Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Download 44.41 Kb.
|
10-mavzuga
257-modda. Nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat shikoyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 3) nazorat shikoyatini bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjati; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish sabablari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o‘rinbosari nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimiga qo‘shilmaslikka hamda nazorat shikoyatini bergan shaxsning arizasi asosida uni bekor qilish va ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida ajrim chiqarishga haqli. Nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin. 258-modda. Nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 3) nazorat shikoyatini bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish asoslarining bayoni; 7) ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladigan joy va sana. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqidagi masala to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini shikoyatni bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra nazorat tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib qo‘yishga haqli. Nazorat protesti kelib tushganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi protestni ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 3) protest keltirgan shaxsning mansab mavqeyi, familiyasi va ism-sharifining bosh harflari; 4) protest keltirilgan sud hujjatlariga oid ma’lumotlar; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladigan joy va sana. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini (protestini) va ishni o‘zi chiqargan ajrim bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga topshiradi. Download 44.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling