Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
-modda. Nazorat shikoyatini o‘rganish
Download 44.41 Kb.
|
10-mavzuga
254-modda. Nazorat shikoyatini o‘rganish
Ushbu Kodeksning 249, 250, 252 va 253-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan nazorat shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo‘lgan taqdirda esa ishni talab qilgan holda o‘rganadi. Nazorat shikoyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: 1) nazorat shikoyatini ushbu Kodeks 255-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida; 2) nazorat shikoyatini qabul qilishni ushbu Kodeks 256-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish haqida; 3) agar sud hujjatlarini nazorat tartibida tekshirish asoslari mavjud bo‘lmasa, nazorat shikoyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bunda nazorat shikoyati, shuningdek shikoyat qilinayotgan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari nazorat instansiyasi sudida qoladi; 4) nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini qaytarish to‘g‘risida va qabul qilishni rad etish haqida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, nazorat shikoyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida va nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish hamda uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida esa shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Ajrimning ko‘chirma nusxasi nazorat shikoyatini bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Download 44.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling