Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar


Download 44.41 Kb.
bet14/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

220-modda. Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar

Hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;

2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;

3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;

4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.

Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:

1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning yoki boshqa qonun hujjatining qo‘llanilmaganligi;

2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunning yoki boshqa qonun hujjatining qo‘llanilganligi;

3) qonunning yoki boshqa qonun hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.

Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:

1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko‘rilganligi;

2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;

3) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;

4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

5) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;

7) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;

8) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.




Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling