Iii bob. Artterapiya va shaxs kreativligini rivojlantirish
Torrens aylanachalari metodikasi ko‘rsatkichlari
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'riyeva Zebiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dj.Gilford metodikasi ko‘rsatkichlari Sinaluvchilar Yoshi 15-16 yosh N=64 Ko‘rsatkichlar Artterapiya
- Koliforniyada ishlab chiqilgan test ko‘rsatkichlari Sinaluvchilar Yoshi 15-16 yosh N=64 Ko‘rsatkichlar
- III bob yuzasidan xulosalar.
Torrens aylanachalari metodikasi ko‘rsatkichlari
Sinaluvchilar Yoshi 15-16 yosh N=64 Ko‘rsatkichlar Artterapiya mashg‘ulotlariga qadar Artterapiya mashg‘ulotlaridan keyin Kreativligi yuqori 14 24 Kreativligi o‘rta 27 32 Kreativligi past 23 6 77 Xuddi shunday Koliforniya testi va Dj.Gilford testi metodikalarini ham qaytadan o‘tkazdik va kreativlikning sinaluvchilarda shakllanganligining guvohi bo‘ldik. 3.3.2.jadval. Dj.Gilford metodikasi ko‘rsatkichlari Sinaluvchilar Yoshi 15-16 yosh N=64 Ko‘rsatkichlar Artterapiya mashg‘ulotlariga qadar Artterapiya mashg‘ulotlaridan keyin Kreativligi yuqori 16 25 Kreativligi o‘rta 28 34 Kreativligi past 12 5 3.3.3.jadval. Koliforniyada ishlab chiqilgan test ko‘rsatkichlari Sinaluvchilar Yoshi 15-16 yosh N=64 Ko‘rsatkichlar Artterapiya mashg‘ulotlariga qadar Artterapiya mashg‘ulotlaridan keyin Kreativligi yuqori 16 25 Kreativligi o‘rta 28 34 Kreativligi past 12 5 78 Yuqorida 3.3.2.jadvalda Dj.Gilford metodikasi bo‘yicha artterapiya mashg‘ulotlarining samarasi aks etgan bo‘lib, samaradorlik 0,5 % ga teng bo‘ldi. Xuddi shunday 3.3.3.jadval Koliforniyada ishlab chiqilgan test ko‘rsatkichlari xam ijobiy natija berganligining guvohi bo‘ldik. III bob yuzasidan xulosalar. Art-terapiya usullaridan foydalanish, birinchi navbatda, go‘zal terapiya, jiddiy hissiy buzilishlar, kommunikativ qobiliyatsizlik, shuningdek faoliyat uchun motivasiyaning past darajada rivojlanishi bilan ajralib turadi. Muloqotda qiyinchiliklar yuzaga kelganda: izolyasiya, tengdoshlarga nisbatan past qiziqish yoki uyatchanlik, arherapiya mijozlarni o‘z faoliyatining individual xususiyatini saqlab qolgan holda bir guruhga birlashtirish va aloqa jarayonini osonlashtirish, umumiy ijodiy jarayon va uning mahsuloti bilan vositachilik qilish imkonini beradi. Art-terapiya usullari - bu psixolog uchun mijozga individual yondashuv va guruhdagi ish shaklini uyg‘unlashtirishning eng yaxshi usuli. Qoida tariqasida, art- terapiya usullari har qanday tuzatish dasturida mavjud bo‘lib, o‘yinning rivojlanayotgan imkoniyatlarini to‘ldiradi va boyitadi. Art-terapiya jarayonida mahsulotni yaratish motivlarning butun tizimi bilan belgilanadi, ularning asosiylari: sub’yektning his-tuyg‘ularini, tajribalarini tashqi ta’sirli shaklda ifodalash istagi; o‘zingizda nima bo‘layotganini tushunish zarurati; o‘z faoliyati mahsulotlaridan foydalangan holda boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatish zaruriyati; dunyoni maxsus shaklda ramziylashtirish, rasmlar, ertaklar, hikoyalar shaklida dunyoni qurish orqali kashf etish istagi. 79 XULOSA VA TAVSIYALAR Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, kreativ shaxslar murosasiz, ziddiyatli, yuqori emosionallikni namoyon etadilar. Ular ichki muammolarni mustaqil xal qiladilar. Odatiy fikrlovchi kishilar yuqori emosionallikni namoyon etmaydilar va ma’qullamaydilar. O‘zlarining kelajakdagi kasblari xaqidagi savollarga javob berar ekan, kreativ fikrlovchilar mexnatning ijodiy tabiati, yuqori yutuqlarga intilish va noan’anaviy faoliyat turlariga jalb qilish xaqida gapirishadi. Ular ijtimoiy taraqqiyotga xissa qo‘shishni, yangi narsalarni yaratishni, odamlar ongidan ustunlik va xokimiyatga ega bo‘lishni xoxlashadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda shaxsni xar tomonlama kamol toptirish ongi va xulk-atvorini shakllantirishda ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga aloxida axamiyat berish davr talabidir. Aytib o‘tilganidek barcha shaxslarda kreativlik sifatlari o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo‘llari mavjud. Birinchi yo‘l - kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor markazida bo‘lib, kishilar fe’llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe’llarning bo‘lishiga e’tibor qaratadilar. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, «Psixologiya va falsafa o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’riflab bering» mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi «ta’riflab bering» tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra «mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting» deyish bilan teng. Nazorat savollarini berishda shaxsni fikrlashga undovchi so‘z (fe’l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra psixologlar turli, antiqa, noan’anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so‘z (fe’l)lardan 80 foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. Masalan, «bog‘liqlikni toping», «yarating», «bashorat qiling», «fikrni mantiqan bayon eting», «tasavvur qiling» kabi so‘z (fe’l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi 5 . Birinchi yo‘lni qo‘llash - shaxsda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda «Psixologik kreativlik xaritasi»dan foydalanish maqsadga muvofikdir. Ikkinchi yo‘l - amaliy kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanish mumkin. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat kiska muddatda yordam berishi mumkin, u shaxsda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi. Uchinchi yo‘l - kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish. Mazkur yo‘lda shaxsni muammoni yechish va innovasion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beriladi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Masalan, «Psixologiya va falsafa o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish» topshirig‘ini bajarar ekanlar, psixologiya va falsafa bilan bog‘liq turli muammolarni tahlil qiladilar. Natijada ushbu jarayonda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ruy beradi. To‘rtinchi yo‘l - kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda shaxsga «Psixologiya va falsafa» mavzusida Power Point dasturi yoki multimedia vositalari yordamida takdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi. Tavsiyalar: Shaxs kreativligining shakllanishi va uning ijtimoiy psixologik ahamiyatini aniqlash va uni rivojlantirishning optimal yo‘llarini ishlab chiqish. 5 Turdieva M. Oliy taʼlim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. - 38-42-b. 81 1. Ta’lim-tarbiya jarayonida shaxs kreativligini rivojlantirshda art terapidan foydalanishni ommalashtirish. 2. Shaxs kreativligi psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasining milliy vositalarini yaratish. 3. Art terapiyaning shaxs kreativligini oshirishdagi imkoniyatlarini aniqlash va foydalanish. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling