Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


Download 44.41 Kb.
bet17/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

27-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

224-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

225-modda. Hal qiluv qarorlarining qonuniyligini va asosliligini kassatsiya tartibida tekshiruvchi sudlar

Kassatsiya shikoyati (protesti):

tuman (shahar) ma’muriy sudining hal qiluv qarori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan;

hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling