Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 125.08 Kb.
bet3/12
Sana20.10.2023
Hajmi125.08 Kb.
#1713038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
16 (1)

II. Asosiy qism
2.1. Fosfor moddasining kashf etilishi
Fosfor, 1669 yil (Brand, Germaniya) alkimyoviy filosofik toshni izlash natijasida (siydikni haydashda qoladigan qoldiqdan aniqlagan) ochgan. Fosfor nomi yunoncha yorug‘lik sochuvchi sо‘zidan olingan.
Fosfor VA guruh elementlari ichida ikkinchi tipik element metalmas. Nisbiy elektromanfiyligi bо‘yicha u, tipik metalmaslar ftor, kislorod, xlor, azot va oltingugurtdan keyin turadi.
Fosfor ham azot singari kimyoviy elementlar davriy sistemasining beshinchi g'uruhi bosh guruhchasida joylashgan. Tashqi energetik qavatidagi valent elektronlari 3s2 3p3 3d° energetik qavatchalarda joylashgan va qo‘zg‘algan holatda quyidagicha, ya’ni 3s1 3p3 3d1 5 ta toq elektronlarni hosil qila oladi: Demak, fosfor asosan 3 va 5 valentli birikmalarni hosil qiladi.
Fosfor -3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
Tabiatda, asosan +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi.
Tabiatda fosfor. Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo‘lganligi sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi.
Fosforit va apatitlar fosforning tabiiy birikmalari. Uning kimyoviy tarkibi Ca3(PO4)2.
Fosfor tirik organizmlar tarkibida ko‘plab uchraydi va hayot faoliyatida juda niuhim omil sanaladi. Oqsillar va nuklein kislotalar fosforli organik birikmalardir. Odam va hayvonlar suyaklarining anorganik tarkibiy qismini asosan Ca3(PO4)2 tashkil etadi.
Fizik xossalari. Fosfor erkin holda bir necha allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qiladi. Masalan, oq va qizil fosfor. Oq va qizil fosfor tarkibidagi fosfor atomlarining birikish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug‘larini hosil qiladi. Bug‘lar kondensatlanib oq fosforga aylanadi.
Kimyoviy xossalari. Oq fosfor kimyoviy jihatdan faoldir.
Kislorod, galogenlar, oltingugurt va ayrim metallar bilan bevosita birika oladi:
4P + 5O2 = 2P2O5
2P + 3S = P2S3
2P + ЗСl2 = 2PCl3
2P + 3Ca= Ca3P2
Yodorod bilan reaksiyaga kirishib fosfin PH3 ni hosil qiladi. Fosfin ammiakka o‘xshasada beqaror birikmadir:
2P + 3H2 = 2PH3
Ishlatilishi. Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyodir.
Gugurt qutisi yonboshiga surtilgan qizil fosfor, gugurt kallag'idag'i Bertole tuzi bilan ozgina ishqalangandayoq reaksiyaga kirishadi, ya‘ni gugurtni tezda yondirib yuboradi:
6P° +5KC1O3 5КС1+3Р2 O5
Bosh kvant sonining va atom radiusining ortishi bilan azotdan fosforga о‘tganda fosfor kimyosi bir qancha о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘ladi.
Birinchidan, beshta ionlanish potensiallari summasi (yig‘indisi) azotdan (266,8) fosforga о‘tganda (176,7) keskin kamayadi. Bu +5 oksidlanish darajasining barqarorligiga olib keladi. Bu bilan bir vaqtda fosfor +5 oksidlanish darajasida oksidlovchilik xossasini namoyon
qilmaydi (azotdan keskin farqi). Shu bilan azotning shunday oksidlanish darajasidagi birikmalarini yuqori barqarorligi tushuntiriladi. Aksincha fosforning vodorodli birikmalari azotnikiga nisbatan ancha beqaror.
Ikkinchidan, fosforda 3d–pog‘onachada bо‘sh bо‘lganligi uchun azotga nisbatan valent imkoniyatlari kо‘proq. Fosfordagi 3s2 pog‘onachadagi juftlashgan elektronlaridan bittasini tashqi energiya hisobiga 3d pog‘onachaga о‘tkazilganda, fosforda 5 ta toq elektron bо‘ladi va almashinish mexanizmi bо‘yicha fosforning kovalentligi 5 ga teng bо‘ladi.
Undan tashqari bо‘sh 3d – orbitallari donor–akseptor mexanizm bо‘yicha kovalent bog‘ hosil qilishda ishtirok etishlari mumkin.
Bu holda fosfor bо‘sh orbitallarga donor–elementlardan elektron juftlarni qabul qilib (donor–akseptor mexanizm bо‘yicha) akseptor bо‘ladi.
Katta valent imkoniyatlariga ega bо‘lgan fosfor yangi gibridlanish tiplarini, masalan, sp3d (k.c.5) va sp3d2 (k.s.6) namoyon qilishi mumkin, azot atomida bunday hollarni amalga oshishi mumkin emas. Ammo, fosfor kimyosida sp3–gibridlanishdagi hosilalari kо‘proq uchraydi.
Uchinchidan fosfor kimyosida polimer strukturalar hosil qilishga moyilligi yorqin ifodalangan. Fosfor kimyosida gomo bilan birga getero zanjirli qattiq polimerlari yaxshi ma’lum. Bu munosabatda Si–P–S qatorida gorizontal о‘xshashlikni qayd qilish zarurki fosforda xuddi kremniy va oltingugurtga о‘xshab kislorodga va ftorga moyilligi juda katta.


Download 125.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling