Ii. Bob. Milliy xarakter va etnik identiklik 1 Milliy xarakter millatining psixologik tarkibi
Download 54.67 Kb.
|
kurs ishi etnopsixologiyadan — копия
2.2. Etnomadaniy identiklik
Etnomadaniy identiklik o’ziga xos murakkab hodisa bo’lib, insonning ma’lum bir etnik jamoaga mansubligini anglash jarayoni sanaladi. Bu mavjud etnik aloqalardagi odamlarning ongiga qaratilgan g’oyadir va etnonim shaklida o'zini namoyon qiladi. Bu shaxsni, boshqa bir guruh bilan taqqoslash, bir guruhni hissiy va kognitiv ravishda aniqlash, egallab olingan ijtimoiy mavqeliklarni lokallashtirish va muhim ijtimoiy vazifalarni rivojlantirish jarayonidir. Identifikatsiyani shaxsni shakllantirish, tadqiq qilish va rivojlantirish jarayoni sifatida ham tavsiflash mumkin. Etnik identifikatsiya etnik guruhning shakllanishini va rivojini, ta'minlaydigan etnik jamiyatning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda etnik o'ziga xoslik shaxsning ijtimoiy o'ziga xosliklaridan biri yoki uning ajralmas qismi sifatida ko'rib chiqiladi[Горбунова: 40]. Xorijiy mualliflar tomonidan to'plangan materiallarni tizimlashtirish va talqin qilish bizga etnik-madaniy o'ziga xoslikning mohiyati, funktsional xususiyatlari va tuzilishi haqida yaxlit, tizimli g'oyani sintez qilishga imkon beradi. Bu es uning genezisini kuzatish, tarixiy shakllarni ularning evolyutsiyasining eng umumiy tendentsiyalari kontekstida tahlil qilish imkonini beradi. Etnomadaniy o'ziga xoslik genezisi va uning evolyutsiyasini anglab yetish uchun bizga O. N. Astafiyeva, M. M. Baxtin, V. S. Bibler, V. P. Branskiy, V. I. Vernadskiy, M. S. Kagan va boshqa olimlarning ilmiy g'oyalari va nazariyalari yordam beradi[Малыгина: 9]. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning asarlari etnomadaniy identiklikning quyidagitarixiy shakllarini o'rganishga bag'ishlangan: 1) arxaik (qabilaviy) identiklik; 2) etnik identiklik; 3) milliy identiklik. Hozirda har bitta xalqning o’z etnomadaniy identikligi mavjud. Lekin vaqt o’tishi bilan insonlar bir e'tiqoddan boshqasiga o'tadi, xorijiy tillarni o'rganadi, yangi qadriyatlar va e'tiqodlarni qabul qiladi, o'zlarini yangi ramzlar bilan tanishtiradi, yangi turmush tarziga moslashadi. Yosh avlod madaniyati ko'pincha oldingi avlodlarning madaniyatidan tubdan farq qiladi. “Ba'zan jamiyatlar madaniyatida global o'zgarishlar yuz beradi. Madaniyatning o'ziga xosligi o'zgartirilishi mumkin, ammo shaxsiyat etnik o'zgarishlarga duchor bo'lmaydi. Shuning uchun ular o'rtasida aniq bir farq bo'lishi kerak[Хантингтон: 65]. ” Etnolog E. Smitning so'zlariga ko'ra: “etnomadaniy identiklikning asosini uzoq vaqtdan beri, hech bo’lmaganda ming yillar davomida Yevropada va Yaqin Sharqda mavjud bo'lgan millatlar tashkil etadi”. Shu bilan birga, E. Smit tomonidan taklif qilingan millatlarning ta'rifi fanda qabul qilingan, ilmiy adabiyotlarda berilgan etnos tushunchasiga juda yaqin. Bular "ma'lum hududga va birdamlik tuyg'usiga ega bo'lgan kelib chiqishi, tarixi va madaniyati haqidagi umumiy afsonalarga ega bo'lgan odamlarning nomlaridir[Smith: 32]". Muallifning fikrida asos bor. Sababi har bitta xalqning o’ziga xosligi uning yashash muhiti va davr bilan ham bog’liqdir. Ayrim mualliflar o’ziga xoslik masalasiga salbiy jihatdan yondashadi. Leon Vizeltir bu g'oyani aniq qolipga keltirib, shaxsiyat kishining o’ziga bog’liq emasligini ta'kidlaydi: “biz unga qancha qarshilik qilmasak ham, undan qochib qutula olmaymiz”. Nemis faylasufi va sotsiologi Kurt Xubner “ma'lum bir millatga o'xshashlik iroda yoki erkin qaror emas. Bu taqdir[Greenberg: 14]”-deya ta’kidlaydi. Menimcha, bir хalq yoki millatning boshqa bir хalq yoki millatga o’хshashligini quyidagicha izohlash mumkin: 1) bu хalq yoki millat o’ziga o’хshash хalq yoki millat bilan qo’shni hududda yashagan, qon-qardoshlik rishtalari bilan bo’g’langan bo’lishi; 2) ko’p sonli хalq yoki millat tomonidan okkupatsiyaga uchragan bo’lishi; 3) shu хalq yoki millatning bir qismi (urug’i, qabilasi) bo’lganu, ammo ma’lum bir sabablar tufayli boshqa hududga ko’chib ketgan bo’lishi mumkin. Shunday qilib, etnomadaniy o'ziga xoslikni o'rganishni boshlagan holda, biz turli mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlar tufayli bir-biridan farqlanuvchi ko’plab g'oyalar va kontseptsiyalarga tayanamiz, bu o'rganilayotgan hodisani tushunish jarayonini ancha murakkablashtiradi. Hozirgi kundamillatlararo munosabatlar yuksalib, yangi bosqichga qadam qo’ydi, yer yuzidagi jamiki millatlar yakdil bo’lib, hamjihatlikda ravnaq topishini anglab yetmoqdalar ya’ni etnik ong yuksalmoqda. Dunyoda faqat etnomadaniy identiklikni saqlab qolgan millatlargina yuksalishga erishmoqda. Bu esa tarixchilarimizdan ushbu masalaga ko’proq e’tibor qaratishni hamda talab qil moqda
Inson ongida shakllangan qadriyatlar, porloq kelajak, ozod va obod vatan orzusida sobitlik, erkin va farovon hayot qurishga intilish va ishonch sog'lom e'tiqod natijasi, ifodasi yoki namoyon bo'lishidir. Sog'lom e'tiqod egasida bu tuyg'u dunyoqarashdagi barqarorlikni belgilaydi, vujudga kelgan muammolarni hal etishga, qiyinchiliklarni yengishga, ziddiyatlarni bartaraf etishga undaydi, axloqiy sobitlikni, fikr va amalda izchillikni, hayotda esa faollikni ta'minlaydi. Bunday e'tiqod egasi doim bunyodkorlik tarafdori bo'ladi. SHunday ekan yoshlar ongi va shuurida sog'lom e'tiqodni shakllantirish muammosi hech qachon o'z dolzarbligini yo'qotmaydi e'tiqod ma'naviyatning ajralmas qismi sifatida bir qator funksiya va vazifalari o'rganildi va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati ochib berildi. dinshunoslik, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar doimo bir-birini to'ldirib kelgan. SHarq va G'arb mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari insoniyat ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilgan. O'rta asrlarda yashab ijod qilgan Yevropalik olimlarning e'tiqod va diniy e'tiqod haqidagi teologik va falsafiy talqinlari qiyosiy tahlillar asosida o'rganilib chiqildi. Kurs ishi yakunida quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: – G'arbda falsafa va ilohiyotshunoslikning rivojlangan ilk davrlarida kishilik jamiyatida dinga e'tiqod qila boshlagan kishilarning e'tiqod va diniy e'tiqod haqidagi qarashlari va ularning o'z fikr-mulohazalari doirasida qilgan xulosalari hamisha ezgulikka asoslanganligini hamda o'ziga xos ahamiyat kasb etganligini ko'rish mumkin; – O'rta asrlarda yashab ijod qilgan Yevropalik ilohiyotshunos va faylasuf olimlarning e'tiqod va diniy e'tiqod haqidagi mushtarak fikrlari qiyosiy tahlillar asosida o'rganilib chiqildi va ular keyingi ilmiy ishlar uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi degan umid qilinadi. Download 54.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling