Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish


Download 44.41 Kb.
bet25/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

238-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;

2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;

3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;

5) protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan bo‘lsa;

6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo‘lsa;

7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.

Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar arz qilingan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal etilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan ushbu Kodeksning 28-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling