235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
236-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |