Ijara ijara hisobi reja


Download 188.56 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi188.56 Kb.
#1593643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14. Ijara

Foydali xizmat muddati ijara muddati boshlanishidan keyin qolgan, lekin ijara muddati bilan chegaralanmagan, baholangan davr bo‘lib, bu davr mobaynida aktivda mujassamlangan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan foydalanishi kutiladi.
Ijarachi ijaraga olingan aktivdan foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlashi mumkin bo‘lgan sana. Bu ijarani dastlabki tan olish (ya’ni mos ravishda ijara natijasida paydo bo‘ladigan tegishli aktivlar, majburiyatlar, daromad yoki xarajatlarni tan olish) sanasi.
Ijarachi aktivni ijaraga olishga kelishgan, muddatidan oldin bekor qilinmaydigan davr bilan ijarachi aktivning ijarasini qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirib yoki oshirmasdan davom qilish huquqiga ega bo‘lgan va ijaraning boshlanishida ijarachi ushbu huquqdan foydalanishi yetarli darajada aniq bo‘lgan har qanday qo‘shimcha muddat.
Ijaraning boshlanishi
Ijara muddatining boshlanishi
Ijara muddati
Ijaraning tasniflanishi ijaraga beriladigan aktivga egalik qilish bilan bog‘liq xatarlar va mukofotlar qay tarzda ijaraga beruvchi yoki ijarachi o‘rtasida taqsimlanishiga asoslanadi.
Aktivga egalik qilish bilan bog‘liq deyarli barcha xatarlar va mukofotlar kelishuvning bir tomonidan boshqa tomoniga o‘tkazilsa.
Aktivga egalik qilish bilan bog‘liq deyarli barcha xatarlar va mukofotlar kelishuvning bir tomonidan boshqa tomoniga o‘tkazilmasa
Ijara moliyaviy ijara sifatida
operativ ijara sifatida
TASNIFLANADI

Ijara moliyaviy yoki operativ ijara bo‘lishi, shartnomaning shakliga emas, balki operatsiyaning mohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ijara moliyaviy ijara sifatida tasniflanishiga alohida yoki birgalikda olib keladigan holatlarning misollari quyidagicha:

  • (a) ijara muddati tugagach, aktivga egalik qilish huquqi ijarachiga o‘tishi; (b) ijarachi aktivni uning haqqoniy qiymatidan shu qadar past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lib, buning natijasida ushbu huquqning amalga oshirilishi yetarlicha aniq deb ijaraning boshlanishida hisoblash mumkin bo‘lishi; (v) aktivga egalik huquqi o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligidan qat’iy nazar, ijara muddati aktivning iqtisodiy xizmat muddatinining qo‘proq qismini tashkil etishi; (g) ijaraning boshlanishida minimal ijara to‘lovlarining joriy keltirilgan qiymati ijaraga berilgan aktivning deyarli butun haqqoniy qiymatiga teng bo‘lishi; va (d) ijaraga berilgan aktivlar shunday maxsus xususiyatga egaki, ulardan faqat ijarachi yirik o‘zgartirishlar kiritmasdan foydalanishi mumkin.

Download 188.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling