Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish


Download 44.41 Kb.
bet10/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

214-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:

1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;

2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;

3) apellatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

4) apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida ariza kelib tushgan va voz kechish apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;

5) apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;

6) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

7) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.

Agar apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar arz qilingan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.

Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling