Ii bob. 1918-1945-yillarda Turkiya Respublikasidagi ahvol


Kamol Otaturk hukumatining islohatlari


Download 160.35 Kb.
bet14/17
Sana11.05.2023
Hajmi160.35 Kb.
#1449926
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1918-1945-yillarda Turkiya

Kamol Otaturk hukumatining islohatlari. Milliy ozodlik kurashi oxiriga kelgan vaqtda turkiya iqtisodiy sust rivojlangan mamlakat bo‘lib hisoblanardi. 1911 yildan beri deyarli to‘xtovsiz davom etgan urush mamlakatni anchagina harob qilgan edi. Yangi hukumat xususiy milliy turk kapitalini rag‘batlantirish va etatizm deb atalgan ya’ni davlat sarmoyalarini eng avvalo sanoat va temir yo‘l transporti sohasi keyin esa xo‘jalikni boshqa sohalariga ham sarflashni ko‘zda tutuvchi siyosatni olib bordi. Davlat kapitalizmini o‘ziga xos shakli bo‘lgan etatizm siyosati ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki bu siyosat chet el kapitali ta’sir doirasini cheklab mamlakat iqtisojiy taraqqiyotini birmuncha jadallashtirdi. Hukumatning iqtisodiy siyosati ishlab chiqarish kuchlarini bir qadar o‘sishiga imkon bergan bo‘lsada xalq xo‘jaligini tezrivojlanishi uchun shart – sharoitlar yaratilmadi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi sekin rivojlandi, yer avvalgidek pomeshchiklar va burjua – pomeshchik davlati qo‘lida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi munosabatlarida ekspluatitsiyaning kapitalizmgacha bo‘lgan metodlari xususan chorakorlik , korandaliklar saqlanib qolgan edi. 20-yillarda birinchi qand zavodlari qurildi va to‘qimachilik sanoati bir muncha o‘sdi. Temir yo‘l tarmoqlari sezilarli kengayib bordi, hukumat nafaqat iqtisodiy balki harbiy manfaatlarni ko‘zlab transport masalasiga alohida e’tibor berdi. Birmuncha iqtisodiy o‘sish milliy burjuaziya va u bilan bog‘liq tabaqalar ahvolini mustahkamladi. Feodal klerikal elementlar va komprodor burjuaziyasini sindirishga intilib xalq partiyasi, majlis va hukumat 1923 yil kuo‘idan davlat tuzilishi, qounuchilik va boshqa sohalarda islohatlar o‘tkaza boshladi. Istambulni feodal – klerikal va komprodor elementlar o‘zlarining tayanchlariga aylantirishga intilganliklari sabali poytaxt 1923 yil oktyabrida anqaraga ko‘chirldi. 1923 yil 29 oktyabrida Buyuk Majlis Turkiyani Respublika e’lon qildi. Bu bilan 1921 yil yanvardan mavjud bo‘lib kelayotgan boshqarish shakli masalasidagi noaniqlikka chek qo‘yildi. Respublika e’lon qilingandan keyin milliy ozodlik uchun kurash tashkilotchisi mustafo Kamol Otaturk respublikaning birinchi prezidenti etib saylandi, 1927 yildan esa xalq respublikachilar partiyasining umrbod raisi etib saylandi. 1924 yil martidan qator yangi qayta o‘zgarishlar o‘tkazildi, xalifachilik tugatildi (usmoniylar sulolasi barcha a’zolari mamlakatdan chiqarib yuborildi), din va vaqf ishlari bo‘yicha vazirlik tugatildi, musulmon diniy maktablari yopildi, barcha o‘quv muassasalari ustidan nazorat ishi maorif vazirligiga berildi. Shu vaqt musulmon diniy sudlari tugatildi va ularning funksiyalari dunyoviy, davlat sud muassasalariga berildi. 1924 yil 20 aprelda qabul qilingan konstitutsiya milliy burjuaziya va u bilan bog‘langan pomeshchik hukumronligini mustahkamladi, davlatchilikni feodal teokratik shakli – sultonlik, xalifalikni tugatdi. Lekin konstitutsiyada e’lon qilingan ko‘p huquqlar deklaratsiya xarakterida edi, shuningdek konstitutsiyada shovinistik ruhda bzlib turkiya barcha aholisi milliy va diniy mansubligiga qaramay turklar deb hisoblanar edi. Kam sonli millatlarni miliy huquqlari himoyalanmagan edi. 1925-1929 yillarda yangi jinoiy, fuqarolik va boshqa kodekslar qabul qilindi, mamlakatni tashqi qiyofasini “yevropalashtirish” tomon o‘zgartirishga xizmat qilgan maishiy hayotga doir qator islohatlar o‘tkazildi. 1928 yilda arab alfavitidagi yozuv o‘rniga lotin alfaviti asosidagi yozuvlar o‘tildi. Savol : Mustafo Kamol Otaturk hukumatini o‘tkazgan islohatlarining asosiy mohiyati nimalardan iborat ?

Download 160.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling