Iii bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalar tahlili
Download 45 Kb.
|
III- BOB tajriba 26766
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI MAZMUNI VA NATIJALAR TAHLILI 3.1-§. Pedagogik tajriba-sinovning mazmuni va metodikasi Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun Toshkent shahar Yunusobot tumanidagi 97-umumiy o'rta ta'lim maktabi olindi.Manzil Yunusobot tumani 15- mavzey. Bunda 11-“B” sinf tajriba guruhi sifatida jami 33 nafar o‘quvchi, 11-“A” sinf nazorat guruhi sifatida 33 nafar o‘quvchi tajriba-sinov jarayonida ishtirok etdi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fanini takomillashtirish maqsadida o‘quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida o‘quv materialini mantiqiy yakunlangan o‘quv birliklari o‘quv modullariga bo‘lib o‘qitish tavsiya etildi. Modulli o‘qitish o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtiradi va ularda bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalari shakllantirishga xizmat qiladi. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni modulli o‘qitishda o‘quvchining o‘zi o‘quv materiali ustida mustaqil ishlaydi, o‘qituvchining asosiy vazifasi esa uni yo‘naltirib, nazorat etib turishdan iborat bo‘ladi. Tanlangan umumiy o‘rta ta’lim maktabida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni modulli o‘qitishning samaradorligini tekshirish maqsadida pedagogik sinov-tajribani tashkil etish yo‘llari va mazmuni belgilab olindi. Tajriba-sinov bosqichlarini o‘tkazishda qo‘yidagi asosiy vazifalar qo‘yildi: a) umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha an’anaviy o‘qitishdagi o‘quvchilarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikdan bilim darajasini o‘rganish; b) namunaviy o‘quv modullari asosida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikdan modulli darslarni tashkil etish; v) namunaviy o‘quv modullari asosida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni o‘qitish imkoniyatlarini tadqiq etish va tavsiya etilgan texnologiya bo‘yicha ishonchliligi hamda samaradorligini tekshirish. Tajriba natijalarini olish uchun kuzatish, so‘rovnoma, mavzular bo‘yicha testlar o‘tkazish, og‘zaki va yozma so‘rov, yozma ish kabi turli usullardan foydalanildi. Tajriba-sinov ishining maqsadi tanlangan muammoni 97-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi holatini o‘rganish, o‘quvchilarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun 97-umumiy o'rta ta‘lim maktabi o‘quvchilarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikdan nazariy va amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyati o‘rganildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari tahlil etildi. 97-umumiy o‘rta ta‘lim maktabidagi an’anaviy usulda o‘qitiladigan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darslarida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi tekshirildi. Buning uchun o‘quvchilar bilan alohida suhbat, anketa so‘rovnomalari, og‘zaki savol-javoblar va testlar o‘tkazildi. Javoblar tahlili natijalaridan maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv materiallarini talab darajasida o‘zlashtira olmayotganliklari ayon bo‘ldi. Ularning yangi o‘quv materiali ustida etarlicha mustaqil ishlay olmasliklari, egallagan bilimlari yaxshi tizimga solinmaganligi, muammoli vaziyatlarni hal etishda darslik va qo‘llanmalardan mustaqil foydalanib, bilimlarining sust joylarini mustaqil to‘ldira bilmasliklari ayon boldi. 97-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilarini modulli texnologiya asosida o‘qitishda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv materialini o‘zlashtirish darajalarining dastlabki holati aniqlandi, modulli o‘qitishning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari izlandi. SHu boisdan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tajribalar o‘rganildi, umumlashtirildi, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikka oid nazariy bilimlar xulosalandi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti asosida modulli o‘quv dasturlari loyihalandi. Ushbu o‘quv modullarida ishda keltirilgan algoritm bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha topshiriqlarni bajarish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar tavsiya etildi, savol va nazorat testlari tuzildi. SHuningdek, modullarni tuzishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti va Toshkent shahridagi ayrim umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars berib kelayotgan tajribali o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari, takliflari e’tiborga olindi. Tajribaning boshlanishida o‘zlashtirish darajalari bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilar guruhlari tanlandi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik ta’limini modulli texnologiya asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishlarini aniqlashda baholash natijalari uch darajali (a’lo, yaxshi, o‘rta) baholash mezoniga keltirildi. Tajriba-sinov jarayonida o‘quvchilarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv materialini o‘zlashtirishlarida an’anaviy o‘qitish usuli bilan CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni modulli o‘qitish usuli o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlandi. Ya’ni, tajriba guruhlaridagi o‘quvchilar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mustaqil ishlarni bajarganlarida nazorat guruhidagilarga nisbatan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga yaxshiroq tadbiq eta olishlarini namoyon etdilar. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni modulli o‘qitish texnologiyasi boshqa bir qator pedagogik texnalogiyalar bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkinligi tadqiqotning oldingi boblarida aytib o‘tilgan edi. SHunga asoslanib, o‘quv modullari tarkibida muammoli o‘qitish elementlari qo‘llanildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni modulli texnologiya asosida o‘qitish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi bosqich tajriba-sinovi o‘tkazilgan o‘quv yili oxirida modulli o‘qitishning yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish maqsadida yakunlovchi test o‘tkazildi. Pedagogik tajriba-sinovning bosqichlari uchun tasodifiy tanlash usuli bilan tajriba va nazorat guruhlari ajratib olindi. Tajriba guruhlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darslari modulli o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha tashkil etildi. Nazorat guruhlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari an’anaviy usulda olib borildi. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling