Iii bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalar tahlili


Download 45 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1523654
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
III- BOB tajriba 26766

3.2-jadval

Guruhlar

O‘quv-chilar soni

A’lo bohoga javob bergan o‘quvchilar

YAxshi bahoga javob bergan o‘quvchilar

Qoniqarli bohoga javob bergan o‘quvchilar

Tajriba guruhi

33

69 %

16 %

15 %

Nazorat guruhi

33

62 %

20 %

18 %

Olingan natijalarni qo‘yidagi 3.1-rasmda keltirilgan diagramma asosida tahlil etish mumkin.



Назорат гуруҳи

Тажриба гуруҳи



3.1-rasm. Tajriba-sinov ishlari natijalari diagrammasi

Bitta guruhda modulli va an’anaviy o‘qitish natijalaridan ko‘rinib turibdiki, modulli texnologiya asosida o‘qitilgan guruh o‘quvchilari 69 % to‘liq to‘g‘ri javob (1) belgilashgan, 16 % to‘liq to‘g‘ri bo‘lmagan javob (2) belgilashgan, 15 % noto‘g‘ri javob (3) belgilashgan. Nazorat guruhida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda (4) 62 %, (5) 20 % va (6) 18 % dan iborat bo‘lgan. Bundan modulli usulda o‘qigan o‘quvchilarda o‘quv faoliyati birmuncha faollashgan, degan xulosaga kelish mumkin.


Tajriba-sinov jarayonining ikkinchi bosqichida ham o‘quvchilar bilan modulli texnologiya asosida tajriba-sinov ishlari davom ettirildi. Endi tajriba-sinov ishlari birmuncha kengaytirilib, 20 nafar o‘quvchidan iborat guruh modulli texnologiya asosida, 16 nafar o‘quvchisi bo‘lgan ya’na bir guruh an’anaviy usulda o‘qitish uchun tanlab olindi. ”Harbiy-tibbiy tayyorgarlik” o‘quv moduli va shu modulda qamrab olingan mavzular o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari taxminan bir xil bo‘lgan ushbu guruhlarda o‘qitilganidan har ikkala guruhda yozma ish o‘tkazildi. YOzma ish turli murakkablik darajasidagi besh shartdan iborat bo‘lib, mazmun jihatdan har ikkala guruhda ham bir xil edi. YOzma ishda ya’na tajriba guruhidagi umumiy ko‘rsatgichlar nazorat guruhidagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ldi. Ular faqat nazariy savollarga to‘g‘ri javob berishdagina emas, olingan bilimlarni uchinchi darajali testlarni echishda ham tajriba guruhidan ustun ekanliklarini namoyon etishdi. Ayniqsa, ilgari “Fuqarolar himoyasi” o‘quv modulini o‘zlashtirgan o‘quvchilar ushbu sinovda ham etarlicha yaxshi natija ko‘rsatishdi. Avvalambor, ular “Otish tayyorgarligi” o‘quv modulini boshqalarga qaraganda tezroq bajarib bo‘lishdi. Bu ularda o‘quv moduli ustida ishlash ko‘nikmalari paydo bo‘lganligidan darak beradi.
Tajriba-sinov rejalashtirilgan ishlar doirasida (SH.Ubaydullaev va boshqalar, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinflar uchun darsligidagi) “Harbiy o‘quv yurtlari” mavzusi bo‘yicha mustaqil o‘qish tashkil etildi. Mavzuni mustaqil o‘qib o‘rganib chiqish uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin darslikdan va qo‘shimcha manbalardan foydalanmagan holda o‘quvchilar paragraf oxiridagi savollarga javob berdilar. Modulli texnologiya asosida etarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan tajriba guruhi o‘quvchilari tajriba guruhidagi tengdoshlariga qaraganda mavzuni puxtaroq o‘zlashtirganliklarini namoyon qilishdi. Mavzuga tegishli darslikdagi 25 ta savolning 14 tasiga aynan shu guruh o‘quvchilari birinchi bo‘lib javob berishdi.
O‘quv yili yakunida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv modullari asosida o‘zlashtirish bo‘yicha tajribada ishtirok etgan 30 nafar o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” ni qaysi usulda o‘qitish sizni ko‘proq qoniqtiradi? degan savolga 52 % o‘quvchi “modulli o‘qitish”, 43% o‘quvchi “an’anaviy o‘qitish”, 5% o‘quvchi esa “ahamiyatga ega emas” deb javob berishgan. “Bilimlaringiz modulli asosda o‘qitilganida odilona baholanadimi?” degan savolga 53 % o‘quvchi “ha”, 41 % o‘quvchi “yo‘q” deb javob berishgan. Qolgan 6 % o‘quvchi esa “javob berishda qiynalaman”, degan punktni tanlashgan. Huddi shuningdek, “An’anaviy o‘qitish asosida bilimlaringiz odilona baholanadimi?” degan savolga 48 % o‘quvchi ”ha” javobini, 37 % o‘quvchi “yo‘q” javobini bergan va 15 % o‘quvchi javob berishda qiynalishgan. “Modulli o‘qitishning afzalligi asosan nimada ko‘rinadi?” degan savolga 51 % o‘quvchi “mustaqil bilim olishga o‘rgatadi”, deb javob bergan 40 % o‘quvchi “o‘qishni jadallashtiradi”, degan fikrni bildirgan, 6 % o‘quvchi “javob berishda qiynalaman” degan, 3% o‘quvchi esa “modulli o‘qitishning afzallik tomoni yo‘q” javobini belgilagan. Umumiy olganda, so‘rovnoma natijalarini tahlil etgan holda RIDM o‘quvchilarining ko‘pchiligi CHQBT ni modulli o‘qitishga yaxshi munosabat bildirgan, deyish mumkin.
Tajriba-sinovning barcha bosqichlarida o‘tkazilgan tajribalar natijalari CHQBTni modulli o‘qitish o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradi, ularda darslik va o‘quv materiali ustida mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi va rivojlantiradi, degan xulosaga olib keldi.
2022-2023 o‘quv yili davomida mo‘ljallangan tajriba-sinovning kiyingi bosqichi amalga oshirildi. Unda o‘quv modullarini ishlab chiqish va modulli o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha yuzaga chiqqan xato va kamchiliklar tuzatildi, modulli o‘qitishni tashkil etish metodikasi uzluksiz takomillashtirib borildi. O‘quv yili davomida RIDM ning 11-sinflarida “Fuqarolar himoyasi” o‘quv moduli bo‘yicha takroriy tajribalar o‘tkazildi. O‘quv modulining o‘quvchi faoliyatiga ta’sirchanligini tekshirish maqsadida bitta tajriba va bitta nazorat guruhlari tashkil etildi. Tajriba guruhi uchun tayyorlangan o‘quv modullari muammoli o‘qitish bilan boyitildi, ya’ni, o‘quvchiga modul doirasida imkoni boricha ko‘proq muammoli topshiriqlar taklif etildi. Nazorat guruhida mashg‘ulotlar an’anaviy usulda olib borildi. Har chorak yakunida barcha guruhlarda bir xil topshiriqdan iborat test o‘tkazildi.
Test tarkibiga 25 ta topshiriq kiritildi va har bir test topshirig‘i uchun 4 tadan javob variantlari taklif etildi. O‘quvchi testning har bir to‘g‘ri bajarilgan topshirig‘i uchun maksimal 4 balldan to‘plash imkoniga ega bo‘ldi. Amaldagi mezonlar asosida testdan 86 % va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchiga “5” baho, 71-85 % to‘g‘ri bajargan o‘quvchiga “4” baho, 55-70 % ko‘rsatkichga erishgan o‘quvchiga “3” baho qo‘yildi.
Qo‘yidagi 3.3-jadvalda tajriba guruhi va nazorat guruhi o‘quvchilarning “Fuqarolar himoyasi” o‘quv moduli o‘zlashtirilib bo‘lingandan kiyingi nazorat testi bo‘yicha natijalari keltirilgan.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling