. O`ar bir jamiyatda ijtimoiy hodisalarni bilish, ularni tushuntirish odatda shu jamiyatning dunyoqarashi, diniy va axloqiy qoidalariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun ijtimoiy bilishning mazmuni, mohiyati uni bilayotgan sub`ektning ijtimoiy mavqeiga bog`liq b´ladi. Ilmiy haqiqat har doim yagona b´lib, u ob`ektivdir. Bu ma`noda xaqiqat kishilarga, sinflarga befarqdir, lekin kishilar, sinflar unga nisbatan befarq emas.

Ijtimoiy bilishning aniq tarixiy dalillarga tayangan empirik darajasi ma`lumotlari undan yuqoriroq bosqich b´lgan nazariy darajasida umumlashtirilib, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari ochiladi.

Ijtimoiy dalillarning va ijtimoiy nazariyalarning birligi ilmiy oldindan k´rish va bashorat qilish uchun asos b´lib xizmat qiladi.

Jamiyat taraqqiyotini oldindan bilish va bashorat qilish t´g`risida turlicha ma`lumotlar mavjud. Shularning ichida keng tarqalgan kontseptsiyalar hisoblangan futurologiya va germenevtikani k´rsatish lozim.

Jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini bilish va ulardan inson manfaati uchun foydalinishda ijtimoiy faoliyatning ´rni kattadir.

3. Jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqishi sabablarining chuqur va har tomonlama taxlil qilinishi ularni hal etishning muhim omilidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ma`lum maqsadlar va manfaatlar y´lida harakat qiluvchi kishilar faoliyatida namoyon b´ladi.

Ob`ektiv ijtimoiy ziddiyatlar jamiyat eќtiyojlari va qiziqishlariga mos tarzda, sub`ektiv omillar, qiziqishlarni anglash, maqsadni belgilash, harakatlar dasturini ishlab chiqish, jamiyatni qayta qurish dasturini amalga oshirish uchun ijtimoiy kuchlarni tashkil qilish va xakozolar orqali inson faoliyatining sababiyati sifatida namoyon b´ladi.

Ijtimoiy ziddiyatlar eskining yemirilib, yangining paydo b´lishi, ziddiyatlarni o`z vaqtida anglash, ularning qarama-qarshi tomonlarga og`ib ketishiga, ya`ni butunning parchalanishiga yo`l qo`ymaslik, muxim ziddiyatlarni nomuximdan, antogonistik ziddiyatlarni noantogonistik ziddiyatlardan farqlashni taqoza etadi. O`ozirgi davrda bir mamlakat ichidagi va butun dunyodagi ziddiyatlarni konsensus (kelishish), muloqatlar kabi shakllarda hal qilish tarixiy zarurat bo`lib turibdi. Ziddiyatlarni janjallar, mojarolar, urushlar yo`li bilan hal etishga intilish endilikda katta halokatlarga olib kelishini jahon afkor ommasi tobora chuqurroq tushunib, bundan tegishli xulosalar chiqarmoqda.

Jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini atroflicha bilish, uning iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalarida r´y berayotgavn ziddiyatlarni ´z vaqtida anglab va bartaraf etish bilan bir qatorda, uni demokratik tamoyillar asosida zamonaviy usulda boshqarish katta ´rin egallaydi.

4. Insonning ´z xoxish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha fuqorolarning teng xuquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, davlat siyosiy organlarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishini ta`minlash, davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi, oshkoralik, fikrlar xilma-xilligiga yo`l qo`yish va boshqalar demokratik tamoyillardir. Sharqda demokratik jarayonlar ´ziga xos xususiyatlarga ega b´lib, tadrijiy va uzviy ravishda asta-sekin taraqqiy topadi: jamiyatni demokratiyalashtirish odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik ´zgarishlar darajasi va sur`atlar bir-biriga qanchalik mutanosib b´lishiga bog`liqdir.

Shuningdek, demokratik jarayonlar xalqimiz, milliy madaniyatimizning ´ziga xos jihatlarini, uning tabiatini ´zida mujassamlashtiradi.

¤zbekiston jahondagi rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribalarini hisobga olgan holda, milliy an`analarimizdan kelib chiqib, ´ziga mos jamiyatni boshqaruv tizilmalarini tanlab olgan.
14-mavzu: Insoniyat istiqboli.

Reja:


1. Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir b´layotgan jarayonlarni oldindan k´ra bilishning ahamiyati.

2. Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini oldindan k´ra bilishning asosiy usullari.

3. Jahon taraqqiyotining hozirgi davrdagi ´ziga xos xususiyatlari.

4. Xozirgi zamon umumbashariy muammolari va ularni bartaraf etish y´llari.

5. Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi.
1. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti hech qachon oldindan belgilangan aniq va t´g`ri y´nalishda kechgan emas. O`ech qanday oldindan aniq tayyorlangan va insoniyatni kutayotgan baxtli kelajak y´q. Ushbu baxtli kelajak zamini jamiyat a`zolarining ´z xohishlariga qarab emas, balki ob`ektiv qonuniyatlar asosida ijtimoiy, iqtisodiy, intellektual shart-sharoitga asoslanishi kerak. Bu esa jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda, unda sodir b´layotgan jarayonlar natijasini oldindan bashorat qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bashorat qilish – bu, jamiyat hayotida hali r´y bermagan, fanlar uchun xozircha noma`lum hisoblangan, mavhum imkoniyat darajasidagina mavjud b´lgan voqelikdir. Biron-bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki hodisaning kelajakda qanday r´y berishini, uning holati, rivojlanish qonunlari va oqibatlarini muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va ma`lumotlarga asoslangan holda oldindan aytib berishdir.

2. Ijtimoiy taraqqiyot natijalarini oldindan bilish va keng mushohada etish kishilarning orzu-istaklariga emas, balki jamiyat taraqqiyotining qonunlarini puxta bilishga asoslanadi va u rejalashtirish, dasturlash, loyixalashtirish, boshqarish nazariyalari orqali amalga oshiriladi.

Jamiyat taraqqiyoti jarayonining natijalarini oldindan bashorat qilishning ma`lum bir sharoitda r´y beradigan qonuniyatlarni hozirgi davrda kelajakka bog`lash bilan bog`liq ekstropoliyatsiya, ilgari sodir b´lgan voqea va hodisalarga qarab tarixiy analogiya, ijtimoiy xodisalarni kompyuter orqali namunalashtirish, tarixiy, ilmiy tajribaga asoslanib ekspert baholash usullari mavjud.

3. Insoniyat yangi ming yillik b´sag`asiga kelib ´ziga xos yangi davrga qadam q´ydi. Bu davrning ´ziga xos, oldingi paytlardan farq qiladigan muhim tomonlari bor. Bular quyidagilardan iboratdir.

Er yuzidagi davlatlar va xalqlar ´rtasidagi ´zaro bog`liqlik va hamkorlikning yuksalib borishi jahon taraqqiyoti hozirgi bosqichining ´ziga xos xususiyatidir.

XX asr davomida xukm surgan ikki tuzum ´rtasidagi «sovuq urush» xavfi barham topdi. O`ozirgi paytda ´tmishdagi ´zaro dushmanlik va ixtiloflar siyosatidan hamkorlikka ´tish siyosatiga o`tish muxim bo`lib turibdi.

Sayyoramizda etnik va millatlaroro ziddiyatlarning, shuningdek, termoyadro urushi xavfi va xalqaro terrorizmlar saqlanib qolayotganligi, siyosiy va diniy ekstremizmning turli shakllari kuchayib borayotganligini e`tiborga olib, davlatlar va xalqlar ularga qarshi birgalikda kurash olib borishlari zarurat bo`lib turibdi. Shuningdek, xozirgi davr xususiyati dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, ayniqsa yaqinda mustaqillikka erishgan davlatlarning eng kuchli, eng katta xalqaro banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga teng xuquqli a`zo b´lib kirib, kuch-g`ayratlari va iqtisodiy imkoniyatlarini umumiy maqsadlar y´lida birlashtirish jarayonlarini rag`batlantirish ham muximdir. Buni Markaziy Osiyo respublikalari uchun alohida ahamiyati bordir.

4. Umumbashariy muammolarga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:

- yer yuzida termoyadro urushining oldini olish, jaxondagi barcha xalqlarning tinch, osoyishta yashashi va taraqqiy etishini ta`minlaydigan yadro qurolidan xoli muhitni yaratish;

- rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar ´rtasidagi iqtisodiy, madaniy va demografik sohalardagi muammolarni xal etib, butun dunyoda iqtisodiy qoloqlikka, qashshoqlikka va savodsizlikka barham berish;

- atrof muhitni falokatli ifloslanishidan saqlab qolish, insoniyatni yoqilg`i, xom-ashyo, oziq - ovqat, chuchuk suv bilan ta`minlash imkoniyatlaridan oqilona foydalanish;

- ilmiy-texnika inqilobi mohiyatini ´z vaqtida anglab, uning natijasida yuzaga kelishi mumkin b´lgan salbiy oqibatlarning oldini olish;

- ITI yutuqlaridan jamiyat va shaxs manfaatlari y´lida samarali foydalanish.

Aytib ´tilgan asosiy umumbashariy muammolar murakkab va keng miqyosli b´lib, ularni xal etishdan k´ra zarur va muhim vazifa y´q.

4. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki davrlarida har bir urug`, qabila, elat, xalq atrofidagi boshqa ijtimoiy birliklar bilan ´zaro ijtimoiy aloqalarga kirishmay yashashi va taraqqiy etishi mumkin b´lgan b´lsa, hozirgi kunga kelib esa, dunyodagi barcha xalqlarning taqdiri ´zaro mushtarak b´lib bormoqda. Ushbu holat zaminida ilmiy-texnika inqilobi natijasida yuzaga kelgan umumbashariy muammolarni hal etish, mamlakatlar ´rtasidagi savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi.

Inson taqdiri butun bashariyat istiqboli bilan mushtarak ekanligi xalqimiz yaxshi biladi. Shuning uchun ham ular mintaqamizdagi q´shni mamlakatlar bilan bir qatorda jahon xalqlari bilan ´zaro xurmat – izzatda b´lishga doimo intilib keladi. Bu xol ayniqsa mustaqillikka erishgan mamlakatimiz davlati olib borayotgan siyosatida yaqqol sezilmoqda.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling