Ii- б´лим Фалсафа тарихи


Download 1.06 Mb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.06 Mb.
#221192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa fani tarixi va nazariyasi

О1
Р

О2
М
ASOM

ASOM

BSOM

MOOM


O1 – Odam RASOM - ruxiy-amaliy sub`ekt-

ob`ekt munosabatlari

R – Rux ASOM –aksiologik (isbotlangan xaqi-

qatlarga) sub`ekt-ob`ekt

munosabatlari

O2 – Olam BSOM – bilishga doir sub`ekt-ob`ekt

munosabatlari

M – Moddiylik MOOM – modiyunlik va odamga

ontologik munosabatlar.
Falsafaning asosiy tushunchalari: «Adolat», «Xaqiqat», «Go`zallik», «ezgulik», «Xarakat».

4. Falsafa fanining funktsiyalarida uning fanlar tizimi va ijtimoiy hayotdagi o`rni ravshanlashadi. Funktsiya (vazifa) deganda harakat uslubi, falsafiy bilimlar tizimi doirasida faolligining namoyon bo`lishi, bajarishi lozim bo`lgan vazifalarning umumiy tip (tur)lari nazarda tutiladi.

Falsafa fani funktsiyalari xilma-xil. Ular ichida dunyoqarashlilik (ontologiya), olamni bilish (gnoseologiya), qadriyatli ongni shakllantirish, ijtimoiy, amaliyotchilik (praktikologiya), metodologik, insonparvarlik, madaniy-tarbiyaviy funktsiyalari individual va ijtimoiy ongga faol ta`sir ko`rsatib, shu jarayonda u ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy hayot hamda boshqa barcha fanlar va dunyoqarashlar bilan uzviy boglanib ketadi.

O`ayot va o`lim xaqida o`ylamaydigan va yashashning cheklangani to`grisida qaygurmaydigan, g`am-tashvish chekmaydigan odam bo`lmasa kerak. ¤limning muqarrarligi har bir insonda salbiy xis-tuygularni yuzaga qalqitib, odamning ilik-iliklarigacha bo`lgan quvvatni ham go`yo sug`irib olgandek bo`ladi. Bu xislardan xoli bo`lish uchun odam abadiylik to`grisida qayguradi, abadiylikka doxil bo`lish yo`llarini qidiradi. Shu jarayonda aql bilan bilib, tajriba yo`li bilan sinab bo`lmaydigan (transtsendental) olam borligi, u bilan ruxiy aloqa bog`lash orqali o`lim vaximasi, hayot tushkunligi, yashashning ma`nisizligi to`grisidagi g`am-andux xislaridan xoli bo`lishga intiladi, natijada inson ichki olami («Meni») tashqi abadiy olam – kosmik butunlik bilan birlashgandek bo`ladi. Oqibatda mifologik (afsonaviy), diniy, badiiy, odatiy dunyoqarashlar vujudga kelib, ular orqali odam hayotdan qoniqish, vaximaga tushmaslik xis-tuyg`ularini o`zida gavdalantirmoqchi bo`ladi. Falsafa esa insoniyat to`plagan barcha ilmlar, tajribalarni umumlashtirib, ayrim-ayrim tarmoqlarga bo`linib ketgan dunyo xaqidagi tasavvurlarni yig`ib, ilm-fan dalillariga, insoniyatning abadiylik yo`lida to`plagan tarixiy tajribalariga tayangan ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Shuning uchun ham falsafa fanining moxiyati – «Odam-olam» tizimida yalpi umumiy muammolar xaqidagi fikrlarda namoyon bo`ladi. Odam necha yil yashashi bilan emas, balki qanday yashaganligi bilan o`z abadiyligini yarata olishiga falsafa ishontirib, inson o`z hayotining ma`noli, mazmunli qilishiga yordamlashadi. Ilmiy falsafa odamzodni hayotbaxsh dunyoqarash egasi qilish funktsiyasi orqali olam, undagi barcha munosabatlar ijtimoiy taraqqiyotga, inson barkamolligiga xizmat qilishi uchun kurashuvchilar avlodini yetishtirishga harakat qiladi.

Falsafa olamni bilish metodi orqali fanlarga nisbatan evristik, uygunlashtirish, birlashtiruvchilik, mantiqiy-gnoseologik (bilishga oid) kabi funktsiyalarni ham bajaradi. Bu, uning metodologik funktsiyasi bo`lib, barcha fanlarga doir murakkab nazariy va fundamental muammolarni xal etishga yordamlashadi.

Falsafa fanining muammolarini ma`nisiz, deb qarovchi oqimlarning da`volari tanqiddan ham tubandir. Chunki har bir elat, millat oldida muayyan tarixiy davrda paydo bo`ladigan muammolar, falsafiy taxlil, falsafiy qarashlar yo`li bilan xal etib kelingan va shunday bo`lib qolaveradi. Ular ichida odamning umuman olamga munosabati muamosi – dunyoqarash eng muximi hisoblanadi. Moddiy va ruxiy olam o`rtasidagi munosabatlarni aniqlash, tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatan ham mavjudmi, yoki odamzot tartib-qoidaga bo`lgan ehtiyoji tufayli uni o`ylab topganmi, odam nima va olamdagi, ya`ni umumiy aloqadorliklar ichida uning o`rni qanday – u yaratuvchimi yoki buzuvchi qudratmi, inson aql-zakovatining tabiati nima, odam o`zini qurshab olgan olamni va o`z-o`zini bila oladimi, xaqiqat va adashish deganda nima anglashiladi, ezgulik va yovuzlik nima, qanday qonuniyatlar va qanday yo`nalishlar insoniyat tarixini harakatga keltiradi kabi dunyoqarash bilan bog`lanib ketgan muamolarni anglash, ularni xal etish orqali olamda o`zining munosib o`rniga ega bo`lish har bir odamda olamiy fikrlash qobiliyatini vujudga keltiradi.

Tabiat o`z taraqqiyotining Noosfera – Aql sohasi bosqichiga o`tganligi munosabati bilan Ona-tabiatni muqarrar halokatdan saqlab qolish muammosi fan-texnika va axborot texnologiyalaridan umumbashariy manfaatlar yo`lida foydalanish usullarini izlash va topish falsafa fani oldiga yangi katta vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ymoqda.

Ilmiy-texnika inqilobi (ITI) tufayli an`anaviy tafakkur va turmush tarzi inqirozga uchragani, yangi davrga muvofiq keladigan turmush tarzini shakllantirish, insoniyat aql-zakovati va uning mevasi bo`lgan fan-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlarini to`la-to`kis oqilona ishlarga burib yuborish muammosi paydo bo`ldiki, uni falsafiy dunyoqarash negizidagina xal etish mumkin.

Umuman falsafa fani oldida turgan barcha muammolarni beshta guruxga bo`lish maqsadga muvofiqdir: a) ontologik, b) antropologik, v) aksiologik, g) gnoseologik va d) praksigologik. Bu muammolarning barchasi dunyoqarashning muayyan tipi bilan bog`lanib ketadi. Ammo ilm-fan xulosalari, dalillariga tayangan falsafiy dunyoqarash orqali insoniyat milliy va umumbashariy muammolarni qadam-baqadam xal eta olishiga umid bog`lash har bir kishida ijobiy xis-tuygularni vujudga keltirib, hayotini mazmunli va qadrli etadi.

Xulosa: a) «falsafa» va «falsafa fani» tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlikni anglash bagoyat muxim axamiyatga molikdir; b) falsafa fanining o`z tadqiqot soxasi (predmeti) borki, shu orqali u boshqa fanlardan ajrab turadi; v) falsafiy dunyoqarash ham milliy, ham umumbashariy moxiyatga egadir; g) falsafa fani bir qator funktsiyalarni bajaradi va shular orqali ijtimoiy muammolarni xal etish yo`llarini izlaydi va topadi.
2-mavzu: Fanlar tizimida falsafa va uning asosiy xususiyatlari

Reja:


1. Falsafaning fan va mafkura bilan aloqadorligi.

2. Falsafa hamda insonshunoslik fanlari va san`at.

3. Falsafa donishmandlikning o`zi sifatida.
Falsafa fani uzoq tarixiy davrlarni bosib o`tdi. Olamni ilmiy bilish ehtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo`ldi. Tabiiyotshunoslik va insonshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg`or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, o`z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o`z ta`sirini o`tkazib kelmoqdalar.

1. Falsafiy fikrlar olam hodisotlari sababli bog`lanishini izlash, haqiqatni topishga bo`lgan odamzotdagi kuchli intilish tufayli rivojlanib bordi. Dunyoqarash strukturasida bilish sub`ektlarining tubdan yangicha qarashlarga ega bo`lishi afsonaviy (mifologik) qarashlar o`rnini tom ma`noda ilmiy yo`nalishlar egallay boshladi. Umuman olam va unga odam munosabatlari haqida mifologik va diniy dunyoqarashlar doirasiga sig`maydigan yangicha g`oyalar, nuqtai nazarlarning paydo bo`lishi natijasida tabiiyotshunoslik fanlari, so`ngra jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari yuzaga keldiki, bular olam to`g`risidagi an`anaviy tasavvurlar o`rnini egallay boshladi.

Falsafiy bilimlar o`zining vujudga kelishi va rivojlanish jarayonida tabiiyotshunoslik fanlari bilan qorishib ketdi. Falsafa gorizontal bo`yicha tabiiyotshunoslik fanlari bilan tutashadi, vertikal bo`yicha esa ijtimoiy-gumanitar fanlar sirasiga kirib, yo mafkuralashadi, yoki mafkuraning ilmiy yo`nalish olib, real voqelikka muvofiq kelishiga imkon tug`diradi. Falsafa bilishning turli sohalaridagi ma`lumotlarni yig`ib, ularni qayta muhokamada o`tkazadi. Shu jarayonda olamning yangi umumiy manzarasi to`g`risidagi tasavvurlar o`zgarib boradi. Masalan; «atom», «modda», «narsa» v.b. haqidagi ilmiy ma`lumotlar, energiyaning saqlanish va boshqaga aylanish, butun dunyo tortilish qonunlari kabi tabiiyotshunoslik fanlariga doir tushunchalar falsafa fanining ilmiy salohiyatini oshiradi. Shuni ta`kidlash lozimki, «atom» haqidagi fikr falsafiy qarashlar natijasi b´lsa-da, ammo uning mazmun-mohiyati eksperemental tarzda tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan isbotlandi. Yerning dumalog`ligi, ´z ´qi atrofida aylanishi t´g`risidagi ilmiy-taxminlar ham faylasuflar ijodi edi. Ammo u tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan ´z isbotini topgach, dunyoqarashda jiddiy ´zgarishlar sodir b´ldi.

Bilish voqelikdagi anglangan aniq xissiy va tushunchaviy timsollarni qabul qilib olish, xotirada saqlash, qayta ishlash va sistemalashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilimlarning rivoji va ularni sistemaga solish jarayonida ilm-fan paydo b´ladi. Mifologik va diniy dunyoqarash ishonchga asoslansa, fan ilmiylik mezonlariga amal qiladi.

Ular: a) ob`ektiv (xolis)lik tamoyili; b) ratsionallik yoki dalillash (isbotlash) tamoyili; v) essentsial y´nalishi yoki ob`ektning mohiyatini ochish tamoyili; g) bilimlarni sistemalash yoki nazariy shaklga solish tamoyili; d) ilmiy haqiqatlarni tekshirish mumkinligi tamoyili.

Fanga doir bu tamoyillar t´laligicha falsafiy bilimlarni, ayniqsa ontologiya, gnoseologiya, antropologiya va metodologiyaga ham taalluqlidir. Shu ma`noda falsafani ilmiy bilimlarning bir turi, ya`ni tabiiyotshunoslik fanlari qatoriga kiritish mumkin.

Biroq, falsafa ijtimoiy fan hamdir; jamiyat, uning taraqqiyot qonunlari, ijtimoiy borliq, individual va ijtimoiy ongni ham o`rganadi. U xuquqshunoslik, siyosatshunoslik, iqtsodiy fanlar bilan ham tutashib ketadi. Barcha ijtimoiy fanlar tarixiy aspektda muayyan mafkura bilan o`zaro aloqada mavjud bo`ladi. Binobarin, falsafaning biron-bir oqimi ijtimoiy hayotga munosabatda mafkura bilan bog`lanadi. Ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy yondashuv esa ma`lum darajada uni ilmiylikdan uzoqlashtiradi. Zero, mafkura ijtimoiy borliqni muayyan-sotsial guruhlar, sinflar, millatlar manfaatlari ko`zgusi orqasidan qarab ifodalashdir. Mafkura mazmunini siyosiy g`oyalar tizimi va amaliy harakatlar dasturi tashkil etadi. Mafkuraning falsafaga ta`siri ayrim falsafiy oqimlar o`rtasida murosasizlik vaziyatini vujudga keltiradi. Bu hol bir ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan boshqasiga o`tilayotganda falsafaga nisbatan salbiy yondashuvlarni vujudga keltiradiki, bu falsafaning fan sifatida tan olmaslik oqibatidir. Ammo muayyan tarixiy davrda mafkura bilan bog`lanib ketgan falsafiy oqimni falsafa fani bilan aynanlashtirib bo`lmaydi, ya`ni ayrim (bo`lak) oqimni butun (falsafa fani) bilan almashtirish haqiqatga xilofdir.

Shuni ham aytish kerakki, falsafa barcha fanlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi, ularning dalillari, xulosalarini sintez qilib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi va barcha fanlar uchun metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.

Bugina emas, falsafa xatto mistika va din bilan ham aloqadordir. Demak, falsafa barcha yo`nalishdagi fanlar va qarashlarni bir-biriga bog`lovchi, ularni yo`naltiruvchi alohida xususiyatga ega bo`lgan fan hisoblanadi.

2. O`amma insonshunoslik (gumanitar) fanlarning tadqiqot ob`ekti insonning ichki olami, ruxi va bu bilan bog`liq bo`lgan jamiyatning ma`naviy madaniyati hamda odamlarning o`zaro munosabatlarining g`oyaviy asosidir. Bu fanlar odamning ruxiy olamini matnlarda o`rganadi. Odamzot fe`l-atvori imkoniyat darajasidagi o`ziga xos matndir.

Insonshunoslikda tadqiqotchi jonli odam ma`naviy olami, uning ruxi bilan to`qnash keladi. Bunda tadqiqotchi o`zi uchun qadriyatli dunyoqarash ta`sirida ish ko`radi. O`ar bir odam o`zi bir kichik olam, uning narsa, hodisalarga o`z qarashlari, baholashlari va shu asosda munosabat belgilashlari mavjud. Fan, avvalo falsafa bu individuallikning o`ziga xos shakli va funktsiyalarini o`rganishi lozim bo`ladi. Matnlarni o`z ma`nosida anglash va qo`llash uchun matnni tasdiq etish va begona individuallikka erishish san`ati sifatida germenevtika fani shakllangan. Germenevtika falsafa fanining tabiiy xususiyatlarini tushunishga imkon beradigan uslub (metod)lardan biridir. Matnlarni o`z ma`nosida talqin etish va bahs-munozarali munosabatlar mohiyatini anglash san`ati sifatida germenevtika tadqiqotning falsafiy uslub (metod)lari bilan «qorishib» ketadi hamda o`zi bilishning ratsional bosqichiga ko`tarilib, falsafa maqomiga ega bo`lib qoladi.

Falsafa fan sifatida odam bilish faoliyatining yana bir turi bo`lgan san`at bilan ham aloqadordir. Badiiy bilish shaxsiy tasnifga ega bo`lgani sababli individual his-hayajonli komponent «ifoda ob`ekti»ning tarkibiy qismi bo`lib qoladi.

San`at voqelikni obrazli idrok etish, shu tufayli u voqelikning o`zidagi go`zallikni bilishga qaratilgandir. San`atkorning ongli, o`zgarmas qarashlari ob`ektni bir butunlikda anglashga qaratiladi. San`atdagi donolik falsafadagi kabi individuallik bilan tutashib ketadi. Buyuk faylasuflarning asarlari ham san`atkorniki kabi insoniyat tarixining turli davrlari uchun qo`yilgan xaykaldek hayotni, olamni bir butun holatda anglashga imkon tug`diradi. Olam va odam munosabatlariga bir xil qarovchi san`atkor shaxsi bo`lmaganidek, falsafiy fikrlashda ham aynan bir xil shaxs bo`lmaydi. Ularning har qaysisida ham muayyan masala (ob`ekt)ga umumiy qarashlar bo`lishi mumkin, ammo u umumiylik individual shaklda namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham bitta faylasuf asarlariga ixlosmand odamlar ham, ularni yoqtirmaydigan odamlar ham bir davrda yonma-yon yashaydilar. Faqat falsafada umuman olganda emotsional (his-hayajonli) quvvat san`atdagidan ozroq, ammo tabiiyotshunoslik va texnikashunoslik fanlaridan ancha ko`proqdirki, shunga binoan, falsafiy fikrlash ham o`ziga xos san`atga o`xshab ketadi. Poetik va falsafiy asarlar muayyan bir davrdagi faqat taniqli shaxslarnigina qoniqtira oladi, boshqalarni esa qoniqtirmaydi, o`zgacha aytganda, har ikkisiga munosabat odamlar didi, farosatiga bog`liq bo`lib qoladi. Taiiyotshunoslik, texnikashunoslik fanlari asoslariga munosabatdaa san`atga va falsafaga xos reallikdan uzoqlashish xaqida gap bo`lishi mumkin emas. Binobarin, falsafiy asarlar ham san`at asarlari kabi qiyofalikdir, odam-olam munosabatlariga shaxsiy qarashlar mevasidir.

Olamning «falsafiy manzarasi»ni yaratishning o`zi faylasufda go`zallikni xis etish, olam ichiga kirib ketishni taqoza etadi. «Olam manzarasi»ning umumiy, falsafiy mazmunining o`zi individ va insoniyat taqdirini baholash nuqtai nazaridan insoniy, emotsional munosabatni taqoza etadi. Ko`pincha, ayniqsa Sharq falsafasi asarlari huddi badiiy asarlardek jozibali, inson qalbini o`ziga rom etuvchan xususiyatga ega bo`ladi. Zero, Sharq odamida obrazli tafakkur tarzi ¢arb odamiga nisbatan ustivorroq bo`ladi. Ammo ¢arb odamlarida mantiqiy tafakkur tarzi Sharqqa nisbatan ustivorroq rivojlangandir.

3. Falsafaning yana bir tomoni shuki, unda narsa, hodisalarni tajriba yo`li bilan emas, undan tashqarida – aql-idrok va faxm-farosat bilan mantiqan bilishga moyillik kuchli bo`ladi. Buni fanda transtsentalistik qarash deyiladi. Darhaqiqat olamda tajriba doirasiga sig`maydigan, undan tashqaridagi narsa va hodisalar ham bo`ladi. Zero, olam mohiyat e`tibori-ila mo``jizadir. Masalan, kosmosda, boshqa yulduzlarda hayot borligini hozircha tajriba yo`li bilan bilib bo`lmaydi, ammo insoniyat fan-texnika sohasida to`plagan tajribasiga tayanib turib, taxminan faraz qilib, uni mantiqan asoslay oladi. Bu esa yangi kashfiyotlar uchun o`ziga xos yo`l ochadi. Yoki muhabbat xis-tuyg`usini tajriba yo`li bilan isbotlash qiyin. Odam o`z «Meni»ni, chin hayoti, huzur-xalovati, orzu-armonlarini o`zida emas, balki seviklisi – «Unda» ko`radi, uning uchun yashaydi, o`z hayot ma`nosini uningsiz tasavvur eta olmaydi. Chin muhabbat xis-tuyg`usi har bir insonga bitmas-tuganmas quvvat (energiya) beradi, uni aql bovar qilmaydigan jasoratlarga, qahramonliklarga chorlaydi. Shuning uchun I.Kant «transtsendental» so`zidan «transtsendent» so`zini farqlashni maslahat beradi, ya`ni «transtsendent»ga ko`ra, bilish qiyin, ammo ishonish predmeti bo`ladigan narsalar, xodisalar ham borki, ularni matematik o`lchovlar doirasiga sig`dirib bo`lmaydi.

Odamzot olamni to`la-to`kis bila olmaydi, faqat uning ayrim tomonlarining ichiga kirib boradi. Qaerdaki, aql ojiz bo`lib qolgan vaqtda va joyda transratsionallik yordamga keladi. Uning yordamida biz olam va qalbimizning birinchi asoslarini anglashga qodir bo`lamiz. Borliq bilan qadriyat birligini anglash natijasida inson ma`naviy borlig`iga ega bo`lish mumkinligiga ishonch hosil etamiz. Masalan, xudoni bilish, ko`rish mumkinmi? Ammo uni qadrlash, sevish, ishonish, unga o`zini tavakkul qilish orqali odamzot o`z borlig`ini topishi mumkin. Yoki bo`lmasa, ezgulik yovuzlik ruhi ustidan tantana qilishiga ishongan odam o`z-o`zini anglab, hayot ma`nosini tushunib yetadi va o`zidan yaxshi nom qoldirish, saxovatli bo`lish orqali chinakam borlig`ini topa oladi. Odamzot o`z kichik olami – «Men»ni katta odam – «U» - transtsentent bilan bog`lash orqali o`z-o`zini, inson zotiga mansubligini bilish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Transtsentlanish esa mistika bilan tutashib ketadi. Mistikani ko`pincha faqat din bilan bog`lashadi, bu, to`g`ri emas. N.A.Berdyaev mistikaning 2 ta tipi borligiga e`tiborni qaratadi: a) ruhiy tajribaga asoslangan; b) aql-idrok, bilishga asoslangan mistika. Mistika olamda sirli narsalar borligiga ishonchdir, biz bilishga ulgurmagan barcha narsa, hodisa aslida mo``jiza sifatida namoyon bo`ladi. Xaqiqiy mistika realizm bo`lib, u olamning bizga ma`lum bo`lmagan birinchi asoslarini bilishga qaratilgandir. Meditatsiya inson o`z-o`zini, ruxini poklash yo`li bo`lib, mistika bilan meditatsiyaning qo`shiluvidan ilmiy-falsafiy imon yuzaga keladi. Bu imon orqali inson o`z ichki olamini munavvar qilishga intiladi.

Falsafa donolik, donishmandliknig o`zi bo`lib qolmay, yana hayot xaqida turmush tajribasiga tayanib donishmandlarcha fikrlash, donishmandlarcha yashashga intilishdir. Shu ma`noda falsafiy bilimlar egasi bo`lmagan cho`pon yoki dehqon ham o`z aql-idroki, hayotiy tajribasi asosida dono fikrlash qobiliyatiga ega bo`lishi mumkin. Shuning uchun falsafaning tili sodda, ravon va ommaga tushunarli bo`lgandagina u e`tiborli bo`la oladi. Muayyan fan professori o`z ixtisosligi bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, ammo hayot va uning ma`nosi xaqida donishmandlarcha fikrlay olmasligi mumkin. Zero, donishmandlik hayotiy tajribaga asoslangan chuqur aqldir. Faylasuf esa olam, unda odamning o`rni xaqidagi bilimlarni muayyan tizimga soladi, olamni falsafiy idrok etishga imkon tug`diradigan tushunchalar, kategoriyalar, tamoyillar, qonunlar, uslub (metod)lar haqida bilim berib, kadrlarda falsafiy fikrlash qobiliyati shakllanishiga yordamlashadi.



Xulosa: a) Falsafa barcha fanlar bilan bog`liq xolda rivojlanadi va boshqa fanlar kabi uzoq tarixiy taraqqiyot natijasi sifatida mustaqil fanga aylangan; b) Falsafa fani tabiiyotshunoslik, jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari xulosalarini bir-biriga bog`lab, insoniyatni ilmiy-falsafiy dunyoqarash egasi qiladi; falsafa fani insonshunoslik fanlari va san`atning rivojiga yo`l ochadi; g) Falsafa donishmandlik yo`llarini ravon qiladi, olam sirlarining ich-ichiga kirib borish imkoniyatini yaratish jarayonida mistika bilan bog`lanadi;

3-mavzu: Dunyoqarash va uning tarixiy tiplari. Falsafiy dunyoqarash, uning xususiyatlari va tamoyillari.

Reja:


1. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.

2. Dunyoqarashning tarixiy tipllari. Mifologik va diniy dunyoqarash.

3. Falsafiy dunyoqarash va uning ´ziga xos xususiyatlari.

4. Falsafiy dunyoqarashni inson tafakkur va turmush tarzining shakllantirish hamda takomillashtirishdagi ´rni.


1. Dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi ahloqiy, falsafiy, xuquqiy, estetik, ilmiy, diniy va xokazo qarashlari majmuidan iborat. Dunyoqarashda kishilarning muayyan tarixiy davrdagi olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosabati tashkil etadi. Inson butun umri davomida ´zini ´rab olgan dunyoning mohiyatini anglashga harakat qiladi. Dunyoqarashning sub`ekti inson (individ), ijtimoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, jamiyat a`zolari hisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafaqat olamga, balki ´z-´zlariga munosabatini ham ifodalaydi. Shu ma`noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va ´z-´zini anglash jarayoni, deb hisoblash ´rinlidir. Dunyoqarash ´ziga xos xususiyatlarga ega:

-Dunyoqarash olam va odam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. Unda olam, voqelikdagi turli ´zgarishlar, taraqqiyot haqidagi ´y-fikrlar, orzu-umidlar, his-tuyg`ular, kayfiyatlar, bilimlar aks etadi.

-Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Inson faoliyati esa xilma-xil: mehnat, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy sohadagi xatti-xarakatlar; shu ma`noda dunyoqarashni anglash va faoliyatning uyg`unligi tarzida ifodalash mumkin.

- Dunyoqarashda individ, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlarning yashash sharoitlari, turmush tarzlari, ular hayotining tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-ma`naviy omillari ´z ifodasini topadi. Dunyoqarash kishilar ijtimoiy hayoti- ijtimoiy borliqning in`ikosidir. Dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi uzluksiz tarixiy jarayon b´lib, jamiyatdagi ´zgarishlar, taraqqiyot unda ´z ifodasini topadi. Turli ijtimoiy tuzumlarda dunyoqarashning ´ziga xos mazmuni va shakllari vujudga keladi va taraqqiy etadi.

- Dunyoqarash olamning inson tomonidan anglanishigina emas, balki uning baholanishi hamdir. Alohida olingan kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlar ´z manfaatlaridan kelib chiqqan holda olamni anglaydilar, Undagi predmet, xodisalar, jarayonlarga ´z munosabatlarini bildiradilar, ya`ni baholaydilar. Shu ma`noda dunyoqarash deganda uni tashkil etuvchi ikki elementni, birinchidan, olam haqidagi bilimlarni, ikkinchidan, inson hayotining muhim tomonini tashkil etadigan qadriyatlarni tushunmoq lozim. Inson olamni va ´z-o`zini anglashi, ´z xatti-harakatlariga, maqsad va manfaatlariga boshqalarning nuqtai-nazarini hisobga olgan holda baho berishi uning dunyoqarashining qay darajadaligidan, qanchalik mustaqil fikr yurita olishidan dalolat beradi.

- Dunyoqarash ´z ichiga dunyoni his qilish, dunyoni tushunish jarayonlarida hosil b´ladigan idrok, kayfiyatlarni ham qamrab oladi.

Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. Uning birinchisini, kishilarning kundalik hayotini amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida t´plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini esa ilm-fan tufayli t´plangan nazariy bilimlar, g`oyalar yig`indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog`langan b´lib, bir-birini t´ldiradi.

2. Dunyoqarashning uzluksiz ´zgarib, yangilanib, rivojlanib turuvchi jarayon ekanligini uning tarixiy tiplarining shakllanishi va almashinuvidan ham bilsa b´ladi.

Dunyoqarashning tarixiy tiplariga mifologik, diniy va ilmiy-falsafiy dunyoqarashlar kiradi.

Mifologik (yunoncha – «mifos» - naql, rivoyatlar haqidagi ta`limot demakdir) dunyoqarash jamiyat taraqqiyotining eng boshlang`ich davriga xos b´lib, unda olam hodisalari naqllar, rivoyatlar, afsonalar asosida tushuntiriladi. Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaqtda keng tarqalgan b´lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning ´zini qurshab turgan olamni bilishga intilish yotadi. Mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil tarzda ifodalanadi. Unda dunyoning qanday paydo b´lganligi, olamning asosida nima yotishi, narsa va xodisalarning ´zaro aloqadorligi afsonalar, ertaklar misolida ifoda qilinadi.

Mifologik dunyoqarashning xususiyatlari:

1. Bu dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichlariga t´g`ri keladi. Unda tabiat insondan ajratilmagan holda tasvirlanadi, tabiat xodisalari jonlantiriladi, tabiatning mohiyati, xususiyatlari insonga xos b´lgan xislat-xususiyatlar asosida tushuntiriladi.

2. Mifologik dunyoqarashda kishilarning olam t´g`risidagi fikrlari afsonaviy qahramonlar obrazlari orqali gavdalantiriladi. Mifologik dunyoqarashda hayot va hayol, fikr va his-tuyg`u, bilim va badiiylik, ob`ektivlik va sub`ektivlik yaxlit xolda ifoda etiladi. Garchi ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida mifologik dunyoqarashning olamni anglash usuli sifatida yetarli emasligi, kishilarni qanoatlantirmasligi ravshan sezilib qolgan b´lsa-da, u xalqlar ma`naviy madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotiga barakali ta`sir k´rsatdi, oqibatda rivoyatlar, xalq eposi, afsonalar, naqllar adabiyot va san`at taraqqiyotida ´z ifodasini topdi.

3. Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining manzarasi ´zining dastlabki ifodasini topgan.

Mifologik dunyoqarash bilan dastlabki sodda falsafiy qarashlar omuxtasi sifatida diniy dunyoqarash o`z-o`zidan shakllangan. Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma`naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit holatda tavsiflansa, diniy dunyoqarash bularni bir-biridan ajratib tavsiflaydi.

Diniy dunyoqarash tarixiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida vujudga kelgan b´lib, u olamni, tabiiy va ijtimoiy xodisalarni ilohiy kuchlar ta`siri va m´`jizasiga bog`lab tushuntiradi. Shu bilan bir qatorda diniy dunyoqarash tabiat, olam borlig`idan tashqari ilohiy borliqning mavjudligini tan oladi. Diniy dunyoqarashning xususiyatlari:

-Diniy dunyoqarashning mohiyatida Oliy ibtidoni barcha narsalar, butun olamning yaratuvchisi yoki birinchi sabab, deb tan olish yotadi.

-Diniy dunyoqarashning asosini diniy imon va e`tiqod tashkil etadi. Diniy imon Oliy ibtido (xudo, oliy ruh va h.k.)ga sig`inishni, shuningdek, kishilar ongidagi diniy tasavvurlar, qarashlar, obrazlarni ´z ichiga oladi.

-Diniy dunyoqarash, xissiy-emotsional xususiyatga egadir.

-Diniy dunyoqarash diniy aqidalarda ´z ifodasini topadi, har bir dinning ´z aqidalari mavjud.

-Diniy dunyoqarash tarkibiga sig`inish, toat-ibodat qilish, urf-odat, rasm-rusum, marosimlar sistemasi kiradi.

-Diniy dunyoqarash na faqat inson ongiga, shu bilan birga uning ruhiyatiga qaratilgan b´lib, u turli xikmatlar, afsonalar, falsafiy fikrlar orqali shakllantiriladi.

Diniy dunyoqarash haqida fikr yuritganda, uning mazmunida kishilarning ahloq-odob haqidagi ming yillar davomida t´plagan bilimlari va tarixiy tajribalari aks etganligini, din uzoq davrlar mobaynida odamlarni tarbiyalashga y´naltirilganligi, u odamlarni bahamjihat yashashga undaganligini unutmaslik lozim. Din ma`naviy madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini unutmagan va diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, fuqorolarni, ayniqsa yosh avlodni zamonaviy, dunyoviy fanlar asosida dunyoqarashini shakllantirish zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak.

I.A.Karimov ta`kidlaganidek, «Biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va ma`naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da`vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosatga, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun din bayroq b´lishiga y´l q´ymaymiz. Chunki bu xolni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz»1:

3. Mifologik va diniy dunyoqarashlarda falsafa unsurlari ham b´lib, dastlab eramizdan avvalgi t´rtinchi, uchinchi ming yilliklarida qadimiy Sharq mamlakatlarida ilmiy fikrlar, u bilan bog`liq ravishda olamni falsafiy anglash vujudga kela boshlagan. Falsafiy dunyoqarashning ´ziga xos tomonlari quyidagilardan iborat:

-falsafiy dunyoqarash olamni fan va aqlga asoslangan holda tushuntirishdir. Shu ma`noda falsafiy dunyoqarash dastlab ilmiy dunyoqarashning sinonimi tarzida vujudga kelgan.

-falsafiy dunyoqarash kishilarning olam haqidagi yaxlit tizimga solingan bilimlari yig`indisidir. Shu ma`noda falsafiy dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson ma`naviy rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari t´g`risidagi ma`lumotlarni ´zida mujassamlashtiradi.

-Falsafiy dunyoqarash olamni qanday b´lsa, shundayligicha, hech qanday q´shimchalarsiz tushuntiradi. Olam esa murakkab, u noorganik va organik olam, tabiat, inson va jamiyatni tashkil etuvchi narsalar, xodisalar yig`indisidan iborat.

- Ilmiy falsafiy dunyoqarashga muvofiq notirik va tirik tabiat, jamiki narsa va xodisalar, butun mavjudot doimo harakat, ´zgarish, taraqqiyotda; olamda hech qanday narsa, hodisa y´qki, u ´z-´zicha mavjud b´lsin. Barcha narsa va xodisalar ´zaro bir-birlari bilan bog`liq, biri ikkinchisiga ta`sir k´rsatadi. Bu bog`liqlik, aloqadorlik ularning doimiy ravishda ´zgarib, rivojlanib turishiga olib keladi.

- Ilmiy falsafiy dunyoqarash quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

-Ilmiylik -Maqsadlilik.

-Tarixiylik -¢oyaviylik.

-Mantiqiylik Nazariya va amaliyotning

-Universallik. birligi.


4. Falsafiy dunyoqarash kishilarning fikrlash madaniyatini, ichki ma`naviy dunyosini ilmiy asosda shakllantiradi.

-Falsafiy dunyoqarash insonning olamni, jamiyatni, unda ´zining tutgan ´rnini ilmiy anglash imkoniyatlarini beradi: kishilarda sodir b´layotgan vokea-xodisalarga mustaqil yondoshishni, ´z fikri, nuqtai-nazariga ega b´lishni tarbiyalaydi.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling