Ii bob. ”Devon-u lug’atit turk” asarida uchragan qavm-qarindoshlik nomlarini qozoq tilida uchrashi va bundagi o’zgarishlar
II bob. ”Devon-u lug’atit turk” asarida uchragan qavm-qarindoshlik nomlarini qozoq tilida uchrashi va bundagi o’zgarishlar
Download 41.35 Kb.
|
”Devon-u lug’atit turk”da adabiy janrlar
II bob. ”Devon-u lug’atit turk” asarida uchragan qavm-qarindoshlik nomlarini qozoq tilida uchrashi va bundagi o’zgarishlar
2.1. Istilohlarning hozirgi adabiyot terminlariga mos kelishi «Devonu lug’otit turk»da sav adabiy janri to’g’risida keng ma’lumot berilgan. Sav voqyeiy tasvirga xos bir necha janrning umumlashma nomi, ya’ni hozirgi adabiyotshunoslikdagi epik tur atamasiga yaqin turadi. Devonda «Otalar so’zi» iborasi sav atamasi bilan ham ifodalangan. «Savda shundag’ kelir» – otalar so’zi shundoq keladi (III., 168 bet). «Otalar so’zi» ham bilik ma’nosiga yaqin turadi, ammo bu ikki atamaning farq qiluvchi xususiyatlari ham mavjud. Biligda dono fikrlar va hikmatli so’zlarning qisqalik, lo’ndalik, ayni paytda ko’chma ma’nolik xususiyatlari mujassamlashadi. Biligning ijodkori zamondosh bilga bo’lishi ham mumkin. «Otalar so’zi»ning janr xususiyati o’tmishdan meros bo’lib qolgan pand-nasihat, axloq, odob ifodalangan asarlarni qamrab oldi. Quyidagi to’rtlikda ana shunday kishilar nazarda tutilgan. Erdi uza eranlar Erdam begi bilig tag’. Aydi o’kush o’gutlar, Ko’nglim bo’lur angar, sag’. I. 116 Bordi qadim donolar, Tog’day yuksak bilimda. Eslab o’gitlarini Quvonch ortar dilimda. Qadimgi donolarning o’gitlari otalar so’zidir. Bu janrga xos namunalar Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ko’plab keltirilgan. Janr talabiga ko’ra, o’git va biligni qadimda kim aytganligi eslatiladi, so’ngra matni keltiriladi. Мasalan quyidagi parcha shunday xususiyatga ega. Neku ter eshitgil ko’r elchi bo’gu Bo’gu so’zlari bulsa ash-teg yegu. (Nima der eshitgil, dono el boshi, Dono so’zi go’yo yegulik oshi). Qilich birla aldi ko’r el alg’uchi, Qalam birla basti ul el basg’uchi. (Qilich birla oldi, ko’r el olg’uchi, Qalam birla oldi el boshqaruvchi). Ushbu ta’rifdan ayon bo’ladiki, sav bir necha tushunchalar ifodasi bo’lib, uning bosh ma’nosi xabar, voqyeylik, yangilikdir. Demak, biror voqyeylik aks etgan adabiy janr,kitob yoki og’zaki nutq sav deb yuritiladi. Devonda sav nomi bilan atalgan adabiy tushunchalar qadimgi turkiy adabiyotda o’z ildizlariga ega. Biz yuqorida sav – otalar so’zining o’ziga xos xususiyati hamda namunalari haqida fikr yuritdik. Yana qo’shimcha tarzda shuni bayon etish mumkinki, «Qutadg’u bilig»dagi shaklga ko’ra, qadimgi ajdodlardan qolgan hikmatlar, pand-nasihatlar «neku der» – «nima der» kirish birikmasi bilan boshlanadi. Demak, «otalarimiz, ajdodlarimiz nima degan, eshit, ularning dono fikrlariga amal qil» tarzidagi bayondan so’ng sav beriladi. «Qutadg’u bilig»da keltirilgan savning bu shakli Alp Er To’nga, Alp Er, To’nga Alp Er, Jahongir kishi, Dono elbegi, Elchi boshi, Beklar begi, Botir kishi nomi bilan bog’langandir. Demak, dostondagi savlar yuqorida nomlari zikr etilgan shaxslar aytgan dono fikrlar hisoblanadi. Download 41.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling