250-modda. Ishlarni nazorat tartibida ko‘radigan sudlar
Ishlar nazorat tartibida:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan — sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan — mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning protestlari bo‘yicha ko‘riladi.
251-modda. Ishlarni talab qilib olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari ishni nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishga asoslar mavjudligi masalasini to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli ma’muriy suddan ishni talab qilib olishga haqli.
252-modda. Nazorat shikoyati berish (protesti keltirish) tartibi va muddati
Nazorat shikoyati (protest) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Nazorat shikoyati (protest) hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |