Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish


Download 44.41 Kb.
bet22/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

2) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;

3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;

5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;

6) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning uni qaytarish (chaqirib olish) to‘g‘risidagi arizasi kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sud ajrimi chiqarilguniga qadar kelib tushgan bo‘lsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan ushbu Kodeksning 28-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.




Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling