Iii bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalar tahlili
Download 45 Kb.
|
III- BOB tajriba 26766
3.1-jadval
3.1-jadvalga ko‘ra birinchi murakkablik darajasidagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qachon tashkil topgan degan savolga tajriba va nazorat guruhidan mos ravishda 29 va 28 nafar o‘quvchilar to‘g‘ri javob belgilashgan. SHu murakkablik darajasidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobi Mudofaa va xavfsizlik to‘g‘risida degan savolga 30 va 29 nafar o‘quvchilar to‘g‘ri javob belgilashgan. Ikkinchi murakkablik darajasidagi test topshiriqlarini to‘g‘ri bajarish uchun o‘quvchidan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikdan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Ushbu murakkablik darajasidagi avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish vaqtlarini belgilang, degan savolga tajriba guruhidan 29 nafar va nazorat guruhidan 30 nafardan o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishgan. Uchinchi murakkablik darajasidagi testlar avtomatdan tik turgan holda otish uchun okop kovlash vaqtlarini belgilang. Ushbu testlarni to‘g‘ri bajarishda aksariyat o‘quvchilar qiynalishgan. Natijalar tahlil etilganda ular ayniqsa, aralash testlarni va qo‘yilgan topshiriqni ikki yoki undan ortiq uchinchi darajali testni echishda o‘quvchilarni qiynalishlari aniqlandi. Tajribaning birinchi bosqichi dastlabki holatda tanlangan tajriba va nazorat guruhlarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari deyarli bir xil ekan, degan xulosaga olib keldi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlarida sust joylar mavjudligi, muammoli vaziyatlarda ko‘proq qiynalishlari aniqlandi. Kuzatish, suhbat, og‘zaki so‘rov natijalari esa ularda bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalari etarli shakllanmaganligini, birmuncha oddiy vaziyatlarda ham o‘qituvchi ko‘magiga ehtiyoj sezishlarini ko‘rsatdi. Tajriba-sinovning birinchi bosqichi davomida RIDM ning 11-sinfida CHQBT dan “Fuqarolar himoyasi” o‘quv modulining dastlabki varianti dars jarayonida sinab ko‘rildi. Ilk sinovda “Otish tayyorgarligi” o‘quv moduli ikkita guruhda sinab ko‘rildi. Tajriba guruhidan 8 nafar o‘quvchi ajratib olindi. Ularning to‘rt nafari CHQBT ni “a’lo”, ikki nafari “yaxshi” va ikki nafari “o‘rta” bahoga o‘zlashtiradigan o‘quvchilar edi. Nazorat guruhida modulli o‘qish uchun 8 nafar o‘quvchi taklif etildi. Ular xonalarda bir qator qilib qo‘yilgan partalarda o‘tiradigan o‘quvchilar guruhi edi. Har ikkala guruhda ham mashg‘ulotlar modulli va an’anaviy usullarda paralel olib borildi. Ularga maxsus tayyorlangan o‘quv modullari tarqatilib, modul yuzasidan qisqacha tushuntirish o‘tkazildi va berilgan ketma-ketlikda modul topshiriqlarini bajarishlari lozimligi aytildi. O‘quv moduli bo‘yicha ishlashda dastlabki dars soatlarida o‘quvchilar o‘qituvchiga tez-tez murojaat etib turishdi, keyinchalik esa modul va darslik bilan deyarli o‘zlari mustaqil ishlay boshlashdi. Tavsiya etilgan modullar bo‘yicha ishlayotgan “a’lo”chi o‘quvchilarning aksariyati o‘quv modullarini belgilangan vaqtdan ilgariroq o‘zlashtirib bo‘lishdi. Modullarni vaqtida yakunlash uchun esa o‘qituvchilar faqat ortda qolayotgan bir necha o‘quvchiga ko‘mak berishlariga to‘g‘ri keldi. Modulli usulda nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirgan o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlar davomida faolroq ishtirok etishayotganliklari namoyon bo‘ldi. Ular og‘zaki savol-javoblarda mantiqiy fikrlab, asosliroq javoblari bilan ishtirok etishdi. Bu o‘quvchilar bir guruhda bor yo‘g‘i sakkiz nafar bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi bergan savollarning yarmidan ko‘prog‘iga javob berishdi. Testlarni echishda ham modulli usul afzal ekanligi dastlabki tajribadayoq yaqqol sezildi. Bo‘lim yakunida butun guruhda yozma ish o‘tkazildi. Tajribada modulli asosda o‘qigan o‘quvchilar guruhi ko‘rsatgan ijobiy natija har ikkala guruhda ham alohida ajralib turdi. Tajriba-sinov jarayonining ikkinchi bosqichida ham shunga o‘xshash tajriba o‘tkazildi. Unda tanlangan guruh CHQBT dan o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra bir-biriga yaqin ikki guruhga bo‘lindi. “Fuqarolar himoyasi” o‘quv moduli 14 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir nechi kichik guruhga tarqatib chiqildi. Qolgan 12 nafar o‘quvchi esa CHQBT ning mazkur qismini an’anaviy usulda o‘zlashtirdi. Modul asosida o‘qigan kichik guruhda ikki nafar o‘quvchi modulni o‘zlashtirishda qiynalishdi. Mazkur o‘quvchilarga tez-tez yordam berib turishiga to‘g‘ri keldi. Qolgan o‘quvchilar esa modul ustida ishlashga ko‘nikib ketishdi. Bo‘lim yakunida o‘quvchilardan test nazorati olindi. Sinov-tajribaning birinchi bosqichidan farqli o‘laroq, o‘quvchilar o‘quv materialini qanday darajada o‘zlashtirganligini aniqlash maqsadida har qaysi test topshirig‘i uchun bittadan to‘liq to‘g‘ri javob, bittadan to‘liq to‘g‘ri bo‘lmagan javob va uchtadan noto‘g‘ri javob berildi ( 1-ilova). Tajriba va nazorat guruhlaridan olingan testlar natijalari 3.2-jadvalda keltirilgan. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling