Ii bob. ”Devon-u lug’atit turk” asarida uchragan qavm-qarindoshlik nomlarini qozoq tilida uchrashi va bundagi o’zgarishlar


Download 41.35 Kb.
bet2/10
Sana03.02.2023
Hajmi41.35 Kb.
#1149891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
”Devon-u lug’atit turk”da adabiy janrlar

Kurs ishi predmeti: ”Devon-u lug’atit turk”da adabiy janrlar bilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


I bob. ”Devon-u lug’atit turk” asari haqida ma’lumotlar va qavm-qarindoshlik nomlarining qo’llanishi
1.1. ”Devon-u lug’atit turk” asari haqida ma’lumotlar
Qomusiy olim Mahmud Qoshg`ariy o`z asarlarida, ya`ni “Devonu lug`atit turk” asarida buyuk allomalar singari mehr-oqibat, do`st-birodarlik g`oyalarini ilgari suradi. Mahmud Qoshg`ariy Bolosog`un shahrida dunyoga kelgan. Uning to`liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Mahmuddir. Hozirgi Qirg`izistonda Barsg`on daryosi va Barsg`on dovoni bor. Ular Issiq ko`l atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda Barsg`on shahri bo`lgan. Mahmudning otasi va bobosi ana shu shahardan edi. Otasi Qashqarga ko`chib kelgan va Mahmud shu yerda tug`ilgan. Shuning uchun ham Qoshg`ariy nasabini olgan. Agar joiz bo`lsa, tillar u turkiy gramatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olimdir. Turkcha, arabcha lug`atning birinchi namunasi ham uning nomi bilan bog`liq. “Devonu lug`atit turk” Mahmud Qoshg`ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho bo`lgan qomusiy asardir. U bu devon ustida uzoq yillar ishladi, dastlab u ko`p yillar yurtma yurt kezib manbaa to`pladi.
Yuqori chindan boshlab butun Movarounnahr , Xorazm, Fag`ona, buhoroga qadar cho`zilgan keng va kata hududni birma-bir kezib chiqdi va bu katta hududda yashagan urug`lar, xalqlarning o`zini, ularning kasb-korlarini, turar joylarini , nufuzlarini aniqladi va ularning tillarini sinchiklab o`rgandi. Natijada u shuncha katta hudud yashagan barcha qobilalarni va ularning tilarini juda puxta va mukammal aniqlashga muvaffaq bo`ldi. Hatto u har bir so`zning qaysi qabilaga tegishli ekanini, so`zlarning qadimgi va hozirgi variantlarini, so`zlarning ma`no va shakllariga doir xususiyatlariga, so`zlar talaffuzida qabilalar orasidagi moslik va farqlarni har tomonlama aniqlab chiqdi va nihoyat tartibga soldi. Shunday va chidamli mehnat natijasida u o`zining “Devonu lug`otit turk” deb atalgan bebaho asarini yaratdi va uni Abdulqosim Abdullo binni Muhammad al-Muqtadoga bag`ishlaydi. Bu asarda olim turkey tildagi so`zlar ma`nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan parchalar keltiradi. Bu haqida Mahmud Qoshg`ariyning o`zi yozadi: “Men bu kitobi maxsus alifbe tartibida hikmatli so`zlar, sajlar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadi”. “Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo`llanib kelgan she`rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo`llaniladigan hikmatli so`zlardan maqollardan keltirdim”. Shunday qilib, bu kitobda O`rta Osiyoda yashgan turkey xalqlarning XI asrgacha bo`lgan badiiy ijodi to`g`risisda juda qimmatli ma`lumotlar jamlangan. Bular hozirgi avlodlar uchun ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. Mahmud Qoshg`ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomusiy olim va tolmas sayyoh bo`lib tanildi. U turkiy til gramatikasini ishlab chiqqan birninchi tilshunos olimdir.
Allomaning mehr-oqibat, qarindosh urug`chilik haqidagi qarashlari uning “Devonu lug`atit turk” asarida ham aks etgan. Mehr-oqibat, qarindoshchilik sharqona umumbashariy ahamiyatga molik yuksak fazilatlarimiz sifatida qimmartlidir. Mehr insoniy munosabatlaning eng oliy ko`rinishlaridan biri, qalblarni tutashtiruvchi ilohiy rishta hisoblanadi. So`zning lug`viy ma`nosiga e`tabor qaratsak, uning forschasi lafz bolib, “Sevgi”, “Muhabbat”, “Moyillik” ma`nolarini ifodalo`vchi tushuncha ekanligi anglashiladi. “Mehr” so`ziga “insonning o`z tug`ishganlariga, qarindosh-urug`larida, yaqin kishilariga va umuman adamga, olamga nisbatan samimiy muhabbati, yaxshi ko`rish tuyg`usisifatida ta`rif beriladi izohli lug`atlarda, shu o`rinda qomusiy olim Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asarida” keltirilgan quyidagi so`zni misol qilmoqchiman”.
Maqolda shunday keltirilgan: “جاء الزوج المنزل” bir qarg`a birla qish kelmaydi- бiр қарға бipla қiш кэlмас.
Bu maqol ishga yordam berishi mo`ljallangan do`stning kelishini kutishda xovliqmaslik, sabr qilib ishlashga undab so`zlanadi . Mehr-oqibat tushunchasi mana shu maqolda ham o`z aksini topgan desak, yanglishmagan bo`lamiz. Chunki, bir-birovlariga mehr-oqibatli insonlargina yumushlarda o`zaro xamjihat bo`ladilar va yumushlarni birgalikda bajaradilar. Lekin shuni takidlash lozimki, har bir so`zning teskari (antonim) ma`nolari ham bo`ladi. Insonlar doimo bunyodkor g`oyalar ostida fikr yuritishmaydi.Ularning ayrimlari vayronkor g`oyalarni ham o`ylashlari mumkin.
“Devonu lug`atit turk” da shunday so`z keltirilgan:
“Aл iккi кiшi ара чақgi- u ikki kishining orasini buzdi”2 , “قطعة чақдi-chaqdi, eshittirdi”:
Ол iккi кiшi ара чақдi-u ikki kishining orasini buzdi.
ضرب البرق ол чақмоқ чақдi-u chaqmoq chaqdi. (والتصفيق الرعد чақар, чақмоқ).
Chaqmoq so`zi ham masdir, ham ismdir. “Chaqmoq” so`zining dastlabki ma`nosi “chaqmoqtoshi” urushtirish edi. So`ng kishilarni bir-biriga chaqish, chaqmachaqarlik ma`nosida ham qo`llangan. Bundaham birovni chaqish, ishqash ma`nosi bor. Birinchidan predmetni bir-biriga ishqash bo`lsa, ikkinchidan birovning so`zini birovga yetkazish ma`nolsidadir. Ammo u davrda chaq so`zi nish urmoq ma`nosida qo`llanmagan. Hozirgi o`zbek tilida 1-ma`no tamom yo`qolgan. Bu xol texnik taraqqiyot talabi asosida yuzaga kelgan. Hozirgi tilda chaqmoq so`zining eng aktiv ma`nosi zaharli hashorotlarning chaqishidir. Demak, so`zlar ma`nosida ma`lum qonuniyat asosida o`zgarish yuzaga keldi.
Insonlar o`zaro bir-birlariga bunday yomon illatlarni qo`llamasliklari ularning hamjihat bo`lib yashashlari ularning hayotida mehr-oqibat qarindosh-urug`chilik rishtalarini mustahkamlanishiga olib keladi. Shu o`rinda asarda keltirilgan quyidagi jumlaga e`tabor qaratsak.
Yay ko`rkinga inanma.
Suvlar uza tayanma.
Esizligig anunma.
Tilda chiqar ezgu so`z3.
Bahor ko`chiga, uning rang-barang gullariga chiroyliligiga ishonma, undan yaxshilik umid qilma. Suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma, tilingdan doim xalq sendan minnatdor bo`ladigan yaxshi so`zlar chiqar. Bu jumlalarda alloma insonlarning bir-biriga muomala qilayotganda chiroyida, tashqi ko`rinishiga qarab muomala qilmaslik, bunday o`tkinchi go`zallikka emas aksincha insonning qalb go`zalligiga e`tabor qaratish. Bahorning ko`rki uning rang-barang gullari tez so`ngani kabi insonlarning tashqi ko`rinishlariham abadiy emasdir. Zero qalb go`zalligi hech qachon yo`qolmasligi haqiqatdir. Qalbi go`zal inson hamisha yaxshilikni ko`zlaydi. Atrofdagilarga mehr-muhabbat ulashadi. “Mehr dunyo ustuni” degan so`z bejiz aytilagan.
Bu mehr-oqibat faqatgina do`stlar orasidagina emas balki oila, qarindosh urug`lar orasidaham bo`lishi zarur . Qarindosh-urug`chilik rishtalari to`g`risida Hadislarda (nehr-oqibatli odamning rizqi ulug`) shunday deyiladi:
“Qarindoshlarga mehr-oqibatli odamning rizqi ulug` bo`lmog`i haqida”
Abu Hurayra roziyallohu anhu: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kimki rizqim ulug`, umrim uzoq bo`lsin desa, qarindosh-urug`lariga mehr-oqibatli bo`lsin!”-dedilar”4.
Mehr-oqibat qarindosh urug`chilikni mustahkamlo`vchi omillardan biridir. Qarindosh urug`chilik eng avvalo oiladan, oiladagi tarbiyadan boshlanadi. Ota-onadan farzand doimo o`rnak oladi. “Devonu lig`atit turk” da shunday so`z keltirilgan.
Туғдi-tug`di إنه عيد ميلاد кун туғдi-kun tug`di
Quyosh chiqdi. خرجت الشمس оғул туғдi-o`g`il tug`ildi.
Maqolda shunday kelgan: صبي القط أنين مثل والدته
Муш оғлi мужаb туғар-mushuklarning bolasi onasiga oxshab miyovlaydi. Bu maqol xulqi otasinikiga o`xshagan bolaga nisbatan qo`llanadi. 5
Qarindosh urug`chilik bu ota-ona, aka-uka, opa-singil xulqiga o`xshashligibu ota-onaning tarbiyasi va ularning har bir ishda o`rnak bo`lishlarigaham bog`liqdir. Har bir farzand o`z ota-onasiga o`xshashni hohlaydi va ularga taqlid qiladi. Qiz farzandlariga tarbiya berish jarayonida yaxshi va yomon fazilatlar to`g`risida ma`lumot beradi. Shu o`rinda “Devonu lug`atit turk” da keltirilgan so`zlarga `tabor bersak.
Тiтiшдi-titishdi هذا يساعدني بيدي ол мэна iун тiтiшдi-u menga (qo`l bilan) yung titishda yordam beradi. Tortishish, talashish uchun ham bu so`z qo`llaniladi. Bir-birining to`nini tortishga, yirtishga ham bu so`z qo`llaniladi. Maqolda shunday kelgan:
المعركة تبدأ مع المعركة. هناك اعصار في الوسط сокушуб урушур, отра тон тiтшур-so`kishdan urishish boshlanadi. O`rtada to`n yirtiladi. Bu maqol (odamlarni) so`kishdan qaytarishga undab aytiladi.
Ushbu maqolda keltirilgan so`zlardan ota-onalar o`z hayot faoliyatlarida foydalanmasliklari kerak. Farzandlar ham o`zaro bunday muammolarga yo`liqmasliklari, yomon illatlarga qo`l urmasliklari, ota-onaga, qarindosh-urug`larga hurmat-ehtirom bilan muomala qilishlari, bir-birlarini ardoqlashlari to`g`risida so`z boradi. Oila va qarindosh urug`chilik rishtalari muqaddasdir.Har bir amalning, harakatning boshlang`ich nuqtasi oilada shakllanadi. “Devonu lug`atit turk” da oilada ya`ni turmushda ishlatiluvchi so`zlarham keltirib o`tilgan. Misol tariqasida кiдiдi-jiyak tikishdi ساعدني في خياطة تنورة ол мэна борк қiдiшi-u menga do`ppi jiyakini tikishda yordam berdi.
Oirдi-kesdi قطع الرجل اللحم эр эт бirдi-odam go`sht kesdi. Boshqa narsani kelishga ham bu so`z qo`llaniladi6.
Barchamizga malumki ushbu faoliyatlar bilan onalar kop`roq shug`llangan va qizlargaham o`rgatishgan. Inson oilada barcha amallarni o`rganadi deb bejizga aytib o`tilmadi. Avvalo ota-onasiga, aka-ukalariga mehribon bo`lishni o`rganadi va qarindoshlik rishtalari shakllanadi. Onalardan qizlar ro`zg`or ishlarinio`rganadilar. Farzandlarning birinchi muallimlari ota-onalar bo`ladilar. Bularning barchasi mehr-oqibat qarindosh-urug`chilik rishtalariga bog`liqdir. Tug`ilib o`sgan go`shasida ota-onasi, qarindosh-urug`ida, bog`cha maktabiyu kasbu korida mehr bilanmunosabatda ko`lib ketayotgan inson ma`nan va ruhan barkamol, jonkuyar va fidoiy inson sifatida qadr-qimmat topadi. Aksi esa… faqat oqibatlarni yetaklab kelaveradi.

1.2. ”Devon-u lug’atit turk” asaridagi qavm-qarindoshlik nomlarining qo’llanishi
Qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining janr xususiyatlarini o’rganish mavzusi adabiyotshunosligimizda qisman bo’lsa-da yoritilgan. Bu sohaning ilk tadqiqotchisi ham Мahmud Koshg’oriydir. Bizning zamonamizda bu masalada akademik B.Valixo’jayev, professor B.To’xliyev, N.Rahmonov va boshqalarning e’tiboriga loyiq qarashlari mavjud. Quyidagi izlanishlar ham bu mavzuni yoritishga ko’maklashadi, deb o’ylaymiz.
BILIG
«Devonu lug’otit turk»da bilik so’ziga «bilim», «hikmat» va «aql» deb izoh berilgan (1., 367-bet). Bilga hikmat aytuvchi, hikmatshunos, oqil, dono, aqlli, olim kishiga nisbatan qo’llanadi. Demak, bilik – hikmat ma’lum ma’noda hozirgi o’zbek tili lug’at boyligidagi maqol janrining mazmunini ifodalaydi. Мaqolda xalqning, ijtimoiy tabaqa yoki guruhning dunyoqarashi, hayotda to’plagan tajribalari, kuzatishlari ifodalanadi. Qadimgi turkiylarning bilgalari aytgan biliklar ham shunday xususiyatga egadir.
«Devonu lug’otit turk»da biliklardan ko’plab namunalar keltirilgan.

Download 41.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling