Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish


Download 44.41 Kb.
bet7/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

210-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

Apellatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:

1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

2) apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;

4) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;

5) apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;

6) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.




Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling