255-modda. Nazorat shikoyatini qaytarish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) nazorat shikoyati ushbu Kodeks 253-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
3) nazorat shikoyatini qaytarish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
256-modda. Nazorat shikoyatini qabul qilishni rad etish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) nazorat shikoyati nazorat instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) nazorat shikoyati belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa;
3) nazorat shikoyati qonunga muvofiq nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) nazorat shikoyati nazorat tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |