Ii-bob birinchi jahon urushi va uning yakunlari


Download 151.5 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1615475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 jahon urushi va uning yakunlari

Buyuk chekinish — rus armiyasining 1915- yil bahor va yozida og`ir talafotlar bilan chekinishi.
To`rtlar ittifoqi— 1915-yil 15- sentabrda Bolgariyaning Germaniya, Avstriya-Vengriya va Turkiya ittifoqiga qo`shilishi natijasida vujudga kelgan blok.
1.2 Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari.
Birinchi jahon urushi unda qatnashgan hamma davlatlar uchun ham imperialistik bosqinchilik va adolatsiz urush bo‘ldi. Faqat Serbiya va Belgiya uchun bu urush bir qadar milliy ozodlik urushi bo‘ldi. Biroq bu parsa urushning umumiy xarakterini o‘zgartira olmas edi, chunki urushning umumiy xarakteri do‘nyoni Yangidan qayta taqsimlash uchun, dunyoda hokim bo’lish uchun kurashayotgan buyuk imperialistik davlatlarning qatnashishi bilan belgilanar edi.
German imperialistlari o‘z foydalarini ko‘zlab, dunyoning butunlay qayta taqsimlashga urush yo‘li bilan erishmoqchi bo‘ldilar. Germaniyaning bosqinchilik dasturi Pangerman ittifoqining 1914-yil 28-avgustda e’lon qilgan talablarida o‘z aksini topgan edi. Bu talablar kuyidagilardan iborat edi:
Rossiyaning tabiiy qazilmalarga boy bo‘lgan va nemis kolonistlarini ko‘chirib kelishga yaraydigan katta-katta unumdor hududlarini bosib olish, sanoat mamlakati bo‘lgan Belgiyani anneksiya qilish va uning Afrikadagi Kongo mustamlakasini qo‘lga kiritish fransuzlarning Longvi va Bris temir ruda havzalarini anneksiya qilish va Fransiya bilan tuzgan chegarani Belfor, Tul, Verden shaxarlari va Somma daryosidan g‘arbroqdagi liniyaga ko‘chirish, shuningdek, Fransiya mustamlakalarini bosib olish, Angliyaning dengizdagi hukmronligiga chek qo‘yish, jahon bozorlarida ingliz konkurepsiyasini zaiflashtirish, dengizlardagi tayach punktlarga ega bo’lish va ingliz mustamlakalarini bosib olish, engilgan davlatlardan milardlab kontributsiya olish, barcha dushmanlarni zaiflashtirib, «Buyuk Germaniya» ning chetdan hech qanday to‘sqinlik sezmay o‘n yilliklar davomida taraqqiy etishini ta’minlashdan iborat edi.
Avstriya-Vengriya imperialistlarining bosqinchilik dasturi Serbiyani anneksiya qilish va Bolqonda Avstriya-Vengriya movarxiyasining hukmronligini o‘rnatishdan, Rossiyadan Polsha podsholigi, Podoliya va Volinni tortib olishdan iborat edi. Avstriya-Vengriya imperialistlari milliy ziddiyatlar tufayli ajralib ketayotgan gabsburglar monarxiyasini mustaxkamlashning birdan-bir vositasi, 30 million kishini tashkil qilgan slavyanlar, ruminlar va italyanlarni yanada ezish mumkinligining garovi deb qaradilar. Bu ishlarning amalga oshirilishidan Germaniya ham manfaatdor edi, chunki u Avstriya kapitali bilan chambarchas bog‘langan german kapitalini Bolqonga, Egey dengizi rayonlariga Turkiyaga eksport qilish uchun keng imkoniyat ochib berar va Markaziy davlatlar bilan Eron ko‘rfazigacha cho‘zilgan hududda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyatini yaratar edi.
Chor Rossiyasi imperialistlari, rus pomeshchiklari va burjuaziyasining urushdan maqsadi Germaniyaning qudratini sindirish, Galitsiyani, Nemanning quyi okimini Rossiyaga qo‘shib olish, Konstantinopol va bo‘g‘ozlarni bosib olishdan iborat edi.
Ingliz burjuaziyasi nihoyatda tez taraqqiy qilayotgan german raqibining iqtisodiy va siyosiy qudratini zaiflashtirishga, Germaniyaning harbiy dengiz va savdo flotini yo‘q qilishga, neft konlariga boy bo‘lgan Mesopotamiya va Arabiston yarim orolini bosib olishga hamda Germaniyadan uning mustamlakalarini tortib olishga erishmoqchi bo‘ldi.
Fransiya imperialistlari ham Germaniyaning harbiy, iqtisodiy va siyosiy qudratini sindirish maqsadini ko‘zladi. Ular Fransiyadan 1871-yilda tortib olingan Elzas va lataringiya hududlarini kaytarib berishini talab qilib qolmay, balki Gsrmaniyadan Reyn daryosining chap qirg‘og‘idagi erlarni olib berishni, Fransiyaga Saar viloyatini qo‘shib berishni, Suriya, Falastinni va boshqa arab hududlarini bosib olishni, Germaniya mustamlakalarini bosib olishni, Germaniya mustamlakalarini ko‘lga kiritishni talab qildi.
Urushning dastlabki oyida urushuvchi davlatlarning kuchlari quyidagicha edi; bir tomonda- Angliya, Fransiya, Rossiya, Serbiya va majburan urushga tortilgan Belgiya turgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda- Germaniya bilan Avstriya-Vengriya turardi.
1914-yil avgust oyining o‘rtalarida Germaniyaga qarshi Yaponiya ham urush e’lon qildi5.
Davlatlarning ikkala blokida moddiy va odam potensiallari bir xil emas edi. Germaniyaning harbiy tayyorgarligi Antata mamlakatlari harbiy tayyorgarligidan yuksakroq edi. Uning armiyasi artilleriya bilan yaxshiroq qurollangan va unda yaxshi ta’lim olgan ofitser hamda unterofitser kadrlar ko‘proq edi.
Germaniya bilan Avstriya-Vengriya urushniig dastlabki haftalaridan boshlab, dengizda Antanta tomonidan qamal qilindi. Bu ikki mamlakat faqat o‘zlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardangina foydalanishi mumkin edi; urush boshlarida ularning bu resurslariga nemislar bosib olgan Lyuksemburg,Belgiya va shimoliy Fransiyaning o‘nta sanoat departamentidagi sanoat resurslari, 1915-yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa rus Polshasi, Litvasi, shuningdek Kurlyandiya va Serbiyaning qishloq xo‘jalik va sanoat resurslari qo‘shildi. Germaniya betaraf qo‘shni mamlakatlardan, shuningdek, Ruminiya, Bolgariya, Turkiyadan resurslar olib kelish imkoniyatiga ega edi, xolos.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling