Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish


Download 44.41 Kb.
bet6/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

208-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.

209-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

2) apellatsiya shikoyati (protesti) qonun hujjatlariga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;

3) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;

4) apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan bo‘lsa;

5) apellatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim mavjud bo‘lsa.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling