201-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘ruvchi sud
Apellatsiya shikoyati (protesti):
tuman (shahar) ma’muriy sudining hal qiluv qarori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan;
hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |