204-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti;
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonun hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Apellatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
205-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |