29-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish
267-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqi
Sud o‘zi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
268-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta ko‘rish sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |