237-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoki mansab mavqeyi yoxud familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 28-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |