Ii bob. Asosiy Qism 1 Restoranlarda furshet-banketni tashkil qilish mohiyati 2


Restoranlarda kokteyl – banketni tashkil qilish


Download 136.62 Kb.
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi136.62 Kb.
#1190231
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi — CHANGED

2.2 Restoranlarda kokteyl – banketni tashkil qilish
Sessiyalar, konferentsiyalar, kengash, yarmarka, s'ezd qatnashchilari uchun kokteyl-banketlar tashkil qilinadi. Odatda, bunday banketlar kechga tomon o'tkaziladi va 2 soat atrofida davom etadi.
Kokteyl-banketlar o'tkazishda qat'iy bir tartib o'rnatilmagan. Belgilangan vaqt doirasida mehmonlar o'zlari uchun qulay paytda kelishlari va ketishlari mumkin.
Kokteyl-banketlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning taomnomasida kokteyl va turli-tuman alkogolsiz ichimliklar o'rin olgan.
Kokteyl-banketning iqtisodi ancha ixcham, ortiqcha mebel, idish-tovoq, anjomlar va hokazo talab qilinmaydi. Bunday banketlarga ham boshqa banketlarga qo'yiladigan talablar qo'yiladi. Ammo bu banket ancha arzon turadi. Kokteyl- konyak, likor, vino va shu kabilar aralashmasidan shakar va ziravorlar qo'shib tayyorlangan shirin, xushbo'y ichimlik. Bunday banketlar xorijiy davlatlarda qo'llaniladi.
Xizmatga tayyorlanish. Zalga banket stollari qo'yilmaydi, ammo zalning qulayroq joylarida - devor yonlarida, ustunlar atrofida va boshqa joylarda stollar bo'ladi. Banket boshlanishiga qadar bu stollarga sigaretalar, gugurt, kuldon, salfetkalar solingan vazalar qo'yiladi.
Idishlarga solingan gazaklar, rumka, qadahlarga quyilgan ichimliklarni ofitsiantlar patnislarda olib yurib, mehmonlarga tavsiya qiladilar. Yengil, asosan, sovuq taomlar oz-ozdan solinib tarqatiladi. Baliqli taomlar, shirinliklar ko'p bo'ladi.
Issiq taomlardan qiymalangan mol go'shti, qo'y go'shtidan tayyorlangan gazaklar, kotletlar, pishirilgan yoki yog'da qovurilgan sosiskalarni tavsiya etish mumkin.
Kokteyl-banketlari alkogolsiz deyilsa ham, ehtiyoj bo'lganda aroq, konyak, likor, vino, pivo, shampan vinosi, sharbatlar, suvlar beriladi.
Kokteyl-banketlarida cheklangan miqdorda chinni, shisha idishlar, metall buyumlardan foydalaniladi. Rumka, qadahlar ko'proq kerak bo'ladi. Ammo bunday banketlarda oddiy, lekin chidamli, arzonroq turadigan idish-tovoqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kokteyl-banketlari uchun ishlatiladigan idish-anjomlar miqdori keladigan odamlar miqdoriga, gazak va ichimliklar turiga, xizmat qilayotganlar soni va malakasiga, banket o'tkazilayotgan zalning muvofiqligi va boshqa sabablarga bog'liq.
Kokteyl-banket restoranda o'tkazilmay, boshqa binoda bo'ladigan bo'lsa, u yerni banket zali singari ko'rinish berishga yaqinlashtirib bezash kerak. Bunday hollarda hamma narsa shu yerning o'zida tayyorlanadi, gazak tayyorlanadi, idish-tovoqlar yuviladi. Agar banket o'tkazish joyi ikki xona bo'lsa, birida bufet joylashadi, boshqasida gazak tayyorlanadi.
Bufet uchun ajratilgan stollarga qalin mato va dasturxon yoziladi. Klyonka yoki poliyetilen plyonkalar solingan stollarga suyuqliklar to'kilsa, ular namni shimib olmaydi.
Bufetni ishga tayyorlash kokteyl tayyorlash va rumka, qadahlarga quyilgan ichimliklarni stollarga tez qo'yish uchun bir necha bufetchilar yoki tajribali ofitsiantlar tayinlanadi. Bufetchilar xizmat qiladigan bo'lsa, ularga yordamchi tayinlanadi; yordamchi tezlik bilan ichimliklar quyib beradi, bufetga muz, toza idishlar keltiradi, bo'sh shisha, banka, ballonlarni olib ketadi.
Banketga tayyorlanishda bufet stollariga, albatta, ichimliklarni hisobga olgan holda, rumka, stakan, qadahlar guruhlab qo'yib chiqiladi. Qolgan idish-anjomlar bufetda saqlanadi. Bufet stolida patnis, ichimliklar va muz uchun joy qoldiriladi.
Banket boshlanishiga qadar hamma ichimliklar harorati talab me'yoriga keltirilishi lozim.
Havo isib ketgan paytlar muzlar mayda bo'laklarga bo'linib, oldindan tayyorlab qo'yiladi.
Banket boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda ichimliklarning bir qismi bufetga keltiriladi, shishalar og'zi ochiladi, sharbatlar ko'zachalarga quyiladi, kokteyl tayyorlanadi.
Birinchi mehmon kelganiga qadar rumka, stakan, qadahlarning to'rtdan bir qismi ichimliklar bilan to'ldiriladi va patnislarga qo'yilib, usti salfetka bilan yopiladi. Idishlarga ichimlik juda to'latilmaydi, uchdan ikki qismigacha quyiladi. Ichimliklar quyilgan bo'yi baland idishlar patnis o'rtasiga, bo'yi pastlari chetroqqa qo'yiladi, oralari 1-2 sm dan kam bo'lmaydi. Navi, mazasi, tusi, quvvati har xil bo'lgan ichimliklar bir xil rumkalarga quyilgani uchun ularni guruh-guruhlarga ajratib terish kerak.
Patnis ustiga yopiladigan salfetka patnisga mos turishi lozim. Sochiq-salfetkalar katta bo'lsa, patnis chetidan osilib qoladi va ko'rinishi xunuk bo'ladi. Bufetda hamma vaqt zaxirada salfetka, sochiq, kuldon va boshqalar bo'lishi zarur.
Bufetchi, ofitsiantlar shisha idishlar, ichimliklar, muz va boshqalar bilan banket zalini yasatayotgan bir paytda, oshpazlar gazaklar tayyorlaydi, ularni idishlarga soladi. Banket boshlanishidan bir necha daqiqa oldin ofitsiantlar ularni yordamchi stollarga olib kelib qo'yadi. Mehmonlarga ichimliklar, gazaklarni dumaloq yoki cho'zinchoq patnislarda tarqatish ancha qulay.
Oldindan tayyorlanadigan gazakli idishlar miqdori ofitsiantlar sonidan bir necha barobar ko'p bo'lishi kerak.
Kokteyl-banketlariga rumkalar, qadahlar, stakanlar ko'p talab qilinishini hisobga olgan holda ularni yuvishni yaxshi tashkil qilish lozim. Ayniqsa, bu narsa banket uchun moslanmagan joylarda mehmon kutilganda zarur. Yuvish xonasiga ikkita stol qo'yiladi, bittasi foydalanilgan idishlar uchun, ikkinchisi yuvilgan va tozalab artilgan idishlar uchun. So'ngra ular bufetga olib boriladi va ichimliklar bilan to'ldiriladi. Idishlarni oqib turgan issiq suv bilan yuviladi va sochiq bilan artiladi.
Mehmonlarga xizmat qilish. Zalga kirishda mehmonlarni banket tashkilotchilari kutib oladilar. Mehmonlardan birinchisi zalda ko'rinishi bilan ofitsiantlar xizmat qilishni boshlaydilar.
Xizmat boshlanishida zalda qancha odam borligiga qarab, ofitsiantlar zalga chiqishadi. Oldin xizmat xonasidan patnisda ichimliklar ko'targan ofitsiantlar, so'ngra ular orqasidan gazaklar bilan ikkinchi guruh ofitsiantlar chiqadilar. Patnislar chap qo'lda tirsak barobarida bo'ladi. Ular har bir mehmon oldiga kelib ichimlik va gazaklar tavsiya etadilar. Bir mehmon xohlagan ichimlik, gazak olishi yoki hozircha olmasligi mumkin, u chog'da ofitsiant ikkinchi mehmonga yondashadi va ichimlik taklif qiladi. Shunday holat ham bo'lishi mumkin: mehmon sharbat ichishni xohlaydi, ammo ofitsiantda bu ichimlik yo'q, bufetda bor. Ofitsiant uzr so'rab bufetdan mehmon talab qilgan ichimlikni keltirib beradi.
Bordi-yu, mehmon istagan ichimlik bufetda ham bo'lmasa, ofitsiant mehmonga yuzlashib, «kechirasiz, bu ichimlik yo'q ekan, apelsin sharbati bor, marhamat” deb patnisni tutishi kerak.
Ofitsiant patnisidagi ichimliklar tugab qolsa yoki oz qismi bufetga boradi, yetishmayotgan ichimliklar bilan Patnisni to'ldiradi yoki tayyorlab qo'yilgan patnisni ko'tarib zalga kiradi. Ba'zi mehmonlar bo'shagan rumka, qadahlarini Patnisga qo'yish xohoshini bildirsalar, ofitsiant patnisni tutadi yoki yaxshisi, rumkani o'ng qo'li bilan olib eng yaqin yordamchi stolga qo'yadi.
Bufet uchun ajratilgan stollarga qalin mato va dasturxon yoziladi. Kleyonka yoki poliyetilen plyonkalar solingan stollarga suyuqliklar to'kilsa, ular namni shimib olmaydi.
Bufetni ishga tayyorlash, kokteyl tayyorlash va rumka, qadahlarga quyilgan ichimliklarni stollarga tez qo'yish uchun bir necha bufetchilar yoki tajribali ofitsiantlar tayinlanadi. Bufetchilar xizmat qiladigan bo'lsa, ularga yordamchi tayinlanadi, yordamchi tezlik bilan ichimliklar quyib beradi, bufetga muz, toza idishlar keltiradi, bo'sh shisha, banka, ballonlarni olib ketadi.
Banketga tayyorlanishda bufet stollariga, albatta, ichimliklarni hisobga olgan holda, rumka, stakan, qadahlar guruhlab qo'yib chiqiladi. Qolgan idish-anjomlar bufetda saqlanadi. Bufet stolida patnis, ichimliklar va muz uchun joy qoldiriladi.
Banket boshlanishiga qadar hamma ichimliklar harorati talab me'yoriga keltirilishi lozim.
Havo isib ketgan paytlar muzlar mayda bo'laklarga bo'linib, oldindan tayyorlab qo'yiladi.
Banket boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda ichimliklarning bir qismi bufetga keltiriladi, shishalar og'zi ochiladi, sharbatlar ko'zachalarga quyiladi, kokteyl tayyorlanadi.
Birinchi mehmon kelganiga qadar rumka, stakan, qadahlarning to'rtdan bir qismi ichimliklar bilan to'ldiriladi va patnislarga qo'yilib, usti salfetka bilan yopiladi. Idishlarga ichimlik juda to'latilmaydi, uchdan ikki qismigacha quyiladi. Ichimliklar quyilgan bo'yi baland idishlar patnis o'rtasiga, bo'yi pastlari chetroqqa qo'yiladi, oralari 1-2 sm. dan kam bo'lmaydi. Navi, mazasi, tusi, quvvati har xil bo'lgan ichimliklar bir xil rumkalarga quyilgani uchun ularni guruh-guruhlarga ajratib terish kerak.
Patnis ustiga yopiladigan salfetka patnisga mos turishi lozim. Sochiq-salfetkalar katta bo'lsa, patnis chetidan osilib qoladi va ko'rinishi xunuk bo'ladi. Bufetda hamma vaqt zaxirada salfetka, sochiq, kuldon va boshqalar bo'lishi zarur.
Bufetchi, ofitsiantlar shisha idishlar, ichimliklar, muz va boshqalar bilan banket zalini yasatayotgan bir paytda, oshpazlar gazaklar tayyorlaydi, ularni idishlarga soladi. Banket boshlanishidan bir necha daqiqa oldin ofitsiantlar ularni yordamchi stollarga olib kelib qo'yadi. Mehmonlarga ichimliklar, gazaklarni dumaloq yoki cho'zinchoq patnislarda tarqatish ancha qulay.
Oldindan tayyorlanadigan gazakli idishlar miqdori ofitsiantlar sonidan bir necha barobar ko'p bo'lishi kerak.
Kokteyl-banketlariga rumkalar, qadahlar, stakanlar ko'p talab qilinishini hisobga olgan holda ularni yuvishni yaxshi tashkil qilish lozim. Ayniqsa, bu narsa banket uchun moslanmagan joylarda mehmon kutilganda zarur. Yuvish xonasiga ikkita stol qo'yiladi, bittasi foydalanilgan idishlar uchun, ikkinchisi yuvilgan va tozalab artilgan idishlar uchun. So'ngra ular bufetga olib boriladi va ichimliklar bilan to'ldiriladi. Idishlarni oqib turgan issiq suv bilan yuviladi va sochiq bilan artiladi.
Mehmonlarga xizmat qilish. Zalga kirishda mehmonlarni banket tashkilotchilari kutib oladilar. Mehmonlardan birinchisi zalda ko'rinishi bilan ofitsiantlar xizmat qilishni boshlaydilar.
Xizmat boshlanishida zalda qancha odam borligiga qarab, ofitsiantlar zalga chiqishadi. Oldin xizmat xonasidan patnisda ichimliklar ko'targan ofitsiantlar, so'ngra ular orqasidan gazaklar bilan ikkinchi guruh ofitsiantlar chiqadilar. Patnislar chap qo'lda tirsak barobarida bo'ladi. Ular har bir mehmon oldiga kelib ichimlik va gazaklar tavsiya etadilar. Bir mehmon xohlagan ichimlik, gazak olishi yoki hozircha olmasligi mumkin, u chog'da ofitsiant ikkinchi mehmonga yondashadi va ichimlik taklif qiladi. Shunday holat ham bo'lishi mumkin: mehmon sharbat ichishni xohlaydi, ammo ofitsiantda bu ichimlik yo'q, bufetda bor. Ofitsiant uzr so'rab bufetdan mehmon talab qilgan ichimlikni keltirib beradi.
Bordi-yu, mehmon istagan ichimlik bufetda ham bo'lmasa, ofitsiant mehmonga yuzlashib, «kechirasiz, bu ichimlik yo'q ekan, apelsin sharbati bor, marhamat” deb patnisni tutishi kerak.
Ofitsiant patnisidagi ichimliklar tutab qolsa yoki oz qismi qolsa, u bufetga boradi, yetishmayotgan ichimliklar bilan Patnisni to'ldiradi yoki tayyorlab qo'yilgan patnisni ko'tarib zalga kiradi. Ba'zi mehmonlar bo'shagan rumka, qadahlarini Patnisga qo'yish xohishini bildirsalar, ofitsiant patnisni tutadi yoki yaxshisi, rumkani o'ng qo'li bilan olib eng yaqin yordamchi stolga qo'yadi. Ofitsiant ichimliklar tarqatar ekan, qaysi ichimlikka ehtiyoj ko'proqligini bilishi va bufetchiga aytishi lozim, bufetchi, o'z navbatida, o'sha ichimlikdan ko'proq rumka, qadahlarga quyib turadi.
Mehmonlar ichimliklar ichgach, ikkinchi ofitsiant qo'lida patnis bilan gazaklar tavsiya qiladi. Gazakdan bo'shagan yoki ozgina qolganlari bilan idishlar yordamchi xonalarga keltiriladi, bu yerda idishlar yuvilib, to'ldiriladi va yana zalga olib chiqiladi.
Issiq gazaklar banket egalari, bosh ofitsiant bilan kelishilgan holda beriladi. Qizitilgan metall yoki chinni idishlarga gazaklar solinadi, sanchqilar o'rniga yog'och yoki plastmassadan qilingan sanchqilar qo'yiladi. Gazaklar bo'lakchalarga bo'lingan bo'lsa, har bir bo'lakchaga bittadan alohida sanchqich sanchilgan bo'ladi, mehmonlar bemalol olib iste'mol qilaveradi. Gazaklar idishga uyib solinadigan bo'lsa, tepa qatordagi har bir bo'lakka sanchgich sanchib qo'yilgan bo'ladi, boshqa sanchgichlar stakanda gazak yoniga qo'yiladi.

Sanchgichning ikkinchi uchi mehmonlar olishi uchun qulay bo'ladigan qilib stakandan 10-20 mm. tashqariga chiqib turadi. Gazak bilan mehmonlar atrofida yurgan ofitsiantning chap qo'lida patnis, o'ng qo'lida esa, bo'shagan sanchqilar solinishi uchun tarelka bo'ladi. Ofitsiantlar mehmonlar kelganidan boshlab to oxirgi mehmon qolguncha uzluksiz xizmat qiladilar.


Kokteyl-banketlar tashkil qilishda rumka, qadahlarga banket zalida ham ichimliklar quyilsa bo'laveradi. Buning uchun qulayroq joylarda - burchaklarda, chekkaroq joylarda, banket zalining tinchroq devorlari yaqinida barlar uyushtiriladi. Bularning miqdori mehmonlar soniga va banket zalining maydoniga bog'liq. Maxsus bufet moslamalari bo'lmasa, bunday barlar uchun odatdagi stollar qo'yiladi. Ular ustiga qalin mato va dasturxon solinadi. Furshet-banket stollari kabi yasatiladi. Bunday stollar uzunligi 2-4 m, eni 1-1,5 m bo'ladi. Bar stoli markaziga vitrina o'rnatiladi, shishalar etiketkasi zalga qaratilgan ichimliklar qo'yiladi. Muz solingan idish, banka va shisha ochqichlar, salfetka, patnis bo'ladi.
Stol-barda rumka, qadahlar to'p-to'p qilib qo'yiladi. Bo'yi uzun idishlar stol chetida - ichimliklar quyuvchiga yaqinroq, bo'yi pastroqlari markazda turadi. Barda turgan bufetchi ichimliklar quyadi. Ishni yaxshi tashkil qilish uchun uning o'ng yonida shisha, ko'zachalarda ichimliklar bo'ladi. Bo'sh shishalar ham shu yerga keltiriladi. Banket boshlanishiga 20 -30 daqiqa qolganda bar har jihatdan to'la tayyor bo'lishi shart.
Mehmonlar kelishiga 10-20 daqiqa qolganda bar sohibi ichimliklar quyishni boshlaydi.
Banketda ko'p miqdordagi mehmonlarga xizmat qilish zaruriyati tug'ilsa, bar sohibiga yordamchi beriladi. Uning vazifasi barga toza idishlar keltirish, foydalanilganlarini yig'ishtirib olish, ichimliklar keltirish, ehtiyoj tug'ilganda mehmonlarga patnisda kerakli ichimliklar olib borib berish, shuningdek, bar xodimiga ichimliklarni rumkalarga quyishda yordamlashish.

    1. Restoranlarda choy banketini tashkil qilish

Choy banketlar tavallud topgan kunlar va boshqa tantanalarda o'tkaziladi. Bunday banketlarda odamlar uncha ko'p bo'lmaydi. Bunday tadbirlar ko'p hollarda soat 16-18 larda o'tkaziladi, 2 soat atrofida davom etadi. Choy banketining o'tkazilishida qat'iy qoida yo'q. U erkin holda o'tkaziladi. Banketga tayyorgarlik. Choy banketiga tavsiya etiladigan mebel- dumaloq, cho'zinchoq stollar, ular bo'lmasa kvadrat, to'g'ri to'rtburchakli stollar, stullar, kreslo, yarimkreslo, yumshoq kursi, divanlar. Choy stollari zalning markaziga yoki mehmonlar uchun qulay joylarga o'rnatiladi. Zalga bir qancha stollar qo'yiladigan bo'lsa, ular orasida mehmonlar o'tishi, ofitsiantlar yurishi uchun yo'lak bo'lishi lozim. Asosiy choy stollaridan tashqari ofitsiantlar uchun yordamchi stollar ham qo'yiladi.
Dasturxon, sochiq, sochiq-salfetkalar gulli bo'lishi kerak. Stolda yozilgan gulli dasturxonlarga mos keladigan sochiq-salfetkalar tanlanadi. Tantananing xarakteriga qarab rang-barang gulli dasturxon ishlatiladi. Ular bir xil rangda yoki milliy kashtachilik bezaklari berilgan bir necha rangda bo'lishi mumkin. Silliqlangan, oyna bilan qoplangan stollarga dasturxon yozilmaydi. Agar mehmonlar soni 8 tadan oshsa, bir necha stolni yasatish mumkin. Banket taomnomasida asosan xamir-qandolat mahsulotlari (non, pirog, suxari, tort, pirojniy, keks, pecheniy, konfetlar, shirin yong'oqlar, bodom, olma, har xil meva va boshqalar) bo'ladi.
Spirtli ichimliklardan yarimshirin vinolar, musallas, likor, konyak tavsiya qilinadi. Ba'zi banketlarda shampan vinosi ham beriladi. Choy stoliga sovuq gazaklar berish tavsiya etilmaydi.
Choy banketi stoliga mayda desert tarelkalari, desert, meva idishlari, vino, konyak, likor uchun rumkalar, shampan vinosiga qadahlar, choynak-piyolalar, qanddon va qandni siqib olgich, meva, qandolatlar solish uchun vazalar, gulli salfetkalar, kuldonlar qo'yiladi.
Choy stolidagi har bir mehmonga agar taomnomaga kiritilgan bo'lsa, kichik desert tarelka, uning yoniga likyor va kon'yak uchun ryumka qo'yiladi. Pichoq, vilka, qoshiq desert tarelkalariga yoki uning yoniga qo'yiladi. Gulli sochiq-salfetkalar chiroyli buklanib, desert tarelkalariga yoki ularning yoniga, chap tomonga qo'yiladi.
Mevalar uchun tarelkalar, anjomlar 4-6 tadan taxlanib, mehmonlar uchun qulay joyga qo'yiladi. Ular xizmat qiluvchilar uchun ham o'ng'ay bo'lishi kerak.
Meva, qiyom, asal, pecheniy, tort, pirojniy, qand, yong'oq solingan vazalar banket boshlanmasdan oldin stollarga qo'yiladi.
Qiyom, asal soladigan idishchalar, qandni siqib olgich, tort, pirojniylar uchun kurakchalar, desert qoshiqlari beriladi. Kuldon, sigaretalar, gugurt choy stoliga qo'yilmaydi. Ularni zarur bo'lib qolsa, ofitsiantlar keltirib beradi. Choy stoli taomnomasida shirinliklar, mevalar, desert yoki nimshirin vinolar bo'lishi mumkin. Issiq ichimliklar berish oldidan qiyom, sut, limon keltiriladi. Agar taomnomada qiyom belgilangan bo'lsa, 4-6 dona kichik idishchalar stol ustiga qo'yiladi. Shampan vinosi uchun qadahlar vino rumkalarining chap tomonida turadi.
Choy stolining bezagi - samovardir. U asosiy stol ustiga yoki maxsus tayyorlangan ixchamroq stolga qo'yiladi. Chinni choynak-piyolalar, chashkalar samovar yonida bo'ladi.
Mehmonlarga xizmat qilish. Ofitsiantlar mehmonlarni yasatilgan stollarga taklif qiladilar, birinchi navbatda ayollar, yoshi ulug'larni o'tqazadilar. Hamma mehmonlar o'tirib, joylashganiga ishonch hosil qilgan ofitsiantlar mehmonlarga shirinliklar va vino tavsiya qiladilar. Ofitsiant o'ngdan chap tomon yurib taomlarni tortib chiqadi. Taom solingan idishlarni qo'yish uchun, bir mehmon oldiga kichik tarelkalar beriladi. So'ngra issiq ichimliklar, qandolat mahsulotlari qo'yiladi.
Ofitsiantlar foydalanilgan idish-anjomlarni yig'ishtirib oladilar va toza desert tarelkalari, anjomlarni beradilar. Qiyom, qaymoq, sut, limonlar qo'yiladi va choy beriladi.
Biz bu yerda Yevropa qoidalariga binoan choy-banketlar o'tkazish haqida qisman gapirdik, ammo o'zbekona choyxo'rlik butunlay boshqacha bo'ladi. Hozir respublikamiz restoranlarida choylar oshxonada paxta gulli choynaklarda damlanadi, paxta gulli piyolalar bilan mehmonlar oldiga qo'yiladi. Ofitsiant choyni qaytarib, bir oz tinim berib piyolaga quyadi va mehmonga uzatadi.
O'zbekistonda bo'lgan, o'zbek xonadonlariga mehmondorchilikka borgan bir xorijlik olim, mamlakatiga borib, maqolasida shunday yozadi: men o'zbek qizining izzat-ehtirom, izzat-hurmat bilan choy uzatishini dunyodagi hamma izzat-ehtirom, izzat-hurmatga alishtirgan bo'lardim.
Choy quyish, choy uzatish - bu ham bir san'at, madaniyat. Bu madaniyatni biz restoranlarda xorijiy mehmonlarga ko'rsatishimiz darkor.


2.4 To'y banketlarida xizmat qilish buyurtma qabul qilish
Restoranlarning to'ylarga xizmat qiladigan alohida zallari bor. Peshzallarda mehmonlar yig'ilishadi, bir-birlarini kutishadi. To'y o'tkaziladigan zalga stollar qo'yiladi, banket dasturxoni yasatiladi. Restoranning faqat bittagina zali bo'lsa, mehmonlar eshik oldida to'planishadi. To'y banketlari uchun taomnomalar maxsus muqovalarda tayyorlanadi.
To'y taomnomalarining muqovalari odatdagi tantanali banketlarnikiga qaraganda kichikroq, oq rangda, «To'y taomnomasi” deb yozilgan bo'ladi. Muqova ichiga taomnoma solinadi, ammo taomlarning, ichimliklarning bahosi ko'rsatilmaydi.
Buyurtma qabul qilish. Avvalo, to'y o'tkaziladigan zal buyurtmachiga ko'rsatiladi. Banket o'tkaziladigan sana va vaqt, to'yga keluvchilar soni, banket uchun o'tkazilgan pul summasi aniqlanadi. Quyidagi masalalar oldindan hal qilib olinadi: an'analardan kelib chiqqan holda xizmat qilishning o'ziga xos xususiyatlari, kelin-kuyovlarning kelishi, kutib olinishi yoki kelin-kuyovlar mehmonlarni kutib olishi, sovg'alar, gullar uchun joy, mehmonlarni qaysi tartibda o'tqazilishi, issiq ovqat qachon berilishi, o'yin-kulgi, choy berilishi va hokazolar.
Buyurtmachi bilan taomnoma, banket stollarining qo'yilishi, mehmonlarni joylashtirish rejalari kelishib olinadi. Buyurtma qabul qilinganda buyurtmachiga restoran manzili yozilgan taklifnoma blankalari beriladi. To'y taomnomasiga har xil sovuq taomlar va gazaklar, qandolat mahsulotlari, mevalar, ichimliklar, bitta yoki ikkita issiq ovqat kiritiladi. Ofitsiantlarni tayyorlash. To'y banketiga keluvchilarning har 9-12 tasiga bitta ofitsiant xizmat qiladi. Bosh ofitsiant hamma ofitsiantlarga ko'rsatma beradi, har birining vazifasini belgilaydi, xizmat qilish sektorini tayinlaydi, taomlar, shampan vinosi va boshqalarning navbat bilan berilishini tushuntiradi.
Xizmat qilishga tayyorgarlik jarayonida bir guruh ofitsiantlar mebellarni o'rnatadi, idish-tovoq, anjomlar tayyorlaydi, stol yasatadi, boshqalar ziravorlarni, gullarni qo'yadi, bufet mahsulotlarini tayyorlaydi. Xizmat qilish jarayonida esa, bir guruh ofitsiantlar taom va ichimliklar tarqatadi, boshqasi-foydalanilgan idish-tovoqlarni yig'ishtiradi va hokazo. To'yga taklif qilinganlar 20-24 kishi bo'lsa, stollar bir qator qilib qo'iiladi, ko'proq bo'lsa - T, P, Sh harflari shaklida qo'yiladi. Bu to'yga keluvchilar miqdori, restoranning me'moriy xususiyatiga bog'liq. Birinchi bo'lib kelin-kuyovlar o'tiradi, kuyovning o'ng tomonida kelin o'tiradi.
Kelinning ota-onalari kuyovning chap tomonida, kuyovning ota-onalari kelinning o'ng tomonida o'tiradi. Shu qatorda kuyovjo'ra va kelinning dugonasi o'tiradi.
Yuqorida, asosan, Yevropa xalqlariga taalluqli to'y banketlari haqida gapirildi.
O'zbekistonda nikoh to'ylari, ayniqsa, qishloq joylarida, asosan kuyovning hovlisida o'tadi. Bularning milliy an'ana, udumlarimizdan kelib chiqadigan ancha murakkab tomonlari bor. Bu alohida bir mavzudir. Lekin, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng shaharlarda nikoh to'ylar hovlilarda o'tkazilishi bilan bir qatorda, restoranlarda, maxsus to'yxonalarda o'tkazilmoqda. Bu to'ylarning asosiy o'zagida o'zbek milliy madaniyati, an'ana, urf-odati, udumlari saqlanayotgan, mazmuni boyiyotgan bo'lsa ham, shakl tomoniga ba'zi yangiliklar kirib kelayapdi. Bu haqda ham to'xtalmoqchi emasmiz, chunki bu ham alohida tadqiqot talab qiladigan keng mavzudir.
To'y kechasining boshlanishiga 5-10 daqiqa qolganda bosh ofitsiant to'y tashkilotchilariga hamma narsa tayyor, zalga kirish mumkin, mehmonlarni taklif qilamiz, deydi. Shu payt xizmatga tayinlangan hamma ofitsiantlar zalda mehmonlarni kutadilar, ularning o'tirishlarida yordam beradilar, so'ngra ichimliklar va gazaklar tavsiya qiladilar.
Kelin-kuyov va ularning ota-onalariga alohida diqqat-e'tibor qaratiladi. Taom, ichimliklarni ofitsiantlar tavsiya qilib aylanib yuradi. Zaruriyat tug'ilgan holda ofitsiantlar tarelka va anjomlarni yig'ishtirib oladilar va o'rniga tozasini olib kelib, mehmonlar ichib, yeyishib ancha qizib olgach, 30- 40 daqiqalik tanaffus e'lon qilinishi, shu payt musiqa, ashula, raqsga tushish mumkin bo'ladi.
Tanaffus vaqtida ofitsiantlar stol ustini tartibga soladilar, bo'shagan idish-tovoqlarni yig'ishtiradilar, tozalarini qo'yadilar. Issiq ovqat beriladi. To'y torti kesiladi va tarqatiladi.

Download 136.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling