Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘rish muddatlari va tartibi


Download 44.41 Kb.
bet40/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

261-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘rish muddatlari va tartibi

Ish nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan yoki protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibiyatiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay nazorat tartibida ko‘riladi.

Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida, nazorat shikoyatini bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar va (yoki) ularning vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan sud majlisida ko‘riladi.

Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ma’ruzasi bo‘yicha ko‘riladi, sudya ish holatlari, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmuni, nazorat shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni bayon etadi.

Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish bo‘yicha tushuntirishlar berishga haqli. Nazorat shikoyatini (protestini) bergan shaxs birinchi bo‘lib tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ishtirok etib, ish bo‘yicha o‘z fikrini bayon etadi.

Ish nazorat tartibida ko‘rilayotganda barcha masalalar ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi.

Ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Qarorning ko‘chirma nusxasi nazorat shikoyatini (protestini) bergan shaxsga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling