Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori


Download 44.41 Kb.
bet30/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

245-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:

1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi;

2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;

3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;

4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessining boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

5) talab predmeti;

6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;

7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;

8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab arz qilinishiga sabab bo‘lgan asoslar;

9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;

10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;

11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar;

12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qo‘shilmaganligining sabablari;

13) kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha xulosalar;

14) agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, sud tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.

Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun yuborilgan taqdirda, sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala ishni yangidan ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling