Iii bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalar tahlili
-§. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining tahlili
Download 45 Kb.
|
III- BOB tajriba 26766
3.2-§. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining tahlili
Ta’kidlab o‘tilganidek, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishning ilk bosqichida o‘quvchilarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida test nazorati o‘tkazildi. Tasodifiy tanlash usuli bilan 97-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining 11-sinflaridan 2022-2023 o‘quv yili uchun 11-“B” sinf tajriba guruhi, 11-“A” sinf nazorat guruhi etib tanlab olindi. Tajriba va nazorat guruhlarida teng miqdorda 33 nafardan o‘quvchi biriktirildi. O‘quvchilarga “Harbiy xizmatning huquqiy asoslari” va “Umumharbiy tayyorgarlik” bo‘limlariga tegishli 15 tadan testni bajarish taklif etildi. Mazkur testlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”dan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi”, “Mudofaa to‘g‘risidagi”, ”Mudofaa doktrinasi” to‘g‘risidagi qonunlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari, taktik tayyorgarligi, otish tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, saf tayyorgarligi, harbiy-tibbiy tayyorgarlik to‘g‘risida egallagan bilimlari darajasini aniqlashga qaratilgan edi. O‘quvchilarga beriladigan testlar shartli ravishda 3 murakkablik darajasiga ajratilib, har qaysisidan 5 tadan olindi. SHuningdek, bir necha test topshiriqlari bilimlar asosida turli jarayonlarni tasavvur qilish, tahlil etish hamda bunda egallangan bilim va ko‘nikmalarni ishga solishni taqozo etardi. Fikrimizcha, testlar shunisi bilan qulayki, uning yordamida o‘tilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘limlarini nafaqat to‘laligicha qamrab olish, balki o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning bilimini osongina nazorat etish ham mumkin. Testlar 3-4 tadan qog‘ozga bosma qilindi va undagi har bir topshiriq uchun 4 ta (A,V,S,D) javob variantlari berildi. O‘quvchi testni bajarish jarayonida to‘g‘ri javobni tanlab, tegishli harfni belgilaydi. Har bir test topshirig‘ini bajarish uchun o‘rtacha 2 minutdan, jami 15 ta test topshirig‘iga 30 minut vaqt ajratildi. Olingan dastlabki test natijalaridan ko‘rinib turibdiki, test natijalari tajriba va nazorat guruhlari uchun deyarli bir xil ekanligi quyidagi 3.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling