226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
227-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |