Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish


Download 44.41 Kb.
bet21/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

232-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.

233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;

3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;

4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan bo‘lsa;

5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim mavjud bo‘lsa;

6) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan bo‘lsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan ushbu Kodeksning 28-bobida belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling