263-modda. Nazorat instansiyasi sudining vakolatlari
Nazorat instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz, nazorat shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) ushbu Kodeks 244-moddasi to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga hamda ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan birini yoki qarorlardan birini o‘z kuchida qoldirishga.
Do'stlaringiz bilan baham: |